Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
GLISIN
GLYCINUM
Preparatning savdo nomi: Glisin
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): glisin (aminosirka kislotasi).
Dori shakli: tabletkalar
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: glisin (aminosirka kislotasi);
yordamchi moddalar: natriy-karboksimetilsellyuloza (natriy karmelozasi) yoki suvda eruvchan metilsellyuloza, magniy stearati yoki kalsiy stearati.
Ta‘rifi: oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli tabletkalar. Mamarlikka yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi: Metabolik jarayonlarini muvofiqlashgiruvchi vosita.
ATX kodi: V05SX03
Farmakologik xususiyatlari
Glisin modda almashinuvini boshqaruvchi vositadir, markaziy nerv tizimida himoyaviy tormozlanish jarayonlarini normallashtiradi va faollashtiradi, psixoemosional zo‘riqishni kamaytiradi, aqliy mehnat qobiliyatini oshiradi.
Glisin glisin- va GAMK-ergik, alfa-1-adenobloklovchi, antioksidant, antitoksik ta‘sirlarga ega; glutamat (NMDA) reseptorlari faoliyatini boshqaradi; ana shuni hisobiga preparat:
– psixoemosional zuriqish, tajavuzkorlik, janjalkashlikni kamaytiradi, ijtimoiy – moslashuvchanlikni oshiradi;
– kayfiyatni yaxshilaydi;
– uyquga ketishni yengillashtiradi va uyquni me‘yorlashtiradi;
– aqliy mehnat qobiliyatini oshiradi;
– vegeto-tomir buzilishlarini (shu jumladan klimakterik davrida) kamaytiradi;
– ishemik insult va bosh miya jarohatlarida bosh miya buzilishlarining yaqqolligini kamaytiradi;
– alkogolni va markaziy nerv tizimi faoliyatini susaytiruvchi boshqa dori vositalarining zaharli ta‘sirini kamaytiradi.
Farmakokinetikasi
Organizmning ko‘pchilik biologik suyuqliklari va to‘qimalariga, shu jumladan bosh miyaga oson kiradi; suv va karbonat angidridgacha parchalanadi, uning to‘qimalarda to‘planishi yuz bermaydi.
Qullanilishi
– aqliy mehnat qobiliyatining pasayishi;
– stress holatlari – psixoemosional zo‘riqishlar (imtihon davri, janjalli va shunga o‘hshash holatlar);
– bolalar va o‘smirlar ahloqining deviant shakllari;
– yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, emosional beqarorlik, aqliy mehnat qobiliyatining pasayishi va uyquni buzilishi: nevrozlar, nevrozsimon holatlar va vegeto-tomir distoniyasi, neyroinfeksiyalar va bosh miya jarohatlarning oqibatlari, ensefalopatiyalarning perinatal va boshqa shakllari (shu jumladan, alkogol genezli), bilan birga kechadigan nerv tizimining turli funksional va organik kasalliklari.
– ishemik insultda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Glisin sublingval yoki transbukkal 0,1 g dan (tabletkada yoki tabletka maydalaganidan keyingi kukun ko‘rinishida) qo‘llanadi. Sog‘lom bolalar, o‘smirlar va kattalarda psixoemosional zo‘riqishda, xotirani, diqqatni, aqliy mehnat qobiliyatini pasayishida, aqliy rivojlanishini kechikishida, ahloqni me‘yordan chetga chiqqan shaklida glisin 1 tabletkadan kuniga 2-3 marta 14-30 kun davomida buyuriladi.
Markaziy nerv tizimining yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, emosional labillik va uyquning buzilishi bilan kechadigan funksional va organik shikastlanishlarida, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 0,5 tabletkadan (0,05 g) kuniga 2-3 marta, 7-14 kun davomida, keyinchalik 0,05 g dan kuniga 1 marta 7-10 kun buyuriladi. Sutkalik doza – 0,1-0,15 g, kurslik – 2,0-2,6 g. 3 yoshdan katta bolalarga va kattalarga 1 tabletkadan kuniga 2-3 marta, davolash kursi 7-14 kun. Davolash kursini 30 – kungacha uzaytirish mumkin, zarurati bo‘lganida kurs 30 kundan keyin qaytariladi.
Uyquning buzilishlarida glisin uyqudan 20 minut oldin yoki bevosita uyqudan oldin 0,5-1,0 tabletkadan (yoshga bog‘liq holda) buyuriladi.
Ishemik miya insultida: insult rivojlanishining birinchi 3-6 soati davomida 1 g dan, transbukal yoki sublingval bitta choy qoshiq suv bilan, keyinchalik 1 g dan 1-5 sutka davomida, keyingi 30 sutka davomida 1-2 tabletkadan sutkada 3 marta buyuriladi.
Narkologiyada markaziy va periferik nerv tizimining organik shikastlanishlarda, ensefalopatiya holatlarining remissiyasi davrida aqliy mehnat qobiliyatini oshiruvchi va zo‘riqishni kamaytiruvchi vositasi sifatida glisin 1 tabletkadan kuniga 2-3 marta, 14-30 kun davomida qo‘llanadi. Zarurati bo‘lganida davolash kurslari yiliga 4-6 marta qaytariladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bulmagan holatlar
Preparat komponentlarga shaxsiy yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Antipsixotik vositalar (neyroleptiklar), anksiolitiklar, antidepressantlar, uxlatuvchi va talvasaga qarshi vositalarning nojo‘ya samaralari yaqqolligini susaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
100 mg dan tabletkalar.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.