×
×
  • GEPON liofilizat 2mg N1

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GEPON liofilizat 2mg N1

Kategoriya:
- Immunomodulyatorlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Треонил-глутамил-лизил-лизил-аргинил-аргинил-глутамил-треонил-валил-глутамил-аргинил-глутамил-лизил-глутамат
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- ООО «ИММАФАРМА»
ATX kodi:
- L03
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

VIFERON maz 12g 40000ME Ферон, ООО Rossiya
44 000 s`om dan
SIKLOFERON tabletkalari 150mg N10 ПОЛИСАН НТФФ, ООО Rossiya
47 000 s`om dan
GALAVIT suppozitorii 100mg N10 СЭЛВИМ,ООО Rossiya Federatsiyasi
210 900 s`om dan
LIKOPID tabletkalari 1mg N10 Пептек ЗАО Rossiya Federatsiyasi
Saqlash shartlari В сухом, защищенном от света месте, при температуре не выше 8 °C. Хранить в недоступном для детей месте.
Yaroqlilik muddati (oy) 2 года.Не применять по истечении срока годности, указанного на упаковке.
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
GEPON liofilizat 2mg N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

GEPON

GEPON

 

Preparatning savdo nomi: Gepon

Dori shakli: mahalliy va sirtga qo‘llash uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat.

Tarkibi:

faol modda:

treonil-glutamil-lizil-lizil-arginil-arginil-glutamil-treonil-valil-glutamil-arginil-glutamil-lizil-glutamat (Gepon)  

 

1 mg, 2 mg

Ta‘rifi: oq rangli, hidsiz kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: immunomodulyator vosita.

ATX kodi: L03

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamika

Gepon immunomodulyator va viruslarga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi:

  • alfa- va beta-interferonlarning ishlab chiqarilishini chaqiradi;
  • makrofaglarni mobilizasiya qiladi va faollashtiradi;
  • yallig‘lanishga qarshi sitokinlarning (1, 6, 8 interleykinlar va o‘sma nekrozining faktori) ishlab chiqarilishini cheklaydi;
  • infeksion tabiatli turli antigenlarga qarshi bo‘lgan antitelalarning ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi;
  • T hujayralarida va NK hujayralarida SD4+ miqdorini oshiradi;
  • organizmni bakteriyalar, viruslar va zamburug‘lardan himoya qilishining muhim zvenolaridan hisoblangan neytrofillar va SD8+ T hujayralarini funksional faolligini oshiradi,
  • viruslarning replikasiyasini susaytiradi.

Gepon keltirilgan farmakologik xususiyatlari tufayli organizmning viruslar, bakteriyalar va zamburug‘lar chaqirgan infeksiyalariga nisbatan chidamliligini oshiradi. Gepon qo‘llanganidan keyin 1-2 kun davomida yallig‘lanishga qarshi samara ko‘rsatadi.

Preparatning farmakokinetikasi uning peptid tabiatli ekanligi tufayli o‘rganilmagan.

 

Qo‘llanilishi

Majmuaviy davolash tarkibida: Candida zamburug‘lari chaqirgan shilliq qavatlari va teri infeksiyalarini davolash uchun; shilliq qavatlari va terining (qizarish, shish, qichishish, achishish, og‘riq) yallig‘lanish jadalligini hamda shilliq qavatlarining quruqligini kamaytirish uchun qo‘llaniladi.

Antibiotiklar bilan davolash natijasidagi shilliq qavatlar va teri kandidozini oldini olish uchun qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Mahalliy, sirtga qo‘llaniladi.

Preparatni qo‘llashdan oldin in‘eksiya uchun suvda (teriga ishlov berish uchun, preparatni sirtga qo‘llashda) yoki 0,9% li natriy xloridi eritmasida (preparat mahalliy qo‘llanganda, ya‘ni shilliq qavatga ishlov berish uchun) eritish kerak.

Qo‘llashdan oldin preparatni qo‘llash usuli:

  1. Dori preparati bo‘lgan rezina tiqinli flakonni himoya alyumin qalpoqcha qismini olib tashlash kerak. Agar dori preparati ampulada bo‘lsa, ampulani ochish kerak.
  2. Erituvchisi bilan ampulani ochish kerak (in‘eksiya uchun suv). Erituvchi sifatida shuningdek 0,9% li natriy xloridi eritmasi qo‘llanilishi mumkin.
  3. Bir martalik shprisga igna tiqiladi (5/10 ml hajmi – 1-jadvalga qarang).
  4. Eritmani shprisga torting (erituvchining hajmi 1-jadvalda ko‘rsatilgan).
  5. Ignali shpris bilan dori preparati bo‘lgan flakonni rezina tiqinini teshish va flakonga 2-2,5 ml erituvchini quyish kerak. Agar dori preparati ampulada bo‘lsa, shuningdek ochilgan ampulaga 2-2,5 ml erituvchini quyish kerak.
  6. Ignani olmasdan turib yengil tebranuvchi harakatlar bilan taxminan 1 minut davomida flakon ichidagisini to‘liq eritish kerak (ampula).
  7. Olingan eritmani erituvchining qoldig‘i bilan shprisga tortish kerak. Shprisdagi oxirgi eritmaning hajmi 1-jadvalda ko‘rsatilgan hajmiga muvofiq bo‘lishi kerak.
  8. Yengil tebranuvchi xarakatlar bilan taxminan 1 minut davomida shprisdagi eritmani to‘liq aralashtirib, flakondan ignali shprisni tortib olish kerak.
  9. Shprisdan ignani yechish kerak.
  10. Shprisni instillyasiya uchun dozalovchi moslama sifatida, teri va shilliq qavatlarga surtish yoki dokali salfetkalarga qo‘llash uchun qo‘llaniladi.

1-jadval

               Gepon, mg Qo‘llash usuli Gepon 0,02 % li eritmasi Gepon 0,04 % li eritmasi
1 2 1 2
In‘eksiya uchun suv, ml sirtga 2,5 5
0,9 % natriy xlorid eritmasi, ml mahalliy 5 10

Kattalar va 12 yoshli va undan oshgan bolalarga tavsiya qilinadigan doza 1-2 mg dan kuniga bir marta 0,02% li eritma ko‘rinishida shilliq qavatlarga mahalliy ishlov berish uchun tavsiya etiladi.

Kattalar va 12 yoshli va undan oshgan bolalarga tavsiya qilinadigan doza 1-2 mg dan kuniga bir marta 0,04% li eritma ko‘rinishida teriga ishlov berish uchun tavsiya etiladi.

Candida zamburug‘lari chaqirgan shilliq qavati infeksiyalarini davolash uchun, Geponni shilliq qavatlarga (vulva, qin, uretra) 0,02% li eritma mahalliy surtiladi, surtishlar orasida 1-3 kunlik interval bilan 3 qo‘llash (sutkada bir marta) kursi o‘tkazish tavsiya qilinadi.

Candida zamburug‘lari chaqirgan teri infeksiyalarini davolash uchun, Geponni terining shikastlangan sohalariga 0,04% li eritma mahalliy surtiladi, surtishlar orasida 1-3 kunlik interval bilan 3 qo‘llash (sutkada bir marta) kursi o‘tkazish tavsiya qilinadi.

Ayollardagi vulvovaginit, uretritda Geponni 0,02% li eritmasi bilan vulvani, hamda qinga yaqin teri sohalarini Geponni 0,04% li eritmasi bilan ho‘llashda qo‘llanadi.

Erkaklardagi uretrit va balanopostitda Geponni 0,02% li eritmasi bilan uretrani instillasiyasi va terini shikastlangan sohasini Geponni 0,04% li eritmasi bilan ho‘llashda qo‘llanadi.

Shilliq qavati va teriga ishlov berish 1-3 kunlik interval bilan 3 marta (sutkada bir marta) o‘tkaziladi.

Antibiotiklar bilan davolash fonidagi shilliq qavati kandidozini oldini olish: antibiotiklar bilan davolash kursi vaqtida Geponning 0,02% li eritmasi bilan primochkani o‘tkazish tavsiya qilinadi.

Shilliq qavatiga ishlov berish 1-3 kunlik interval bilan 3 qabul kursi (sutkada bir marta) bilan o‘tkaziladi.

Antibiotiklar bilan davolash fonidagi teri kandidozini oldini olish:

antibiotiklar bilan davolash kursi vaqtida Geponning 0,04% li eritmasi bilan primochkani o‘tkazish tavsiya qilinadi.

Teriga ishlov berish 1-3 kunlik interval bilan 3 qabul kursi (sutkada bir marta) bilan o‘tkaziladi.

Shilliq qavatidagi yallig‘lanish jadalligini va shilliq qavatini quruqligini kamaytirish uchun Geponni 0,02% li eritmasi bilan terining yallig‘langan sohalariga ishlov berish kerak. Teriga ishlov berish 1-3 kunlik interval bilan 3 qabul kursi (sutkada bir marta) bilan o‘tkaziladi.

Terining yallig‘lanish jadalligini kamaytirish uchun: sohalarga Geponning 0,04% li eritmasi bilan ho‘llagan dokali salfetkalarni qo‘yish lozim. Teriga ishlov berish 1-3 kunlik interval bilan 3 qabul kursi (sutkada bir marta) bilan o‘tkaziladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Aniqlanmagan. Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin. Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralardan birontasi chuqurlashsa, yoki Siz boshqa biron-bir nojo‘ya samaralar sezgan bo‘lsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Geponga individual yuqori sezuvchanlik. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Ta‘riflanmagan.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanilishi

Agar ona uchun potensial foyda homila uchun kutiladigan xavfdan oshsa qo‘llash mumkin. Gepon emizish davrida qo‘llash uchun tavsiya etilmaydi. Preparatni qo‘llash zururatida emizishni to‘xtatish kerak.

Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilish mumkinligi haqida ma‘lumotlar

Preparat yuqori diqqat konsentrasiyasi va tezkor psixomotor reaksiyasini talab qiluvchi transport vositalari, xarakat mexanizmlari va boshqa potensial xavfli tur mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilish simptomlari ta‘riflanmagan.

Chiqarilish shakli

Mahalliy va sirtga qo‘llash uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat, 1 mg, 2 mg.

1 mg, 2 mg dan preparat flakonlar.

1 mg, 2 mg dan preparat ampulalar.

1, 2, 3 flakon yoki ampulalar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan qutida;

1 flakon yoki ampula preparat bilan, 1 ampula 5 ml in‘eksiya uchun suv bilan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Preparat bilan 1 flakon yoki ampula, 1 ampula 5 ml in‘eksiya uchun suv bilan,  qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan qutida (Komplekt);

Preparat bilan 1 flakon yoki ampula, 1 ampula 5 ml in‘eksiya uchun suv, bir marta qo‘llash uchun steril 1 shpris bilan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan qutida (Komplekt);

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

4 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GEPON liofilizat 2mg N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GEPON liofilizat 2mg N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
GEPON liofilizat 2mg N1 dori vositasi ООО «ИММАФАРМА» tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
GEPON liofilizat 2mg N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GEPON liofilizat 2mg N1 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9