×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GEM AP kapsulalar N30

Kategoriya:
- Kamqonlik
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Фолиевая кислота, Цианокобаламин, сульфат марганца, сульфат меди, цитрат железа(III)-аммония
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Cadila Pharmaceuticals Limited
ATX kodi:
- B03AD02
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

IZIFER sirop 100ml Remedy Group СП OOO O'zbekiston
58 200 s`om dan
DENTASHAN gel 25g Isshaan Healthcare Pvt. Ltd Hindiston
FERROKOMED tabletkalari N30 A.B.-Biokom, ООО O'zbekiston
85 800 s`om dan
GLOBEKS sirop 100ml BioMedicare (India) Pvt. Ltd Hindiston
29 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
GEM AP kapsulalar N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

GEM AP

HAEM UP

Preparatning savdo nomi: Gem Ap

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): temir fumarati, folat kislotasi, mis sulfati, marganes sulfati

Dori shakli: kapsulalar

Tarkibi:

Har bir yumshoq jelatin kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

temir fumarati B.F.                       200,0 mg;

folat kislotasi B.F.                      1,5 mg;

mis sulfati AQSH F.                    2,5 mg;

marganes sulfati AQSH F.          2,5 mg;

yordamchi moddalar: paxta moyi, soya lesitini, asalari mumi, metilparaben, propilparaben, butilizasiya qilingan gidroksianizol, butilizasiya qilingan gidroksitoluen, qalampir yalpiz moyi, suyuq parafin.

Jelatin kapsulasining tarkibi: jelatin, sorbitol (70% eritma), gliserin, metilparaben, propilparaben, temir III oksidi (kod-Ye 172), zangori brilliant bo‘yovchisi (kod-Ye-133), vanilin, tozalangan suv.

Ta‘rifi:  yalpiz hidli jigarrang moyli suspenziya bilan to‘ldirilgan kofe tusli jigarrang rangli yumshoq, jelatin kapsula.

Farmakoterapevtik guruhi: eritropoezni rag‘batlantiruvchi vosita.

ATX kodi: V03AD02.

Farmakologik xususiyatlari

Gem Ap – majmuaviy antianemik preparat bo‘lib, ta‘siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlarning xususiyatlari bilan ifodalanadi.

Preparatning tarkibiga kiruvchi temir fumarati organizmda temir tanqisligini to‘ldiradi. Temir gemoglobin, mioglobin va qator fermentlarning tarkibiga kiradi. Gemning struktur komponenti bo‘lib, eritropoezda ishtirok etadi. Kislorodni qaytuvchan bog‘lab oladi va oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida ishtirok etadi. Temir tuzlari ko‘rinishida qo‘llanganida organizmda uning tanqisligini tez to‘lishi kuzatiladi, bu anemiyaning klinik (holsizlik, toliqish, bosh aylanishi, taxikardiya, og‘riq va terini qurishi) va laboratoriya ko‘rsatkichlarini asta-sekin regressiyasiga olib keladi.

Folat kislotasi eritrositlarni hosil bo‘lishi va yetilishida ishtirok etadi. Folat kislotasi megaloblastlarni normal yetilishi va normoblastlarni hosil bo‘lishi uchun zarur. Eritropoezni rag‘batlantiradi, aminokislotalar, nuklein kislotalari, purinlar va pirimidinlar sintezida, xolin almashinuvida ishtirok etadi. Homiladorlikda organizmni teratogen omillarning ta‘siridan himoya qiladi, bolalarda tug‘ma nuqsonlar foizini pasaytiradi.

Mis skeletni normal shakllanishi va to‘qimalar regenerasiyasi uchun zarur, ba‘zi gormonlar, shu jumladan insulinning tarkibiga kiradi. Mis sulfati kichik dozalarda eritropoezni kuchaytiradi.

Marganes tanqisligi suyaklarni demineralizasiyasiga, skelet va tog‘aylarni noto‘g‘ri o‘sishiga olib kelishi mumkin, osteoporozlar va osteoartritda kerak.

Preparat qonda temirning normal darajasini tiklash va bir maromda saqlab turishga yordam beradi. Organizmda temir va folat kislotasi tanqisligida kuzatilishi mumkin bo‘lgan anemiya (shu jumladan, homiladorlikda), homilani tushishi, muddatdan oldingi tug‘ruq va bolaning aqliy rivojlanishini buzilishini oldini oladi.

Gem Ap kapsulalarining faol komponentlari asosan yo‘g‘on ichakning yuqorigi qismidan ularni so‘rilishini ta‘minlaydigan maxsus neytral qobiqda bo‘ladi. Me‘daning shilliq qavatiga mahalliy qitiqlovchi ta‘sirini yo‘qligi, me‘da-ichak yo‘llari tomonidan preparatni yaxshi o‘zlashtirilishiga yordam beradi.

Farmakokinetikasi

Preparat ichga qabul qilinganidan keyin temir me‘da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi.

Temir plazmaning transferrinlari bilan deyarli to‘liq bog‘lanadi va gemoglobin, mioglobin, sitoxromoksidaza, katalaza va peroksidazalarni hosil bo‘lishi jarayoniga kirishadi yoki organizmning to‘qimalarida ferritin ko‘rinishida to‘planadi. Temir tanqisligi darajasi va tizimli qon oqimiga so‘rilgan temirning miqdori orasida korrelyasiya mavjud (temir tanqisligi qanchalik yuqori bo‘lsa, so‘rilishi shunchalik yaxshi bo‘ladi).

Folat kislotasi asosan me‘da-ichak yo‘llari yuqori qismlarida (o‘n ikki barmoqli ichak) so‘riladi. Folat kislotaning plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 64% ni tashkil qiladi, biotransformasiyasi jigarda yuz beradi.

Ichakda so‘rilganidan so‘ng, mis va marganes qonda asosan plazma proteinlari bilan tashiladi.

Preparatning komponentlari me‘da-ichak yo‘llari, shuningdek buyraklar orqali chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  • Organizmda o‘tkir va surunkali qon yo‘qotilishi (shu jumladan bachadondan qon ketishi, me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishi, qovuqdan qon ketishi, gemorroidal tugunlardan qon ketishi va doimiy donorlik) fonida, shuningdek surunkali alkogolizm fonida organizmdan temirni haddan tashqari yo‘qotilishi bilan bog‘liq bo‘lgan, yaqqol temir tanqisligi (temir tanqisligi anemiyasi) va yashirin temir tanqisligi (anemiyasiz) anemiyasini oldini olish va davolash; tirishishlarga qarshi vositalar va peroral kontraseptivlarni qabul qilganda; kattalar va bolalarda infeksion kasalliklarda, o‘smalarda organizmni qarshiligi pasayganida; bolalar va o‘smirlik yoshidagi faol o‘sish davrida, kattalarda (vegetarian parxezga rioya qiluvchi shaxslarda va keksa yoshida) temir, folat kislotasi va mikroelementlarga bo‘lgan ehtiyoj yuqori bo‘lganida; chala tug‘ilgan bolalarda; me‘da-ichak yo‘llarida temirni so‘rilishi buzilganida; ishtaxa bo‘lmaganida, sifatsiz va muvozanatlanmagan ovqatlanishda, holsizlikda; o‘tkazilgan infeksion kasalliklardan, jarrohlik aralashuvlaridan keyin, me‘dani rezeksiyasidan keyin, gijjalar invaziyasida;
  • temir va folat kislotasini birgalikdagi tanqisligi bilan chaqirilgan anemiyani oldini olish va davolash;
  • homiladorlik fonida, tug‘ruqdan keyingi davr va laktasiya davrida rivojlanadigan anemiyani oldini olish va davolash;
  • jarrohlik aralashuvlarga tayyorgarlikda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Klinik jixatdan yaqqol temir tanqisligida.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga preparat 1 kapsuladan sutkada 1-2 marta, qonda gemoglobinning darajasi normal bo‘lgunigacha buyuriladi. Shundan so‘ng organizmda temirning zahirasini tiklash uchun preparatni qabul qilish bir necha oy davomida davom ettirilishi kerak. Klinik jihatdan yaqqol temir tanqisligi bo‘lganida, gemoglobinni normal darajasiga davolash boshlanganidan so‘ng 2-3 oydan keyin erishiladi.

Homiladorlikda sutkada 1 kapsuladan butun homiladorlik davri davomida qabul qilish tavsiya etiladi. Temir tanqisligini oldini olish va yashirin temir tanqisligini davolash uchun preparat sutkada 1 kapsuladan buyuriladi. Kapsulalarni ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin darhol, butun holda yutib qabul qilish tavsiya etiladi.

Sutkalik dozani bir marta yoki bir necha marta qabul qilish mumkin.

Gem Ap ning so‘rilishini pasayishidan saqlanish uchun qora choy, kofe, sut bilan ichish, shuningdek sut mahsulotlari, xom sut bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Kam hollarda (odatda temir va preparatning boshqa komponentlariga shaxsiy sezuvchanlikda rivojlanadigan) – terini qizarishi, ko‘ngil aynishi, ishtahani anoreksiyagacha pasayishi, qabziyat, kam hollarda diareya, epigastral sohada og‘riq, ichak sanchig‘i, xiqichoq tutish. Shuningdek yara kasalligi, enterit, yarali kolitni zo‘rayishi kuzatilishi mumkin.

Davolash

Nojo‘ya samaralari yaqqol bo‘lmaganida (dispeptik buzilishlar) dozasini pasaytirish maqsadga muvofiq; shuningdek uni temirning boshqa tuzini saqlovchi preparatga o‘zgartirish mumkin. nojo‘ya samaralari yaqqol kuzatilganida preparatni qabul qilish to‘xtatiladi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • temir tanqisligi (aplastik va gemolitik anemiya, V12 vitamini tanqisligi bilan chaqirilgan megaloblast anemiya) bilan bog‘liq bo‘lmagan anemiyalar;
  • organizmda temirning miqdorini oshishi (gemosideroz, gemoxromatoz);
  • temirning utilizasiyasi mexanizmlarini buzilishi (qo‘rg‘oshin bilan zaharlanish oqibatidagi anemiya);
  • temir va preparatning har qanday boshqa komponentini shaxsiy o‘zlashtiraolmaslikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Alyuminiy, magniy, kalsiy saqlovchi antasid vositalar, shuningdek xolesteramin saqlovchi preparatlar bilan Gem Ap preparati bir vaqtda qo‘llanganida, me‘da-ichak yo‘llaridan temirni so‘rilishi kamayadi.

Tetrasiklin, shuningdek penisillin guruhi antibiotiklari bilan bir vaqtda qo‘llanganida, temir va antibiotiklarning so‘rilishini kamaytiradigan kompleks birikmalar hosil bo‘ladi.

Glyukokortikoidlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida Gem Ap preparati eritropoezni rag‘batlanishini kuchaytirishi mumkin.

Askorbin kislotasi bilan bir vaqtda qo‘llanganida temirni so‘rilishi yaxshilanadi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni jigarning surunkali kasalliklari, alkogolli sirrozi va me‘da osti bezini yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Preparatni qabul qilishda ahlatni to‘q rangga bo‘yalishi kuzatiladi, bu so‘rilmagan temirni chiqarilishi bilan bog‘liq.

Homiladorlik va laktasiya

Organizmda temir tanqisligi aniqlanganida homiladorlik va laktasiya davrida Gem Ap preparatini qo‘llash asosli va xavfsiz hisoblanadi.

Homiladorlik va laktasiya davrida temir tanqisligini oldini olish maqsadida uzoq vaqt qabul qilinganida, temir preparatlarini klinik yoki epidemiologik toksik, kanserogen yoki mutagen hususiyatlari aniqlanmagan.

 

Avtomobilni boshqarish, mashina va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Gem Ap preparati avtomobilni boshqarish yoki mashina va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatini bevosita buzishi haqida ma‘lumotlar yo‘q.

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llash mumkin emas.

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtgacha Gem Ap preparati qabul qilinganida dozani oshirib yuborilish hollari yoki intoksikasiya belgilari ta‘riflanmagan. Tavsiya etilgan dozasiga rioya qilinganida dozasini oshirib yuborilish simptomlari kuzatilmaydi. Dozasi oshirib yuborilganida (tasodifan yoki ataylab) quyidagi simptomlar:

– qorin og‘rig‘i, diareya, qusish (shu jumladan qonli), bosh aylanishi, keyinchalik sianoz rivojlanishi mumkin bo‘lgan holsizlik, ongni buzilishi, giperventilyasiya kuzatilishi mumkin.

Davolash

Shifoxonagacha bo‘lgan bosqich – dozasi ahamiyatsiz darajada oshirib yuborilganida – me‘dani yuvish buyuriladi va keyinchalik sut, xom tuxum qabul qilish va sut mahsulotlariga boy parxezni buyuriladi.

Davolash muassasalarida – maxsus davolash o‘tkazilgunicha – sut, xom tuxum iste‘mol qilish buyuriladi.

Maxsus davolash deferoksaminni (desferal) ichga va parenteral buyurish bilan o‘tkaziladi. O‘tkir zaharlanishlarda hali me‘da-ichak yo‘llaridan so‘rilmagan temirni bog‘lash uchun, 5-10 g deferoksamin 10-20 ampula ichidagisini ichimlik suvida eritish yo‘li bilan ichishgach beriladi. So‘rilgan temirni yo‘qotish uchun deferaksamin 1-2 g dan har 3-12 soatda mushak ichiga yuboriladi. Shok rivojlanishi bilan kechuvchi og‘ir hollarda 1 g dozadagi preparatni vena ichiga tomchilab yuborish amalga oshiriladi va simptomamik davolash o‘tkaziladi.

Chiqarilish shakli

30 kapsuladan shisha flakonda. Bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GEM AP kapsulalar N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GEM AP kapsulalar N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
GEM AP kapsulalar N30 dori vositasi Cadila Pharmaceuticals Limited tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
GEM AP kapsulalar N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GEM AP kapsulalar N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
SEFIKAD poroshok 1000mg N1
FITOBAKT poroshok 1000mg 1000 mg+1000 mg N1
TELI G tabletkalari 40mg 40 mg + 12,5 mg N30
RABELOK liofilizat 20mg
GEM AP sirop 200ml
SEFIKAD poroshok 1000mg N1
TAMBAK 200 tabletkalari 200mg N10
TAMBAK 100 tabletkalari 100mg N10
FLUZON 150 tabletkalari 150mg N2
SEFIKAD poroshok 2000mg N1
DOLAK tabletkalari 10mg N20
Narh: 9 900 so'mdan Batafsil
ZILARGI tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Cadila Pharmaceuticals Limited
TAMBAK 100 tabletkalari 100mg N60
RABELOK 20 tabletkalari 20mg N14
ONSETT inyeksiya uchun eritma 2ml 2mg/ml N5
TAMBAK 50 poroshok 36g 50mg/5ml
ORITAKSIM poroshok 1000mg
TRIGAN D tabletkalari N100
DOLAK eritma 1 ml 30 mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Cadila Pharmaceuticals Limited
Narh: 26 900 so'mdan Batafsil
FLYUDAK kapsulalar 20 mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Cadila Pharmaceuticals Limited
TELI 80 tabletkalari 80 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Cadila Pharmaceuticals Limited
TELI 80 tabletkalari 80 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Cadila Pharmaceuticals Limited
TELI 40 tabletkalari 40 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Cadila Pharmaceuticals Limited
TELI 40 tabletkalari 40 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Cadila Pharmaceuticals Limited
ROSMI 20 tabletkalari 20 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Cadila Pharmaceuticals Limited
Другие формы препарата
GEM AP sirop 200ml
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9