×
×
  • XAYKINAZOL balzam 5ml N50

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

XAYKINAZOL balzam 5ml N50

Kategoriya:
- Zamburug'ga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Xitoy
Qadoqda soni:
- 50
Ishlab chiqaruvchi:
- Фармацевтическая компания "Dihon Pharmaceutical Group Co. Ltd"
ATX kodi:
- J02AX
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

MIKOFLYU kapsulalar 150mg N1 ATM Pharm, OOO O'zbekiston
39 000 s`om dan
FUSIS tabletkalari 100mg N4 Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
20 000 s`om dan
FLUKONAZOL kapsulalar 50mg N7 ООО «Озон» Rossiya
5 000 s`om dan
37 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
XAYKINAZOL balzam 5ml N50 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

XAYKINAZOL

HAYKINAZOL

 

Preparatning savdo nomi: Xaykinazol

Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun balzam

Tarkibi

1 g balzam quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: ketokonazol – 15mg, klobetazol propionati – 0,25mg.

yordamchi moddalar: spirt, dodesilsulfat natriy, ikki natriyli edetat, kokos moyi kislotalarining dietanolamidlari, polioksietilen yog‘li spirtlar efiri bilan ammoniy sulfati, distearat etilenglikoli, ammoniy va akrilamid xlorid dimetil sopolimer, limon kislotasi, guaro smola kationi, germal plyus, emulsiyalangan kremniy moyi, mentol, Y-eozin, tozalangan suv.

Ta‘rifi: pushti rangdan to‘q sariq ranggacha bo‘lgan quyuq suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: kortikosteroidlar antibiotiklar bilan majmuada

ATX kodi: D07C.

Farmakologik xususiyatlari

Ketokonazol zamburug‘larga qarshi keng ta‘sir doirasiga ega bo‘lgan preparat hisoblanib, Pityrosporum oval zamburug‘lariga nisbatan kuchli zamburug‘larga qarshi ta‘sirga ega. Klobetazol propionati bilan majmuada (kortikosteroid gormon) yallig‘lanishga va allergiyaga qarshi yuqori samarali vosita hisoblanadi.

Natijada ushbu murakkab «Xaykinazol» balzami qazg‘oq va bosh terisini seboreyali dermatitini davolashda, tarkibida faqat ketokonazol bo‘lgan vositalarga nisbatan, tez ta‘sir qiluvchi samaraliroq vosita.

Farmakodinamika

Ketokonazolning ta‘sir mexanizmi ergosterol biosintezini ingibisiya qilish va zamburug‘larning membranasidagi lipidlar tarkibini o‘zgartirishdan iborat.

Dermatofitlar: Trichophyton, Microsporum, Epidermophyton floccosum nisbatan faol; Candida, Pityrosporum achitqi va achitqisimon zamburug‘larga nisbatan faol.

Preparat qazg‘oq bilan bog‘liq bo‘lgan seboreyali ekzema va qipiqlanuvchi temiratka qichishish va qipiqlanishlarni tez kamaytiradi.

Klobetazol propionati – sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan kortikosteroid. Teri kasalliklarini davolashda kortikosteroidlarning terapevtik ta‘sir mexanizmi ma‘lum emas.

Kortikosteroidlar hujayra membranalarini fosfolipidlaridan araxidon kislotasini ajratib chiqaradigan A2 fosfolipazani ingibisiya qiluvchi lipokortinlar sintezini induksiya qiladi, Shunday qilib, lipokortinlar araxidon kislotasining metabolitlari bo‘lgan prostoglandinlar va leykotrienlar kabi  yallig‘lanish va allergiyaning kuchli mediatorlari biosintezini nazorat qiladi.

Farmakokinetikasi

Sirtga qo‘llanganida ketokonazol ahamiyatsiz darajada tizimli so‘rilishga uchraydi. Xatto uzoq vaqt qo‘llanganida ham ketokonazol qonda aniqlanmaydi.

Klobetazol propionatini plazma oqsillari bilan bog‘lanish qobiliyati gidrokortizonga nisbatan kamroq, lekin T1/2 yuqori. Asosan jigarda, qolgan qismi – buyraklarda metabolizmga uchraydi. Siydik bilan chiqariladi.

 

 

Qo‘llanilishi

Pityrosporum oval zamburug‘lari chaqirgan bosh terisini seboreyali dermatiti va qazg‘oqni davolash uchun qo‘llanadi. Bosh terisini yuqorida ko‘rsatilgan omillar chaqirgan qipiqlanishi va qichishini tez yengillashtiradi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Faqat sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan!

Oldindan namlangan boshning soch qismiga taxminan 5 ml balzam surtiladi, yengil uqalanib, balzamni bosh terisiga yaxshilab taqsimlanadi. 3-5 minutdan keyin suv bilan yaxshilab yuvib tashlanadi. Davolash maqsadida «Xaykinazol» balzamini xaftada 2 marta 2-4 xafta davomida qo‘llash kerak; davolashda tanafusga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Profilaktika maqsadida balzamni xaftada 1 marta yoki 2 xaftada 1 marta qo‘llash kerak.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar va terini ta‘sirlanishlari aniqlanmagan.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

– preparatga o‘tayuqori sezuvchanlik

– 12 yoshdan kichik bolalar

– homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Aniqlanmagan.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Ko‘zga tushishidan saqlanish kerak.

Dori vositasini avtotransportni va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Aniqlanmagan.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Preparat mahalliy qo‘llanganida uning so‘rilishi tizimli samaralarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Davolash simptomatik.

 

Chiqarilish shakli

50 ml dan tubalarda, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

5 ml dan paketlarda, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida №50.

 

Saqlash sharoiti

+25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

XAYKINAZOL balzam 5ml N50 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
XAYKINAZOL balzam 5ml N50 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
XAYKINAZOL balzam 5ml N50 dori vositasi Фармацевтическая компания "Dihon Pharmaceutical Group Co. Ltd" tomonidan Xitoy mamlakatida ishlab chiqarilgan.
XAYKINAZOL balzam 5ml N50 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
XAYKINAZOL balzam 5ml N50 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9