×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

KOBAVIT tabletkalari 0,01 g N30

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
кобавит
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- A.B.-BIOKOM
Vakil:
- A.B.BIOKOM OOO
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 73 ta dorixonasida topildi

ico 48 800 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 80 600 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

SINGLON tabletkalari 5mg N28 Гедеон Рихтер, ОАО, Венгрия произведено: Гедеон Рихтер Польша, ООО Polsha
106 400 s`om dan
30 000 s`om dan
TRAVRELAKS sirop 100ml Isshaan Healthcare Pvt. Ltd Hindiston
22 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Kobavitning yuqori darajali klinik samarasi bir vaqtda uning tarkibiy qismlarining xususiyatlari, shuningdek ularning endogen faolligini sezilarli orttiradigan yagona tarkib – biokompleksga birikkanligi bilan belgilanadi.
Kobavitning tarkibiga struktura shakllantiruvchi element sifatida kiritilgan kobalt xayotiy zaruriy mikroelement bo`lib, organizmda o`ta muhim rolni bajaradi. U oqsil, yog` va karbon suvlar almashinuviga ijobiy ta`sir qiladi, organizmda A, C va K vitaminlari, shuningdek B guruhi vitaminlarining to`planishiga yordam beradi, nikotin kislotasi, peridoksin va NAD sintezini kuchaytiradi. Kobaltning ta`sirida antioksidant tizimining fermentlari faollashadi, asosiy almashinuv kuchayadi, to`qima nafasi yaxshilanadi.
Kobalt qon hosil qilish jarayonining muhim omilidir. Uning ta`sirida mineral almashinuvi yaxshilanadi, shu jumladan temir, kalsiy va fosforning o`zlashtirilishi ham.
Kobavitning tarkibiga kiruvchi vitamin U transmetillanish, transulfatlanish, transaminlanish kabi muhim biokimyoviy jarayonlarda faol ishtirok etishi orqali metabolik jarayonlarda yetakchi omil vazifasini bajaradi. Detoksikasion, regeneratsiyalovchi, antioksidant xossalariga ega. Transmetillanish jarayonlarida ishtirok etib hujayra membranasining fosfolipidlari, neyrotransmitterlar, nuklein kislotalari, oqsillar, gormonlar va boshqalar sintezi uchun zarur bo`lgan metal guruhlarining donori vazifasini bajaradi. Shuningdek radikallar va qator ekzo- va endogen tabiatli toksik birikmalarni metillash orqali ularni zaxarli bo`lmagan shakllarga aylantiradi.
Vitamin U ta`sirida gepatositlardagi endogen fosfatidilxolinning sintezini normallashish, membranalarning regeneratsiyasini tiklanishga, ularning oquvchanligini va qutblanishini oshishiga yordam beradi, va shu bilan gepatositlarning membranalari faoliyatini, o`t- safro kislotalarining transport tizimlarini tiklaydi va o`t- safro kislotalarining o`t- safro chiqarish tizimiga ajralib chiqishiga yordam beradi, konyugatsiyalanish jarayonlarini faollashtirishi orqali gepatositlardagi o`t- safro kislotalarining toksikligini kamaytiradi. Vitamin U lipotrop ta`sirga ega, shuning uchun jigarning yog`li distrofiyasini oldini oladi.
Vitamin U ning me`da va o`n ikki barmoq ichak yara kasalligidagi ahamiyatli xususiyatlaridan biri, gistaminning metillanishi orqali namoyon bo`luvchi antigistamin xususiyatidir. Natijada me`da shirasining sekresiyasini boshqaruv jarayonlari normallashadi, og`riq sindromi yo`qoladi va tiklanish jarayonlarining tezlashishi yuz beradi. Bundan tashqari, vitamin U me`daning kislota xosil qilish faoliyatiga normallashtiruvchi ta`sir ko`rsatadi: pasaygan kislotalik oshadi, oshgani esa- pasayadi.
Kobavit tarkibiga kiruvchi glutamin kislotasining asosiy faoliyatlaridan biri uning azot almashinuvi jarayonlaridagi ishtiroki hisoblanadi. U ammiakning zararsizlantirilishi va buyraklar orqali chiqarilishiga yordam beradi. Ammiakning bog`lanishi va zararsizlantirilishi MNT normal faoliyatida, shu jumladan ensefalopatiyani oldini olishda yoki uni yo`qolishida muhim rol o`ynaydi.
Glutamin kislotasi atsetilxolin sinteziga, kaliy ionlarining tashilishiga yordam beradi, bosh miyaning oq va kulrang moddalaridagi oqsil va karbon suvlar almashinuvida ishtirok qiladi, bosh miya faoliyatini energiya bilan ta`minlanishida, folat kislotasini (pteroilglutamin kislotasi) biosintezida muhim rol o`ynaydi. Miya to`qimasining hujayralarida amalga oshuvchi va ATF ko`rinishida to`planuvchi energiyani chiqarilishi bilan kechuvchi oksidlanish- qaytarilish jarayonlarida muhim rol o`ynaydi, neyromediator vazifasini bajaradi.
Kobavit yuqori darajadagi gepatoprotektiv, antianemik va me`da- ichak yaralariga qarshi faollikga ega.
Preparatning ta`siri ostida jigarning antitoksik faoliyati va to`qimalarning, shu jumladan jigar parenximasining regenerator potensiali ahamiyatli oshadi, jigar fermentlarining (AlAT va AsAT), xolestaz markerlarining (ishqoriy fosfataza, gamma- glutamiltransferaza) faolligi pasayadi. Kobavit qon zardobidagi bilirubinning miqdorini jadal kamaytiradi, jigarning o`t- safro hosil qilishi va o`t- safro chiqarish faoliyatini tiklaydi. Antioksidant va membranani barqarorlashtiruvchi faolliklarga ega.
Preparat ko`pchilik xollarda HBsAg titrini tez pasayishiga, xatto uni butunlay yo`qolishigacha yordam beradi. Kobavit turli etiologiyali va turli og`irlik darajasidagi anemiyalarni davolashda yuqori antianemik samara ko`rsatadi. Ozuqa mahsulotlari tarkibidagi va temir saqlovchi preparatlar tarkibidagi temirning ichakda o`zlashtirilishini kuchaytiradi. Temirni gemoglabinning tarkibiga samarali kirishiga yordam beradi, eritrositlarning yetilishini va ularni aylanib yuruvchi qonga tushishini tezlashtiradi, suyak kumigi faoliyatini faollashtiradi.
Preparat me`da- ichak yo`llarining yara kasalligida gastroduodenal sohaning shilliq qavatiga induktiv, antioksidant va sitoprotektiv ta`sir ko`rsatadi. Uning ta`siri ostida shilliq to`qima qavatida erimaydigan glikoproteinlarning sintezi kuchayadi, shilliq to`sig`ining qovushqoq – elastik xususiyatlari jadal tiklanadi, kasallikning klinik belgilarini yo`qolish va yaralarning chandiqlanish muddatlari qisqaradi. Preparat monooksigenaza tizimining fermentlariga induktiv ta`sir ko`rsatadi, antioksidant fermentlarining faolligini oshirish yo`li bilan namoyon bo`luvchi antioksidant ta`sirga ega. Uning ta`siri ostida shilliq qavatida rux, kobalt va selenning miqdori oshadi, temirning miqdori esa (LPO jarayoni aktivatori) kamayadi.
Kobavit shuningdek immunomodullovchi ta`sirga ega. Uning ta`siri ostida qisqa muddatlarda astenizatsiya belgilari (tez toliqish, ko`p terlash va x.k.) o`tib ketadi.
Go`daklar anemiyasida preparatni oz miqdordagi qaynagan iliq suvda eritiladi va ona suti bilan birga beriladi.
Yengil darajali anemiyalarda preparat monodavolash preparati sifatida, og`irroq anemiyalarda, kattalarda uni temir preparatlari bilan birga ishlatish mumkin.
Preparat bazis davolashda qo`llanadigan barcha preparatlar bilan yaxshi uyg`unlashadi. Ammo gepatitlarda kobavit qo`llanganida boshqa viruslarga qarshi preparatlarni ishlatish maqsadga muvofiq emas.
Preparatni virusli gepatitning o`tkir shakllarida qo`llash kasallikning surunkali shakllarini rivojlanishini, surunkali shakllarida esa patologik jarayonini keyinchalik yanada kuchayishini, shu jumladan jigar serrozining rivojlanishini oldini oladi.
Gastroduodenal yarali bemorlarda turli operativ aralashuvlardan keyin qo`llash, uzoq muddatdan so`ng paydo bo`ladigan asoratlarni oldini oladi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o`tganidan keyin ishlatilmasin.
Gepotoprotektor vosita sifatida turli genezli o`tkir va surunkali gepatitlarda (shu jumladan virusli, reaktiv), jigar sirrozida; postgepatit gepatomegaliyada, homiladorlikdagi gepatopatiyada, xamda turli gepatotoksik preparatlar bilan bog`liq bo`lgan gepatopatiyalarda, jigarning turli etiologiyali toksik shikastlanishlarida, shu jumladan alkogolli, dorili (antibiotiklar, o`smaga, tuberkulozga va viruslarga qarshi preparatlar, trisiklik antidepressantlar, peroral kontraseptivlar va boshqalarni qo`llash oqibatidagi); surunkali HBs- antigen tashuvchanlikda ham qo`llanadi.
Antianemik vosita sifatida temir yetishmovchiligi bilan bog`liq bo`lgan (gipoxrom anemiyada, homiladorlar va emizuvchi onalar anemiyasida, bolalardagi alimentar tabiatli anemiyada) vitamin B12 tanqisligi bilan bog`liq bo`lgan anemiyada, aralash genezli anemiyada, toksik moddalar va dori preparatlari chaqirgan anemiyalarda, gipoplastik va postgemorragik anemiyalarda qo`llanadi.
Sitoprotektor va yaralarning bitish muddatlarini tezlashtiruvchi preparat sifatida me`da va o`n ikki barmoq ichak yarasida qo`llanadi. Preparat shuningdek gastroduodenal yaralari bo`lgan bemorlarda turli operativ aralashuvlardan keyin uzoq muddatlarda paydo bo`ladigan asoratlarni davolashda ham qo`llanadi.
Preparatning tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.
Quruq, salqin va yorug`likdan himoyalangan joyda saqlansin.Yaroqlilik muddati 3 yil.

Preparat ichga ovqatdan 1,5- 2 soat oldin qabul qilinadi.

Gepatiti bo`lgan katta yoshli bemorlar uchun 0,01g li tabletkalar, bolalarga – 0,005g li tabletkalar tavsiya etiladi.

Virusli gepatitlarda preparatni quyidagi sxema bo`yicha qo`llash kerak:

Gepatit turi

Asosiy davolash

Tutib turuvchi davolash

Gepatitning o`tkir shakli

Birinchi 10 kun davomida kuniga 2tabletkadan 2 marta, keyinchalik 1 tabletkadan 2 marta 15kun davomida

Kuniga 1 tabletkadan 10 -15 kun davomida

Uzoq davom etuvchi virusli gepatit

Kuniga 2 tabletkadan 2 marta 20-25 kun davomida

Shart emas

Surunkali persisterlovchi gepatit (SPG)

Kuniga 1 tabletkadan 2 marta 20-25 kun davomida

Kuniga 1 tabletkadan 1 marta 1,5 - 2 oy davomida

Surunkali faol gepatit (SFG) va jigar serrozi

Kuniga 2 tabletkadan 2 marta 20-25 kun davomida

1 tabletkadan 2 marta 1,5 - 2 oy davomida

HBs – antigenini tashuvchilik holida davolash kursi (kuniga 1 tabletkadan 2 marta) to HBs –antigen titri yo`qolguncha davom etadi, ammo davolash muddati 2 oydan oshmasligi kerak. HBs- antigenining titri kamaygan, ammo butunlay yo`qolmagan hollarda preparatni qo`llashni qo`shimcha davolash kurslarini buyurish orqali davom ettirish mumkin. Kurslar orasidagi muddat- bir oy.

Turli etiologiyali anemiyalarda preparatni, kasallikning og`irlik darajasiga qarab, quyidagi sxema bo`yicha qo`llash tavsiya etiladi:

Yangi tug`ilgan chaqaloqlar va go`daklar anemiyasi

Tabletkalar 0,005 g dan kuniga 2 marta 10-20 kun davomida

Yengil darajali anemiyalar

Tabletkalar 0,005 g dan kuniga 3 marta 20-25 kun davomida

O`rtacha va og`ir darajali anemiyalar

Tabletkalar 0,01 g dan kuniga 3 marta 15-20 kun davomida

Me`da va o`n ikki barmoq ichak yara kasalligini konservativ davolashda, shuningdek gastroduodenal soxa yara kasalligidagi operativ aralashuvlardan keyin preparatni quyidagi sxema bo`yicha qo`llash kerak:

tabletkalar 0,01g dan kuniga 2 marta 20-25 kun davomida.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

KOBAVIT tabletkalari 0,01 g N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
KOBAVIT tabletkalari 0,01 g N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
KOBAVIT tabletkalari 0,01 g N30 dori vositasi A.B.-BIOKOM tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
KOBAVIT tabletkalari 0,01 g N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
KOBAVIT tabletkalari 0,01 g N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
KOBAVIT tabletkalari 0,005g N30
Narh: 33 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9