×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

KVESTRAMIN kukuni 4g N30

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Индия
Faol modda:
Колестирамин
Qadoqda soni:
- 30
Vakil:
- MChJ Konark Pharm MChJ
ATX kodi:
- C10AC01
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan
Toshkentning 3 ta dorixonasida topildi

ico 621 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
6 g kukun paketchada. 

30 paketcha tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Kvestramin organizmda parallel ravishda gipoxolesterinemik va kompleks hosil qiluvchi funktsiyasini bajaruvchi gipolipidemik preparat hisoblanadi.

Gipolipidemik vosita; gipoxolesterinemik va kompleks hosil qiluvchi ta'sir ko'rsatadi. O't kislotasi va xolesterinni axlat bilan chiqariladigan komplekslar hosil qilish bilan bog'lab, ularni ichakda so'rilishiga to'sqinlik qiladi. Jigarda xolesterindan o't kislotalarini sintezini oshiradi, plazmada LPNP, xolesterin va o't kislotalarni kontsentrasiyasini pasaytirada, o't chiqarish yo'llarining to'liq bo'lmagan obstruktsiyasi bo'lgan bemorlarda terida oxirgi to'planishlarni va qichishishni kamaytiradi.

Kvestraminni shuningdek jigar va o't yo'llarini kasalliklari keltirib chiqargan ortiqcha yig'ilgan o't kislotalari bo'lgan odamlarda qichishishni davolash uchun foydalanish mumkin. Preparat o't kislotalarining qatronlarini bog'laydi va ularni organizmdan chiqarishga yordam beradi. Bu jigarni yangi toza safro ishlab chiqarish uchun rag'batlantiradi va natijada qonda "yomon" xolesterin darajasini kamayishiga olib keladi. 

Terapevtik samara birinchi oy davomida namoyon bo'ladi. Uni bir maromda ushlab turish uchun uzoq muddat davolash zarur. Uzoq muddatli davolash ovqat hazm qilishni buzilishi (yog'va yog'da eruvchi A, D, E, K vitaminlarini so'rilishini pasaytiradi), qon ketishlarni (gipoprotrombinemiya) keltirib chiqarishi va qon zardobida va eritrositlarda folat kislotasini kontsentrasiyasini kamaytirishi mumkin. 

Kolestiramin o't kislotalarni adsorbtsiya qiladi, organizmdan fekal bilan chiqib ketuvchi erimaydigan komplekslar hosil qiladi.

Shuningdek qon plazmasida o't kislotasi va xolesterin darajasini kamaytiradi.

Har bir paketcha quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: kolestiramin rezin 4 g;

yordamchi moddalar: natriy saxarin, natriy karboksimetilsellyuloza, kolloid kremniy dioksidi, ksantan kamedi, apelsin aromatizatori, saxaroza, suvsiz limon kislotasi, sariq bo'yovchi "Sunset Yellow Supra".

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: qorinda og'riq, ko'ngil aynishi, qusish, jig'ildon qaynashi, ishtahaning kamayishi, qabziyat yoki diariya, steatoreya, pankreatit, gemorroidal qon ketishlar, me'da va 12 barmoq ichak yaralaridan qon ketishlar, yog'da eruvchi vitaminlar, folat kislotasini so'rilishining buzilishlari. 

Boshqalar: teri toshmasi, libidoni oshishi, giperxloremik asidoz, gipoprotrombinemiya.

Aralashmani og'izda uzoq ushlamang, aks holda siz tishlarga zarar etkazasiz. Preparatni qabul qilgandan keyin tishlarni tish cho'tkasi bilan tozalash tavsiya etiladi. 

Dozalashlar sizning sog'lig'ingiz holati va davolashga reaktsiyaga bog'liq. Nojo'ya samaralar xavfini kamaytirish uchun shifokor preparatni kam dozalardan buyurishi va uni asta sekin oshirib borishi mumkin. Davolovchi shifokor ko'rsatmalariga diqqat bilan e'tibor qiling.

Ushbu preparatdan maksimal samaraga erishishdan oldin bir necha hafta o'tishi mumkin.

Birlamchi giperxolesterinemiya (PZLP qiymatini oshishi), ateroskleroz va uning asoratlarini (jumladan yurakning koronar kasalliklari, miokard infarktida) profilaktikasi, o't yo'llarini qisman tutilishlarida qichishish, maxsus parhezda bo'lgan bemorlarda qo'shimcha chora sifatida, zardobda yuqori xolesterin kontsentrasiyalarini pasaytirish uchun mo'ljallangan. 

Kvestraminni kam xolesterinli yoki kam yog'li parhezlar fonida qo'llash insultlar va infarktlar xavfini ahamiyatli kamaytirishga yordam beradi. Davolashdan maksimal samaraga kunlik harakat faollikni (o'rtacha kardioyuklamani qo'shish bilan) oshirganda erishiladi. Ayniqsa bu ortiqcha vaznni yo'qotishni hohlovchi pasientlar nazarda tutishlari uchun muhim. Yaxshi natijalarga zararli odatlar (alkogol iste'mol qilish va chekish) dan voz kechilganda erishiladi.  

Kvestramin komponentlariga yuqori sezuvchanlikda; 

- O't chiqarish yo'llarining berkilib qolishi;

- Fenilketonuriya;

- Homiladorlik (va unga gumon qilinganda), laktasiya (emizish) davrida qo'llash mumkin emas. 

Ehtiyotkorlik bilan. 60 yoshdan katta yoshda ehtiyotkorlik bilan qo'llanadi.

Trisiklik antidepressantlar (shu jumladan imipramin, amitriptilin, dezipramin, nortriptilin bilan) bilan bir vaqtda qo'llaganda qon plazmasida ularni kontsentrasiyasi kamayishi mumkin. 

Akarboza bilan bir vaqtda qo'llanganda akarboza samarasini kuchaytirishi mumkin.

Amiodaron bilan bir vaqtda qo'llanganda qon plazmasida amiodaron kontsentrasiyasi kamayishi mumkin.

Natriy valproat bilan bir vaqtda qo'llanganda natriy valproatning so'rilishi sezilarsiz darajada kamayishi mumkin.

Vankomisin bilan bir vaqtda qo'llanganda vankomisinning samaradorligi kamayadi.

Varfarin, fenprokumon, dikumarol, etil biskumasetatlar bilan bir vaqtda qo'llanganda antikoagulyantlarning samaradorligi kamayishi mumkin.

Gidrokortizon bilan bir vaqtda qo'llanganda miy dan gidrokortizonning so'rilishi kamayadi.

Gidroxlorotiazid bilan bir vaqtda qo'llanganda gidroxlorotiazidni so'rilishi va diuretik samarasi kamayadi.

Glipizid bilan bir vaqtda qo'llanganda glipizidning so'rilishi kamayishi mumkin.

Kolestraminni 1,5 soatlik interval bilan qabul qilganda qon plazmasida digoksin va digitoksin kontsentrasiyasiga ahamiyatli ta'sir ko'rsatmaydi.

Qon plazmasida digoksin va digitoksin kontsentrasiyasining kamayishi kolestramin bilan birgalikda uzoq muddat qo'llaganda kuzatilishi mumkin. 

Diklofenak, ibuprofen bilan bir vaqtda qo'llanganda miy dan diklofenak va ibuprofenning so'rilishi kamayadi.

Temir sulfati, fenilbutazon bilan bir vaqtda qo'llanganda ularning so'rilishi kamayishi mumkin.

Levotiroksin, qalqonsimon bezi garmonlari bilan bir vaqtda qo'llanganda miy dan levotiroksin va qalqonsimon bezi garmonlarining so'rilishi kamayadi.

Loperamid bilan bir vaqtda qo'llanganda loperamidning samaradorligi kamayadi.

Metotreksat bilan bir vaqtda qo'llanganda qon plazmasida metotreksat kontsentrasiyasi kamayishi mumkin.

Metronidazol bilan bir vaqtda qo'llanganda metronidazolning so'rilishi sezilarsiz darajada kamayishi mumkin.

Paratsetamol bilan bir vaqtda qo'llanganda paratsetamolning so'rilishi kamayishi mumkin.

Kolestramin bilan bir vaqtda qo'llanganda organizmdan piroksikam, meloksikam, tenoksikam chiqarilishining oshishi va ularning samaradorligi kamayishi mumkin.

Pravastatin, fluvastatin bilan bir vaqtda qo'llanganda qon plazmasida pravastatinni kontsentrasiyasi, fluvastatinning Cmax va AUC qiymati kamayadi. Bunda umumiy gipolipidemik samara kuchayadi.

Raloksifen bilan bir vaqtda qo'llanganda raloksifenning so'rilishi kamayadi. 

Sulindak bilan bir vaqtda qo'llanganda sulindakning so'rilishi kamayadi (hatto qabullar orasidagi interval 3 soat bo'lgan hollarda ham). 

Spironolakton bilan bir vaqtda qo'llanganda gipoxloremik alkaloz holatlari ta'riflangan.

Furosemid bilan bir vaqtda qo'llanganda furosemidning so'rilishi va diuretik samarasi kamayadi.

deyarli oq rangdan och zarg'aldoq ranggacha bo'lgan sochiluvchan kukun.

Preparat odatda, ichga kuniga 1 martadan 2 martagacha buyuriladi. Sashedagi kukun 120-180 ml suyuqlik (suv, sut, meva sharbati) bilan aralashtirilib 10 minutdan so'ng ichiladi (kukun etarli miqdordagi suyuqlik bilan adsorbtsiya bo'lishi va suspenziya bir xil bo'lishi uchun). Kukunni, shuningdek pyureli sho'rva, olma pyuresi yoki istalgan boshqa sersuvli mevalardan (shaftoli, qlupnay va boshqalar) tayyorlangan pyurelar bilan aralashtirish mumkin. 

Kattalarga - kuniga 1 dan 6 paketchalargacha buyuriladi; bolalarga dozalar individual tanlanadi. Katta pasientlar uchun doza sutkada 4-24 g ni tashkil etadi.

Asosiy xavf ehtimoli – miy ni berkilib qolishi.

Trigliseridlar va xolesterin darajasini davriy nazorat qilish zarur. Davolash vaqtida ko'p miqdorda suyuqlik iste'imol qilish kerak.

Gipoprotrombinemiyada K vitamini, folat kislota kontsentrasiyasi kamayganida - folat kislotasi yuboriladi.

Homiladorlik vaqtida va homiladorlikka shubha bo'lganda qo'llash mumkin emas. Davolash vaqtida emizishni to'xtatib turish kerak.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

KVESTRAMIN kukuni 4g N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
KVESTRAMIN kukuni 4g N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
KVESTRAMIN kukuni 4g N30 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9