155 000 s`om dan
Dorixonalardan izlash210 000 s`om dan + yetkazish
Buyurtma berish169 500 s`om dan
Bron qilishQO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
GROPRINOSIN®
GROPRINOSIN®
Preparatning savdo nomi: GROPRINOSIN® (GROPRINOSIN®)
Guruhlash nomi: inozin pranobeks
Dori shakli: sirop
Tarkibi:
Har 5 ml sirop saqlaydi:
Ta‘sir etuvchi modda: inozin pranobeks 250,0 mg.
Yordamchi moddalar: metilparagidroksibenzoat Ye218, propilparagidroksibenzoat Ye216, natriy saxarinati, saxaroza, gliserol Ye422, etanol 96 %, malina hushbo‘yi L-144739 (komponentlari: qand, propilenglikol, etanol, hushbo‘y), tozalangan suv.
Ta‘rifi: malina ta‘mli va hidli tiniq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: bevosita ta‘sirga ega viruslarga qarshi vositalar.
ATX kodi: J05AX05
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Inozin pranobeks immunomodulyator va bevosita viruslarga qarshi xususiyatlarga ega purinning sintetik hosilasidir. Inozin pranobeks – inozin va 4-asetamidbenzoy kislotasining tuzini N,N–dimetilamino-2-propanol bilan 1:3 molyar nisbatda saqlagan kompleksidir.
Kompleksning samaradorligi inozinni bo‘lishi bilan belgilanadi, ikkinchi komponent uni limfositlarga kiraolishini oshiradi.
Klinik tadqiqotlarda inozin pranobeks hujayralar bilan bilvosita yetarli bo‘lmagan yoki buzilgan immun javobni ThI javobini faolashuvi hisobiga me‘yorlashtiradi, u T-limfositlarni yetilishini tezlashtiradi, shuningdek ularni differensiyasini va mitogen va antigenlar bilan faollashtirilgan hujayralarda induksiyalangan limfoproliferativ javobni potensiyalanishini ko‘rsatilgan. Xuddi shunday tarzda, preparatni sitotoksik T-limfositlarni va NK- hujayralarini faolligiga, T8–supressor va T4–xelperlarning hujayra faoliyatiga rag‘batlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatishi, shuningdek Ig va komplementni yuza reseptorlari sonini oshirishi ko‘rsatilgan. Inozin pranobeks IL-1, IL-2 sitokinlarni ishlab chiqarilishini va in vitro sharoitida IL-4 ni reseptorlarini ekspressiyasini oshiradi. Preparat endogen IFN- γ sekresiyasini ahamiyatli darajada oshiradi va in vivo sharoitida yallig‘lanishga qarshi IL-4 va IL-10 sitokinlarni ishlab chiqarilishini kamaytiradi. Shuningdek u neytrofillar, monositlar va makrofaglarning xemotaksisini potensiyalashi ko‘rsatilgan.
In vivo sharoitida inozin pranobeks RNK virusi va ayrim viruslarning replikasiyasida ishtirok etuvchi digidropteroatsintetaza fermentining sintezini bir vaqtda bostirib, limfositlarning mRNK translyasiyasiga va oqsillarni sinteziga nisbatan pasaygan ta‘sir xususiyatini, oshiradi.
Inozin pranobeks in vivo sharoitida oddiy gerpes (Herpes simplex) virusiga, sitomegalovirusga va qizamiq virusiga, odam T-hujayra limfomasi III turi virusiga, polioviruslarga, A va V grippi virusiga, YeSNO-virusiga (odam enterositopatogen virusi), ensefalomiokardit va ot ensefalitiga nisbatan virusga qarshi faollik namoyon qiladi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilingandan keyin preparat tez va deyarli to‘liq (≥ 90 % ) so‘riladi va yaxshi biokiraolishlikka ega. 1500 mg dozada ichga qabul qilingandan keyin inozin pranobeksning maksimal konsentrasiyasiga (Cmax) 1 soatdan keyin erishiladi va
600 mkg/ml ni tashkil qiladi. Qabul qilingandan 2 soatdan keyin qonda aniqlanmaydi.
Inozin pranobeks inozin va r-asetamidobenzoy kislotasining N,N–dimetilamino-2-propanolli tuzidan tashkil topgan. Inozin pranobeksning har bir komponenti metabolizmga tez uchraydi. Metabolitlarning deyarli 100 % qabul qilingan vaqtdan 8 dan 24 soatgacha bo‘lgan intervalda siydikda aniqlanadi. Inozin purin nukleotidlari uchun tipik bo‘lgan sikl bo‘yicha siydik kislotasini hosil qilib, metabolizmga uchraydi, qon zardobidagi uning konsentrasiyasi oshishi mumin. Buning natijasida siydik yo‘llarida siydik kislotasi kristallari hosil bo‘lishi mumkin. Siydik kislotasini oshishi bir tekis bo‘lmay, preparatni ichga qabul qilingandan keyin 1-3 soat davomida ± 10 %ga o‘zgarishi mumkin. R-asetamidobenzoy kislotasining metabolizmi natijasida o-asilglyukuronid hosil bo‘ladi, N,N -dimetilamino-2- propanol metabolizmga uchraydi va N–oksidi hosil bo‘ladi. r-asetamidobenzoy kislotasining “konsentrasiya- vaqt” egri chiziq ostidagi maydoni (AUC) ≥ 88 %, N,N -dimetilamino-2-propanolniki esa, ≥ 77 % ni tashkil qiladi. Organizmda preparatni to‘planib qolishi aniqlanmaydi.
Inozin va uning metabolitlari buyraklar orqali chiqariladi. Har kungi 4 g dozani qabul qilinganda. teng muvozanatli konsentrasiyaga erishilganda r-asetamidbenzoy kislotasini va uning metabolitlarini siydik bilan sutkalik ekskresiyasi taxminan qabul qilingan dozaning 85% tashkil qiladi; yarim chiqarilish davri (T1/2) – 50 minut. N,N -dimetilamino-2- propanolning T1/2 3- 5 soat. Inozin pranobeksni va uning metabolitlarini organizmdan to‘liq eliminsiyasi 48 soat davomida yuz beradi.
Qo‘llanilishi
GROPRINOSIN® siropi, 250 mg/5 ml,1 yoshdan oshgan bemorlarga quyidagi ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llanadi:
Tabletkani xavfsiz yutish mumkin bo‘lgan pasientlarga GROPRINOSIN® tabletkasini buyurish maqsadga muvofiq.
Qo‘llash usuli va dozalari
Qo‘llash usuli
Faqat ichga qabul uchun buyuriladi.
Preparatning dozasi pasientning vazni va kasallikning og‘irligiga bog‘liq. Sutkalik dozani bir necha qismlarga bo‘lib, ularni kun davomida teng vaqt oraliqlarida qabul qilish lozim.
Dozalari
Doza pasientning vazni va kasallikni og‘irligiga bog‘liq.
Umumiy sutkalik dozani bir nechta teng qismlarga bo‘lish kerak, ularni kun davomida qabul qilish lozim.
Davolanish davomiyligi odatda 5-14 kunni tashkil qiladi. Preparatni qabul qilishni kasallik simptomlari yo‘qolgandan keyin 1-2 kun davomida davom ettirish lozim.
To‘liq dozalash uchun berilgan o‘lchov stakanchasini ishlatish lozim.
Kattalar va keksa odamlar
Tavsiya qilinadigan sutkalik doza tana vazniga 50 mg/kg (tana vazniga 1 mg/kg) ni tashkil qiladi, odatda – sutkada 3 g (ya‘ni kuniga 60 ml sirop); preparatning maksimal sutkalik dozasi 4 g ni tashkil qiladi, 3-4 marta qabul qilinadi (odatda 20 ml dan kuniga 3-4 marta, ya‘ni kuniga 3-4 marta 20 ml hajmdagi 1 o‘lchov stakanchadan). 1 ml Groprinosin® siropi 50 mg inozin pranobeksni saqlaydi. Maksimal sutkalik doza 4 gni tashkil qiladi.
Bolalar
Tavsiya qilinadigan sutkalik doza tana vazniga 50 mg/kg ni tashkil qiladi, odatda – tana vazniga 1 ml/kg ni 3-4 teng qismlarga bo‘lib qabul qilinadi, ularni kun davomida (10 ml ni 10 kg tana vazniga, 20 kg gacha, keyinchalik kattalar uchun dozalarda qo‘llanadi) yoki quyidagi jadvalga muvofiq qabul qilinadi:
Tana vazni | Doza |
9 – 14 kg | 3-4 x 5 ml |
14 – 21 kg | 3-4 x 7,5 ml |
21 kg dan ortiq | kattalarning dozasi |
To‘g‘ri dozalash uchun berilgan o‘lchov stakanchasini ishlatish lozim.
Davolash davomiyligi
O‘tkir infeksiyalar: qisqa muddatli infeksiyalarda davolash davomiyligi odatda 5-14 kunni tashkil qiladi. Davolashni simptomlar yo‘qolganidan keyin 1-2 sutka davomida yoki shifokorning qaroriga ko‘ra davom ettirish lozim.
Surunkali qaytalanuvchi infeksiyalar: davolashni boshlanishi o‘tkir infeksiyalardagi kabi olib boriladi. Samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashda doza sutkada 500-1000 mg gacha pasayishi mumkin. Qaytalanishlarning birinchi simptomlarida pasient o‘tkir infeksiyalarda tavsiya qilingan dozalarni qabul qilishga darhol qaytish va simptomlar yo‘qolganidan keyin 1-2 kun davomida davom etirish kerak. Shifokor tomonidan pasientning klinik holatini baholashi asosida bu muolajani bir necha marta qaytarish mumkin.
Gerpetik infeksiyalar: davolashni kasallik simptomlari yo‘qolguniga qadar 5-10 kun davomida va simptomsiz davrda – 500 mg dan sutkada 2 marta (kuniga 2 * 10 ml dan) qaytalanishlar sonini kamaytirish uchun 30 kun davomida davom ettiriladi.
Nimo‘tkir sklerozlanuvchi ensefalit: kasallikning o‘tkir bosqichida preparatning dozasi tana vazniga 2ml/kg gacha (sutkada 100 mg/kg, maksimal sutkada 4 g) oshirilishi mumkin, doimiy davolashda pasientning holatini muntazam baholash lozim.
Nojo‘ya samaralar
Nojo‘ya samaralarni tez-tezligini tasniflash uchun quyidagi terminologiya (MedDRAga muvofiq) ishlatiladi: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥ 1/1000 dan <1/100 gacha), kam (≥ 1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam (<1/10000), tez-tezligi noma‘lum (mavjud bo‘lgan ma‘lumotlarga ko‘ra tez-tezligini aniqlash mumkin emas).
Tez-tez (≥ 1/100 dan <1/10 gacha)
Tez-tez emas (≥ 1/1000 dan <1/100 gacha)
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dozani oshirib yuborilishi
Inozin pranobeksning dozasini oshirib yuborish hollari qayd qilinmagan.
Homiladorlikda va emizish davrida qo‘llanilishi
Homilani rivojlanishi va fertillikka ta‘siri bilan bog‘liq nazoratli klinik tekshirishlar o‘tkazilmagan.
GROPRINOSIN® siropini homiladorlik vaqtida va emizish davrida qo‘llash tavsiya qilinmaydi, chunki qo‘llash xavfsizligi tekshirilmagan.
Transport vositalarni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri
GROPRINOSIN® siropi avtomobilni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi yoki deyarli ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri
GROPRINOSIN® siropini ksantinoksidaza ingibitorlari (masalan, allopurinol), siydik kislotasini siydik bilan chiqarilishini kuchaytiruvchi preparatlarni, diuretiklarni qo‘shganda (masalan, gidroxlortiazid, xlortalidon, indapamid) va halqali diuretiklarni (furosemid, torasemid, etakrin kislotasi) bir vaqtda olayotgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
GROPRINOSIN® siropini immunodepressantalarni qabul qilish to‘xtatilganidan keyin buyurish lozim. Bu dori vositasini immunodepressantlar bilan bir vaqtda farmakokinetik o‘zaro ta‘siri bo‘lishi mumkinligi sababli, bir vaqtda qo‘llash mumkin emas. Immunodepressantlar bilan birga qo‘llash inozin pranobeksning samaradorligini pasayishiga olib kelishi mumkin.
Zidovudin (azidotimidin) bilan bir vaqtda qo‘llash nukleotidlarni zidovudin bilan turli mexanizmlar orqali hosil bo‘lishini kuchaytiradi. Bu monositlarda hujayra ichidagi fosforlanishni kuchayishiga olib keladi. Bu GROPRINOSIN® siropini ta‘siri ostida zidovudinni samarasini oshishiga olib keladi.
Qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari
GROPRINOSIN® siropi odatda siydik kislotasining konsentrasiyasini qon zardobida ham, siydikda ham, ayniqsa erkaklarda va ikkala jinsdagi keksa shaxslarda me‘yoriy qiymat chegarasida (8 mg/dl gacha, bu 420 mkmol/lga mos keladi) tranzitor oshishini chaqirishi mumkin. Siydik kislotasini konsentrasiyasini oshishi ushbu preparatni tashkil qiluvchi inozinni siydik kislotasiga katabolizmi bilan bog‘liq bo‘lib, u odam organizmida yuz beradi. Lekin bu fermentlar yoki buyraklar faoliyatining dori ta‘siri ostida global buzilishi bilan bog‘liq emas. Shunday qilib, podagrali, giperurikemiyali, siydik-tosh kasalligi va buyrak faoliyatini buzilishlari, shu jumladan anamnezida bo‘lgan pasientlarda GROPRINOSIN® ni faqat ehtiyotkorlik bilan qo‘llash mumkin. Bu pasientlarni davolash vaqtida siydik kislotasining konsentrasiyasini sinchkov nazorat qilish lozim.
Uzoq davolash vaqtida har bir pasientning qon zardobida va siydikda siydik kislotasini konsentrasiyasini, jigar faoliyatini, umumiy qon tahlilini va buyrak faoliyatini muntazam nazorat qilish lozim.
GROPRINOSIN® siropi metiparagidroksibenzoat va propilparagidroksibenzoat saqlaydi, ular allergik reaksiyalarni (shu jumladan sekinlashgan turi) chaqirishi mumkin.
GROPRINOSIN® siropi saxaroza saqlaydi. Fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktoza so‘rilishini buzilishi yoki saxaroza-izomaltoza yetishmovchiligi ko‘rinishidagi kam uchraydigan nasliy buzilishlari bo‘lgan pasientlar GROPRINOSIN® siropini qabul qilmasliklari kerak.
1 ml GROPRINOSIN® siropida 650 mg saxaroza saqlanadi. Buni qandli diabeti bo‘lgan pasientlarga buyurishda hisobga olish lozim.
GROPRINOSIN® siropi 2,5 hajm foiz etil spirtini (20 mg 96 % hajm/foiz etanol
1 ml siropda) saqlaydi, ya‘ni katta pasientlarni maksimal sutkalik dozasida (80 ml siropda) 1600 mg gacha etanol bo‘lib, bu maksimal sutkalik dozada 40 ml pivoga, 17 ml atrofidagi vinoga ekvivalent. Buni homilador yoki emizikli ayollarga, bolalarga, shuningdek yuqori xavf guruhidagi, masalan jigar kasalligi yoki tutqanog‘i bo‘lgan pasientlarga buyurilganda e‘tiborga olish kerak.
O‘rami
125 ml hajmdagi, bolalarni ochishidan himoyalangan RR 28 polipropilen qalpoqchali, 2,5 ml dan 20 ml gacha belgili o‘lchov stakanchasi bo‘lgan to‘q shisha flakon.
Har bir karton quti bir flakon va preparatni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasini saqlaydi.
Saqlash sharoiti
Preparatni +15°S dan +25°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.
Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Flakon birinchi ochilganidan keyin preparatni yaroqlilik muddati 24 kunni tashkil qiladi.
O‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.