×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GELREM kapsulalar N10

Kategoriya:
- Antiparazitik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
бутоны гвоздики душистой измельчённой, Магния стеарат, сухой экстракт травы полыни, сухой экстракт цветков пижмы, трава полыни горькой измельчённой, Цветки пижмы ложнотысячелистниковой
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Remedy Group,СП,ООО Узбекско-Британское для ZEUS PHARMA Ltd.Великобритания
ATX kodi:
- P02
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

GELMINTOKS suspenziya 15ml 125mg/2,5ml Innothera Chouzy Frantsiya
43 500 s`om dan
GELMINTOKS suspenziya dlya priema vnutr 15ml 125mg/2,5ml Иннотера Шузи Frantsiya
43 500 s`om dan
FURASILIN tabletkalari 20mg N10 ИРБИТСКИЙ ХИМФАРМЗАВОД, ОАО Rossiya
1 000 s`om dan
ALBEZ tabletkalari 200mg N5 GM Pharmaceuticals Ltd. Gruziya
51 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
GELREM kapsulalar N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

GELREM®

GELREMUM

Preparatning savdo nomi: Gelrem®

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): maydalangan qalampir munchoq g‘unchalari, tog‘dastarbosh gullari, tog‘dastarbosh gullari quruq ekstrakti, maydalangan achchiq ermon o‘ti, achchiq ermon o‘ti quruq ekstrakti, kalsiy stearati yoki magniy stearati.

Dori shakli: kapsulalar

Tarkibi:

1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:

maydalangan qalampirmunchoq g‘unchalari, tog‘dastarbosh gullari, tog‘dastarbosh gullari quruq ekstrakti, maydalangan achchiq ermon o‘ti, achchiq ermon o‘ti quruq ekstrakti, kalsiy stearati yoki magniy stearati.

Ta‘rifi: och-jigarrangdan to‘q jigarranggacha bo‘lgan o‘ziga hos qalampirmunchoq hidli, quruq ekstraktlar va maydalangan o‘simliklar aralashmasi bilan to‘ldirilgan, to‘q sariq rangli, “0” o‘lchamli, qattiq jelatinli kapsulalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Antigelmint vosita.

ATX kodi: R02

 

Farmakologik xususiyatlari

Dorivor o‘simliklarning quruq ekstrakti va kukunidan tashkil topgan preparat zaharliligi kam bo‘lgan modda bo‘lib, kuchli ifodalangan gijjalarga qarshi va o‘t haydovchi ta‘sirga ega. Gijjalarga qarshi ta‘siridan tashqari, me‘da-ichak yo‘llarining funksional holatini yaxshilaydi.

 

Qo‘llanilishi

Gijja invaziyalarida, hamda ularning yuqishi havfida, shuningdek me‘da-ichak yo‘llarining buzilgan faoliyatini me‘yorlashtirish uchun qo‘llanadi. Uni gepatit, enterokolit va gipoasid gastritda ham qo‘llash mumkin.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga – askaridalarda, ostrisalarda 1-2 kapsuladan kuniga 2-3 marta, ovqatdan 30 minut oldin qo‘llanadi.

Gastrit va kolitlarda 1-2 kapsuladan kuniga 2-3 marta, ovqatdan 30 minut oldin qo‘llanadi.

Davolash kursi 1-2 hafta. Zarurati bo‘lsa, davolayotgan shifokor nazorati ostida 0.4 g li 2 kapsulani haftada bir marta, 2-3 oy davomida qo‘llash tavsiya etiladi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Homiladorlik va laktasiya davri, erta bolalik yoshi va preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmain.

Chiqarilish shakli

Kapsulalar 0,4 g dan kontur uyali o‘ramda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GELREM kapsulalar N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GELREM kapsulalar N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
GELREM kapsulalar N10 dori vositasi Remedy Group,СП,ООО Узбекско-Британское для ZEUS PHARMA Ltd.Великобритания tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
GELREM kapsulalar N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GELREM kapsulalar N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9