Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
125 000 s`om dan
Dorixonalardan izlash192 000 s`om dan + yetkazish
Buyurtma berish154 000 s`om dan
Bron qilishQO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
GLYUKOFAJ®
GLUCOPHAGE®
Preparatning savdo nomi: Glyukofaj®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): metformin
Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi:
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
yadrosi:
faol modda: metformin gidroxloridi – 500 mg;
yordamchi moddalar: 20 mg povidon, 5,0 mg magniy stearati;
plyonka qobig‘i: 4,0 mg gipromelloza.
Ta‘rifi: oq, dumaloq, ikki yoqlama qavariq plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Ko‘ndalang kesimida – bir xil oq massa ko‘rinadi.
Farmakoterapevtik guruhi: peroral qo‘llash uchun biguanidlar guruhi gipoglikemik vosita.
ATX kodi: A10VA02.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Ta‘sir mexanizmi
Metformin antigiperglikemik samaraga ega bo‘lgan biguanid hisoblanib, plazmada glyukozaning ham bazal va ham postprandial darajasini kamaytiradi: Metformin insulin sekresiyasini rag‘batlantirmaydi va shuning uchun gipoglikemiya chaqirmaydi. Metformin 3 mexanizm yo‘li bilan ta‘sir qilishi mumkin:
Bolalar
1 yil davomida davolangan bolalarni va 10 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarni cheklangan soni ichida o‘tkazilgan nazoratli tadqiqotlar kattalarda glyukozani qondagi o‘xshash nazoratiga o‘xshash nazoratini namoyish qilgan.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Metformin gidroxloridi tabletkalarini ichga qabul qilingandan keyin, plazmada maksimal konsentrasiyasiga (Smax) taxminan 2,5 soat (Tmax) davomida erishiladi. 500 mg yoki 850 mg metformin gidroxloridi tabletkalarini mutloq biokiraolishligi sog‘lom odamlarda taxminan 50-60% ni tashkil qiladi. Ichga qabul qilingandan keyin ahlatda 20-30% so‘rilmagan fraksiyalar aniqlangan. Ichga qabul qilingandan keyin metforminni so‘rilishi to‘yinuvchan va noto‘liq hisoblanadi. Metforminni so‘rilish farmakokinetikasi to‘g‘ri proporsional emas deb taxmin qilinadi.
Metforminni tavsiya qilingan dozalarda va dozalash sxemasida qabul qilingan hollarda plazmadagi turg‘un konsentrasiyasiga, 24-48 soat davomida erishiladi va odatda u
1 mikrogramm/ml dan kamni tashkil qiladi. Ovqat qabul qilish metforminni so‘rilish darajasini pasaytiradi va so‘rilishini kechiktiradi. 850 mg tabletkani peroral qabul qilingandan keyin plazmadagi cho‘qqi konsentrasiyasini 40% ga pasayishi, AUS (egri chiziq ostidagi maydoni) ni 25% ga pasayishi, shuningdek plazmadagi cho‘qqi konsentrasiyasiga erishish uchun kerak vaqtni 35 minutga uzayishi kuzatilgan.
Taqsimlanishi
Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanish ahamiyatsiz metformin eritrositlarga kiradi. Qondagi Smax plazmadagi xuddi shunday ko‘rsatkichidan kam, lekin taxminan huddi shunday vaqt davomida erishiladi. Eritrositlar, ehtimoli ikkinchi taqsimlanish kamerasini ifodalaydi. O‘rtacha taqsimlanish hajmi (Vd) 63-276 l diapazonida o‘zgarib turadi.
Metabolizmi
Metformin siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Odatda metabolitlari aniqlanmagan.
Chiqarilishi
Metforminning buyrak klirensi >400 ml/min dan ortiqni tashkil qiladi, bu metforminni kalavalar filtrasiyasi va naychalar sekresiyasi hisobiga chiqarilishini ko‘rsatadi. Peroral qabul qilingandan keyin yarim chiqarilish davri taxminan 6,5 soatni tashkil qiladi.
Buyrak faoliyatini buzilishida metforminning klirensi kreatinin klirensiga proporsional pasayadi, muvofiq tarzda yarim chiqarilish davri uzayadi, bu plazmada metforminning konsentrasiyasini oshishiga olib kelishi mumkin.
Maxsus pasientlar guruhlariga xarakteristika
Buyrak faoliyatini buzilishi
Shunday qilib, dozalarni tanlanganda klinik samaradorlik/o‘zlashtiraolinishi nisbatini baholash lozim (“Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limiga qarang).
Bolalar
Bir martalik dozani qabul qilish yuzasidan tadqiqotlar:
Metformin gidroxloridini 500 mg bir martalik dozasini qabul qilingandan keyin pasient bolalarda sog‘lom kattalardagiga o‘xshash farmakokinetik profil aniqlangan.
Qo‘llanilishi
Qandli diabetning 2 tipi, ayniqsa semizlik bilan xastalangan pasientlarda, parhez bilan davolash va jismoniy yuklamalar samarasiz bo‘lganida:
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar
Monoterapiya va boshqa gipoglikemik vositalari bilan majmuaviy terapiya
Odatdagi boshlang‘ich doza ovqatdan keyin yoki ovqat vaqtida sutkada 2-3 marta 500 mg yoki 850 mg ni tashkil qiladi. 10-15 kundan keyin dozaga, glyukozaning qondagi darajasiga ko‘ra, tuzatish kiritish lozim. Dozani sekin oshirish me‘da-ichak yo‘llari tomonidan nojo‘ya samaralarni kamayishiga yordam beradi. Metformin gidroxloridining maksimal tavsiya qilingan dozasi 3 marta qabul qilishga bo‘lingan holda sutkada 3 g ni tashkil qiladi. Boshqa gipoglikemik preparatlardan o‘tishni rejalashtirishda, boshqa preparatlarni qabul qilishni to‘xtatish va metforminni yuqorida ko‘rsatilgan dozada qabul qilishni boshlash kerak.
Insulin bilan majmuada qo‘llash
Qondagi glyukozani yaxshi nazorat qilishga erishish uchun metformin va insulinni majmuaviy davolash ko‘rinishida qo‘llash mumkin. Metformin gidroxloridining odatdagi boshlang‘ich dozasi sutkada 2-3 marta 500 mg va 850 mg ni tashkil qiladi, ayni paytda insulinning dozasi qonda glyukozaning konsentrasiyasiga asoslanib tanlanadi.
Keksa yoshli pasientlar
Keksa yoshli pasientlarda buyrak faoliyatini pasayishi mumkinligi tufayli, metfor-
minning dozasini buyrak faoliyati ko‘rsatkichlarini hisobga olib tanlash kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).
Buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlar
Metforminni o‘rtacha buyrak yetishmovchiligining 3a bosqichidagi pasientlarga (kreatinin klirensi [CrCl] 45-59 ml/min yoki kalavalar filtrasiyasining tezligiga [rSKF] 45-59 ml/min/1,73m2 asosan) faqat laktoasidozni rivojlanish xavfini oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan boshqa holatlar bo‘lmagan hollarda, quyidagi dozalarga rioya qilgan holda buyurish mumkin: boshlang‘ich doza kuniga bir marta 500 mg yoki 850 mg metformin gidroxloridini tashkil qiladi,. Maksimal doza 2 marta qabulga bo‘lingan holda kuniga 1000 mg ni tashkil qiladi. Buyrak faoliyatini sinchkov nazoratini (har 3-6 oyda) amalga oshirish kerak. Agar kreatinin klirensi (CrCl) yoki kalavalar filtrasiyasi tezligi (rSKF-KFT) muvofiq ravishda minutiga 45 ml dan pastga tushsa yoki
< 45 ml/min/1,73 m2 bo‘lsa, darhol metforminni qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Bolalar va o‘smirlar
Monoterapiya insulin bilan va majmuada qo‘llash
10-15 kundan keyin qonda glyukozaning konsentrasiyasiga asoslanib, dozaga tuzatish kiritish kerak. Metformin gidroxloridining maksimal sutkalik dozasi 2-3 marta qabul qilishga bo‘lingan holda sutkada 2 g ni tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Davolashni eng boshida eng ko‘p tarqalgan nojo‘ya reaksiyalar ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og‘riq va ishtahani yo‘qolishi bo‘lib, ular ko‘p hollarda mustaqil o‘tib ketadi. Ularni bartaraf qilish uchun metforminning sutkalik dozasini 2 yoki 3 marta qabulda qo‘llash va dozani asta-sekin oshirib borish tavsiya qilinadi.
Metformin bilan davolashda quyidagi nojo‘ya reaksiyalar yuz berishi mumkin. Preparatning nojo‘ya samaralarining tez-tezligi quyidagicha baholanadi: juda tez-tez: (³1/10); tez-tez: (³1/100, <1/10); tez-tez emas: (³1/1000, <1/100); kam hollarda: (³1/10000, <1/1000); juda kam hollarda: (<1/10000).
Nojo‘ya ta‘sirlar, ularning ahamiyatini pasayishi tartibida keltirilgan.
Modda almashinuvi va ularni o‘zlashtirilishi tomonidan buzilishlar:
Juda kam hollarda:
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar:
Tez-tez:
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar:
Juda tez-tez:
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar:
Juda kam hollarda:
olingan bo‘lib, ular metformin bekor qilinganidan bartaraf bo‘ladi.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar:
Juda kam hollarda:
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Tavsiya qilinmagan majmualar
Alkogol
O‘tkir alkogolli intoksikasiyada, ayniqsa oziqlanish yetarli bo‘lmagan hollarda, past kaloriyali parhezga amal qilinganda, shuningdek jigar yetishmovchiligida laktoasidozni rivojlanish xavfi oshadi. Preparatni qabul qilish vaqtida alkogolni va etanolni saqlovchi dori vositalarini qabul qilishdan saqlanish kerak.
Yod saqlovchi kontrast moddalar
Yod saqlovchi kontrast moddalarni qon tomir ichiga yuborish buyrak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin, natijada metformin to‘planadi va laktoasidozni rivojlanish xavfi oshadi. Kalavalar filtrasiyasi tezligi >60 ml/min/1,73 m2 bo‘lgan pasientlarda metformin reaksiya paydo bo‘lgan hollarda yoki undan oldin to‘xtatilishi kerak. Preparatni bundan keyin kamida 48 soatdan keyin yuborish mumkin emas. Preparatni qabul qilish faqat buyrak faoliyatini tekshiruvi o‘tkazilgandan keyin va faqat asoratlar bo‘lmaganida amalga oshiriladi. O‘rtacha buyrak yetishmovchiligi (rSKF 45 va 60 ml/min/1,73 m2) bo‘lgan pasientlarda metforminni qabul qilishni yod saqlovchi kontrast moddalarni yuborishdan 48 soat oldin to‘xtatish kerak. Preparatni bundan keyin kamida 48 soat davomida yubormaslik kerak. Preparatni qabul qilish faqat buyrak faoliyatini tekshiruvi o‘tkazilgandan keyin va faqat asoratlar bo‘lmaganida amalga oshiriladi.
Ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi lozim bo‘lgan majmualar
Giperglikemik faollikka xos xususiyatga ega dori preparatlar (masalan, glyukokortikoidlar, tizimli va mahalliy yuborish) va simpatomimetiklar)
Qonda glyukoza darajasini, ayniqsa davolashni boshida tez-tez nazorati talab qilinadi. Zarurat bo‘lganida metforminning dozasini yondosh dori vositalari bilan davolash vaqtida, shuningdek uni qo‘llash to‘xtatilgan vaqtda yo‘lga solish kerak.
Diuretiklar, ayniqsa halqali diuretiklar
Ular buyrak faoliyatni kamaytirish qobiliyati sababli, laktoasidoz xavfini oshishiga olib kelishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Laktoasidoz
Laktoasidoz metforminni kumulyasiyasi tufayli paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan kam uchraydigan, lekin jiddiy (shoshilinch davolash o‘tkazilmaganda o‘lim ko‘rsatkichi yuqori bo‘ladi) asoratidir. Metformin qabul qilinganda laktoasidoz holatlari asosan yaqqol buyrak yetishmovchiligi yoki buyrak faoliyatini o‘tkir buzilishi bo‘lgan qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda yuz bergan.
Buyrak faoliyatini buzilishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarda, masalan, suvsizlanish hollarida (diareyaning og‘ir shakllariva qusish), yoki antigipertenziv davolashda yoki diuretikalar bilan davolashda yoki nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYAQP) bilan davolash buyurilganda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Yuqorida sanab o‘tilgan og‘ir holatlarda metforminni qabul qilish vaqtinchalik to‘xtatilishi mumkin. Laktoasidozdan saqlanish uchun yomon nazorat qilinadigan qandli diabet, ketoasidoz, uzoq muddat ochlik, alkolgolni haddan ziyod ist‘emol qilish, jigar yetishmovchiligi va gipoksiya bilan bog‘liq har qanday holatlarni (masalan, dekompensasiya bosqichidagi yurak yetishmovchiligi, o‘tkir miokard infarkti) kabi yondosh omillarni hisobga olish lozim, boshqa yondosh omillarni (shuningdek “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang) ko‘rib chiqish lozim.
Laktoasidoz xavfi mushak tirishishlari, hamda qorinda og‘riq va og‘ir asteniya kabi ovqat hazm bo‘lishini buzilishlarining nospesifik belgilari paydo bo‘lgan hollarda ko‘rib chiqilishi lozim. Pasientlar, bunday belgilar, xususan agar pasientlar ilgari metforminni yaxshi o‘zlashtiraolishligi kuzatilgan bo‘lsa, shifokorlarni darhol xabardor qilish kerakligi maqsadida yo‘l-yo‘riq olgan bo‘lishlari kerak. Metforminni qabul qilish, hech bo‘lmaganda vaziyat oydinlashguniga qadar vaqtinchalik to‘xtatilishi kerak. Metforminni qayta buyurish foyda/xavf nisbatini hisobga olgan holda, shuningdek buyrak faoliyatini hisobga olgan holda shaxsiy tartibda amalga oshirilishi kerak.
Tashxis:
Laktoasidoz simptomlari asidotik hansirash, qorinda og‘riq va gipotermiya, keyinchalik koma holati ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Laborator tekshirishlarda: qon rN ko‘rsatkichini pasayishi, plazmada laktat miqdorini 5 mmol/l dan yuqori oshishi, shuningdek anion oraliqni va laktat/piruvat nisbatini oshishi aniqlanadi. Laktoasidoz holatida pasient darhol gospitilizasiya qilinishi kerak (“Dozani oshirib yuborilishi” bo‘limiga qarang). Shifokorlar pasientlarni laktoasidoz xavfi va simptomlari to‘g‘risida ogohlantirishlari kerak.
Buyrak faoliyati
Metformin buyrak orqali chiqarilishi tufayli, kreatinin klirensi (qon zardobida kreatininni darajasini Kokroft-Golt formulasini ishlatib hisobga olgan holda hisoblash mumkin) yoki KFT (rSKF) keyinchalik davolashni boshlashdan oldin va muntazam ravishda aniqlanadi:
Agar kreatinin klirensi <45 ml/min (KFT <45 ml/min/1,73 m2) bo‘lgan hollarda metforminni qo‘llash mumkin emas (shuningdek “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang).
Keksa pasientlarda buyraklar faoliyatini pasayishi tez uchraydigan holat va u simptomsiz kechadi. Alohida ehtiyotkorlikni buyrak faoliyatini buzilishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarda, masalan, suvsizlaniishda, yoki antigipertenziv preparatlar yoki diuretiklar bilan davolash ta‘sirida kuchayganda, shuningdek nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYAQP) bilan davolashni boshida namoyon etish lozim. Bunday hollarda, metformin bilan davolashni boshlashdan oldin buyrak faoliyatini tekshirish tavsiya qilinadi.
Yurak faoliyati
Yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar orasida gipoksiya va buyrak yetishmovchiligining ancha yuqori xavfi kuzatiladi. Chidamli surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar uchun metforminni, yurak va buyrak faoliyatining muntazam monitoringini o‘tkazgan holda buyurish mumkin.
O‘tkir va nostabil yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar uchun metforminni qo‘llash mumkin emas (shuningdek “Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang).
Yod saqlovchi rentgenkontrast vositalarni buyurish
Radiologik tekshirishlarda yod saqlovchi rentgenkontrast vositalarni qon tomir ichiga yuborish buyrak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin. Bu metforminni to‘planishini va laktoasidoz xavfini keltirib chiqarishi mumkin.
Kalavalar filtrasiyasi tezligi (rSKF) >60 ml/min/1,73 m2 bo‘lgan pasientlarda metforminni qabul qilish reaksiya namoyon bo‘lishidan oldin yoki namoyon bo‘lishi vaqtida to‘xtatilishi kerak. Preparatni, bundan kamida 48 soatdan keyin yuborish mumkin emas. Preparatni qabul qilish, faqat buyrak faoliyatini tekshiruvi o‘tkazilgandan keyin, va faqat asoratlar bo‘lmaganidagina amalga oshiriladi (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri” bo‘limiga qarang).
O‘rtacha buyrak yetishmovchiligi (KFT 45 va 60 ml/min/1,73 m2 orasida bo‘lganida) bo‘lgan pasientlarda metforminni qabul qilishni yod saqlovchi kontrast moddalarni yuborishdan 48 soat oldin to‘xtatish kerak. Preparatni bundan keyin kamida 48 soat davomida qo‘llash mumkin emas. Preparatni qabul qilish, faqat buyrak faoliyatini tekshiruvi o‘tkazilgandan keyin va faqat asoratlar bo‘lmaganidagina amalga oshiriladi (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri” bo‘limiga qarang).
Jarrohlik operasiyalari
Metforminni qo‘llashni, umumiy spinal yoki epidural anesteziya ostida bajariladigan rejali jarrohlik operasiyalarni o‘tkazishdan 48 soat oldin to‘xtatish kerak. Davolash jarrohlik operasiyalaridan kamida 48 soatdan keyin va enteral oziqlantirish tiklangandan keyin, buyrak faoliyatini qayta tekshiruvidan keyin davom ettirilishi mumkin.
Bolalar va o‘smirlar
Metformin bilan davolash qandli diabetning 2 tipi tashhisi qo‘yilganidan keyin boshlanadi. Shu sababli bolalarni, xususan pubertat yoshidagi o‘smirlarni ushbu parametrlarga muvofiq davolashda metforminning ta‘sirini sinchkov kuzatuvini o‘tkazish tavsiya qilinadi.
10 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar
10 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga buyurilganda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerakligi tavsiya qilinadi.
Boshqa ehtiyotkorlik choralari
Pasientlarga kun davomida uglevodlarni bir tekis iste‘mol qilinishi bilan bog‘liq parhezga amal qilishni davom ettirishlari tavsiya qilinadi. Tana vazni ortiqcha bo‘lgan pasientlarga gipokaloriyali parhezga amal qilishni davom ettirish tavsiya qilinadi.
Qandli diabetni nazorat qilish uchun standart laborator tahlillarni muntazam o‘tkazish tavsiya qilinadi. Metformin preparati bilan monoterapiya gipoglikemiyani chaqirmaydi, biroq uni insulin yoki boshqa gipoglikemik preparatlar (shu jumladan sulfonilmochevina hosilalari, meglitinid) bilan majmuada qo‘llanganda ehtiyotkorlikni namoyon etish tavsiya qilinadi.
Fertillik, homiladorlik va laktasiya davri
Homiladorlik
Homiladorlik vaqtidagi dekompensasiyalangan qandli diabet tug‘ma nuqsonlar va perinatal o‘limni yuz berishini yuqori xavfi bilan bog‘liq.
Homiladorlik rejalashtirilayotganida, shuningdek metforminni qabul qilish fonida homiladorlik boshlangan hollarda, preparat bekor qilinishi va homilada rivojlanish nuqsonlarini paydo bo‘lish xavfini pasaytirish uchun qon plazmasida glyukozaning miqdorini normaga eng yaqin bo‘lgan darajada tutib turish maqsadida insulin bilan davolashni buyurish kerak.
Laktasiya davri
Metformin ko‘krak suti bilan chiqariladi. Metforminni qabul qilish fonida yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda/emizikli bolalarda nojo‘ya samaralari kuzatilmagan. Biroq ma‘lumotlar soni cheklanganligi tufayli, preparatni emizish davrida qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Emzishni to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror, emizishdan kutiladigan foyda va bola uchun nojo‘ya samaralarni yuz berishini potensial xavfini hisobga olgan holda qabul qilinishi lozim.
Fertillik
Metformin sutkada 600 mg/kg dozada qo‘llanganda erkak va urg‘ochi kalamushlarning fertilligiga ta‘sir qilmagan, bu odamda tana yuzasining maydonidan kelib chiqib hisoblanib, tavsiya qilinadigan maksimal sutkalik dozadan deyarli 3 marta yuqoridir.
Bolalar
Chop etilgan va postmarketing ma‘lumotlardan, shuningdek 1 yil davomida davolangan 10 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlardagi cheklangan nazoratli tadqiqotlardan xarakteri va og‘irlik darajasi bilan kattalardagiga o‘xshash nojo‘ya reaksiyalar to‘g‘risida xabarlar olingan.
Transport vositalarini boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati
Preparat bilan monoterapiya gipoglikemiya chaqirmaydi va shuning uchun transport vositalarini boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilash ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilmaydi. Ammo metforminni gipoglikemiyani rivojlanish xavfi sababli, boshqa gipoglikemik preparatlar (sulfonilmochevina hosilalari, insulin, repaglinid) bilan birga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Metformin 85 g gacha dozada gipoglikemiyani chaqirmagan, biroq bunday hollarda laktoasidozni rivojlanishi kuzatilgan. Dozani ancha oshirib yuborilishi yoki yondosh xavf omillari laktoasidozni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Laktoasidoz – bu shoshilinch holat bo‘lib, stasionar sharoitda davolanishi kerak. Gemodializ- organizmdan laktat va metforminni chiqarilishi bo‘yicha eng samarali chora bo‘lib hisoblanadi.
Chiqarilish shakli
20 tabletkadan PVX/alyumin folgali blisterda, 3 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.