×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GELOFUZIN infuziya uchun eritma 500ml N1

Kategoriya:
- Qon va qon aylanishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Shveytsariya
Faol modda:
желатин
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- B.Braun Melsungen AG, Германия произведено: B.Braun Medical AG
ATX kodi:
- B05AA06
Noaniqliq haqida habar berish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
GELOFUZIN infuziya uchun eritma 500ml N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

GELOFUZIN

GELOFUSIN

Preparatning savdo nomi: Gelofuzin

Dori shakli: infuziya uchun eritma

Tarkibi:

1000 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

Faol moddalar:

Suksinillangan jelatin 40,00 g

(o‘rtacha molekulyar og‘irligi Mn 23 200 dalton)

Natriy xloridi 7,01 g

Yordamchi moddalar:

Natriy gidroksidi 1,36 g

In‘eksiya uchun suv 1000 ml gacha.

Elektrolitlar konsentrasiyasi:

Natriy 154 mmol/l

Xloridlar 120 mmol/l

Fizik-kimyoviy xarakteristikasi:

Nazariy osmolyarligi 274 mOsm/l

rN 7,1-7,7

Ta‘rifi: och sariqdan to sariq rangligacha bo‘lgan tiniq eritma

Farmakoterapevtik guruhi: plazma o‘rnini bosuvchi vosita.

ATS kodi: V05AA06

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Gelofuzin – o‘rtacha molekulyar massasi 23 200 dalton bo‘lgan, suksinillangan jelatinning 4% eritmasi (shuningdek, modifikasiyalangan suyuq jelatin sifatida ma‘lum). U 34 mm Hg kolloid–osmotik bosimga ega. Izoelektrik nuqtasiga rN 4,5 da erishiladi. Suksinillanish natijasida molekulada paydo bo‘ladigan manfiy zaryadlar molekulani o‘lchamini kattalashishiga olib keladi va shu tarzda suksinillanmaganlarga nisbatan, molekulyar og‘irligi saqlangan holda hajmini oqsil zanjirlari shakllanadi.

Natijada Gelofuzin 3-4 soat davomida yetarli volemik samara ko‘rsatadi.

Terapevtik ta‘siri:

Gelofuzin qon yoki plazma yo‘qotilishi oqibatidagi tomir ichidagi suyuqlik hajmini o‘rnini qoplaydi. Shunday qilib, o‘rtacha arterial bosimi, chap qorinchaning diastolik bosimi, yurakning sistolik hajmi, yurak indeksi, kislorodni tashilishi va diurez oshadi.

Ta‘sir mexanizmi:

Eritmaning kolloid–osmotik bosimi boshlang‘ich samaraning yaqqollik darajasini aniqlaydi. Ta‘sir davomiyligi kolloidni degradasiyasi va ekskresiya tezligiga bog‘liq. Gelofuzinni volemik samarasi eritmaning yuborilgan miqdoriga ekvivalentdir. Gelofuzin plazma o‘rnini bosuvchi bo‘lgani tufayli u plazma hajmini oshirish samarasiga ega emas. Plazma proteinlarini yo‘qotilishi Gelofuzin bilan to‘ldirilmaydi.

 

Farmakokinetikasi

Taqsimlanishi

Gelofuzin yuborilgandan keyin asosan qon tomir ichida tez taqsimlanadi, ozgina miqdori interstisial bo‘shliqqa kam chiqishi mumkin. Gelofuzin retikulo-endotelial tizimda yoki organizmning biron joyida to‘planishi haqida dalillar yo‘q.

Metabolizmi/chiqarilishi

Gelofuzin asosan buyrak orqali chiqariladi. Faqat ko‘p bo‘lmagan qismi ichak orqali chiqariladi va ko‘pi bilan 1% metabolizmga uchraydi. Kichik molekulalari glomerulyar filtrasiya yo‘li bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqariladi, ayni paytda katta molekulalari esa, avval jigarda proteolitik degradasiyaga uchraydi, so‘ngra u ham buyrak orqali chiqariladi. Proteolitik metabolizmi shunchalik oson moslashadiki, hatto buyrak yetishmovchiligi sharoitida ham jelatinning hech qanday akkumulyasiyasi kuzatilmaydi. Plazma hajmini to‘ldirish maqsadida yuborilgandan keyin Gelofuzinni intravaskulyar bo‘shliqdan yarim chiqarilish davri 4-5 soatni tashkil qiladi.

Maxsus klinik holatlardagi farmakokinetikasi:

Gemodializda bo‘lgan pasientlarda Gelofuzinni yarim chiqarilish davri uzayishi mumkin (kalava filtrasiyasi tezligi minutiga <0,5 ml).

Qo‘llanilishi

Quyidagi holatlarda kolloid plazma o‘rnini bosuvchi vosita sifatida:

  • mutloq va nisbiy gipovolemiyani (masalan, gemorragik va travmatik shok, operasiyadan oldingi qon yo‘qotishlar, kuyish, sepsis oqibatidagi gipovolemiyani)oldini olish va davolash
  • gipotenziyani oldini olishda (masalan, epidural yoki spinal anesteziya oqibatida)
  • gemodilyusiya
  • ekstrakorporal qon aylanishi (yurak-o‘pka apparati, gemodializ) da qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Gelofuzin vena ichiga yuboriladi.

Umumiy dozasi, yuborish davomiyligi va tezligi qon aylanishining, zarurati bo‘lganida muvofiqlashtirilishi lozim bo‘lgan oddiy parametrlarining nazoratini (masalan, arterial bosimi) hisobga olib, shaxsiy ehtiyojlarga bog‘liq bo‘ladi.

Allergik (anafilaktik/anafilaktoid) reaksiyalarni boshlanishini, iloji boricha erta bosqichlarida aniqlash uchun Gelofuzinning birinchi 20-30 ml ni sekin va sinchkov kuzatuv ostida yuborish lozim.

Katta yoshli pasientlar uchun tavsiya etilgan dozalash

Qo‘llanilishi O‘rtacha dozalash
Gipovolemiyani va gipotenziyani oldini olish. Yengil gipovolemiyani davolash (masalan, qon va plazmani o‘rtacha darajada yo‘qotilishida)  

500-1000 ml

Og‘ir gipovolemiyani davolash 1000-2000 ml
Hayotga xavf soluvchi, shoshilinch vaziyatlarda Tez infuziya ko‘rinishida 500 ml (bosim ostida), so‘ngra qon aylanishi parametrlari yaxshilanganidan so‘ng suyuqlik xajmi, tanqisligiga ekvivalent miqdorda infuziyani amalga oshirish lozim.
Ekstrakorporal qon aylanishi Qon aylanishi tizimida foydalaniladigan miqdorga qarab, biroq odatda 500 dan 1500 ml gacha buyuriladi.

Qon ivish tizimini buzilishlari, buyrak yetishmovchiligi va jigarning surunkali kasalliklari bo‘lgan pasientlar uchun, shaxsiy klinik holatga muvofiq tarzda dozalashni tanlash tavsiya etiladi, bunda klinik-kimyoviy tekshirishlarni hisobga olish zarur.

Maksimal sutkalik doza:

Amalda erishilgan gemodilyusiya darajasiga bog‘liq. Gematokritni 25% dan pastga tushib ketishi (yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda 30%), eritrositar massani yoki toza qonni quyilishini talab etadi, bundan keyin Gelofuzinni yuborishni davom ettirish mumkin.

Ko‘p miqdorda qon yo‘qotishlarda, zarurati bo‘lsa, sutkada 10-15 l gacha eritmani (yuqorida ko‘rsatilgan shartlarga rioya qilib)quyish mumkin.

Infuziyani maksimal yuborish tezligi

Infuziyani maksimal yuborish tezligi gemodinamika, periferik mikrosirkulyasiya va diurez holatiga bog‘liq bo‘ladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Gelofuzinni infuziyasi natijasida, boshqa plazma o‘rnini bosuvchi har qanday eritmalar kabi, allergik (anafilaktik yoki anafilaktoid) reaksiyalar bo‘lishi mumkin. Teri toshmalari ko‘rinishidagi (eshakemi, yuz va bo‘yin sohasida qizarish) reaksiyalari paydo bo‘ladi. Kam hollarda arterial bosimni birdan tushib ketishi, shok, nafas va yurak faoliyatini to‘xtab qolishi kuzatilishi mumkin. Bunday hollarda infuziya darhol to‘xtatilishi lozim.

Anafilaktik yoki anafilaktoid reaksiyalarga moyil pasientlarni o‘z vaqtida aniqlash uchun testlar ma‘lum emas, shuningdek bunday reaksiyalarni kechishini ham oldindan aytib bo‘lmaydi.

Jelatin eritmasiga allergik (anafilaktik/anafilaktoid) reaksiyalar gistamin orqali namoyon bo‘lishi, ham gistaminga bog‘liq bo‘lmagan bo‘lishi ham mumkin. Gistaminni ajralishi N1 va N2 reseptorlari blokatorlarni majmuada qo‘llash yordamida oldini olinishi mumkin. Kortikosteroidlarni profilaktik tarzda qo‘llashning asoslari tasdiqlanmagan.

Nojo‘ya samaralar xushida bo‘lgan pasientlarda ham, va narkoz holatida bo‘lgan pasientlarda ham paydo bo‘lishi mumkin. Biroq qon hajmini tanqisligi oqibatidagi shokning o‘tkir bosqichidagi allergik (anafilaktik/anafilaktoid) reaksiyalar hozirgi vaqtgacha aniqlanmagan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Gelofuzinni quyidagi holatlarda qo‘llash mumkin emas:

  • jelatinga o‘ta yuqori sezuvchanlik
  • gipervolemiya
  • gipergidratasiya
  • o‘tkir yurak yetishmovchiligi
  • qon ivishini jiddiy buzilishlarida.

Gelofuzinni quyidagi holatlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi:

  • gipernatriemiya, gelofuzin bilan qo‘shimcha natriy ionlari yuboriladi
  • degidratasiya holatida, chunki bunday holatlarda birinchi navbatda suv-elektrolit muvozanatini muvofiqlashtirish talab etiladi.
  • koagulyasiya (qon ivish) tizimi buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklarda, chunki gelofuzinni yuborish qon ivish omillarini suyulishiga olib keladi
  • buyrak yetishmovchiligi, chunki odatdagi chiqarilish yo‘li buzilgan bo‘lishi mumkin
  • surunkali jigar yetishmovchiligi, ular natijasida albumin va koagulyasiya omillarini sintezi buziladi, kolloid eritmani yuborish esa, ularni yanada suyulishiga olib kelishi mumkin.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Yog‘li emulsiyalar, barbituratlar, miorelaksantlar, antibiotiklar, glyukokortikosteroidlar bilan nomutanosib.

Elektrolitlar, uglevodlar, umumiy qon bilan mutanosibdir.

Maxsus ko‘rsatmalar

Laborator natijalarga o‘zaro ta‘siri:

Klinik-kimyoviy parametrlariga ta‘sir bo‘lishi mumkin. Quyidagi laborator natijalar taxmin qilinganidan yuqori bo‘lishi mumkin: eritrositlar cho‘kish tezligi, siydikning nisbiy zichligi, shuningdek siydikda oqsil miqdorining ko‘rsatkichlari (masalan, biruet usuli yordamida aniqlangan).

Quyidagi ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish lozim:

Zarurati bo‘lganida elektrolitlarning eritmalarini yuborish lozim.

Quyidagilarda nazorat qilish zarur:

Zardob ionogrammasini va organizmning suv muvozanatini nazorat qilish lozim.

Bu ayniqsa gipernatriemiyada, degidratasiya holatlarida va buyrak yetishmovchiligida juda muhimdir.

Qon ivishini buzilishi va surunkali jigar kasalliklarida qon ivish parametrlarini va zardobdagi albuminni nazorat qilish zarur. Gelofuzinni qabul qilayotgan pasientlar allergik (anafilaktik/anafilaktoid) reaksiyalarni kelib chiqishi mumkinligi tufayli, sinchkov nazorat ostida bo‘lishlari lozim. Tibbiyot xodimi kolloidli plazma o‘rnini bosuvchi eritmalarni buyurgandan keyin kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaksiyalarni ko‘rinishlari va og‘irligi haqida xabardor bo‘lishlari lozim:

  • reanimasiya uchun barcha zarur umumiy va medikamentoz chora tadbirlarni tayyorlash;
  • preparatni birinchi 20-30 ml ni yuborish vaqtida pasientni diqqat bilan kuzatish.

Anafilaktik/anafilaktoid reaksiyalar kelib chiqqan hollarda preparatni yuborishni darhol to‘xtatish va tegishli yordamni ko‘rsatish lozim (yuqorida keltirilgan jadvalga qaralsin).

Bosim ostida infuziya o‘tkazilgan hollarda (tonometr manjeti, infuziya uchun nasos) Gelofuzinni tana haroratigacha isitish lozim. Preparatni bosim ostida yuborishda flakondagi barcha havo oldindan chiqarib tashlanishi lozim.

Agar eritma tiniq bo‘lmasa, agar butilka shikastlangan bo‘lsa yoki oldindan ochilgan bo‘lsa ishlatilmasin.

Pediatriyada qo‘llanilishi

Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda Gelofuzinni qo‘llashga oid hech qanday ma‘lumotlar yo‘q.

Homiladorlik va laktasiyada qo‘llanilishi

Gelofuzinni har qanday embritoksik ta‘sirini tasdiqlovchi ma‘lumotlar yo‘q.

Allergik (anafilaktik/anafilaktoid) reaksiyalarning xavfi tufayli, to‘liq istisno qilib bo‘lmaydi, u homiladorlikda faqat ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina buyurilishi lozim.

Gelofuzinni ona sutiga o‘tishi haqidagi ma‘lumotlar yo‘q.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: dozani oshirib yuborilishining asosiy xavfi qon aylanishi tizimini zo‘riqishi bilan bog‘liq bo‘ladi.

Davolash: preparatni yuborilishini darhol to‘xtatish lozim va zarurati bo‘lsa, diuretiklarni buyurish lozim.

Chiqarilish shakli

Infuziya uchun eritma.

500 ml dan infuzion eritmalar uchun Yevropa Farmakopeyasi talablariga muvofiq past zichlikdagi polietilen butilkalarda.

10 butilkadan yetarli miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida (stasionarlar uchun).

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Stasionarlarda ishlatish uchun

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GELOFUZIN infuziya uchun eritma 500ml N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GELOFUZIN infuziya uchun eritma 500ml N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
GELOFUZIN infuziya uchun eritma 500ml N1 dori vositasi B.Braun Melsungen AG, Германия произведено: B.Braun Medical AG tomonidan Shveytsariya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
GELOFUZIN infuziya uchun eritma 500ml N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GELOFUZIN infuziya uchun eritma 500ml N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
GELOFUZIN infuziya uchun eritma 500ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Faol modda: желатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: B.Braun Melsungen AG, Германия произведено: B.Braun Medical AG
Ishlab chiqaruvchining dorilari
GELOFUZIN infuziya uchun eritma 500ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Faol modda: желатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: B.Braun Melsungen AG, Германия произведено: B.Braun Medical AG
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9