×
×
  • YeZAFOSFINA YeZAFOSFINA poroshok 0,5g N4

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

YeZAFOSFINA YeZAFOSFINA poroshok 0,5g N4

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Italiya
Qadoqda soni:
- 4
Ishlab chiqaruvchi:
- Biomedica Foscama Group S.p.A.
ATX kodi:
- C01EB07
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
48 000 s`om dan
KORVITIN liofilizat 0,5g N1 Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ Ukraina
107 900 s`om dan
PROPANORM tabletkalari 150mg N50 Pro. Med. CS Praha a.s. Chexiya
11 000 s`om dan
VENOLAYF gel 40g Акрихин, АО Rossiya
56 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
YeZAFOSFINA YeZAFOSFINA poroshok 0,5g N4 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

YeZAFOSFINA

EZAFOSFINA

Preparatning savdo nomi: Yezafosfina

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): fosfruktoza

Dori shakli: infuziya uchun eritma 10 g/100 ml; infuziya uchun eritma tayyorlash uchun kukun 0,5 g/10 ml; 5 g/50 ml;

Tarkibi:

Har bir infuziya uchun eritma 10 g/100 ml ning flakoni quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: fruktozo-1,6-difosfat natriy – 10,0 g;

yordamchi moddalar: natriy metabisulfiti, in‘eksiya uchun suv;

Har bir infuziya uchun eritma tayyorlash uchun kukun 0,5 g/10 ml; 5 g/50 ml quyidagilarni saqlaydi:

faol modda 0,5 g/10 ml 5 g/50 ml
fruktozo-1,6-difosfat natriy 0,5 g 5 g

Ta‘rifi:

Infuziya uchun eritma: tiniq rangsiz yoki och sariq rangli suyuqlik.

Infuziya uchun eritma tayyorlash uchun kukun: oq rangdan sarg‘ish ranggacha bo‘lgan, gigroskopik, kristall, liofilizatlangan kukun.

Tayyor bo‘lgan eritma – tiniq, rangsiz yoki och-sariq rangli suyuqlik.

In‘eksiya uchun suv: tiniq rangsiz eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: Yurak kasalliklarini davolash uchun qo‘llanadigan preparatlar. Yurak kasalliklarini davolash uchun qo‘llanadigan boshqa preparatlar. Boshqa kardiotonik preparatlar. Fruktoza 1,6 difosfat.

ATX kodi: S01YeV07

Farmakologik xususiyatlari

Yezafosfinalarni asosiy ta‘sir mexanizmi bo‘lib hujayra devori bilan o‘zaro ta‘siri hisoblanadi, bu fosfofruktokinazaning faolligini oshishiga, hujayra ichida energiyaga boy fosfor birikmalarning zahirasini ko‘payishiga va hujayraga kaliy (K+) ionlarini oqib kirishiga olib keladi. Semiz hujayralarda doksorubisin va boshqa turli omillar tomonidan chaqirilgan gistamin ajralib chiqishiga to‘sqinlik qiladi. Fruktozodifosfat (FDF) hujayralarni fizikaviy va kimyoviy shikastlovchi omillarning ta‘siridan himoya qiladi. 0,2 nM dan 5 nM gacha bo‘lgan konsentrasiyalarda FDF neytrofillarda erkin kislorod radikallarini hosil bo‘lishini susaytiradi.
5 mg/ml konsentrasiyalarda u eritrositlarni bakteriyalarning toksinlari chaqirgan gemolizini rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Doksorubisin fonida FDF ATF ishlab chiqarilishini oshiradi.

FDF hujayra darajasida miokardga quyidagi ta‘sir samaralariga ega:

  • hujayra ichi va hujayradan tashqari rN nisbatini oshiradi (asidoz jarayoniga to‘sqinlik qiladi va miokardning qisqaruvchanligini yaxshilaydi);
  • hujayra ichi va hujayradan tashqari K+ ionlarining miqdorini nisbatini oshiradi (depolyarizasiya jarayoniga to‘sqinlik qiladi va yurak qisqarishlari sonini ko‘paytiradi);
  • ham ishemiyaga uchragan, ham qon bilan ta‘minlanishi normal bo‘lgan miokardda fosfofruktozakinazaning faolligi, ATF sintezini kuchaytiradi;
  • erkin kislorod radikallarini hosil bo‘lishini (asosan ATFni parchalanishiga to‘sqinlik qilishi hisobiga) susaytiradi. O‘tkir miokard infarkti bo‘lgan pasientlarga Yezafosfinani yuborish gemodinamikani yaxshilanishi, miokardning nekrozga uchragan sohasining o‘lchamini cheklanishi, yurak indeksi va yurakning zarb hajmini oshishi, EKGni yaxshilanishiga olib keladi.

Surunkali yurak yetishmovchiligida hujayra ichida ATFni ko‘payishi natijasida miokardning qisqarish faoliyatini yaxshilaydi. Stabil stenokardiyada yurak faoliyatini jismoniy zo‘riqishlarida chidamlilikni oshiradi. Yezafosfina eritrositlarning asosiy xususiyatlariga ta‘sir qilish hususiyatiga ega: preparat eritrositlar ichidagi 2,3-difosfogliseratning darajasini oshiradi, to‘qima oksiforeziga yordam beradi, eritrositlar ichida ATFning konsentrasiyasini oshirib, eritrositlarning reologik xususiyatlarini, shu jumladan elastikligini yaxshilaydi va gemolizga nisbatan qarshiligini oshiradi. Oyoqlarni ishemik holati bo‘lgan pasientlarda Yezafosfina (20 g 8 kun davomida) ularda qon aylanishini ahamiyatli darajada yaxshilanishiga olib keladi. To‘liq parenteral oziqlantirishga o‘tkazilgan katabolik holatlari bo‘lgan pasientlarda Yezafosfina anabolik jarayonlarni rivojlanishiga yordam berib, noorganik fosfor bilan ta‘minlanishiga yordam beradi va glikoliz reaksiyasini tezlashtiradi.

Farmakokinetikasi

250 mg/kg dozada vena ichiga yuborish tugaganidan so‘ng 5 minutdan keyin plazmada preparatning konsentrasiyasi 770 ml/l ni tashkil etadi. Yuborilgandan so‘ng 80 minut o‘tgach qon plazmasida preparatning ahamiyatli konsentrasiyasi qayd etilgan.

Qo‘llanilishi

  • miokard ishemiyasi va o‘tkir miokard infarkti (kompleks davolash tarkibida);
  • gipofosfatemiya (shu jumladan, shok holatlarida, ko‘p marotaba qon quyilganida, surunkali alkagolizm, uzoq muddat och qolish, surunkali nafas yetishmovchiligida);
  • ekstrakorporal qon aylanishi yordamida o‘tkazilgan operasiyalar;
  • parenteral oziqlantirish;
  • periferik qon aylanishini buzilishida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Tavsiya etilgan kundalik bir martalik dozalari, kasallikni og‘irlik darajasiga qarab, 0,7 ml/kg dan 1,6 ml/kg gacha bo‘lgan qo‘llashga tayyor eritma (kuniga 100 ml hajmli 1 flakon) ni tashkil etadi. Preparatning ruxsat etilgan maksimal bir martalik dozasi tana vazniga 250 mg/kg ni tashkil etadi. Eritmani bir marta qo‘llash kerak. Qolgan qoldig‘i ishlatilmasin. Shok holatlari, ishemiya va o‘tkir miokard infarktini davolashda preparatning tavsiya etilgan sutkalik dozasi 20-30 g ni tashkil etadi, yuborish davomiyligi – 2 kundan 7 kungacha muddatni tashkil etadi. Ekstrakorporal qon aylanishi (EKQA) muolajasi bajarilgan pasientlarga preparatning tavsiya etilgan sutkalik dozasi 10 g preparatni tashkil etadi, 5-7 kun davomida yuboriladi. Parenteral oziqlantirishda bo‘lgan og‘ir holatdagi pasientlarga tavsiya etilgan dozasi 10-20 g ni tashkil etadi, 3-7 kun davomida yuboriladi. Transfuzion terapiyada (ko‘p marta qon quyilganida) preparatning tavsiya etilgan dozasi 10-20 ni tashkil etadi, 3-5 kun davomida yuboriladi. Preparatning katta dozalari qo‘llanganida, giperfosfatemiyadan saqlanish uchun umumiy sutkalik dozani ikki marta yuborishga bo‘lish maqsadga muvofiqdir.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Juda kam hollarda: giperfosfatemiya (muvofiqlashtirilmagan dozalarda qo‘llanganida); turli og‘irlik darajasidagi allergik reaksiyalar, hatto anafilaktik shokkacha bo‘lishi mumkin.

Bo‘lishi mumkin: teri qoplamlarini qizarishi, yurakni tez urishi; oyoqlarni uvishishi (preparat minutiga 10 ml dan ortiq tezlik bilan yuborilganida); yuborilgan joyda og‘riq, terini ta‘sirlanishi, trombozlar, flebitlar (ekstravazasiyada) bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatga yuqori sezuvchanlik;
  • giperfosfatemiya;
  • buyrak yetishmovchiligi;
  • bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan);
  • homiladorlik va laktasiya davrida (xavfsizligi va samaradorligi bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘qligi sababli) qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Farmakologik o‘zaro ta‘siri ma‘lum emas. Preparatni rN 5,5 qiymatida eriydigan dori vositalari yoki kalsiyning ishqoriy eritmalari bilan birga qo‘llash mumkin emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Vena ichiga yuborish uchun eritma tarkibida natriy metabisulfitini saqlaydi, u sezuvchan pasientlarda (ayniqsa, yondosh bronxial astmasi bo‘lgan pasientlarda) allergik reaksiyalar va og‘ir darajadagi bronxospazm hurujlari rivojlanishini qo‘zg‘atishi mumkin.

Infuziya vaqtida ekstravazasiyani rivojlanishi og‘riq va mahalliy ta‘sirlanishni chaqirishi mumkin.

Davolanish vaqtida plazmadagi elektrolitlarning darajasini nazorat qilish kerak. Kreatinin klirensi minutiga 50 ml dan kam bo‘lgan pasientlarda plazmadagi fosfatlarning darajasini nazorat qilish va zarurat bo‘lganida dori vositasining dozasini kamaytirish kerak. Agar eritma mutloq tiniq bo‘lmasa, uni ishlatish mumkin emas.

Transport vositalari yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori vositasini ta‘sir qilish xususiyati

Transport vositalari yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilish holatlari ma‘lum emas.

Simptomlari: preparat yuqori dozalar chegarasida qo‘llanganida qondagi fosfatlarning darajasini nazorat qilish va giperfosfatemiya belgilari paydo bo‘lganida preparatning dozasini pasaytirish tavsiya etiladi.

Davolash: simptomatik.

Chiqarilish shakli

Preparat 100 ml dan tiniq shisha flakonga joylangan, rezina tiqin bilan yopilgan va alyumin qalpoqcha bilan mahkamlangan. Flakonga o‘zi yopishadigan yorliq yopishtiriladi.

1 preparatli flakon vena ichiga yuborish uchun bir martalik tizim va davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Preparat 0,5 g va 5 g dan tiniq shisha flakonga joylangan, rezina tiqin bilan yopilgan va alyumin qalpoqcha bilan mahkamlangan.

10 ml va 50 ml erituvchi tiniq shisha flakonga joylangan, rezina tiqin bilan yopilgan va alyumin qalpoqcha bilan mahkamlangan.

Preparatli 1 flakon erituvchili 1 flakon bilan birga, vena ichiga yuborish uchun bir martalik tizim, davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

YeZAFOSFINA YeZAFOSFINA poroshok 0,5g N4 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
YeZAFOSFINA YeZAFOSFINA poroshok 0,5g N4 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
YeZAFOSFINA YeZAFOSFINA poroshok 0,5g N4 dori vositasi Biomedica Foscama Group S.p.A. tomonidan Italiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
YeZAFOSFINA YeZAFOSFINA poroshok 0,5g N4 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
YeZAFOSFINA YeZAFOSFINA poroshok 0,5g N4 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
YeZAFOSFINA infuziya uchun eritma 10g N1
Narh: 277 200 so'mdan Batafsil
LEGEND poroshok 400mg/5ml N5
TAD poroshok 2500mg/25ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Biomedica Foscama Group S.p.A.
Другие формы препарата
YeZAFOSFINA infuziya uchun eritma 10g N1
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9