×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GLUTOKSIM eritma 1ml 0,01/ml N5

Kategoriya:
- Immunomodulyatorlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Глутамил-Цистеинил-Глицин динатрия
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
- ФГБУ НМИЦ кардиологии Минздрава России
ATX kodi:
- L03AX
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

UROSTIM tabletkalari 50mg N10 GM Pharmaceuticals Ltd. Gruziya
136 600 s`om dan
PIROGENAL inyeksiya uchun eritma 1 ml 25 mkg/ml N10 ФГБУ ФНИЦЭМ им.Н.Ф.Гамалеи Минздрава России Rossiya
290 000 s`om dan
ANAFERON tabletkalari N20 ООО «НПФ «МАТЕРИА МЕДИКА ХОЛДИНГ» Rossiya Federatsiyasi
30 000 s`om dan
IMMUNOMAKS liofilizat 200ed N3 Авексима,ОАО Россия, произведено Иммафарма,ООО Rossiya
480 800 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
GLUTOKSIM eritma 1ml 0,01/ml N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

GLUTOKSIM®

(GLUTOXIM®)

Preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha

YO‘RIQNOMA

 

Qayd etish raqami

 

Preparatning savdo nomi: Glutoksim®

Xalqaro patentlanmagan nomi yoki guruhlangan nomi: Glutamil-Sisteinil-Glisin dinatriy&.

Kimyoviy nomi: bis-(gamma-L-glutamil)-L-sisteinil-bis-glisin dinatriyli tuzi.

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma

 

Tarkibi: Faol modda: 1 ml da 5 mg, 10 mg yoki 30 mg Glutamil-Sisteinil-Glisin dinatriy;

Yordamchi moddalar: natriy asetati, suyultirilgan sirka kislotasi, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: Tiniq, rangsiz yoki kuchsiz bo‘yalgan, hidsiz yoki kuchsiz sirka kislotasi hidli suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: immunostimulyasiya qiluvchi vosita.

ATX kodi [L03AX]

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI         

Farmakodinamikasi

Glutoksim® immunomodulyator, gemopoezni rag‘batlantiruvchi, detoksikasiyalovchi, gepatoprotektor ta‘sir ko‘rsatadi, o‘sma xujayralarini antrasiklin qatori antibiotiklari, alkillovchi vositalarga chidamliligini susaytiradi; katG (katalaza-peroksidaza genlari) va inhA (enol-APB-reduktaza geni) genlari bilan bog‘liq Mycobacterium tuberculosis ni izoniazidga chidamliligini yengishga yordam beradi. Glutoksim® o‘sma xujayralariga doksorubisinning ta‘sirini, Mycobacterium tuberculosis ga ximioterapiya vositalari (izoniazid, rifampisin, rifabutin, sikloserin, kapreomisin, levofloksasin, katalesidinning kation antimikrob peptidi) ta‘sirini kuchaytiradi.

Glutoksim® preparatining immunomodulyator ta‘siri makrofaglarning kalsiyga bog‘liq signal yo‘llariga reseptorlar orqali ta‘siri bilan bog‘liq, bu quyidagilarni oshishiga:

  • to‘qima makrofaglarini yashab qolishi va funksional yetilish xususiyatini saqlanishini;
  • Mycobacterium tuberculosis ning xujayra ichida parazitlar sifatida yashovchi shakllari bilan membrana ostidagi granulalar ekzositozini;
  • lizosomal fermentlarning faolligini;
  • kislorodning faol shakllarini hosil bo‘lishini;
  • mikroorganizmlarni qamrab olinishi va halok bo‘lishini;
  • sitokinlar sekresiyasiga: interleykin 1, interleykin 6, o‘smani nekrozi omili, interferonlar, eritpoetin, interleykin 2; mikroblarga qarshi kation peptidlar – defensinlar, katalesidinlarning sekresiyasini oshishiga olib keladi.

Glutoksim® preparatining gemopoezni rag‘batlantiruvchi ta‘siri suyak ko‘migida qon yaratilishini: eritropoez, limfopoez va granulosito-monositopoez jarayonlarini reseptorlar orqali kuchayishi bilan bog‘liqdir. Qonning shakli elementlarining turli shakllarini o‘tmishdosh-xujayralariga ta‘siri MAR- va inozitol kinaza tizimining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, differensiasiyalovchi gemopoetik xujayralarni chidamligini oshishiga olib keladi, ularning gemopoezning endogen omillar ta‘siriga sezuvchanligini tiklaydi.

Preparatning detoksikasiyalovchi va gepatoprotektor samaralari ksenobiotiklar detoksikasiyasining ikkinchi fazasida ishtirok etuvchi fermentlarini, shu jumladan glutationreduktaza, glutationpreoksidaza, glutation-S-transferaza, glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza, gemoksigenaza-1 ning ekspressiyasini reseptorlarga bog‘liq kuchayishi, xujayra strukturalarini radikallarning toksik ta‘siridan himoya qiluvchi kimyoviy jihatdan qaytarilgan glutationning xujayra ichidagi darajasini oshishiga bog‘liq.

Glutoksim® o‘sma xujayralarining ximioterapiya vositalariga, shu jumladan antrasiklin qatori antibiotiklari, alkillovchi ta‘sirga ega preparatlariga chidamliligini belgilovchi, o‘sma xujayralarining ko‘pgina dori vositalariga chidamliligi omilining faolligi – R-glikoproteini (Pgp) oqsiliga bevosita susaytiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.

Glutoksim® izoniazid transformasiyasi – olddorini farmakologik faol shaklga – Mycobacterium tuberculosis ga bakteriostatik ta‘sirga ega izonikotin kislotasiga aylanish reaksiyasini boshlab beradi, bu katG (katalaza-peroksidaza geni) va inhA (enol-APB-reduktaza geni) genlarini salbiy transformasiyasi bilan bog‘liq Mycobacterium tuberculosis ning chidamliligini yengish imkonini beradi.

Glutoksim® makrofaglardan parazit mikroorganizmlar, shu jumladan Mycobacterium tuberculosis bilan vezikulalar ekzositozi jarayonlarini rag‘batlantiradi, bunda ularni farmakologik boshpanadan chiqarilishi va antibakterial preparatlar, shu jumladan izoniazid, rifampisin, rifabutin, sikloserin, kapreomisin, levofloksasin ta‘siriga duchor qiladi.

Glutoksim® makrofaglar tomonidan kation peptidlar – defensinlar va katalesidinlar sekresiyasini kuchaytiradi, ularni tuberkulyoz mikobakteriyalari tomonidan yutilishini rag‘batlantirib, preparatning bilvosita antibakterial ta‘sirini belgilaydi.

Farmakokinetikasi

Glutoksim® tabiiy metabolitlar guruhiga kiradi, bu mavjud bo‘lgan xujayraviy ferment tizimlari tomonidan uning metabolizmini o‘ziga xosligini belgilaydi. Mushak ichiga, vena ichiga yoki teri ostiga in‘eksiyadan keyin uning biokiraolishligi 90% dan oshadi. Preparatning dozasi va qon plazmasidagi konsentrasiyasi orasida to‘g‘ri chiziqli bog‘liqlik aniqlanadi. Preparatning plazmadagi maksimal konsentrasiyasi vena ichiga yuborilganida 2-5 minut davomida kuzatiladi, mushak ichiga yuborilganida – 7-10 minut davomida. Peptid tabiatli tabiiy mahsulot sifatida Glutoksim® organizmning a‘zolari va to‘qimalarida metabolizmga uchraydi, buyraklar orqali chiqariladi.

QO‘LLANILISHI

Glutoksim® kattalarda radiasion, kimyoviy va infeksion omillar bilan assosiasiyalangan ikkilamchi immuntanqisligi holatlarni oldini olish va davolash vositasi sifatida, bostirilgan immun reaksiyalarni va suyak ko‘migidagi qon hosil bo‘lishini susaytirilgan holatlarini tiklash uchun qo‘llanadi; organizmning turli patologik ta‘sirlarga – infeksion agentlarga, kimyoviy va/yoki fizikaviy omillarga (intoksikasiya, radiasiya va hokazolar) chidamliligini oshirish uchun; gepatoprotektor vosita sifatida surunkali virusli gepatitlarda (V va S); o‘pkalarning surunkali obstruktiv kasalliklarini antibakterial terapiyasini davolovchi samarasini potensiyalash uchun; operasiyadan keyingi yiringli asoratlarni oldini olish uchun qo‘llanadi. 10 va 30 mg/ml in‘eksiya uchun eritma tuberkulyozni barcha lokalizasiyalarini og‘ir tarqalgan shakllarini tuberkulyozga qarshi majmuaviy davolash tarkibida, tuberkulyozli bemorlarda tuberkulyozga qarshi davolash fonida surunkali gepatitning zo‘rayishini oldini olish uchun, tuberkulyozga qarshi davolashni zaharli asoratlarini oldini olish uchun qo‘llanadi. In‘eksiya uchun eritma psoriazni majmuaviy davolash tarkibida, shu jumladan eritrodermiya, artropatiyali o‘rtacha og‘irlikdagi va og‘ir shakllarini davolashda qo‘llanadi.

Glutoksim® xavfli o‘smalarni majmuaviy davolashda qo‘llanadi. Glutoksim® onkologiyada ximio- va nur terapiyasining toksik ko‘rinishlarini oldini olish va davolash uchun ishlatiladi (gemo- va gepatotoksik ta‘sirini pasayishiga yordam beradi). Glutoksim® o‘smalarga qarshi davolashni o‘tkazishda suyak ko‘migida qon yaratilishi faoliyatini samarali tiklanishiga yordam beradi. Glutoksim® kasallikning nospesifik sindromi ko‘rinishlarini (anemiya, charchoqlik, ishtahani pasayishi, oshgan og‘riqni sezuvchanlik) bartaraf qiladi yoki yumshatadi.

QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik paydo bo‘lgan hollarda, homiladorlikda, laktasiya davrida preparatni qo‘llash mumkin emas.

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

            Glutoksim® preparati vena ichiga, mushak ichiga va teri ostiga yuboriladi. Kasallikning xarakteriga qarab har kuni 5-40 mg dan (1 kursga 50-300 mg) buyuriladi.

            Oldini olish maqsadida preparat mushak ichiga har kuni 5-10 mg dan 2 hafta davomida qo‘llanadi.

            Tuberkulyozni majmuaviy davolash tarkibida har kuni 60 mg Glutoksim® sutkada  1 marta birinchi 10 kun har kuni mushak ichiga, keyingi 20 kun 60 mg Glutoksim® kunora, sutkada bir in‘eksiya mushak ichiga yuboriladi.

            Zarurati bo‘lganida davolashni takroriy kursi 1-6 oydan keyin o‘tkaziladi.

            Psoriazning majmuaviy davolash tarkibida Glutoksim® mushak ichiga har kuni   10 mg sutkalik dozada 15 kun davomida, so‘ngra yana 5 hafta davomida haftada 2 marta      10 mg sutkalik dozada qo‘llanadi. Davolash kursiga hammasi bo‘lib 25 in‘eksiya.

            Onkologiyada ximioterapiyani yo‘ldosh vositasi sifatida 60 mg Glutoksim® o‘smaga qarshi vositani qo‘llashdan 1,5-2 soat oldin teri ostiga yuboriladi. Keyinchalik ximioterapiya kurslari orasida 60 mg Glutoksim® kunora teri ostiga yuboriladi. Ximoterapiyaning navbatdagi kursida preparatni qo‘llash sxemasi takrorlanadi.

            Nur terapiyasini yondosh vositasi sifatida 60 mg Glutoksim® nur terapiyasining butun kursi davomida kunora nurlantirishni navbatdagi seansidan keyin 0,5-1 soat o‘tgach teri ostiga yuboriladi.

            Glutoksim® suvda eruvchi dori vositalari bilan bir shprisda yuborilishi mumkin.

 

NOJO‘YA TA‘SIRI

            Alohida bemorlarda haroratni biroz oshishi (37,1oS-37,5oS gacha), preparat in‘eksiya qilingan joyda og‘riq kuzatilishi mumkin. Bunday og‘riqni sub‘ektiv yomon o‘tkazilishida Glutoksim® preparati 1-2 ml 0,5% novokain eritmasi bilan birga yuboriladi.

DOZANI OSHIRIB YUBORILISHI

            Preparatning dozasini oshirib yuborish hollari haqida xabar berilmagan.

BOSHQA DORI VOSITALARI BILAN O‘ZARO TA‘SIRI

Glutoksim® birga qo‘llanganda izoniazid, rifampisin, rifabutin, sikloserin, kapreomisin, levofloksasinning Mycobacterium tuberculosis ga qarshi bakteriostatik samarasini antrasiklin antibiotik doksorubisinni hamda alkillovchi vosita – etopozidning o‘sma xujayralariga ta‘sirini potensiyalaydi.

Glutoksim® nifedipin va verapamilning terapevtik samarasini susaytiradi.

Araxidon kislotasining siklooksigenaza fermenti yordamida oksidlanishining ingibitorlari – indometasin, meloksikam Glutoksim® preparatining farmakologik ta‘sirini pasaytiradi yoki to‘liq susaytiradi.

MAXSUS KO‘RSATMALAR

            Infuzion yuborish uchun tashuvchi-eritma sifatida natriy xloridining izotonik eritmasi yoki 5% glyukoza eritmasi ishlatiladi.

CHIQARILISH SHAKLI

            In‘eksiya uchun eritma 5, 10, 30 mg/ml.

            1 yoki 2 ml dan neytral shisha ampulalarda.

            5 yoki 10 ampuladan (1 ml yoki 2 ml saqlovchi) polivinilxlorid plyonka yoki laklangan bosma alyuminiy folga yoki bir qavatli polivinilidenxloridli yopqichli qog‘oz kontur uyali o‘ramda.

            5 yoki 10 ampuladan (1 ml yoki 2 ml saqlovchi) folga yoki yopqichsiz polivinilxlorid plyonka kontur uyali o‘ramda.

            1, 2, 5 yoki 10 (5 yoki 10 ampula saqlovchi) kontur uyali o‘ramlar ampula pichog‘i yoki skarifikator va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

            Sindirish chizig‘ili, halqali va nuqtali ampulalar joylanganida ampula skarifikatorlari va pichoqlar qo‘yilmaydi.

SAQLASH SHAROITI

            Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

            Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin

Yaroqlilik muddati

            3 yil.

            O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng qo‘llash mumkin emas.

 

DORIXONALARDAN BERISH TARTIBI

            Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GLUTOKSIM eritma 1ml 0,01/ml N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GLUTOKSIM eritma 1ml 0,01/ml N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
GLUTOKSIM eritma 1ml 0,01/ml N5 dori vositasi ФГБУ НМИЦ кардиологии Минздрава России tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
GLUTOKSIM eritma 1ml 0,01/ml N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GLUTOKSIM eritma 1ml 0,01/ml N5 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
GLUTOKSIM eritma 2ml 0,03/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Глутамил-Цистеинил-Глицин динатрия ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гротекс, ООО
GLUTOKSIM eritma 1ml 0,03/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Глутамил-Цистеинил-Глицин динатрия ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ФГБУ НМИЦ кардиологии Минздрава России
GLUTOKSIM eritma 2ml 0,01/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Глутамил-Цистеинил-Глицин динатрия ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ФГБУ НМИЦ кардиологии Минздрава России
Ishlab chiqaruvchining dorilari
GLUTOKSIM eritma 1ml 0,03/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Глутамил-Цистеинил-Глицин динатрия ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ФГБУ НМИЦ кардиологии Минздрава России
GLUTOKSIM eritma 2ml 0,01/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Глутамил-Цистеинил-Глицин динатрия ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ФГБУ НМИЦ кардиологии Минздрава России
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9