×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

IMMUNAL eritma 50ml

Kategoriya:
- Immunomodulyatorlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Serbiya / Sloveniya
Faol modda:
Эхинацеи пурпурной травы сок
Ishlab chiqaruvchi:
- Хемофарм А.Д.,/Лек д.д.
ATX kodi:
- L03AX
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SIKLOFERON inyeksiya uchun eritma 2ml 125mg/ml N5 ПОЛИСАН НТФФ, ООО Rossiya
50 000 s`om dan
GALAVIT suppozitorii 50mg N5 СЭЛВИМ,ООО Rossiya Federatsiyasi
105 000 s`om dan
LIKOPID tabletkalari 10mg N10 Пептек ЗАО Rossiya Federatsiyasi
IMUDON tabletkalari N40 Фармстандарт-Томскхимфарм,ОАО Rossiya
107 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
O‘rami
50 ml eritma saqlagan 1 flakondan, graduirovkali dozalovchi porshenli pipetkasi va ilova-varaqasi bilan komplektda o‘ramda.
Preparatning 1 ml gullayotgan qirmizi Exinatseyaning (Echinacea purpurea) yangi yig‘ilgan o‘tidan olingan 0,8 ml sharbatini saqlaydi. 
Yordamchi moddalar: etanol 96% (20 hajm%), sorbitol eritmasi 70% (Ye420).

Barcha dori vositalari kabi, Immunal tomchilari ham nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin, biroq ular har kimda ham rivojlanmaydi.
Agar Immunalni qabul qilgandan keyin yuz, lab, qovoqlar, tilni shishi rivojlansa, nafas olish qiyinlashsa, terida reaksiyalar paydo bo‘lsa, preparatni qabul qilishni darhol to‘xtating va shifokorga murojaat eting. Qirmizi exinatseya preparatlari allergiyaga nasliy moyilligi bo‘lgan shaxslarda allergik reaksiyalar chaqirishi mumkin.

Nojo‘ya samaralarining tez-tezligi ma’lum emas. Ayrim hollarda quyidagilar kuzatilishi mumkin:
- qichishish, teri toshmasi, eshakemi, yuzni shishi;
- nafas yo‘llarida yuqori sezuchanlik reaksiyalari, ular ularni torayishini va astmani chaqirishi mumkin;
- teri, teri osti to‘qimalari va shilliq qavatlarni og‘riqli shishi (angionevrotik shish), shuningdek lab, til, tomoq, hiqildoqni shishi, nafas olishni qiyinlashishi (Kvinke shishi) bilan kechuvchi og‘ir darajadagi allergik reaksiya;
- pufaklar, terini ko‘chishi va yaralar bilan kechuvchi teri, teri osti to‘qimalari va shilliq qavatlar tomonidan og‘ir reaksiyalar;
- yuqori sezuvchanlikning darhol reaksiyasi (anafilaktik shok deb nomlanuvchi);
- uzoq vaqt (8 xaftadan ko‘proq) qo‘llaganda oq qon tanachalari sonini kamayishi.

Exinatseyani autoimmun kasalliklar (tarqalgan ensefalit, tugunli eritema, autoimmun trombotsitopeniya, Evans sindromi, buyrak kanalchalarining disfunksiyasi bilan kechuvchi Shegran sindromi) bilan bog‘liqligi aniqlangan.

Agar biron-bir nojo‘ya samaralar jiddiylashsa yoki Siz ushbu ilova-varaqada sanab o‘tilmagan nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga yoki farmatsevtga xabar bering.

Retseptsiz beriladi.

Immunal® - dorivor o‘simlik xom-ashyosidan tayyorlangan immunitetni rag‘batlantiruvchi preparatdir. Immunal tomchilarining ta’sir etuvchi moddasi gullayotgan qirmizi exinatseya (Echinacea purpurea) o‘simligining yangi yig‘ilgan o‘tining sharbati hisoblanadi.

Qirmizi exinatseyaning faol moddalari organizmning tabiiy himoya kuchlarini kuchaytiradi va immunitetning nospetsifik stimulyatori sifatida ta’sir qiladi. Leykotsitlar (granulotsitlar va makrofaglar) sonini oshirib va fagotsitozni faollashtirib, ular inson organizmida kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlarni yo‘q qilinishiga yordam beradi. Bundan tashqari, qirmizi exinatsiyaning gripp va gerpes qo‘zg‘atuvchilariga nisbatan viruslarga qarshi ta’siri aniqlangan.


Qo‘llanilishi


 immunitetni rag‘batlantirish,


 shamollash kasalliklari va grippni oldini olish va ularni juda tez sog‘ayishini ta’minlash,


 nafas yo‘llarining asoratlanmagan virusli va bakterial kasalliklarining simptomlarini (tumov, tomoqni yallig‘lanishi, yo‘tal, holsizlikni) yengillashtirish,


 surunkali infeksion kasalliklarni davomli antibiotikoterapiyasida yordamchi dori vositasi sifatida qo‘llaniladi.


Agar Sizda:

 exinatseya va murakkab gullilar oilasiga kiruvchi boshqa o‘simliklarga (masalan moychechak, arnika, tirnoqgul, bo‘ymadaron) yoki preparatning o‘rdamchi moddalariga allergiya;

 avj olib boruvchi tizimli kasalliklar, masalan, tuberkulyoz va sarkoidoz;

 kollagenozlar va tarqoq skleroz kabi autoimmun kasalliklar;

 immuntanqislik (OIV-infeksiya, OITS);

 immun tizimini susayishini chaqiruvchi davolash (masalan, rakni davolash yoki suyak ko‘migini yoki boshqa a’zolarni ko‘chirib o‘tkazgandan keyin qo‘llanadigan dori vositalari);

 leykotsitlarni shikastlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan qon tizimining har qanday kasalliklari (masalan, agranulotsitoz, leykoz);

 allergik reaksiyalarga nasliy moyillik (eshakemi, atopik dermatit, bronxial astma) bo‘lsa Immunal tomchilarini qabul qilmang.

Immunal tomchilarini 1 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas.


Agar Siz biron-bir boshqa dori vositalarini, shu jumladan retseptsiz sotiladigan dori vositalarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz, iltimos bu haqida shifokoringizga yoki farmatsevtga xabar bering.
Immunalning boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri ta’riflanmagan. Shunga qaramasdan immun tizimini susaytiruvchi dori vositalarini (masalan siklosporin va metotreksat) bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

Yaroqlilik muddati: 2 yil.

Qo‘llashdan oldin flakonni yaxshilab chayqating.

Dori preparatlarini doimo original o‘ramda saqlang va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmang. Yaroqlilik muddatining tugash sanasi ko‘rsatilgan oyining oxirgi kuni hisoblanadi.

Dori vositalarni kanalizatsiyaga yoki uydagi chiqindilarga tashlamang. Keraksiz dorilardan qanday forig‘ bo‘lishni dorixonadan so‘rang. Bu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.

Jigarrang rangli biroz cho‘kmasi bo‘lgan tiniq yoki xira eritma.Preparatning ayrim komponentlari haqida ma’lumotlar

Preparat etanol (20 hajm %) va sorbitol eritmasi (Ye420) saqlaydi.

Preparatning dozasi 404 mg etanol (spirt) saqlaydi, bu 10 ml pivoga yoki 4,2 ml vinoga muvofiq keladi. Preparat alkogolizm bilan xastalangan shaxslarga zarar keltiradi. Etanol (spirt) ning miqdori homilador va emizikli ayollar, bolalar, shuningdek yuqori xavf guruhiga mansub patsiyentlar, aynan esa jigar kasalliklari yoki tutqanoq bilan xastalangan patsiyentlar tomonidan qo‘llanganda hisobga olinishi lozim.

Agar Sizga shifokordan, Sizda ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmaslik borligi ma’lum bo‘lsa, mazkur preparatni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.


Davolashni kasallikning birinchi belgilari paydo bo‘lganida boshlash kerak.


Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlar: 2,5 ml dan kuniga 3 marta buyuriladi.

6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 1,5 ml dan eritma kuniga 3 marta buyuriladi; qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.

6 yoshdan kichik bolalar: preparatni qo‘llab bo‘lmaydi.


Qo‘llash usuli

Ichga qabul qilish uchun buyuriladi.

Dozalovchi pipetka yordamida o‘lchab olingan kerakli dozani qabul qilishdan oldin, ko‘p bo‘lmagan hajmidagi biroz iliq suvda suyultiriladi. Preparatni shuningdek suyultirmasdan ham qabul qilish mumkin. Preparat ovqat qabul qilishdan qat’iy nazar qabul qilinadi.


Qabul qilish davomiyligi

Qisqa muddatli profilaktika va davolash uchun preparatni 10 kun davomida uzluksiz qabul qilish tavsiya etiladi. Davolash kursini 14 kunlik tanaffusdan keyin takrorlash mumkin.


Agar simptomlar zo‘raysa yoki 10 kundan ortiq saqlanib qolsa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.


Dozani oshirib yuborilishi

Qirmizi exinatseyaning dozasini oshirib yuborish hollari ta’riflanmagan. 

Agar doza oshirib yuborilganidan keyin nojo‘ya samaralar aniqlansa, shifokorga murojaat qiling.


Qabul qilishni o‘tkazib yuborish

Agar Siz Immunal tomchilarini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, ularni birinchi imkon tug‘ilishi bilanoq qabul qiling. So‘ngra davolashni avvalgi sxema bo‘yicha davom ettiring. Unutilganini o‘rnini to‘ldirish uchun ikki barobar dozani qabul qilmang.


Har qanday dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.

Homiladorlik va laktatsiya davrida Immunalning ta’siri haqida ma’lumotlar yetarli emasligi tufayli, ushbu preparatni homilador va emizayotgan ayollar qabul qilishi tavsiya etilmaydi, shifokor buyurgan holatlar bundan mustasno.

Immunalni fertillikka ta’siri haqida ma’lumotlar yo‘q.

Preparat etanol (20 xajm%) saqlashini e’tiborga olish kerak.


Agar preparatni qabul qilish fonida simptomatika yomonlashishi kuzatilsa yoki tana haroratini oshishi aniqlansa, shifokor bilan maslahatlashing.

Agar allergik reaksiyalarga moyillik bo‘lsa, Immunal tomchilarini qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish lozim. Yuqori sezuvchanlikning og‘ir reaksiyalari rivojlanishi mumkin.

Bolalarda qo‘llash yuzasidan “Immunal tomchilarini qanday qabul qilish kerak” bo‘limidan ko‘ring.

Agar 10 kun davomida yaxshilanish kuzatilmasa, shifokorga murojaat eting.

Tomchilarni saqlaganda (3-6 oy davomida) eritma xiralashishi yoki faol polisaxaridlardan tashkil topgan loyqasimon cho‘kma tushishi mumkin. Qo‘llashdan oldin flakonni yaxshilab chayqatish kerak.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

IMMUNAL eritma 50ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
IMMUNAL eritma 50ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
IMMUNAL eritma 50ml dori vositasi Хемофарм А.Д.,/Лек д.д. tomonidan Serbiya / Sloveniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
IMMUNAL eritma 50ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
IMMUNAL eritma 50ml dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
IMMUNAL tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Эхинацеи пурпурной травы сок ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lek d.d.
Narh: 36 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
IMMUNAL tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Эхинацеи пурпурной травы сок ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lek d.d.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9