×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

KARDIOMENTOL kapsulalar 100mg N30

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Узбекистан
Faol modda:
Qadoqda soni:
- 30
ATX kodi:
- C01EX
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
DETRALEKS tabletkalari 500mg N30 Les Laboratoires Servier, Франция произведено: Les Laboratoires Servier Industrie Frantsiya
110 000 s`om dan
ARIFON RETARD tabletkalari 1,5mg N30 СЕРВЬЕ РУС ООО Rossiya
66 100 s`om dan
FIZIOTENZ tabletkalari 0,4mg N14 Abbott Laboratories GmbH, Германия произведено: Mylan Laboratories SAS Frantsiya
61 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
KARDIOMENTOL kapsulalar 100mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

KARDIOMENTOL

CARDIOMENTHOLIS

Preparatning savdo nomi: KardioMentol

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): izovalerian kislotasining mentil efiridagi mentol eritmasi.

Dori shakli: yumshoq kapsulalar.

Tarkibi:

bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 100 mg izovalerian kislotasining mentil efiridagi mentol eritmasi.

yordamchi moddalar: alfa­tokoferol asetati (Ye vitamini), tozalangan zaytun moyi.

kapsulaning qobiq tarkibi: jelatin, gliserin, metilparagidroksibenzoat (Ye218), propilparagidroksibenzoat (Ye216), tozalangan suv.

Ta‘rifi: sharsimon shaklli, och-sariq rangli yumshoq jelatin kapsulalar.

Kapsulalar ichidagisi – rangsiz, tiniq yoki biroz sarg‘ish yoki sarg‘ish-yashil tusli mentol hidli moysimon suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: Antianginal vosita.

ATX kodi: S01YeX

Farmakologik xususiyatlari

Preparat og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatini sezuvchan nerv (“sovuqni sezuvchan”) reseptorlarini reflektor ta‘sirlash yo‘li bilan qon tomirlarini o‘rtacha kengaytiruvchi (koronarolitik) ta‘sir ko‘rsatadi va markaziy nerv tizimiga tinchlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Reseptorlarning rag‘batlantirilishi endorfinlarni, enkefalinlarni, dinorfinlarni va boshqa opioid peptidlarni ajralib chiqishini induksiyasi bilan kechadi, ular og‘riq hissini kamaytirishda, qon tomirlari o‘tkazuvchanligini normallashtirishda va yurak­qon tomir va nerv tizimi funksiyasining boshqa muhim mexanizmlarini boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Preparatning ta‘siri ostida fiziologik faol birikmalar ­ gistamin, kininlar va boshqalar ajralib chiqadi.

Sublingval qo‘llanganida preparat og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatidan so‘riladi. Terapevtik samarasi taxminan 5 minutdan keyin kuzatiladi.

So‘rilganidan keyin preparat jigarda biotransformasiyaga uchraydi va glyukuronidlar ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi.

 

Qo‘llanilishi

Nevrasteniya, nevroz, jismoniy va emosional zo‘riqish fonida kelib chiqadigan yurakdagi funksional og‘riqlarni majmuaviy davolashda qo‘llaniladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Til ostiga qo‘yiladi. Kapsula to‘liq erigunicha til ostida ushlab turish kerak. Samarani tezlashtirish uchun kapsulani tishlar bilan ezish mumkin.

Preparatni qabul qilishlar soni stenokardiya xurujlari soniga bog‘liq. Xurujlarda til ostiga 1 kapsuladan qabul qilinadi. Stenokardiyani davolash zarurati bo‘lganida va boshqa holatlarda preparatning maksimal sutkalik dozasi sutkada 6 kapsula (600 mg) ni tashkil qilishi mumkin. Davolash davomiyligi ­ 7 kungacha.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Yakka hollarda ko‘ngil aynishi, qorinda diskomfort, ko‘z yosh oqishi, bosh aylanishi bo‘lishi mumkin. Uzoq muddat qo‘llanganida ­ qisqa muddatli arterial gipotenziya, uyquchanlik paydo bo‘lishi mumkin. Bu holatlar qisqa vaqtli bo‘lib, o‘z­o‘zidan yo‘q bo‘ladi. Allergik reaksiyalar, shu jumladan Kvinke shishi, toshma, qichishish rivojlanishi mumkin.

Biron-bir noxush reaksiyalar yuz berganida davolashni to‘xtatish va shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

– preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;

– yaqqol arterial gipotenziya;

– o‘tkir miokard infarkti;

– 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar;

– anamnezida tutqanoq va tirishish sindromi (shu jumladan febril tirishish) bo‘lgan pasientlar;

– bosh miyada qon aylanishini buzilishi.

Ehtiyotkorlik bilan: me‘da-ichak reflyuksi, diafragmaning qizilo‘ngach teshigi churrasida, me‘da-ichak yo‘lining yallig‘lanish va yara kasalliklarida, bronxial astmada, bronxospazm va laringospazmga moyillik bo‘lganda.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Kardiomentolni moddalar almashinuv jarayonlarini yaxshilovchi preparatlar (vitaminlar, asparkam, riboksin) bilan majmuada qo‘llash mumkin. Preparat bir vaqtda qo‘llanganida antigipertenziv preparatlarning ta‘sirini kuchaytirishi mumkin.

Psixomotor vositalarning, opioid analgetiklarning, alkogol va narkoz vositalarining sedativ ta‘sirini kuchaytirishi mumkin. Markaziy nerv tizimini susaytiruvchi neyrotrop preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida uyquchanlikni chaqiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar.

Agar dori vositasini qabul qilish vaqtida simptomlar saqlanib qolsa yoki holatning yomonlashuvi kuzatilsa, shifokorga murojaat etish zarur. Dori vositasini qabul qilgandan so‘ng yurak sohasidagi og‘riq o‘tib ketmagan holatda o‘tkir koronar sindrom mavjudligini istisno qilish kerak. Yurak sohasida og‘riq yuzaga kelib, u tananing qo‘l qismiga, qorinning yuqori qismiga, bo‘yinga o‘tganda yoki nafas olish yetishmovchiligi (masalan, xansirash) avj olishni boshlagan holatda zudlik bilan tezkor yordam talab etiladi.

Preparat metilparagidroksibenzoat va propilparagidroksibenzoat saqlanganligi tufayli allergik reaksiyalar kuzatilish ehtimoli mavjud, sekinlashtirilgan ta‘sirga ega reaksiyalar bundan mustasno emas.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi.

Preparat homiladorlik va emizish davrida, agar, shifokor fikriga ko‘ra kutilayotgan terapevtik samara homila/bola uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan havfdan ustun bo‘lsagina qo‘llanishi mumkin.

Bolalar.

Yetarli darajada ma‘lumotlar bo‘lmaganligi sababli, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir etish qobiliyati.

Transport vositalarini boshqarishda yoki yuqori diqqat talab qiluvchi ishlarda bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar (bosh aylanishi va uyquchanlik) tufayli, preparatni qabul qilgandan keyin dastlabki soatlarda ehtiyotkorlik zarur.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qo‘zg‘aluvchanlik, arterial bosimni pasayishi, markaziy nerv tizimini susayishi, yurak funksiyaisni buzilishi, yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (angionevrotik shish, eshakemi, qichishish, toshma).

Davolash: preparatni qabul qilishni to‘xtatish, simptomatik davolash.

Chiqarilish shakli

10 kapsuladan 1, 2, 3, 4 yoki 5 kontur-uyali o‘ramda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

15 kapsuladan 1, 2, 3 yoki 4 kontur-uyali o‘ramda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Quruq, yoruqlikdan himoyalangan joyda, 150S dan 250S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

KARDIOMENTOL kapsulalar 100mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
KARDIOMENTOL kapsulalar 100mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
KARDIOMENTOL kapsulalar 100mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9