QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
GEPAGARD P
HEPAGARD R
Preparatning savdo nomi: Gepagard P
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): L-ornitin-L-aspartat, pankreatin
Dori shakli: ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletka
Tarkibi
ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: L-ornitin-L-aspartat – 150 mg, pankreatin – 100 mg;
yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, PVPK-90, natriy kroskarmelloza, dinatriy EDTA, natriy metabisulfiti, kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, instakoat (ICMS-344), instakoat (IC4-EN-001), temir III-oksidi, temir II, III oksidi.
Ta‘rifi: jigarrang rangli, dumaloq, ikki yoqlama qavariq, ichakda eruvchan qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita
ATX kodi: A05VA
Farmakologik hususiyatlari
L-ornitin: L-ornitin Gepagard P preparatining ta‘sir etuvchi moddasi bo‘lib, mochevinani hosil bo‘lish sikliga ta‘sir qiladi. L-ornitin ornitin karbomoiltransferaza va karbomoilfosfatsintetazaning aktivatori sifatida, shuningdek mochevina sintezi uchun substrat sifatida ta‘sir qiladi. Ornitin siklida mochevina hosil bo‘lishini (ammiakdan mochevina hosil bo‘lish reaksiyasini) rag‘batlantiradi, shu bilan qon oqimidan ammiakni bartaraf qiladi.
L-aspartat: L-aspartat ham Gepagard P preparatining ta‘sir etuvchi moddasi bo‘lib, uch karbon kislotalari sikliga ta‘sir qiladi. L-aspartat jigarni o‘tkir va surunkali kasalliklarida shikastlanishi mumkin bo‘lgan vena qon tomirlari atrofidagi gepatositlarda glutamin sintezini rag‘batlantiradi. Shu bilan shikastlangan hujayralar faollashib, yangi gepatositlarni generasiyasini rag‘batlantiradi.
Farmakokinetikasi
Ornitinni ham, aspartatni ham yarim chiqarilish davri qisqa – 0,3-0,4 soatni tashkil etadi. Jigarda metabolizmga uchraydi, aminoguruhi ammiakka aylanadi va karbonat angidrid gazi bilan birga mochevinani hosil qiladi va siydik hamda axlat bilan chiqariladi. Aspartatning ahamiyatsiz qismi siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Giperammoniemiyada qo‘llanadi, jigarni, jigar sirrozi, steatozi, gepatit kabi o‘tkir va surunkali kasalliklarini natijasi hisoblanadi, ayniqsa ongni buzilishi (koma oldi holati) yoki nevrologik asoratlar (jigar ensefalopatiyasi) ni davolash uchun qo‘llanadi.
L-ornitin-L-aspartat jigarda yuz beradigan metabolik jarayonlarga ta‘sir ko‘rsatadi. Ammiakdan mochevinani hosil bo‘lish reaksiyasini rag‘batlantirganligi sababli detoksikasiya samarasini kuchaytiradi.
Qo‘llash usuli va dozalari
1-2 tabletkadan kuniga 3 marta 3 oy davomida qabul qilinadi.
Qo‘llash davomiyligi kasallikni davolash kursiga bog‘liq.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Kam hollarda ko‘ngil aynishi, qusish kabi me‘da-ichak yo‘llari faoliyatini buzilishi kuzatilishi mumkin, ular davolashni to‘xtatishga sabab bo‘lmaydi, preparatning dozasi kamaytirilganida o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi. Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning ta‘sir etuvchi va yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Ba‘zi buyrak kasalliklarida (qon zardobida kreatininning konsentrasiyasi 3 g /100 ml dan yuqori bo‘lganida) qo‘llash mumkin emas.
8 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat yuqori dozalarda yuborilganida qon plazmasi va siydikda mochevinaning darajasini nazorat qilish kerak.
Jigar faoliyati ahamiyatli darajada buzilganida, ko‘ngil aynishi va qusishni oldini olish maqsadida infuziya tezligini pasientning individual holatiga muvofiq ravishda boshqarish kerak.
Gepagard P preparati yuqori dozalarda yuborilganida qon zardobi va siydikda mochevinaning darajasini nazorat qilish kerak.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik davrida preparatni qo‘llash yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q, shuning uchun bu davrida preparatni qo‘llashdan saqlanish kerak.
Biroq agar preparat bilan davolash hayotiy ko‘rsatmalarga ko‘ra zarur deb topilsa, havf / foyda nisbatini diqqat bilan ko‘rib chiqish kerak.
Preparatni ko‘krak sutiga o‘tishi noma‘lum, shuning uchun emizish davrida preparatni qo‘llashdan saqlanish kerak.
Avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Kasallik oqibatida preparat bilan davolash vaqtida avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyati yomonlashishi mumkin, shuning uchun davolanish vaqtida bunday faoliyat turlarini bajarishdan saqlanish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtgacha preparatning dozasi oshirib yuborilishi natijasida intoksikasiya belgilari aniqlanmagan. Dozasi oshirib yuborilganida simptomatik davolash o‘tkazish tavsiya etiladi.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan blisterda. 10 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.