×
×
  • KOKARBOKSILAZI GIDROXLORID poroshok 0,05g N5

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

KOKARBOKSILAZI GIDROXLORID poroshok 0,05g N5

Kategoriya:
- Vitaminlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Gruziya
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
- Биофарм, АО
ATX kodi:
- A11DA
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

MAGNE V6 tabletkalari 5mg N50 Sanofi Aventis France, Франция произведено: Sanofi Winthrop Industrie Frantsiya
36 000 s`om dan
45 000 s`om dan
SUPRADIN KIDS VOLSHEBNIYe draje N60 Bayer Consumer Care AG Germaniya
100 000 s`om dan
ADENIT FORTE poroshok N3 GM Pharmaceuticals Ltd, ООО, Грузия произведено: Mefar Ilac Sanayi A.S. Turkiya
42 025 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
KOKARBOKSILAZI GIDROXLORID poroshok 0,05g N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

KOKARBOKSILAZЫ GIDROXLORID

COCARBOXYLASYe HYDROCHLORIDYe

 

Preparatning savdo nomi: Kokarboksilazы gidroxlorid

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): kokarboksilaza gidroxloridi

Dori shakli: in‘eksion eritma tayyorlash uchun liofilizat.

Tarkibi:

1 ampula yoki flakon quyidagilarni saqlaydi:

faol modda:  50 mg kokarboksilaza gidroxloridi;

yordamchi modda: natriy karbonati.

Ta‘rifi: oq rangli, biroz o‘ziga xos hidli, gigroskopik, g‘ovak massa.

Farmakoterapevtik guruhi: metabolik jarayonlarni to‘g‘rilovchi vosita.

ATX kodi: A11DA.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Kokarboksilaza modda almashinuv jarayonlarini boshqaruvchi fermentlarning oqsilsiz tarkibiy qismi (kofermenti) dir. Organizmda tiamindan uni fosforlanishi natijasida hosil bo‘ladi. Ayniqsa uglevodlar almashinuvida, xususan, ketokislotalarning (pirouzum, α-ketoglyutar va boshqa) oksidlanishli dekarboksillanishida, shuningdek glyukozaning parchalanishini pentozofosfat yo‘lida muhim rol o‘ynaydi. Organizmda sut va pirouzum kislotalarning darajasini pasaytiradi, glyukozaning o‘zlashtirilishini, nerv to‘qimasini trofikasini yaxshilaydi, yurak-qon tomir tizimining faoliyatini normallashishiga yordam beradi.

Kokarboksilaza V1 gipovitaminozi va avitaminozini davolash uchun qo‘llanmaydi, chunki uning biologik xususiyatlari tiaminning xususiyatlari bilan to‘liq to‘g‘ri kelmaydi.

Farmakokinetikasi

Organizmda to‘planmaydi. Siydik bilan chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Kelib chiqishi diabetik bo‘lgan asidoz; jigar va diabetik koma, prekomatoz holatlar; jigar va buyrak yetishmovchiligi; o‘pka-yurak yetishmovchiligidagi nafas asidozi, qon aylanishining surunkali yetishmovchiligi, ekstrosistoliya, paroksizmal taxikardiya, xilpillovchi aritmiya va ritmning boshqa buzilishlari bilan kechuvchi yurak kasalliklari, tarqoq sklerozning yengil shakllari, preeklampsik holatlar va eklampsiya, periferik nevritlar, uglevodlar almashinuvini yaxshilashni talab qiluvchi turli patologik jarayonlar.

 

Qo‘llash usullari va dozalari

Odatda majmuaviy davolashning komponenti sifatida qo‘llanadi. Mushak ichiga, kam hollarda – teri ostiga yoki vena ichiga yuboriladi. Yuborishdan oldin ampulaning ichidagisi 2 ml in‘eksiya uchun suvda eritiladi. Vena ichiga oqim bilan yuborish uchun hajmni 10-20 ml yetkazish, tomchilab yuborganda esa, 0,9% li natriy xloridi eritmasi yoki 5% li glyukoza eritmasini qo‘shib, 200-400 ml ga yetkazish kerak. Yuborish uchun doza kasallikning xarakteri va pasient holatining og‘irligini hisobga olib, shaxsiy ravishda belgilanadi. Kattalarga sutkada 50-100 mg dan bir marta yuboriladi. Davolash kursi 15-30 kun. Zarurati bo‘lganida (diabetik komada) ko‘rsatilgan doza 1-2 soatdan keyin takroran yuborilishi mumkin. Keyinchalik tutib turuvchi davolashga o‘tiladi –
50 mg dan sutkada 1 marta. O‘tkir buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligida sutkada 3 marta 100-150 mg (4-6 ml) dan vena ichiga oqim bilan yoki tomchilab (5% li glyukoza eritmasida) 100-150 mg (4-6 ml) dan 1-1,5 oy davomida yuboriladi.

Bolalarga teri ostiga yoki mushak ichiga yuboriladi: tug‘ilganidan boshlab hayotining uch oyligigacha – 25 mg dan sutkada 1 marta; 4 oylikdan 7 yoshgacha – 25-50 mg sutkada 1 marta, 8-18 yoshda – 50-100 mg sutkada 1 marta. Zarurati bo‘lganida ko‘rsatilgan sutkalik dozalarni ikki qabulga bo‘lib yuborish mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Immun tizimi tomonidan: allergik reaksiyalar, shu jumladan yuqori sezuvchanlik reaksiyalari bo‘lishi mumkin. Simptomlari qichishishdan, teri toshmasidan, eshakemidan to anafilaktik shokkacha bo‘lishi mumkin; vena ichiga yuborilganda – in‘eksiya joyida giperemiya, qichishish, shish bo‘lishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Kokarboksilazaga yuqori sezuvchanlik.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri.

Kokarboksilaza yurak glikozidlarining kardiotonik ta‘sirini kuchaytiradi va ularning o‘zlashtirilishini yaxshilaydi.

Nomutanosiblik. Tayyorlangan eritmani boshqa dori vositalari bilan qo‘llash mumkin emas. Faqat o‘ramiga joylangan erituvchi ishlatilsin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Majmuaviy davolashni o‘tkazishda kokarboksilazani yurak glikozidlarining kardiotonik ta‘sirini kuchaytirish xususiyatini hisobga olish lozim. Xilpillovchi aritmiyada preparatni vena ichiga yuborish mumkin emas.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Kokarboksilaza gidroxloridini homiladorlarni davolash uchun yoki emizish davrida qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan, shuning uchun preparatni bu davrda buyurish tavsiya qilinmaydi.

Bolalar.

Tug‘ilganidan boshlab qo‘llanadi. Preparat vena ichiga qo‘llanmaydi.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir etish qobiliyati. Tekshirilmagan.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Nojo‘ya reaksiyalari yaqqolroq shaklda ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Preparatni qo‘llashni to‘xtatish, nafasni va yurak-tomir tizimining faoliyatini me‘yorlashtirishga qaratilgan simptomatik davolash tavsiya qilinadi.

 

Chiqarilish shakli

50 mg dan preparat ampulalarda. 2 ml dan erituvchi ampulalarda.

5 yoki 10 preparatli ampuladan qutida, yoki 5 yoki 10 preparatli ampulalar va 5 yoki 10 erituvchili ampulalar qutida.

Saqlash sharoiti

Yorug‘lik ta‘siri himoyalash uchun original o‘ramida, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

KOKARBOKSILAZI GIDROXLORID poroshok 0,05g N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
KOKARBOKSILAZI GIDROXLORID poroshok 0,05g N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
KOKARBOKSILAZI GIDROXLORID poroshok 0,05g N5 dori vositasi Биофарм, АО tomonidan Gruziya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
KOKARBOKSILAZI GIDROXLORID poroshok 0,05g N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
KOKARBOKSILAZI GIDROXLORID poroshok 0,05g N5 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
LINKOMISINA GIDROXLORID inyeksiya uchun eritma 30% N10
Narh: 14 000 so'mdan Batafsil
SUPRALGON inyeksiya uchun eritma 1ml 20mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Ishlab chiqaruvchi: Биофарм, АО
Narh: 20 200 so'mdan Batafsil
NEOLIZIN eritma 5 ml 1,0 mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Ishlab chiqaruvchi: Биофарм, АО
NEYROBLOK V12 poroshok 10 mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Ishlab chiqaruvchi: Биофарм, АО
Narh: 267 800 so'mdan Batafsil
LEKARZIM liofilizat 350 PE N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Биофарм, АО
Desmopressin
Другие формы препарата
KOKARBOKSILAZI GIDROXLORID inyeksiya uchun eritma 50mg/2ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Биофарма,Фармацевтический завод, ООО
KOKARBOKSILAZI GIDROXLORID inyeksiya uchun eritma 50mg/2ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Биофарма,Фармацевтический завод, ООО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9