×
×
  • GRIPOFF DLYA DETEY sirop  100 ml N1

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GRIPOFF DLYA DETEY sirop 100 ml N1

Kategoriya:
- Og'riq qoldiruvchi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Turkiya
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- World Medicine İlaç San. ve Tic. А.Ş.
ATX kodi:
- N02BE51
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 1 ta dorixonasida topildi

ico 25 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

PENTALGIN tabletkalari N24 ОАО «Фармстандарт-Лексредства» Rossiya
30 500 s`om dan
24 000 s`om dan
SITRAMON P tabletkalari N10 Ирбитский ХФЗ,ОАО Rossiya
1 000 s`om dan
KYUPEN IV infuziya uchun eritma 100ml 1% Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd Hindiston
52 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
GRIPOFF DLYA DETEY sirop 100 ml N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

GRIPOFF

GRIPOFF

 

Preparatning savdo nomi: Gripoff

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): parasetamol/fenilefrin/feniramin/askorbin kislotasi

Dori shakli: ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun granulalangan kukun.

Tarkibi:

1 paketcha quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 500 mg parasetamol, 10 mg fenilefrin gidroxloridi, 20 mg feniramin maleati, 50 mg askorbin kislotasi;

yordamchi moddalar: suvsiz limon kislotasi, natriy sitrat digidrati, saxaroza, temir (III) oksidi, temir (II) oksidi, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, «Limon» aromatizatori.

Ta‘rifi: oq rangdan och-pushti ranggacha bo‘lgan granulalangan kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: Analgetiklar va antipiretiklar. Parasetamol psixoleptiklardan tashqari boshqa preparatlar bilan majmuada.

ATX kodi: N02BE51

Farmakologik hususiyatlari

Farmakodinamikasi

Gripoff – isitmani tushiruvchi, og‘riq qoldiruvchi, antigistamin va qon-tomirlarni toraytiruvchi ta‘sir ko‘rsatadigan majmuaviy preparatdir. Preparatning ta‘siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlar bilan ifodalanadi.

Parasetamol – nonarkotik analgetiklar guruhining vakili bo‘lib, termoregulyasiya va og‘riq markazlariga ta‘sir ko‘rsatib, shu orqali isitmani tushiruvchi va og‘riq qoldiruvchi samaralarni namoyon qiladi.

Feniramin maleati N1-gisgamin reseptorlarning blokatori bo‘lib, ko‘z yoshi oqishi va rinoreyani kamaytiradi, spastik ko‘rinishlarni bartaraf qiladi.

Fenilefrin gidroxloridi adrenomimetik samaralarga ega bo‘lib, α-adrenoreseptorlarni rag‘batlantiradi, qon tomirlarni toraytiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.

Askorbin kislotasi uglevodlar almashinuvi, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, to‘qimalar regenerasiyasi, qon ivishi jarayonlarini boshqarishda ishtirok etadi, steroid gormonlarni ishlab chiqarishda qatnashadi. Askorbin kislotasi qon tomirlarning o‘tkazuvchanligini pasaytiradi, organizmni turli infeksiyalarga nisbatan qarshiligini oshiradi, folat va pantotenat kislotalari, A, V1, V2, Ye vitaminlariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi. Askorbin kislotasi parasetamolning yarim chiqarilish davrini oshirib, uning ta‘siri davomiyligini uzaytiradi, uning o‘zlashtirilishini yaxshilaydi.

Farmakokinetikasi

Parasetamol me‘da-ichak yo‘llari (MIY) dan tez va deyarli to‘liq to‘liq so‘riladi, yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, ozgina qismi ko‘krak sutiga o‘tadi. Parasetamolning 95% jigarda sulfo- va glyukuron kon‘yugasiya, shuningdek sitoxrom R450 tizimi tomonidan oksidlanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri 1 soatdan 4 soatgachani tashkil etadi. 650 mg dozasi qabul qilinganida qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasi 5-20 mkg/ml ni tashkil etadi. Ta‘sirining davomiyligi – 3-4 soatni tashkil etadi. Buyraklar orqali, asosan metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi, 3% o‘zgarmagan holda chiqariladi.

Feniramin maleati ichga qabul qilinganidan so‘ng yaxshi so‘riladi. Biotransformasiyasi jigarda sitoxrom R450 tizimi tomonidan oksidlanishi yo‘li bilan amalga oshadi, yarim chiqarilish davri ichga qabul qilinganidan so‘ng 16-18 soatni tashkil etadi. 70-83% buyraklar orqali o‘zgarmagan holda va metabolitlar holida chiqariladi.

Fenilefrin gidroxloridi. Preparat ichga qabul qilinganidan so‘ng uning ta‘siri juda tez kuzatiladi va taxminan 20 minut davom etadi. Biotransformasiyasi jigarda va MIY da amalga oshadi. Buyraklar orqali chiqariladi.

Askorbin kislotasi MIY dan tez so‘riladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanish darajasi past. Qon plazmasida va hujayralarda to‘planadi, eng yuqori konsentrasiyasi bezli to‘qimalarda kuzatiladi. Biotransformasiyasi jigarda yuz beradi. Buyraklar orqali metabolitlar ko‘rinishida va o‘zgarmagan holda chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Gripoff bosh og‘rig‘i, isitma, burun bitishi, rinoreya, mushak og‘riqlari bilan kechuvchi infeksion va virusli respirator kasalliklar (shu jumladan gripp) ni simptomatik davolash uchun ko‘rsatilgan.

Preparat mialgiya, bosh og‘rig‘i va tish og‘rig‘i, artralgiya, nevralgiya, migren, algodismenoreyadagi o‘rtacha darajadagi og‘riq sindromini bartaraf qilish uchun qabul qilinadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun granulalangan kukun.

Gripoff preparati kattalarga va 6 yoshdan oshgan bolalarga buyuriladi. 1 paketcha preparatni 200 ml issiq (qaynoq bo‘lmagan) suvda eritish tavsiya etiladi.

Bir paketchadan sutkada 3-4 marta qabul qilinadi, qabul qilishlar o‘rtasidagi oraliq 6 soat (sutkada 4 paketchadan oshmasligi kerak) ni tashkil etishi kerak. Davolash davomiyligi 5 sutkadan oshmasligi kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya samaralarni uchrash tezligini quyida keltirilgan ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlangan: kam hollarda (≥ 1/1000, < 1/100); juda kam hollarda (≥ 1/10000, < 1/1000).

Qon yaratish tizimi tomonidan: kam hollarda – trombositopeniya, leykopeniya, agranulositoz.

Allergik reaksiyalar: juda kam hollarda – teri toshmasi, eshakemi, angionevrotik shish. Tavsiya etilgan dozalardan yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida gepatotoksik va nefrotoksik ta‘siri kuzatilishi mumkin.

Yurak qon-tomir tizimi tomonidan: juda kam hollarda – arterial bosimni biroz oshishi, taxikardiya.

Nerv tizimi tomonidan: kam hollarda – psixomotor reaksiyalar tezligini pasayishi, ta‘sirchanlik, toliqish hissi, uyquchanlik.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kam hollarda – og‘izni qurishi, dispepsiya.

Ko‘rish a‘zolari tomonidan: kam hollarda – yopiq burchakli glaukoma bo‘lgan pasientlarda ko‘z ichki bosimini oshishi.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: kam hollarda – siydik tutilishi.

Boshqalar: juda kam hollarda – ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • prostata bezini, siyishni qiyinlashishi bilan kechuvchi giperplaziyasi;
  • jigar va buyrak faoliyatini og‘ir darajadagi buzilishlari;
  • 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
  • homiladorlik;
  • laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Gripoff bir vaqtda qabul qilinganida sedativ dori vositalari, monooksidaza ingibitorlari, etanolning samaralarini kuchaytirishi mumkin.

Antidepressantlar, antipsixotik vositalar, fenotiazin hosilalari, parkinsonizmga qarshi preparatlar Gripoff bilan bir vaqtda qo‘llanganida, parasetamolning og‘izni qurishi, siydikni tutilishi, qabziyatlar kabi nojo‘ya samaralarini rivojlanish havfi oshadi.

Glyukokortikosteroidlar bilan bir vaqtda qabul qilish ko‘z ichki bosimini oshish xavfini oshiradi.

Parasetamol bir vaqtda qabul qilinganida urikozurik preparatlarning samaradorligini pasaytirishi va bilvosita antikoagulyantlarning ta‘sirini kuchaytirishi mumkin.

Trisiklik antidepressantlar preprat bilan bir vaqtda qabul qilinganida simpmatomimetik ta‘sirini kuchaytirishi muikin.

Preparatning galotan bilan majmasi yurak qorinchalari aritmiyalari rivojlanish xavfini oshiradi.

Preparat nuanetidinning gipotenziv samarasini pasaytirishi, guanetidinning o‘zi esa fenilefrinning α-adrenostimulator samarasini kuchaytirishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Gripoff preparatining bir paketchasi tarkibida 21,8 g qand saqlaydi, shuning uchun qandli diabet bilan xastalangan pasientlarga preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Quyidagi holatlarda:

  • arterial gipertenziya, yurak va qalqonsimon bez kasalliklari, glaukoma, bronxial astma va o‘pkaning boshqa surunkali kasalliklarida, prostata bezining gipertrofiyasida;
  • jigar va buyrakning surunkali kasalliklarida;
  • surunkali alkogolizmda

faqat shifokor Gripoff preparatini qo‘llash va buyurish masalasini hal qiladi.

Preparatni 5 kundan ortiq qabul qilishga qaramasdan, kasallikning simptomlari saqlanib tursa, preparatni qabul qilishni davom ettirish va qo‘shimcha tekshirishlar o‘tkazish maqsadga muvofiqligini qayta ko‘rib chiqish kerak.

Yo‘riqnomada ko‘rsatilgan dozadan oshirilmasin, agar paketchaning o‘rami shikastlangan bo‘lsa, preparat qo‘llanilmasin.

Homiladorlik va laktasiyada qo‘llanishi

Homiladorlikda va laktasiya davrida preparatni qo‘llash mumkin emas.

Pediatriyada qo‘llanishi

6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparatni qo‘llash mumkin emas.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Preparatni qo‘llash vaqtida avtomobilni boshqarish va uskunalar bilan ishlash tavsiya etilmaydi, chunki preparat uyquchanlikni chaqirishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasi oshirib yuborilganida quyidagi simptomlar: ko‘ngil aynishi, qusish, arterial bosimni oshishi, markaziy nerv tizimini qo‘zg‘alishi yoki susayishi, uyquchanlik, koma, taxikardiya, yurak ritmini buzilishi, kardiogen shok rivojlanishi mumkin. Parasetamolning katta dozalari (10-15 g) jigar yetishmovchiligini chaqirishi mumkin.

Davolash: me‘dani yuvish, simptomatik davolash o‘tkazish tavsiya etiladi.

Chiqarilish shakli

Ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun granulalangan kukun 23 g dan paketchada.
7 yoki 10 paketcha qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GRIPOFF DLYA DETEY sirop 100 ml N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GRIPOFF DLYA DETEY sirop 100 ml N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
GRIPOFF DLYA DETEY sirop 100 ml N1 dori vositasi World Medicine İlaç San. ve Tic. А.Ş. tomonidan Turkiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
GRIPOFF DLYA DETEY sirop 100 ml N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GRIPOFF DLYA DETEY sirop 100 ml N1 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
ERBINOL krem 20g 1%
Narh: 55 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
GRIPOFF poroshok 23g N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclar? Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S.
GRIPOFF poroshok 23g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclar? Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9