×
×
  • XINDGRA tabletkalari 50mg N4

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

XINDGRA tabletkalari 50mg N4

Kategoriya:
- Urologik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Qadoqda soni:
- 4
Ishlab chiqaruvchi:
- Ultra Health care,СП,ООО (упаков), Axon Drugs Pvt.Ltd, Индия (произ)
ATX kodi:
- G04BE03
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KANEFRON N draje N60 Bionorica SE Germaniya
86 000 s`om dan
UROLESAN sirop 180ml Галичфарм, ПАО Ukraina
51 700 s`om dan
TAMSAPROST kapsulalar 0,4mg N30 Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi Turkiya
120 000 s`om dan
VITAPROST tabletkalari 20mg N20 Нижфарм, АО Rossiya
180 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
XINDGRA tabletkalari 50mg N4 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

XINDGRA

HINDGRA

 

Preparatning savdo nomi: Xindgra

Ta‘sir etuvchi modda (XNP): sildenafil sitrati

Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saklaydi:

faol moddalar: sildenafil sitratini 50 mg yoki 100 mg.

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, laktoza, povidon, izopropil spirti, tozalangan talk, magniy stearati, kolloid kremniy dioksidi, gipromelloza, dixlormetan, titan oksidi, polisorbat 80, indigokarmin bo‘yog‘i.

Ta‘rifi: moviy rangli, rombsimon shaklli, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoteropevtik guruhi: Potensiyani muvofiqlashtiruvchi vosita.

ATX kodi: G04BE03

 

Farmakologik xususiyatlari

Buzilgan erektil faoliyatni tiklaydi va jinsiy qo‘zg‘alishga nisbatan tabiiy javobni ta‘minlaydi.

Sildenafil sGMF-spesifik fosfodiesteraza 5 turi (FDE5) ni kuchli va selektiv ingibitori hisoblanadi, u g‘ovaksimon tanada sGMF ni parchalanishiga ma‘sul. Sildenafil g‘ovak tanaga bevosita bo‘shashtiruvchi ta‘sir ko‘rsatmaydi, ammo azot oksidini bu to‘qimaga bo‘shashtiruvchi ta‘sirini faol kuchaytiradi. Jinsiy qo‘zg‘alishda sildenafilni ta‘siri ostida NO ni lokal ajralishi FDE5 ni susayishiga va g‘ovaksimon tanada sGMF darajasini oshishiga olib keladi, buning natijasida silliq mushaklarni bo‘shashishi va g‘ovak tanada qon oqimini kuchayishi yuz beradi. Sildenafil yengil va o‘tkinchi rang ajratishni (ko‘k/yashil) buzilishini chaqirishi mumkin. Rangli ko‘rishning buzilishini taxmin qilinadigan mexanizmi, yorug‘likni to‘rsimon qavatga o‘tish jarayonida ishtirok etadigan FDE6 ni susayishi hisoblanadi.

 

Farmakokinetikasi

Sildenafil ichga qabul qilinganidan keyin tez so‘riladi, biokiraolishligi taxminan 40% ni tashkil qiladi. U jigar metabolizmi orqali chiqariladi. Dori dastlabki modda (sildenafil) xususiyatiga ega bo‘lgan faol metabolitga aylanadi. Yarim chiqarilish davri sildenafilda qanday bo‘lsa, uni metabolitida ham shunday – taxminan 4 soatni tashkil qiladi. Ichga nahorga qabul qilingandan keyin preparatning plazmada cho‘qqi konsentrasiyaga 30-120 minut (o‘rtacha 60 minut) davomida erishiladi. Sildenafil va uning asosiy aylanib yuruvchi M-desmetil metabolitining taxminan 96% plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Sog‘lom keksa ko‘ngillilarda (65 yosh va undan katta) sildenafilning klirensi pasaygan, erkin dori moddasining plazmadagi konsentrasiyasi sog‘lom yosh ko‘ngillilardagi (18-45 yosh) darajasidan taxminan 40% ga oshiq. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan ko‘ngillilarda (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam) sildenafilning klirensi pasaygan bo‘lib, u Smax ni taxminan ikki martagacha oshishiga olib keladi.

 

 

Qo‘llanilishi

Qoniqarli jinsiy aloqa uchun jinsiy olatni yetarli ereksiyasiga erishish yoki saqlash qobiliyatiga ega bo‘lmasligi bilan xarakterli bo‘lgan ereksiya buzilishini davolashda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga buyuriladi. Rejalashtirilgan seksual faollikdan taxminan 1 soat oldin qo‘llanadi. Bir martalik doza 50 mg ni tashkil qiladi. Samaradorligini va o‘zlashtirilishini hisobga olib dozani 100 mg gacha oshirish yoki 25 mg gacha tushirish mumkin. Maksimal bir martalik doza 100 mg ni tashkil qiladi. Maksimal qo‘llashlar soni – sutkada 1 marta.

65 yoshdan katta keksa pasientlar uchun va buyrak yoki jigar yo‘ldosh faoliyatini buzilishlarida doza 25 mg ni tashkil qiladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Bosh og‘rig‘i, qizib ketish xissi, bosh aylanishi, uyqusizlik; dispepsiya, asteniya, diareya, qorin og‘riqlari, ko‘ngil aynishi; artralgiyalar, mialgiyalar, mushak tonusini oshishi; burunni bitishi, faringit, rinit, snusit, nafas yo‘llarining infeksiyaslari, nafasni buzilishi; ko‘rishni o‘zgarishi, kon‘yunktivit; yakka hollarda – priapizm bo‘lishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Azot oksidi donatorlarini yoki nitratlarni har qanday shakllarini bir vaqtda qabul qilish, sildenafilga yuqori sezuvchanlik.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Ingibitorlar (eritromisin, simetidin) bilan bir vaqtda qo‘llanganida sildenafilning klirensi pasayadi, sildenafilning qon plazmasidagi konsentrasiyasi oshadi.

Indinavir, sakvinavir, ritonavir bilan bir vaqtda qo‘llanganida sildenafilning qon plazmasidagi Smax oshadi; ketokonazol yoki itrakonazol sildenafilning qon plazmasidagi konsentrasiyasini oshirishi mumkin. Nitratlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida nitratlarning gipotenziv ta‘siri kuchayadi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Sildenafilni qabul qilishni boshlashdan oldin yurak-tomir tizimini tekshirishni o‘tkazish lozim. Jinsiy olatni anatomik deformasiyasi bo‘lgan (masalan, angulyasiya, kavernoz fibrozi yoki Peyron kasalligi) pasientlarda va priapizm rivojlanishiga moyilligi bo‘lgan odamlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatnig dozasi oshib yuborilganda yo‘riqnomani tegishli bo‘limida ta‘riflangan, nojo‘ya reaksiyalarni rivojlanish havfi oshadi. Bunday holatda preparat bekor qilinadi, zarurat bo‘lganida umumiy detoksikasiya choralari (me‘dani yuvish, jadallashtirilgan diurez),simptomatik davolash o‘tkaziladi.

 

Chiqarilish shakli

Qobiq bilan qoplangan 50 mg va 100 mg dan 4 tabletkalar blisterda. 1 blister qutida.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

XINDGRA tabletkalari 50mg N4 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
XINDGRA tabletkalari 50mg N4 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
XINDGRA tabletkalari 50mg N4 dori vositasi Ultra Health care,СП,ООО (упаков), Axon Drugs Pvt.Ltd, Индия (произ) tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
XINDGRA tabletkalari 50mg N4 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
XINDGRA tabletkalari 50mg N4 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
XINDGRA tabletkalari 100mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Ultra Health care,СП,ООО (упаков), Axon Drugs Pvt.Ltd, Индия (произ)
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9