46 500 s`om dan
Dorixonalardan izlash46 500 s`om dan
Bron qilish0,01% in'ektsiya uchun eritma, 1 ml dan (100 mkg) polipropilen yoki polietilen tibbiy ampulalarda.
yordamchi moddalar: natriy xloridi 9 g, in'ektsiya uchun suv 1 litrgacha.
Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatmadi.
- homiladorlik;
- laktasiya davri.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Preparat bolalarga tana vazni hisobidan: 10 kg gacha - 0,1 ml; 10-30 kg - 0,3 ml; 30-50 kg - 0,5 ml; 50 kg va undan yuqoriga - 1,0 ml dan yuboriladi.
Yuborishga bo'lgan reaktsiya
Preparatni yuborishga bo'lgan reaktsiya kuzatilmagan.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
IMMUNOMODULIN
IMMUNOMODULIN
Preparatning savdo nomi: Immunomodulin
Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma.
Tarkibi:
faol modda: immunomodulin – 0,1 g;
yordamchi moddalar: natriy xloridi 9 g, in‘eksiya uchun suv 1 litrgacha.
Ta‘rifi: tiniq, yashil-sariq rangli eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: Immunomodulyasiyalovchi vosita.
ATX kodi: L03
Farmakologik xususiyatlari
Preparat timusning tabiiy yuqori tozalangan 1-6 kDa molekulyar og‘irlikka ega peptidlari majmuasidan tashkil topgan. Odamda va hayvonlarda immun tizimining buzilgan faoliyatini tuzatadi. Immun tanqisligi va autoimmun jarayonlarida u qonda T-limfositlar, T-supressorlar, T-xelperlar, fagositlar miqdorini tiklaydi va xususiy a‘zo va to‘qimalarga qarshi yo‘naltirilgan hujayraviy immun reaksiyalari jadalligini pasaytiradi, infeksion agentlarga (viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar, parazitlar) qarshi immun javobini, monooksigenazlarni rag‘batlantirishi orqali jigardagi detoksikasiyani, xamda organizm to‘qimalarining regenerasiyasini rag‘batlantiradi. Bolalar va kattalarda vaksinasiya samaradorligini oshiradi. Virusli gepatiti bo‘lgan bemorlar qonidan HBs antigenini chiqaradi. Biorag‘batlantiruvchi va gemorag‘batlantiruvchi xususiyatlariga ega. Immunomodulinning klinik samaradorligi holatni yaxshilanishida, kasallikning asosiy belgilari: og‘riq, dispeptik xolatlar, intoksikasiyani tezda yo‘qolishi va sog‘ayishi muddatlarini keskin qisqarishida va kasallik qaytallanishlari sonining kamayishida namoyon bo‘ladi.
Farmakokinetikasi
Tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Ma‘lumotlar yo‘q.
Qo‘llanilishi
Immuntanqis kasalliklar va xolatlarida, shu jumladan gripp, virusli gepatitlar, kollagenozlar (revmatizm, revmatoid artrit, tizimli sklerodermiya), yiringli-septik kasalliklar (destruktiv pnevmoniya, osteomielit, saramas yallig‘lanishi), surunkali bronxit va pnevmoniya, pielonefrit, prostatit, qandli diabet, gastroduodenit, o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, teri va tanosil kasalliklari bo‘lgan bemorlarda, o‘smalarni kimyo va nur davosida, homiladorlikda, vaksinasiya qilinganlarda, xamda ekologik noqulay sharoitlarda yashovchi va ishlovchilarda immun tizimining buzilishlarini oldini olish, tuzatish va rag‘batlantirish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparatni bolalar va kattalarga asosiy davolash fonida 5-7 in‘eksiya kurslari, har kuni bir in‘eksiyadan yoki 1-3 kunda (9-28 kun), yaxshisi kechqurun 1,0-1,5 mkg/kg tana vazniga sutkalik dozada teri ostiga yoki mushak ichiga buyurish tavsiya qilinadi. Surunkali kasalliklarda qo‘shimcha tutib turuvchi kurslar bir in‘eksiyadan 2-7 kun oralig‘ida 2-16 hafta davomida o‘tkaziladi.
Preparat bolalarga tana vazni hisobidan: 10 kg gacha – 0,1 ml; 10-30 kg – 0,3 ml; 30-50 kg – 0,5 ml; 50 kg va undan yuqoriga – 1,0 ml dan yuboriladi.
Yuborishga bo‘lgan reaksiya
Preparatni yuborishga bo‘lgan reaksiya kuzatilmagan.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Kuzatilmagan. Allergik reaksiyalar yuz berishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Aniqlanmagan.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Antibiotiklar va boshqa asosiy davolash preparatlari bilan mutanosib.
Mahsus ko‘rsatmalar
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi xususida ma‘lumotlar kelib tushmagan. Doza oshirib yuborilgan xollarda simptomatik davolash buyuriladi.
Chiqarilish shakli
0,01% in‘eksiya uchun eritma, 1 ml dan (100 mkg) ampulalarda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, xona haroratida saqlansin.
Transportirovka Dav.Stan. 17768-90 Ye ga muvofik amalga oshiriladi.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.