×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GENFERON LAYT suppozitorii 250000me N10

Kategoriya:
- Immunomodulyatorlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Интерферон альфа-2b, Таурин
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- БИОКАД, ЗАО
ATX kodi:
- L03AB05
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 145 ta dorixonasida topildi

ico 65 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 75 800 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 72 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

T LAYF liofilizat 1mg N5 Hainan Zhonghe Pharmaceutical Co., Ltd Xitoy
180 000 s`om dan
ELAFRA tabletkalari 20mg N30 S.C. Rompharm Company S.R.L., Румыния произведено: Haupt Pharma Munster GmbH Germaniya
222 300 s`om dan
IMMUNOKIND tabletkalari N150 Deutsche Homoeopathie-Union DHU-Arzneimittel GmbH & Co.KG Germaniya
55 000 s`om dan
VIFERON maz 12g 40000ME Ферон, ООО Rossiya
44 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
GENFERON LAYT suppozitorii 250000me N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

GENFERON®

GENFERONE

 

Preparatning savdo nomi: GENFERON®

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): benzokain+alfa-2b interferoni+taurin&

Dori shakli: vaginal va rektal suppozitoriylar

Tarkibi:

1 suppozitoriy muvofiq dozalar uchun 55 mg+250 000 XB + 10 mg, 55 mg+500 000 XB + 10 mg, 55 mg+1000 000 XB + 10 mg quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: rekombinant (ro IFN-α2b) odam alfa-2b interferoni – 250 000 XB yoki 500 000 XB yoki 1 000 000 XB; taurin – 0,01 g, benzokain – 0,055 g;

yordamchi moddalar: qattiq yog‘ – 1,65 g vaznli suppozitoriy olish uchun yetarli miqdorda, dekstran 60 000 – 0,0015 g, makrogol 1500 – 0,1240 g, polisorbat 80 – 0,0330 g, emulgator T2 – 0,1320 g, natriy gidrositrati – 0,0001 g, limon kislotasi – 0,0015 g, tozalangan suv – 0,0660 g.

Ta‘rifi: Oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli, silindrik shaklli, o‘tkir uchli suppozitoriylar, uzunasiga kesilganida bir xil. Kesilganida havo o‘zagi yoki voronkasimon o‘yiqcha bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

Farmakoterapevtik guruhi: immunomodulyasiya qiluvchi vositalar, interferonlar.

ATX kodi: L03AB05

Farmakologik xususiyatlari

Immunobiologik xususiyatlari

GENFERON® – majmuaviy preparat, ta‘siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlariga bog‘liq. Mahalliy va tizimli ta‘sir ko‘rsatadi.

GENFERON® preparatining tarkibiga gen injeneriyasi usuli bilan odam alfa-2b interferon geni kiritilgan Escherichia coli bakteriya shtammlari ishlab chiqaradigan odam rekombinant alfa-2b interferoni kiradi.

Alfa-2b interferoni viruslarga qarshi, immunomodulyasiya qiluvchi, antiproliferativ va antibakterial ta‘sir ko‘rsatadi. Viruslarga qarshi samarasi viruslarning replikasiyasini ingibisiya qiluvchi qator xujayra ichki fermentlarini faollashishi bilan bilvosita bog‘liq. Immunomodulyasiya qiluvchi ta‘siri birinchi navbatda immun tizimining xujayra-orqali kechuvchi reaksiyalarini kuchayishi bilan namoyon bo‘ladi, bu viruslarga, xujayra ichki parazitlariga va o‘sma oqibatida transformasiyaga uchragan xujayralarga nisbatan immun javobning samaradorligini oshiradi. Bu CD8+,                T-killerlar, NK-xujayralar (tabiiy killerlar) ni faollashuvi, V-limfositlarning differensasiyasini va ular tomonidan antitelalarni ishlab chiqarilishini kuchayishi, monositar-makrofagal tizimni va fagositozni faollashuvi, shuningdek I tur gistomutanosiblikning bosh kompleksi molekulasining ekspressiyasini oshishi hisobiga erishiladi, bu immun tizimining xujayralari tomonidan infeksiyalangan xujayralarni tanib olish ehtimolini oshiradi. Shilliq qavatning barcha qavatlarida saqlanuvchi leykositlarni interferon ta‘siri ostida faollashuvi, ularni patologik o‘choqlarini yo‘qotishida faol ishtirokini ta‘minlaydi; bundan tashqari interferonning ta‘siri hisobiga sekretor A immunoglobulinni ishlab chiqarilishini tiklanishiga erishiladi.

Antibakterial samara interferon ta‘siri ostida kuchayadigan immun tizimining reaksiyalari bilan bilvosita bog‘liq.

Taurin metabolik jarayonlarni va to‘qimalarning regenerasiyasini me‘yorlashish yordam beradi, membranani mustahkamlovchi va immunomodulyasiya qiluvchi ta‘sirga ega. Kuchli antioksidant bo‘lib, taurin kislorodning faol shakllari bilan bevosita o‘zaro ta‘sirlashadi, ularni haddan ziyod to‘planishi patologik jarayonlarni rivojlanishiga yordam beradi. Taurin preparatni qo‘llashning terapevtik samarasini kuchaytirib, interferonning biologik faolligini saqlanishiga yordam beradi.

Benzokain (anestezin) mahalliy anestetikdir. Natriy ionlari uchun xujayra membranasining o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, membrananing ichki yuzasida joylashgan reseptorlardan kalsiy ionlarini surib chiqaradi, nerv impulslarining o‘tkazilishini bloklaydi. Sezuvchi nerv oxirlarida og‘riq impulslarining paydo bo‘lishiga va ularni nerv tolalari bo‘ylab o‘tkazilishiga to‘sqinlik qiladi. Tizimli qon oqimiga so‘rilmasdan faqat mahalliy samara ko‘rsatadi.

Farmakokinetikasi

Preparat rektal yuborilganida interferonning yuqori biokiraolishligi (80% dan ko‘p) aniqlanadi, shu sababli yaqqol ham mahalliy, ham tizimli immunomodulyasiya qiluvchi ta‘sirga erishiladi, vagina ichiga qo‘llanganida infeksiya o‘chog‘idagi yuqori konsentrasiya va shilliq qavati xujayralarida joylashishi hisobiga yaqqol mahalliy viruslarga qarshi, antiproliferativ va antibakterial samaraga erishiladi, bunda tizimli ta‘siri vaginaning shilliq qavatidan past so‘rilish qobiliyati hisobiga ahamiyatsiz. Interferonning qon zardobidagi maksimal konsentrasiyasiga preparat yuborilganidan keyin 5 soat o‘tgach erishiladi. α-interferonning asosiy chiqarilish yo‘li buyrak katabolizmidir. Yarim chiqarilish davri 12 soatni tashkil qiladi, bu preparatni sutkada 2 marta qo‘llash kerakligini belgilaydi.

Qo‘llanilishi

Kattalardagi urogenital yo‘llarining infeksion-yallig‘lanish kasalliklarini majmuaviy davolash tarkibida: genital gerpes, xlamidioz, ureaplazmoz, mikoplazmoz, qaytalanuvchi vaginal kandidozi, gardnerellyoz, trixomonoz, papillomavirusli infeksiya, bakterial vaginoz, bachadon bo‘yni eroziyasi, servisit, vulvovaginit, bartolinit, adneksit, prostatit, uretrit, balanit, balanopostit.

Kattalarda bakterial etiologiyali surunkali qaytalanuvchi sistitnimajmuaviy davolashda qo‘llanadi.

Kattalarda o‘tkir bronxitni majmuaviy davolashda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

  1. Ayollardagi urogenital yo‘llarining infeksion-yallig‘lanish kasalliklari.

1 suppozitoriydan (250 000 XB yoki 500 000 XB yoki 1 000 000 XB dan kasallikning og‘irligiga qarab) vaginaga yoki rektal (kasallik xarakteriga qarab) sutkada 2 marta har kuni 10 kun davomida. Cho‘zilgan shakllarida haftada 3 marta, kunora 1 suppozitoriydan 1-3 oy davomida. Vaginadagi yaqqol infeksion-yallig‘lanish jarayonida 500 000 XB 1 suppozitoriyni vagina ichiga ertalab va 1 000 000 XB 1 suppozitoriyni rektal ravishda kechasiga, bir vaqtda vaginaga antibakterial/fungisid agentlar saqlovchi suppozitoriylarni yuborish bilan birga qo‘llash mumkin. Ayollardagi urogenital yo‘llarning infeksion-yallig‘lanish kasalliklarini davolashda mahalliy immunitet ko‘rsatkichlarini me‘yorlashtirish uchun 13-40 haftalik muddatdagi homiladorlikda 250 000 XB 1 suppozitoriydan vaginaga, sutkada 2 marta har kuni,        10 kun davomida qo‘llanadi.

  1. Erkaklardagi urogenital yo‘llarining infeksion-yallig‘lanish kasalliklari.

Rektal 1 suppozitoriydan (500 000 XB yoki 1 000 000 XB dan kasallikning og‘irligiga qarab) sutkada 2 marta har kuni, 10 kun davomida.

  1. Kattalarda surunkali qaytalanuvchi sistit majmuaviy davolash tarkibida.

Kasallikni zo‘rayishida – standart antibakterial davolash kursi bilan birgalikda 10 kun davomida 1 suppozitoriydansutkada 2 marta rektal, keyin qaytalanishni oldini olish maqsadida 40 kun davomida 1 suppozitoriydan (1000 000 XB)kun ora rektal qo‘llanadi.

  1. Kattalarda o‘tkir bronxitni majmuaviy davolash tarkibida.

1 suppozitoriy (1 000 000 XB yoki 500 000 XB) dan sutkada 2 marta, 5 kun davomida, qo‘llaniladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat bemorlar tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi. Mahalliy allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin. Ushbu ko‘rinishlar qaytuvchi va yuborish to‘xtatilganidan keyin 72 soat davomida yo‘qoladi. Shifokor bilan maslahatlashgandan keyin davolashni davom ettirish mumkin.

Alfa-2b interferonning barcha turlari qo‘llanganida paydo bo‘ladigan etni uvishishi, haroratni oshishi, toliqish, ishtahani yo‘qolishi, mushak va bosh og‘riqlari, bo‘g‘imlardagi og‘riq, terlash kabi ko‘rinishlar, shuningdek leyko- va trombositopeniya kuzatilishi mumkin, ammo ko‘pincha ular sutkalik doza 10 000 000 XB dan oshganida kuzatilishi mumkin. Hozirgi vaqtgacha og‘ir nojo‘ya ko‘rinishlar kuzatilmagan.

Boshqa har qanday preparat kabi alfa-2b interferon yuborilganidan keyin haroratning oshishi hollarida, bir marta 500-1000 mg dozada parasetamol qabul qilish mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Interferonni va preparatning tarkibiga kiruvchi boshqa moddalarni shaxsiy o‘zlashtiraolmaslikda qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Allergik va autoimmun kasalliklarning zo‘rayishi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

GENFERON® urogenital kasalliklarni davolash uchun qo‘llanadigan dori vositalari (shu jumladan antibiotiklar va boshqa mikroblarga qarshi preparatlar) bilan birga qo‘llanganida juda samarali. Nonarkotik analgetiklar va antixolinesteraz dori vositalari benzokainning ta‘sirini kuchaytiradi. Benzokain sulfanilamidlarning antibakterial faolligini kamaytiradi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Urogenital infeksiyani qaytalanishini bartaraf qilish uchun bir vaqtda jinsiy sherikni ham davolash masalasini ko‘rib chiqish tavsiya qilinadi.

Preparatni hayz ko‘rish vaqtida qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi.

Homiladorlik va laktasiya vaqtida qo‘llanishi

Homiladorlikning 13-40 haftalik muddatida genital gerpes, xlamidioz, ureaplazmoz, mikoplazmoz, sitomegalovirusli infeksiya, papillomavirusli infeksiya, qichishish bo‘lganida, bakterial vaginoz, urogenital yo‘llarining quyi bo‘limi sohalarida diskomfort va og‘riq hisslari bo‘lganida mahalliy immunitetning ko‘rsatkichlarini me‘yorlashtirish uchun qo‘llash ko‘rsatilgan.

Klinik tadqiqotlar bilan homiladorlikning 13-40 haftalik muddatida 250 000 XB GENFERON® preparatini qin ichiga qo‘llashning xavfsizligi isbotlangan. Preparatni homiladorlikning I uch oyligida qo‘llashning xavfsizligi o‘rganilmagan.

GENFERON® preparati alohida ehtiyotkorlik va tezkor reaksiyalarni talab qiluvchi potensial xavfli faoliyatni (transport vositalarini, mashina qurilmalarini va shu kabilarni boshqarish) bajarishga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

GENFERON® preparatining dozasini oshrib yuborilishi hollari to‘g‘risida xabar berilmagan. Tasodifan bir vaqtda shifokor buyurganidan ko‘p miqdorda suppozitoriylar yuborilganida, keyingi yuborishni 24 soatga to‘xtatish kerak, undan keyin davolashni ko‘rsatilgan sxema bo‘yicha tiklash mumkin.

 

Chiqarilish shakli

Suppozitoriylar 55 mg+250 000 XB+10 mg, 55 mg+500 000 XB+10 mg, 55 mg+1 000 000 XB+10 mg

5 suppozitoriydan alyuminiy folga yoki polivinilxlorid plyonka kontur uyali o‘ramda.

1 yoki 2 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

20S dan 80S gacha bo‘lgan haroratda.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GENFERON LAYT suppozitorii 250000me N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GENFERON LAYT suppozitorii 250000me N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
GENFERON LAYT suppozitorii 250000me N10 dori vositasi БИОКАД, ЗАО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
GENFERON LAYT suppozitorii 250000me N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GENFERON LAYT suppozitorii 250000me N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
GENFERON LAYT tomchilar 10ml 10000me/ml+0,8mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Интерферон альфа-2b, Таурин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: БИОКАД, ЗАО
Narh: 64 000 so'mdan Batafsil
GENFERON LAYT suppozitorii 125000me N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Интерферон альфа-2b, Таурин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: БИОКАД, ЗАО
Narh: 65 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 128 000 so'mdan Batafsil
GERTIKAD liofilizat 150mg N1
AVEGRA konsentrat 0,5ml 25mg/ml
GENFERON LAYT sprey 5000me+1mg 100doz N1
GENFERON LAYT tomchilar 10ml 10000me/ml+0,8mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Интерферон альфа-2b, Таурин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: БИОКАД, ЗАО
Narh: 64 000 so'mdan Batafsil
GENFERON LAYT suppozitorii 125000me N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Интерферон альфа-2b, Таурин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: БИОКАД, ЗАО
Narh: 65 000 so'mdan Batafsil
Narh: 100 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
GENFERON LAYT sprey 5000me+1mg 100doz N1
GENFERON LAYT tomchilar 10ml 10000me/ml+0,8mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Интерферон альфа-2b, Таурин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: БИОКАД, ЗАО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9