×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Foskardin infuziya uchun eritma 50 ml

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Farmakoterapevtik guruh:
- Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita
Faol modda:
Креатин фосфат натрия
Ishlab chiqaruvchi:
- TEMUR MED FARM, OOO по заказу DREAM PHARMA GROUP, OOO
ATX kodi:
- С01ЕВ05
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 3 ta dorixonasida topildi

ico 158 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

EFFEKT YeRNAST kapsulalar Rusan Pharma LTD Индия
NEUROCOMPLEX KIDS stiki 1,5g N20 BIOTACT DEUTSCHLAND O'zbekiston
73 990 s`om dan
33 700 s`om dan
BLOKART V 12 poroshok 3ml N5 Casasco Argentina
390 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
50 ml dan yorug'likdan ximoyalangan shisha butilkalarda (flakonlar).

Infuziya uchun eritma
faol moda:

Kreatin fosfatning natriyli tuzi – 1,0 g 

yordamchi moddalar: 

Sorbitol – 10,0 g

Natriy xloridi – 0,45 g

Natriy gidrofosfat – 0,1 g

In'ektsiya Uchan suv - 50 ml gacha

Foskardin - miokard va mushak to'qimasining metabolizmini yaxshilovchi preparatdir. Kimyoviy tuzilishi bo'yicha endogen makroergik fosfokreatinga o'xshash. Ishemiyaga uchragan kardiomiositlar va miositlarning sarkolemmasini destruktsiya jarayoniga to'sqinlik qiladi, hujayra ichiga energiya tashilishini ta'minlaydi. Mikrosirkulyasiyani yaxshilashi hisobiga preparat nekroz va ishemiya sohasining o'lchamlarini kamaytiradi. Ishemiyada va postishemik reperfuziyada antiaritmik samara ko'rsatadi, bu qorinchalarning ektopik faolligini kamayishi va Purkine tolalari hujayralarining fiziologik faoliyatini saqlanishi bilan bog'lik

Taqsimlanishi: Vena ichiga bir martalik infuziyada preparatning qon plazmasidagi maksimal kontsentrasiyasi 1-3 minut o'tgach aniqlanadi. Preparatning eng ko'p miqdori skelet mushaklarida, miokardda va miyada to'planadi. Jigar va o'pka to'qimasida preparatni to'planishi juda oz.

Chiqarilishi: tez fazadagi yarim chiqarilish davri 30-35 minutni tashkil etadi; sekin fazadagi yarim chiqarilish davri bir necha soatni tashkil etadi. Buyraklar orqali chiqariladi.

Preparatga yuqori sezuvchanlik, arterial gipotenziya (v/i tez yuborilganida).

Preparatni ishemiyaning birinchi belgilari namoyon bo'lgan vaqtdan boshlab maksimal qisqa muddatlarda yuborish lozim.

Quyidagilarni majmuaviy davolashda qo'llanadi:

-o'tkir miokard infarkti;

-surunkali yurak etishmovchiligi;

-intraoperasion miokard ishemiyasi;

-qo'l-oyoqlarning intraoperasion ishemiyasi;

-o'tkir insult;

-sport tibbiyotida: jismoniy zo'riqish sindromini rivojlanishini oldini olish va ekstremal jismoniy yuklamalarga moslashishini yaxshilash uchun qo'llaniladi.

-Preparatga yuqori sezuvchanlik.

-18 yoshgacha bo'lgan bolalar.

Majmuaviy davolash tarkibida qo'llanganida, Foskardin antiaritmik, antianginal preparatlar, shuningdek miokardning inotrop faoliyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatuvchi preparatlarning samaradorligini oshishiga yordam beradi.

Yorug'likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati-2 yil. 

O'ramida ko'rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo'llanmasin.

tiniq, rangsiz yoki biroz sarg'ish eritma.
O'tkir miokard infarktida:

 birinchi sutkada venaga 2-4 g dan oqim bilan (200-400 ml) dan, keyingi 8-16 g ni (400-800 ml) dan infuziya usuli bilan tomchilab, 2 soat davomida yuboriladi. Ikkinchi sutkada 2-4 g (100-200 ml) dan v/i tomchilab sutkada 2 marta yuboriladi. Zarurati bo'lganida preparatni 2 g (100 ml) dan sutkada 2 marta infuziya kursini 6 kun davomida o'tkazish mumkin.

Surunkali yurak etishmovchiligida:

 10-14 kun davomida 1-2 g dan (50-100 ml) dan sutkada 2 marta v/i tomchilab yuboriladi.

Miokardning intraoperasion ishemiyasida:

 oddiy infuzion eritma tarkibida 1 l dan 3 g gacha (150 ml) miqdorida yuboriladi. Foskardin eritma tarkibiga bevosita ishlatishdan oldin aralashtiriladi. Preparatning infuziya kurslarini 2 g (100 ml) dan operasiyadan oldin 3-5 kun davomida, sutkada 2 marta, shuningdek operasiyadan so'ng 1-2 kun davomida o'tkazish tavsiya etiladi.

Oyoqlarning intraoperasion ishemiyasi rivojlanishi ehtimolida:

operasiyagacha preparatning 2-4 g (100-200 ml) v/i oqim bilan, keyingi operasiya davomida va reperfuziya davrida 8-10 g (400-500 ml) ni infuziya qilish tavsiya etiladi.

18 yoshdan kichik bolalarda preparatni qo'llash to'g'risida ma'lumotlar yo'q.

Foskardin preparatining dozasini oshirib yuborilishi to'g'risida hozirgi vaqtgacha xabar berilmagan.

Homiladorlik va laktasiya davrida preparatni xavfsizligi va samaradorligi haqida ma'lumot yo'q. Shunga qaramasdan, fosfokreatinni hayvonlarning reproduktiv xarakteristikalari va ona qornida rivojlanishiga toksik ta'sir ko'rsatmasligi ma'lum. Agar ona uchun foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lsa, preparatni homiladorlik davrida qo'llash mumkin. Emizish davrida preparatni qo'llash zarurati bo'lgan holda emizishni to'xtatish kerak.

Preparatni ishemiyaning birinchi belgilari namoyon bo‘lgan vaqtdan boshlab maksimal qisqa muddatlarda yuborish lozim.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Foskardin infuziya uchun eritma 50 ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Foskardin infuziya uchun eritma 50 ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
Foskardin infuziya uchun eritma 50 ml dori vositasi TEMUR MED FARM, OOO по заказу DREAM PHARMA GROUP, OOO tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
Foskardin infuziya uchun eritma 50 ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Foskardin infuziya uchun eritma 50 ml dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
KREATON poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: XXR
  • Faol modda: Креатин фосфат натрия ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Furen Pharmaceutical Group Co., Ltd.” Xuanwu Economic developing-area, Luyi County, Henan Province, P.R. China.
  • Vakil: LIFE PHARMA SYSTEMS
Ishlab chiqaruvchining dorilari
REOLAKT infuziya uchun eritma 200ml
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
LAKSFEN infuziya uchun eritma 200ml 0,05%
LAKSFEN infuziya uchun eritma 100ml 0,05%
KMA DFG infuziya uchun eritma 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: TEMUR MED FARM, OOO по заказу DREAM PHARMA GROUP, OOO
  • Vakil: Dream Pharma MChJ
Narh: 33 600 so'mdan Batafsil
KMA DFG infuziya uchun eritma 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: TEMUR MED FARM, OOO по заказу DREAM PHARMA GROUP, OOO
  • Vakil: Dream Pharma MChJ
Narh: 26 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9