×
×
  • FLUKONAZOL kapsulalar  100 mg N7

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

FLUKONAZOL kapsulalar 100 mg N7

Kategoriya:
- Zamburug'ga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Qadoqda soni:
- 7
Ishlab chiqaruvchi:
- NAVBAHOR SANOAT ООО
ATX kodi:
- J02AC01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 38 ta dorixonasida topildi

ico 6 700 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

FLUZON 150 tabletkalari 150mg N2 Cadila Pharmaceuticals Limited Hindiston
MIKOFLYU kapsulalar 150mg N1 GM Pharmaceuticals Ltd. Gruziya
39 000 s`om dan
FUZAR tabletkalari 150mg N1 Scott-Edil Pharmacia Limited Hindiston
10 300 s`om dan
FUSIS DT tabletkalari 50mg N4 Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
30 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
FLUKONAZOL kapsulalar 100 mg N7 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
MR FLUKONAZOL

MR FLUCONASOL

 

Preparatning savdo nomi: MR Flukonazol

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Flukonazol

Dori shakli: Infuziya uchun eritma.

Tarkibi:

Faol modda: Flukonazol – 200 mg.

Yordamchi moddalar: natriy xloridi – 900 mg, in‘eksiya uchun suv – 100 ml gacha.

Ta‘rifi: Tiniq, rangsiz suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi. Zamburug‘larga qarshi vosita.

ATX kodi: J02AC01

 

Farmakologik xususiyatlari

Zamburug‘larga qarshi preparat, triazol hosilasi. Ta‘sir mexanizmi zamburug‘ hujayrasining sitoxrom R450 ga qaram 14b-demetilaza fermentini yaqqol ingibisiya qilinishi va buni oqibatida zamburug‘ning hujayra devorini asosiy komponenti ergosterolni sintezini susayishi bilan bog‘liq. Candida spp., Microsporum spp., Trichophyton spp., Cryptococcus neoformans, Blastomyces dermatitidis, Coccidioides immitis, Histoplasma capsulatum larga nisbatan yuqori faollikka ega.

 

Farmakokinetikasi

Flukonazolning qon zardobidagi eng yuqori konsentrasiyaga vena ichiga (v/i) yuborilganidan keyin darhol erishiladi. Preparatning yarim chiqarilish davri (T1/2) taxminan 30 soatni tashkil qiladi. Plazmadagi konsentrasiyasi yuborilgan dozasi bilan to‘g‘ri proporsional bog‘liqlikda bo‘ladi. Preparat sutkada bir marta yuborilganida davolashning 4-5 kuniga kelib muvozanat konsentrasiyaning 90% darajasiga erishiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 11-12%. Flukonazol barcha biologik suyuqliklarga, organizmning to‘qimalari va a‘zolariga yaxshi kiradi. Preparatning so‘lak va balg‘amdagi konsentrasiyasi uning plazmadagi darajasi bilan bir xildir.

Zamburug‘li meningiti bo‘lgan bemorlarda orqa miya suyuqligidagi flukonazolning miqdori uning plazmadagi darajasining 80% ini tashkil qiladi. Shox qavatida, epidermisda, dermada, ajralib chiquvchi ter suyuqligida preparatning konsentrasiyasi zardobdagidan oshiq bo‘lgan yuqori konsentrasiyasiga erishiladi. Flukonazol terining shox qavatida to‘planadi va uzoq muddat saqlanadi. Flukonazol asosan buyraklar orqali chiqariladi; yuborilgan dozaning taxminan 80% o‘zgarmagan ko‘rinishda siydik bilan chiqariladi. Flukonazolning klirensi kreatinin klirensiga (KK) proporsionaldir.

 

Qo‘llanilishi

Flukonazol infuziya uchun eritmasi ko‘pchilik zamburug‘li infeksiyalarni davolash uchun qo‘llaniladi:

– kriptokokkoz, shu jumladan kriptokokkli meningit;

  • tizimli kandidoz, shu jumldan kandidemiya, disseminirlangan kandidoz va boshqa invaziv kandidoz infeksiyalari (qorin pardasi, ko‘z, endokard, nafas va siydik yo‘llarining infeksiyalari);
  • shilliq pardalarning kandidozlari (og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, qizilo‘ngach kandidozlari, noinvaziv bo‘lmagan bronx-o‘pka kandidozlari, kandiduriya, tish protezlarini taqib yurilishi bilan bog‘liq bo‘lgan og‘iz bo‘shlig‘ining atrofik kandidozi);

– jinsiy a‘zolarning kandidozi: qin kandidozi, o‘tkir va surunkali qaytalanuvchi balanit;

  • teri mikozlari, shu jumladan, tovon, tana, chov sohaning mikozlari, kepaksimon temiratki, onixomikoz;
  • chuqur endemik mikozlar;

– xavfli o‘smalari bo‘lgan bemorlarda sitostatik vositalar bilan davolashda yoki nur davosini o‘tkazishda va OITS bo‘lgan bemorlarda a‘zolarni ko‘chirib o‘tkazishda va immunitetning pasayishi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa holatlarda zamburug‘li infeksiyalarning oldini olishda qo‘llaniladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Flukonazol v/i, tomchilab sutkada soatiga 200 mg dan ortiq bo‘lmagan tezlikda tomchilab quyiladi.

Qin kandidozida, kandidozli balanitda sutkada 100-200 mg dan buyuriladi; ko‘pincha preparat bir marta qo‘yilganidan keyin tuzalish kuzatiladi. Shilliq pardalar kandidozining boshqa shakllarida 14-30 kun davomida sutkada bir marta 50-100 mg tavsiya qilinadi.

Tizimli kandidozda va kriptokokkli infeksiyalarda, shu jumladan meningitda, birinchi kuni 400 mg, so‘ngra infeksiyaning og‘irligiga qarab, sutkada bir marta 200-400 mg buyuriladi. Davolash davomiyligi klinik samarasiga bog‘liq; odatda kriptokokkli meningitda davolash kursi 6-8 hafta davom etadi.

Teri mikozlarida tavsiya etiladigan doza haftada bir marta 150-200 mg yoki sutkada bir marta 50 mg ni tashkil qiladi, davolash kursining davomiyligi odatda 2-4 hafta. Ammo, tovon mikozlarida 6 haftagacha davolash talab qilinishi mumkin.

Onixomikozda tavsiya etiladigan doza haftada bir marta 150-200 mg ni tashkil qiladi; davolash zararlangan tirnoqning sog‘lom tirnoq bilan to‘liq almashgunicha davom ettirilishi kerak.

Xavfli o‘smalari bo‘lgan bemorlarda zamburug‘li infeksiyalarning oldini olish – kunora 100 mg, to bemor nurlanish bilan yoki kimeviy usulda davolanishi sababli yuqori xavf guruhida bo‘lgan vaqti davomida.

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lmagan keksa yoshli bemorlarda preparatning odatdagi dozalash tartibiga rioya qilish lozim.

Buyrak faoliyatini buzilishida bir marta qabul qilishda flukonazolning dozasi o‘zgarmaydi. Buyrak faoliyati buzilgan bemorlarga preparat takroran buyurilganida avval 50 mg dan 400 mg gacha bo‘lgan zarb dozasini yuborish kerak. Agarda KK 50 ml/min dan ortiqroq bo‘lsa, preparatning odatdagi dozasi qo‘llanadi (tavsiya qilingan dozaning 100%). KK minutiga 11 dan 50 ml gacha bo‘lsa, tavsiya qilingan dozaning 50% qo‘llanadi. Muntazam gemodializ qabul qiluvchi bemorlarga gemodializning har bir seansidan keyin preparatning bir dozasi qo‘llanadi. Bir yoshdan oshgan bolalarga buyrakning normal faoliyatida flukonazol har kuni sutkada 1 marta 1-3 mg/kg/sutka hisobidan (shilliq pardalar kandidozida) va 3-12 mg/kg/sutka hisobidan (tizimli kandidozlarda yoki kriptokokkozlarda) kasallikning og‘irligiga qarab yuboriladi. Buyrak faoliyati buzilgan bolalarga preparatning sutkalik dozasini (kattalardagi kabi proporsional bog‘liqlikda), buyrak yetishmovchiligining yaqqollik darajasiga mos kelishiga qarab kamaytirish lozim.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda flukonazol sekin chiqariladi. Hayotining birinchi ikki haftasida preparat o‘sha miqdorda (mg/kg), kattaroq yoshdagi bolalarga buyurilgan dozada (mg/kg da), lekin 72 soatlik interval bilan buyuriladi. 2-4 haftalik bolalarga o‘sha doza 48 soatlik interval bilan yuboriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Me‘da-ichak yullari tomonidan ko‘ngil aynishi, meteorizm qusish, qorin og‘riqlari va ich ketishi, ishtahani pasayishi, ta‘mni o‘zgarishi, qabziyat, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, charchoqlik, kam hollarda – tirishish va allopesiya.

Teri reaksiyalari: juda kam xollarda, teri toshmasi, anafilaksiya va angionevrotik shish (preparatni qabul qilishni darhol to‘xtatishni talab qiluvchi), kam – hollarda ko‘pshaklli eritma (Stiven-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi).

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan Q-T intervalini davomliligini oshishi, qorinchalarni lipillashi/titrashi.

Qon yaratish a‘zolari tomonidan; kam hollarda – agranulositoz. Og‘ir zamburug‘li infeksiyalari bo‘lgan pasientlarda gematologik o‘zgarishlar (leykopeniya va trombositopeniya), jigar fermentlari faolligini oshishi va jigar faoliyati yaqqol buzilishlari aniqlanishi mumkin.

Boshqalar: kam – buyraklar faoliyatini buzilishi giperxolesterinemiya, gipertrigliseridemiya, gipokaliemiya.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Flukonazolga, azol birikmalariga va preparatning tarkibiga kiruvchi boshqa ingredientlarga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik va laktasiya davri, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar, flukonazolni (sutkada 400 mg va undan ko‘proq dozada) sizaprid terfenadin va astemizol bilan bir vaqtda buyurish.

Ehtiyotkorlik bilan – alkogolizm, axlorgidriya, gipoxlorgidriya, jigar yetishmovchiligi, yuzaki va invaziv/tizimli zamburug‘ infeksiyalari flukonazol va terfenadinni bir vaqtda qabul qilish (sutkada 400 mg dan kamroq dozada) proaritmogen holatlar (ko‘plab xavf omillari bo‘lgan pasientlarda: yurakning organik kasalliklari, elektrolit muvozanatini buzilishi, aritmiyani chaqiruvchi dori vositalarini bir vaqtda qabul qilish). Preparatni homiladorlik vaqtida qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Hayotga xavf tug‘diruvchi infeksiyalarda ona uchun davolashdan bo‘lgan foyda xomila uchun bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lganda qo‘llash mumkin. Preparatni laktasiya davrida qo‘llashning zarurati bo‘lganda emizishni to‘xtatish tavsiya qilinadi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Flukonazolni (sutkada 200 mg dozada) terfenadin, sizaprid va astemizol bilan o‘zaro ta‘siri, bu preparatlarni plazmadagi konsentrasiyalarini oshishiga olib kelishi mumkin, bu o‘z navbatida QT intervalini uzayishini sababchisi bo‘lishi va yurak ritmini jiddiy buzilishlariga olib kelishi mumkin. Flukonazol jigarda R450 tizimi fermentlarini ingibirlaydi, shunday qilib terfenadin, sizaprid va astemizolni metabolizmini pasaytiradi. Flukonazol va bu preparatlarni bir vaqtda buyurish mumkin emas. Varfarin va flukonazol birga buyurilganida protrombin vaqtini uzayishi aniqlanadi. Shu sababli flukonazol va kumarin turi antikoagulyantlarni bir vaqtda olayotgan pasientlarda protrombin vaqtini nazorat qilish kerak. Flukonazol peroral qandni tushiruvchi preparatlarning (sulfonilmochevina hosilalari) T1/2 uzaytiradi. Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda flukonazol va qandni tushiruvchi preparatparning shu turini bir vaqtda buyurish mumkin, ammo gipoglikemiyani rivojlanishi mumkin bulgan xavfini e‘tiborga olish kerak. Gidroxlortiazid va flukonazol bir vaqtda qayta buyurilganida plazmada flukonazolning konsentrasiyasini oshishini e‘tiborga olish kerak.

Rifampisin flukonazolning metabolizmini tezlashtiradi. Flukonazolning dozasini, ular bir vaqtda ishlatilganida muvofiq oshirish kerak.

Buyraklar ko‘chirib o‘tkazilgan pasientlarda flukonazol siklosporinning plazmadagi konsentrasiyasini oshirishi mumkin. Shu sababli, siklosporin va flukonazolni bir vaqtda olayotgan pasientlarda siklosporinning konsentrasiyasini monitoringini o‘tkazish tavsiya qilinadi.

Flukonazol teofillinning plazmadagi konsentrasiyasini oshiradi. Shu sababli teofillin va flukonazolni bir vaqtda olayotgan pasientlarda teofillinning konsentrasiyasini monitoringini o‘tkazish tavsiya qilinadi.

Flukonazol plazmada indinavir va midazolamning konsentrasiyasini oshirishi mumkin. Bu preparatlar flukonazol bilan bir vaqtda buyurilganida, ularning dozalari muvofiq kamaytirilishi kerak.

Klinik tekshirishlar zidovudinning metabolizmini sekinlashishi natijasida flukonazol bilan bir vaqtda buyurilganida, uning plazmadagi konsentrasiyasi oshishi mumkin. Bu ikkala preparatni bir vaqtda olayotgan pasientlarni kuzatish kerak, chunki bu holatda zidovudinning nojo‘ya samaralarini tez-tezligi oshishi mumkin.

Rifabutin va fenitoinning (bir vaqtda qo‘llanganida uveit hollari ta‘riflangan) klinik ahamiyatli darajada samaradorligin (birga qo‘llanganida fenitoinning plazmadagi konsentrasiyasini nazorat qilish kerak) oshiradi.

Takrolimusning konsentrasiyasini oshiradi – nefrotoksiklik xavfi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Flukonazol asosan siydik bilan chiqarilganligi tufayli, buyraklar faoliyatining buzilishi bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Flukonazolning ko‘p martalik dozalari bilan davolanishda dozalashni KK hisobga olgan holda amalga oshirish kerak. Flukonazol jigar faoliyatining buzilishlari bo‘lgan bemorlarga buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Davolash vaqtida jigar fermentlari darajasini muntazam monitoring qilish va mumkin bo‘lgan toksik samaralarni aniqlash maqsadida pasientlarni kuzatishni o‘tkazish kerak. Jigar fermentlarining darajasini oshishida shifokor davolashdan kutiladigan foydani va jigarning yanada og‘irroq shikastlanishini rivojlanish xavfini baholashi kerak. Flukonazolni bolalarda qo‘llashning yetarli tajribasi yo‘q. Bu guruh bemorlarda shifokor bunday davolashni zarurligi to‘g‘risidagi qarorni mustaqil qabul kilishi kerak. Avtomobilni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatga salbiy ta‘siri noma‘lum. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptompari: ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketishi. yanada og‘irroq holatlarda tirishishlar aniqlanishi mumkin.

Davolash: simptomatik davolash tavsiya qilinadi. Flukonazol asosan siydik bilan chiqariladi, kuchaytirilgan diurez uning chiqarilishini oshiradi. Uch soatlik gemodializ muolajasi flukonazolning plazmadagi konsetrasiyasini yarmiga kamaytiradi.

Chiqarilish shakli.

Infuziya uchun eritma 2 mg/ml. 100 ml dan polipropilen flakonlarda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

FLUKONAZOL kapsulalar 100 mg N7 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
FLUKONAZOL kapsulalar 100 mg N7 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
FLUKONAZOL kapsulalar 100 mg N7 dori vositasi NAVBAHOR SANOAT ООО tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
FLUKONAZOL kapsulalar 100 mg N7 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
FLUKONAZOL kapsulalar 100 mg N7 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
BISOPROLOL tabletkalari 5 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi:
  • Ishlab chiqaruvchi: NAVBAHOR SANOAT ООО
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
BISOPROLOL tabletkalari 2,5 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi:
  • Ishlab chiqaruvchi: NAVBAHOR SANOAT ООО
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
BISOPROLOL tabletkalari 10 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi:
  • Ishlab chiqaruvchi: NAVBAHOR SANOAT ООО
Narh: 5 900 so'mdan Batafsil
FLUKONAZOL kapsulalar 150 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: NAVBAHOR SANOAT ООО
Narh: 17 000 so'mdan Batafsil
FLUKONAZOL kapsulalar 150 mg N2
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: NAVBAHOR SANOAT ООО
Narh: 10 000 so'mdan Batafsil
FLUKONAZOL kapsulalar 150 mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: NAVBAHOR SANOAT ООО
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
FLUKONAZOL kapsulalar 50 mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: NAVBAHOR SANOAT ООО
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
BISOPROLOL tabletkalari 5 mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi:
  • Ishlab chiqaruvchi: NAVBAHOR SANOAT ООО
BISOPROLOL tabletkalari 5 mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi:
  • Ishlab chiqaruvchi: NAVBAHOR SANOAT ООО
BISOPROLOL tabletkalari 5 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi:
  • Ishlab chiqaruvchi: NAVBAHOR SANOAT ООО
BISOPROLOL tabletkalari 2,5 mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi:
  • Ishlab chiqaruvchi: NAVBAHOR SANOAT ООО
BISOPROLOL tabletkalari 2,5 mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi:
  • Ishlab chiqaruvchi: NAVBAHOR SANOAT ООО
BISOPROLOL tabletkalari 2,5 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi:
  • Ishlab chiqaruvchi: NAVBAHOR SANOAT ООО
Narh: 5 900 so'mdan Batafsil
BISOPROLOL tabletkalari 10 mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi:
  • Ishlab chiqaruvchi: NAVBAHOR SANOAT ООО
BISOPROLOL tabletkalari 10 mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi:
  • Ishlab chiqaruvchi: NAVBAHOR SANOAT ООО
BISOPROLOL tabletkalari 10 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi:
  • Ishlab chiqaruvchi: NAVBAHOR SANOAT ООО
FLUKONAZOL kapsulalar 200 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: NAVBAHOR SANOAT ООО
FLUKONAZOL kapsulalar 200 mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: NAVBAHOR SANOAT ООО
FLUKONAZOL kapsulalar 200 mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: NAVBAHOR SANOAT ООО
FLUKONAZOL kapsulalar 200 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: NAVBAHOR SANOAT ООО
FLUKONAZOL kapsulalar 200 mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: NAVBAHOR SANOAT ООО
FLUKONAZOL kapsulalar 200 mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: NAVBAHOR SANOAT ООО
FLUKONAZOL kapsulalar 200 mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: NAVBAHOR SANOAT ООО
FLUKONAZOL kapsulalar 200 mg N2
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: NAVBAHOR SANOAT ООО
FLUKONAZOL kapsulalar 200 mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: NAVBAHOR SANOAT ООО
Другие формы препарата
FLUKONAZOL eritma 100ml 0,2%
FLUKONAZOL infuziya uchun eritma 100ml 0,2%
FLUKONAZOL 0,002/ML infuziya uchun eritma 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya Respublikasi
  • Faol modda: Flukonazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Белмедпрепараты РУП
FLUKONAZOL infuziya uchun eritma 100ml 0,2%
MR FLUKONAZOL infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
FLUKONAZOL tabletkalari 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Flukonazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: O´zkimyofarm, АО им. С.К. Исламбекова
FLUKONAZOL tabletkalari 50mg N12
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9