×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

FITOLIZIN NEFROKAPS kapsulalar N40

Kategoriya:
- Urologik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Polsha
Farmakoterapevtik guruh:
- Urologik kasalliklarni davolash uchun preparatlar. Urologik kasalliklarni davolash uchun boshqa preparatlar. Nefrourolitiazni davolash uchun preparatlar.
Faol modda:
Березы листьев экстракт, Горца птичьего трава, корень любистока лекарственного, корневищ пырея, корня петрушки, Лука репчатого луковиц экстракт, трава хвоща, экстракты травы золотарника, густой экстракт семян пажитника греческого
Qadoqda soni:
- 40
Ishlab chiqaruvchi:
- POLPHARMA S.A.
Vakil:
- Polpharma S. A.
ATX kodi:
- G04BC
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

VITAPROST tabletkalari 20mg N20 Нижфарм, АО Rossiya Federatsiyasi
212 800 s`om dan
KANEFRON N draje N60 Bionorica SE Germaniya
86 000 s`om dan
PROSTAMOL UNO kapsulalar N30 Каталент Германия Эбербах ГмбХ/Берлин-Фарма ЗАО Germaniya / Rossiya
136 600 s`om dan
ADJIGRA 100 tabletkalari 100mg N4 Agio Pharmaceutical Limited Hindiston
13 000 s`om dan
Saqlash shartlari Original oʼramda 25°C dan yuqori boʼlmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. Yaroqlilik muddati 2 yil. Yaroqlilik muddati oʼtganidan soʼng qoʼllanilmasin.
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

1 ta kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: quyidagi aralashmasining quyultirilgan ekstrakti (etanol 45% ob/ob, 2.8-4:1): petrushka ildizi + pichan pajitnik urugʼlari + taron qushi o’ti + yer bagʼirlab oʼsadigan ildizpoyasi + oq qayiq barglari + qirqboʼgʼimi oʼti + lyubistok ildizi + yevropa zolotarnik oʼti +  piyoz qipigʼi (7/6/6/5/4/4/4/2/2);

yordamchi moddalar: makrogol 400, makrogol 4000, marmarak muskat moyi, qalampir yalpizli moyi, oddiy qaragʼay moyi, shirin apelsin moyi;

kapsula qobigʼi: jelatin, qisman digidrirlangan suyuq sorbitol (Е420), tozalangan suv.

Chiqarilish shakli

10 tadan kapsula blisterda alyuminiy folgali va PVX/ PVDX plyonkadan tayyorlangan.
4 tadan blister karton oʼramda tibbiyotda qoʼllanilishiga doir yoʼriqnoma bilan birga joylashtirilgan.
yumshoq kapsulalar
Preparat tarkibidagi biologik faol moddalar siydik haydovchi, o'rtacha saluretik, shuningdek, yallig'lanishga qarshi, antibakterial va antispastik ta'sirga ega. Preparat urolitiаzni davolash va oldini olish uchun ishlatiladi.
Preparat konkrementlarning ayrim turlarini eritish qobiliyatini namoyish etadi. Preparat asosan siydikda mineral tarkibiy qismlarning konsentratsiyasi tashxis qo'yilgan tosh shakllanishisiz ko'tarilganda , ularning  kristallanishini oldini olish uchun tavsiya etiladi 
Urolitiаz yoki siydik cho'kmasi mavjud bo'lsa, ushbu preparatni qo'llash siydik yo'llarida toshlarning kristallanishini oldini oladi.

Ushbu preparatning faol moddasi aralashmaning quyuq ekstrakti bo'lib, u o'simlik tarkibiy qismlari aralashmasidan iborat: petrushka ildizi, pichan pajitnik urugʼlari, taron qushi o’ti, yer bagʼirlab oʼsadigan ildizpoyasi, oq qayiq barglari, qirqboʼgʼimi oʼti, lyubistok ildizi, yevropa zolotarnik oʼti, piyoz qobiqlari.

Majmuaviy o'simlik preparati, farmakokinetik tadqiqot natijalari mavjud emas.
Juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10000), tez-tezligi nomaʼlum (mavjud maʼlumotlar asosida aniqlanishi mumkin emas).

Immun tizim tomonidan buzilishlar

Tez - tezligi nomaʼlum: allergik reaktsiyalar (qichishish, toshma, eshakemi, allergik rinit, yuz shishi).

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Tez - tezligi nomaʼlum: bosh aylanishi.

Meʼda-ichak yoʼli tomonidan buzilishlar

Tez - tezligi nomaʼlum: koʼngil aynishi, qusish, diareya, qorin shishi.

Teri va teri osti biriktiruvchi toʼqimalar tomonidan buzilishlar

Tez - tezligi nomaʼlum: ultrabinafsha nurlari taʼsiriga fotosensibilizatsiya.

Har qanday nojo'ya ta'sirlar, shu jumladan ushbu yo'riqnomada ko'rsatilmaganlar haqida shifokoringizga xabar berish kerak.
Preparat yurak yetishmovchiligi yoki buyrak yetishmovchiligi tufayli chaqirilgan shishlar qayd etilgan patsientlarda qoʼllanilmasligi kerak.

Pichan urugʼlari pajitnigining gipoglikemiyalaydigan taʼsiri tufayli qandli diabet boʼlgan patsientlar qonda qand darajasini kuzatib borishlari kerak.

Аgar simptomlar kuchaysa yoki saqlanib qolsa yondosh ular bilan birga isitmalash, siyishda ogʼriq va qiyinchilik boʼlsa yoki siydikda qon boʼlsa, darhol shifokorga murojaat qilish kerak.

Bolalar

Bolalar va 18 yoshdan kichik yoshdagi oʼsmirlarda qoʼllanilishi tavsiya etilmaydi, chunki ixtisoslashgan shifokor konsultatsiyasi talab qilinishi mumkin.

Yordamchi moddalar

Preparat bitta dozada 100 mg dan kamroq miqdorda etanol (spirt) saqlaydi.

Dori preparati bitta kapsulada 126,64 mg sorbitol saqlaydi. Ushbu dori preparati fruktozaga nasliy o’zlashtiraolmasligi boʼlgan patsientlarda qoʼllanilmasligi kerak.

Homiladorlik vaqtida va laktatsiya davrida qoʼllanilishi

Preparat tarkibiy moddalarining genotoksik taʼsiriga doir maʼlumotlar yoʼqligi tufayli homiladorlik vaqtida va koʼkrakdan emizish davrida ushbu preparatning qoʼllanilishi tavsiya etilmaydi.

Dori preparati homiladorlik vaqtida faqat, shifokor fikricha, ona uchun foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori boʼlgan holatda qoʼllanilishi mumkin.

Transport vositalari va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri

Transport vositalari va murakkab mexanizmlarni boshqarishga qarshi koʼrsatmalar toʼgʼrisida maʼlumotlar yoʼq.
An'anaviy dorivor o'simlik bo'lib, u siydik yo'llarining infektsion - yallig'lanish kasalliklari, urolitiaz (mayda konkrementlar, "qum" mavjud bo'lganda) bilan og'rigan patsientlar uchun majmuaviy davolashning bir qismi sifatida va nefrolitiazning oldini olish sifatida qo’llaniladi.
Hozirgacha dorilarning oʼzaro taʼsiri qayd etilmagan.

Preparatning diuretik taʼsiri tufayli boshqa bir vaqtda qabul qilinadigan dori preparatlarining tezroq chiqarilishini hisobga olish kerak.

Preparat peroral antikoagulyantlar (shu jumladan, nosteroidli yalligʼlanishga qarshi preparatlar), gipoglikemiyalaydigan preparatlar, litiy tuzlari, monoaminoksidaza ingibitorlari taʼsirini kuchaytirishi, pentobarbital, aminopirin va paratsetamol taʼsirini uzaytirishi, shuningdek ingichka ichakda beta-karotin, alfa-tokoferol, xolesterin va boshqa preparatlar singishini susaytirishi mumkin.

oʼziga xos hidli, quyuq yogʼli massa bilan toʼldirilgan, oʼrtasi chokli, choʼzinchoq shakldagi toʼq-jigar rangdan qora ranggacha boʼlgan yumshoq kapsulalar.
Dozalash rejimi

Katta yoshdagi patsientlar: bir sutkada 3-4 marta 2 tadan kapsula.

Bolalar va 18 yoshdan kichik yoshdagi oʼsmirlarda qoʼllanilishi tavsiya etilmaydi.

Qoʼllanish davri

Shifokor maslahatisiz 2-4 haftadan koʼproq muddat qoʼllanilishi tavsiya etilmaydi.

Аgar preparat qoʼllanilish davrida sogʼayish boshlanmasa, simptomlar saqlanib qolsa yoki sogʼliq yomonlashsa, shifokorga murojaat qilish kerak.

Qoʼllanish usuli

Ichga qabul qilinadi.

Preparat qoʼllanilish vaqtida koʼp miqdorda suyuqlik ichish kerak.

Hozirgi vaqtgacha dozaning oshirib yuborilishi holatlari qayd etilmagan.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

FITOLIZIN NEFROKAPS kapsulalar N40 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
FITOLIZIN NEFROKAPS kapsulalar N40 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
FITOLIZIN NEFROKAPS kapsulalar N40 dori vositasi POLPHARMA S.A. tomonidan Polsha mamlakatida ishlab chiqarilgan.
FITOLIZIN NEFROKAPS kapsulalar N40 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
FITOLIZIN NEFROKAPS kapsulalar N40 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Другие формы препарата
Fitolizin pasta 100g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Ishlab chiqaruvchi: Гербаполь Варшава, ООО
  • Vakil: Polpharma S. A.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9