Shuningdek 30, 50, 60, 90, 100, 120 tabletka yukori zichlikdagi polietilen flakonda buraladigan kapkok bilan. 1 flakon davlat tilida va rus tilida tibbieda kullanilishiga doir yuriknoma bilan kattik kogozdagi kuti ichiga soliniladi.
faol moddalar: kaltsiy karbonati – 1 250 mg (500 mg kaltsiyga ekvivalent), xolekaltsiferol (D3 vitamini) 5 mkg (200 XB D3 vitaminiga ekvivalent).
yordamchi moddalar: laktoza, qand, sukraloza, izomalt, apelsin aromatizatori, yalpiz aromatizatori, limon aromatizatori, magniy stearati, titan dioksidi, makkajo'xori kraxmali.
Kaltsiy nervlarda impuls o'tkazuvchanligini, mushak qisqarishlarini boshqarishda ishtirok etadi va qon ivish tizimining asosiy komponenti hisoblanadi.
Kaltsiyni etarli darajada iste'mol qilish homiladorlik, laktasiya va o'sish davrida muhim.
D3 vitamini (xolekaltsiferol) kaltsiyni ichakda so'rilishini oshiradi.
Kaltsiy va D3 vitaminini qo'llash, suyak to'qimasi rezorbtsiyasini oshishini rag'batlantiruvchisi bo'lgan paratireoid gormonini (PTG), ishlab chiqarilishini oshishga to'sqinlik qiladi (kaltsiyni suyaklardan yuvib chiqarilishi).
So'rilishi
Odatda me'da-ichak yo'llarida so'riluvchi kaltsiyning miqdori qabul qilingan dozaning taxminan 30% ni tashkil etadi.
Taqsimlanishi va metabolizmi
Organizmda kaltsiyning 99% suyak va tishlarning dag'al strukturasida jamlangan. Qolgan 1% hujayra ichki va tashqi suyuqliklarida joylangan. Qondagi kaltsiy miqdorining taxminan 50% fiziologik faol ionlashgan shaklda bo'ladi, ulardan taxminan 10% tsitrat, fosfat yoki boshqa anionlar bilan majmuada, qolgan 40% oqsillar, birinchi navbatda, albumin bilan bog'langan bo'ladi.
Chiqarilishi
Kaltsiy ichak, buyraklar va ter bezlari orqali chiqariladi. Buyraklar orqali chiqarilishi kalavali filtrasiya va kaltsiyning kanalchali qayta so'rilishiga bog'liq.
D3 vitamini
So'rilishi
D3 vitamini ingichka ichakda oson so'riladi (qabul qilingan dozaning taxminan 80%).
Taqsimlanishi va metabolizmi
Spesifik globulin bilan bog'langan xolekaltsiferol va uning metabolitlari qonda aylanib yuradi. Xolekaltsiferol jigarda gidroksil guruhini qo'shilish yo'li orqali 25-gidroksixolekaltsiferolgacha aylanadi. Keyinra buyraklarda faol shakli 1,25-gidroksixolekaltsiferolga aylanadi. 1,25-gidroksixolekaltsiferol kaltsiy so'rilishining oshishi uchun mas'ul bo'lgan metabolit hisoblanadi.
Metabolizmga uchramagan D3 vitamini yog'va mushak to'qimalarda to'planadi.
Chiqarilishi
D3 vitamini ichak va buyraklar orqali chiqariladi.
Preparatning nojo'ya samaralari tez-tezligi quyidagi ko'rinishda tavsiflanadi: juda tez-tez > 1/105; tez-tez: > 1/100; < 1/10; tez-tez emas: > 1/1000, < 1/100; kam hollarda: > 1/10 000, < 1/1000; juda kam hollarda: < 1/10 000; tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlarga ko'ra hisoblab bo'lmaydi).
Alohida holatlarda quyidagi nojo'ya reaktsiyalari kuzatilishi mumkin:
moddalar almashinuvi va ovqatlanish tomonidan: tez-tez emas - giperkaltsiemiya va giperkaltsiuriya; juda kam hollarda – sut-ishqoriy sindromi (Bernett sindromi), odatda doza oshirib yuborilganda kuzatiladi ("dozani oshirib yuborilishi" bo'limiga qarang);
me'da-ichak yo'llari tomonidan: kam hollarda - qabziyat, meteorizm, ko'ngil aynishi, qorin og'rig'i, diareya, dispepsiya;
teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: juda kam hollarda - qichishish, toshma, eshakemi;
immun tizimi tomonidan: tez-tezligi noma'lum – angionevrotik shish yoki hiqildoq shishi kabi o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari.
Agar sizda ushbu yo'riqnomada ta'riflanmagan har qanday boshqa nojo'ya reaktsiyalar qayd etilsa, iltimos, shifokoringizga, farmasevtga yoki ishlab chiqaruvchiga xabar bering.
Doza oshirib yuborilmasligining oldini olish uchun boshqa manbalardan D3 vitamini va kaltsiyning qo'shimcha ravishda kirishini inobatga olish kerak.
Kaltsiy va D3 vitamini giperkaltsiemiya rivojlanishi xavfi tufayli, osteoporozi bo'lgan immobilizasiyalangan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llanishi shart.
Tetrasiklin yoki xinolon guruhi antibiotiklari bilan bir vaqtda qo'llash, odatda, tavsiya etilmaydi yoki ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi shart ("dorilarning o'zaro ta'siri" bo'limiga qarang).
Jigar funktsiyasini buzilishlarida qo'llanishi
Ma'lumotlar yo'q
Buyrak funktsiyasi buzilishlarida qo'llanishi
Giperkaltsiemiya yoki buyrak funktsiyasini buzilishlari hollarida dozani kamaytirish yoki davolanishni to'xtatish lozim.
Preparatni nefrolitiazda qo'llash mumkin emas.
D3 vitamini buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llanilishi kerak. Ushbu holatda qon zardobida kaltsiy va fosfatlar miqdorini nazorat qilib turish kerak. Shuningdek yumshoq to'qimalarda kaltsinoz yuzaga kelishi xavfini inobatga olish lozim.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanishi
Agar siz preparatni qo'llash vaqtida homilador ekanligingizni aniqlagan bo'lsangiz, darhol shifokoringizga shu haqda xabar bering, chunki faqat u davolashni davom ettirish zaruriyati to'g'risidagi masalani hal etishi mumkin.
Kaltsiy D3 Nika homiladorlikda organizmda kaltsiy va D3 vitamini tanqisligini to'ldirish uchun qo'llanadi. Homiladorlikda sutkalik umumiy tushum kaltsiy uchun 1500 mg va D vitamini uchun 600 XB dan oshmasligi shart. Homiladorlik davrida dozaning oshirib yuborilishi ortidan yuzaga chiqqan giperkaltsiemiya rivojlanayotgan homilaga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Kaltsiy D3 Nika laktasiya davrida qo'llaniladi.
Kaltsiy D3 Nika ko'krak sutiga o'tishi mumkin, shuning uchun ona va bolaga boshqa manbalardan kirayotgan kaltsiy va D vitaminini inobatga olish zarur.
Pediatriyada qo'llanishi
Tabletka dori shaklidagi preparat 3 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.
Avtotransport va texnik jihatdan murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri.
Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga kaltsiy D3 Nika preparatining ta'siri bo'yicha ma'lumotlar yo'q.
- Kaltsiy va D3 vitaminining tanqislik xavfi bo'lgan pasientlarda osteoporozni davolashda kaltsiy va D3 vitamini, qo'shimcha davolash sifatida qabul qilish uchun qo'llanadi.
- preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik (laktozani o'zlashtira olmaslik, laktoza tanqisligi, glyukozo-galaktoz malabsorbtsiya);
- og'ir buyrak etishmovchiligi;
- giperkaltsiemiya (qonda kaltsiyning yuqori kontsentrasiyasi) va giperkaltsiuriya (siydikda kaltsiyning yuqori miqdori);
- siydik-tosh kasalligi (kaltsiyli toshlarini hosil bo'lishi);
- kaltsiyni yo'qotadigan o'smalar (mieloma, suyak metastazalari, sarkoidoz);
- osteoporoz (immobilizasiya bilan bog'liq bo'lgan);
- o'pka tuberkulyozi (faol shakli);
- 3 yoshgacha bo'lgan bolalarda (ushbu dori shakli uchun);
- D3 gipervitaminozida qo'llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan: homiladorlik, laktasiya davri, buyrak etishmovchiligida qo'llash kerak.
Kaltsiy va D3 vitamini preparatlari bilan bir vaqtda qo'llanilganda, giperkaltsiemiya yurak glikozidlarining toksik samaralarini kuchaytirishi mumkin. EKG va qon zardobidagi kaltsiy miqdorini nazorat qilish lozim.
Kaltsiy preparatlari me'da-ichak yo'llaridan tetrasiklinlar so'rilishini pasaytirishi mumkin. Shuning uchun tetrasiklin qatori preparatlarni kaltsiy D3 Nika preparatini qabul qilishdan eng kamida 2 soat oldin yoki 4-6 soatdan keyin qabul qilish kerak.
Bisfosfonat preparatlari so'rilishining pasayishini oldini olish uchun ularni kaltsiy D3 Nika preparatini qabul qilishdan eng kamida bir soat oldin qabul qilish tavsiya etiladi.
Glyukokortikosteroidlar kaltsiy so'rilishini pasaytiradi, shuning uchun glyukokortikosteroidlar bilan davolanish kaltsiy D3 Nika preparatini dozasini oshirishni talab etishi mumkin.
Tiazid qatori diuretiklari bir vaqtda qo'llanganda giperkaltsiemiya paydo bo'lishi xavfi oshadi, chunki ular kaltsiyning kanalchalarda qayta so'rilishini uzaytirishadi. Tiazid diuretiklar bir vaqtda qo'llanganda muntazam ravishda kaltsiyning qon zardobidagi miqdorini nazorat qilib turish lozim.
Kaltsiy levotiroksin samaradorligini uning so'rilishini kamaytirgan holda pasaytiriradi. Levotiroksin va kaltsiy D3 Nika preparatlarini qabul qilishlar orasidagi davr eng kamida 4 soatni tashkil qilishi shart.
Xinolon guruhi antibiotiklarining so'rilishi kaltsiy preparatlari bilan bir vaqtda qo'llanganda pasayadi. Shuning uchun xinolon guruhi antibiotiklarini kaltsiy D3 Nika preparatini qabul qilishdan 2 soat oldin yoki 6 soatdan keyin qabul qilish kerak.
Kaltsiy tuzlari temir, rux va strontsiy ranelat so'rilishini pasaytirishi mumkin. Shuning uchun temir, rux yoki strontsiy ranelat preparatlarini kaltsiy D3 Nika preparatini qabul qilishdan eng kamida ikki soat oldin yoki ikki soatdan keyin qabul qilish kerak.
Orlistat bilan davolanish yog'da eruvchan vitaminlar (masalan, D3 vitamini) ning so'rilishini potentsial ravishda buzishi mumkin.
Quruq, yorug'likdan himoyalangan va bolalar ololmaydigan joyda, 25°С dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati-3 yil.
Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.
Har doim kaltsiy D3 Nika preparatini davolovchi shifokoringiz tavsiyalariga aniq qat'iy amal qilgan holda qo'llang. Agar siz nimadandir ikkilansangiz, shifokoringiz yoki farmasevtingizdan so'rang.
Kaltsiy va/yoki D3 vitamini tanqisligi:
kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga: 1 tabletkadan kuniga 1-2 marta buyuriladi.
Osteoporozda qo'shimcha davolash:
kattalarga 1 tabletkalan kuniga 2-3 marta buyuriladi.
Buyrak etishmovchiligi (qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar):
Kaltsiy D3 Nika ogir buyrak etishmovchiligida qo'llash mumkin emas.
Tabletkalarni chaynash yoki so'rish mumkin hamda ovqatlanish vaqtida qabul qilish maqsadga muvofiq.
Pasientlarning maxsus guruhlari
Jigar funktsiyasi buzilgan pasientlar
Dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Buyrak funktsiyasi buzilgan pasientlar
Og'ir buyrak etishmovchiligida kaltsiy D3 Nika preparatini qo'llash mumkin emas.
Keksa pasientlar
Kattalar uchun mo'ljallangan doza bilan bir xil. Kreatinin klirensining pasayish ehtimolini inobatga olish lozim.
Davolash davomiyligi
Kaltsiy va/yoki D3 vitamini tanqisligini davolash va oldini olish uchun qo'llanilganda, davolash kursining o'rtacha davomiyligi eng kamida 4-6 hafta. Yil davomida takroriy kurslar soni individual ravishda aniqlanadi.
Osteoporoz va uning asoratlari (suyak sinishlari)ni spesifik davolash va oldini olishga qo'shimcha sifatida qo'llanganda, davolash davomiyligi shifokor tomonidan individual ravishda aniqlanadi.
Sizga buyurilgan dozadan yuqoriroq doza qabul qilinganda darhol shifokorga murojaat qiling!
Dozani oshirib yuborilishi giperkaltsiemiya va D gipervitaminoziga olib kelishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi simptomlari (giperkaltsiemiya): anoreksiya, chanqoq, poliuriya, mushak kuchsizligi, ko'ngil aynishi, qusish, qabziyat, qorindagi og'riq, yuqori darajada toliqish, suyaklarda og'riq, ruxiyatni buzilishi, polidipsiya, nefrokaltsinoz, buyrak tosh kasalligi va og'ir hollarda, yurak aritmiyalari. Ortiqcha dozalar uzoq muddat qo'llanganda (2500 mg kaltsiy) – buyraklarning shikastlanishi, yumshoq to'qimalar kaltsinozi.
Katta miqdordagi kaltsiy va so'riluvchi ishqor ichga qabul qilinganda, pasientlarda sut-ishqoriy sindrom (Bernett sindromi) paydo bo'lishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi belgilari aniqlangan holatda kaltsiy va D3 vitamini, shuningdek tiazid diuretiklar va yurak glikozidlarini qabul qilishni to'xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim.
Davolash: me'dani yuvish, yo'qotilgan suyuqlikni tiklash, xalqali diuretiklar (masalan, furosemid), glyukokortikosteroidlar, kaltsitonin, bisfosfonatlarni qo'llash.
Qon plazmasida elektrolitlar miqdori, buyraklar funktsiyasi va diurezni nazorat qilib turish zarur. Og'ir holatlarda Markaziy vena bosimi (MVB) ni o'lchash va elektrokardiogramma (EKG) ni nazorat qilish kerak.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
KALSIY S VITAMINOM D3
Preparatning savdo nomi: Kalsiy s vitaminom D3
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): kalsiy karbonati, D3 vitamini
Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: 500 mg kalsiyga ekvivalent bo‘lgan kalsiy karbonati, D3 vitamini – 200 XB;
yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, polivinilpirrolidon, magniy stearati;
Qobig‘i: gidroksipropilmetil sellyulozasi, titan dioksidi, tozalangan talk, polietilenglikol, temir (II, III) oksidi, karnaub mumi.
Ta‘rifi: Ta‘siri uzaytirilgan xira-pushti rangli tabletkalar. Sindirilgandagi ko‘rinishi: bir xil oq rangli massa.
Farmakoterapevtik guruhi: metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita.
ATX kodi: A12AX
Farmakologik xususiyatlari
Organizmda kalsiy va fosfor almashinuvini boshqaruvchi majmuaviy preparat. Kalsiy yetishmovchiligini to‘ldirib, suyak to‘qimasining rezorbsiyasini (so‘rilib ketishini) pasaytiradi va zichligini oshiradi. D3 vitamini tishlarning mineralizasiyasi uchun kerak. Kalsiy nerv o‘tkazuvchanligini, mushaklar qisqarishini boshqaradi va qonning ivish tizimini komponentidir.
Farmakokinetikasi
D3 vitamini ingichka ichakda so‘riladi. Kalsiy ingichka ichakni proksimal bo‘limida ionlashgan shaklda, faol D3 vitaminiga qaram transport mexanizmi yordamida so‘riladi.
Qo‘llanilishi
Sifatsiz ovqatlanish yoki kalsiy va D3 vitaminiga yuqori talab bilan bog‘liq bo‘lgan organizmdagi kalsiy va D3 vitaminining tanqisligi holatlarida davolovchi – oldini oluvchi vosita sifatida quyidagilarda qo‘llanadi:
Qo‘llash usuli va dozalari
Qo‘llash oldidan shifokor bilan maslahatlashing.
Ichga buyuriladi. Oldini olish vositasi sifatida kattalarga kuniga 1-2 tabletkadan buyuriladi. Kalsiy so‘rilishini oshirish uchun tabletkani nordon ichimlik (apelsin yoki limon sharbati) bilan ichish yaxshiroq.
Osteoporozni kursli oldini olish uchun kuniga 2 tabletkadan, bittasi ertalab va bittasi kechqurun, asosan ovqatlanish vaqtida qabul qilinadi.
Osteoporozni davolash uchun kurs va dozalash shifokor tavsiyasiga mos ravishda.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Preparat komponentlariga allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin. Me‘da-ichak yo‘llarining disfunksiyasi (qabziyatlar, diareya, meteorizm, ko‘ngil aynashi, qorin og‘rig‘i) kuzatilishi mumkin.
Uzoq qabul qilish holida qonda va siydikda kalsiy miqdorini oshishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash
Kalsiy va D3 vitaminiga bo‘lgan talab homiladorlikda va laktasiya davrida oshadi. Preparat qabul qilishda organizmga kalsiy va D3 vitaminini boshqa manbalardan qo‘shimcha tushishini hisobga olish va doimiy tibbiy nazoratni amalga oshirish kerak.
Homilaga zaharli ta‘siridan saqlanish uchun sutkada 1500 mg dan ortiq kaliy va 600 XB dan ortiq D3 vitamini qabul qilish tavsiya etilmaydi. Kalsiy va D3 vitamini ko‘krak sutiga o‘tadi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Giperkalsiemiya, va/yoki giperkalsiuriya, anoreksiya, ko‘ngil aynashi, qusish, bosh aylanishi, holsizlik, bosh og‘rig‘i, o‘tkir va surunkali doza oshirib yuborilishining simptomlaridir. Bunday hollarda preparat qabul qilishni to‘xtatish tavsiya etiladi. Organizmga katta miqdorda suyuqlik kiritish va kalsiyning miqdori cheklangan parhezga rioya qilish kerak. Dozani oshirib yuborish simptomlari paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qilish kerak. Homiladorlik davrida dozani oshirib yuborish bolani ruhiy va jismoniy rivojlanishini buzilishiga olib kelishi mumkin. Sa2+ va D3 vitamini ko‘krak sutiga o‘tadi.
Chiqarilish shakli
20 yoki 50 tabletkadan plastik flakonlarda.
1 plastik flakon tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Saqlash sharoiti
15ºS dan 30ºS gacha haroratda saqlansin.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.