×
×
  • L LIZINA ESSINAT eritma 5ml 1mg/ml N10

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

L LIZINA ESSINAT eritma 5ml 1mg/ml N10

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Arterium
Vakil:
- "RELIANCE PHARMA" OOO
ATX kodi:
- C05С Х
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan
Toshkentning 237 ta dorixonasida topildi

ico 98 600 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 210 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 185 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
RIBOKSIN inyeksiya uchun eritma 5ml 2% N10 Novopharma plus, СП ООО O'zbekiston
2 800 s`om dan
PRESTANS tabletkalari 10mg/5mg N30 Les Laboratoires Servier Frantsiya
133 000 s`om dan
DIGOKSIN tabletkalari 0,25mg N50 Гриндекс, АО Latviya / Rossiya
5 500 s`om dan
Saqlash shartlari В сухом, защищенном от света месте, при температуре 10–25 °C.

Хранить в недоступном для детей месте.

Yaroqlilik muddati (oy) 2 года.

Не применять по истечении срока годности, указанного на упаковке.

Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
L LIZINA ESSINAT eritma 5ml 1mg/ml N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

L-LIZIN ESSINAT

L-LYSINE AESCINAT

Preparatning savdo nomi: L-lizin essinat

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): lizin (lysine)

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 1 mg L-lizina essinat 100% moddaga qayta hisoblaganda;

yordamchi moddalar: 96% li etanol, propilenglikol, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: vazoprotektorlar. Kapillyarlarni barqarorlashtiruvchi vositalar.

ATX kodi: S05SX

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Preparat yallig‘lanishga qarshi, shishlarga qarshi va og‘riqsizlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Essin lizosomal gidrolazalarning faolligini pasaytiradi, bu kapillyarlar devorida va biriktiruvchi mukopolisaxaridlarni parchalanishini oldini oladi, ularni o‘rab oladi, shu bilan birga o‘tkazuvchanligi yuqori tomir-to‘qimalarni normallashtiradi va antiekssudativ (shishlarga qarshi), yallig‘lanishga qarshi va og‘riqsizlantiruvchi  ta‘sir ko‘rsatadi. Preparat qon tomirlarning tonusini oshiradi, immunitetni muvofiqlashtiruvchi va gipoglikemik samara namoyon qiladi.

Farmakokinetikasi

O‘rganilmagan.

Qo‘llanilishi

Posttravmatik, intra- va operasiyadan keyingi turli joydagi shishlarni majmuaviy davolash tarkibida: bosh va orqa miyaning og‘ir shishlari, shu jumladan bosh suyagi ichki qon quyilishlari, bosh miya ichki bosimini oshishi, shishish ko‘rinishlari; bosh miya qon aylanishini surunkali buzilishi va vegeto-tomirli distoniyada likvor-venozli buzilishlar; tayanch-harakat apparatini  jalb qilingan qon bilan ta‘minlanishini lokal buzilishlari va og‘riq sindromi bilan kechadigan yumshoq to‘qimalarning shishi; umurtqa pog‘onasi, gavda, oyoq-qo‘llarning shish-og‘riq sindromi; shish-yallig‘lanish sindromi bilan kechuvchi o‘tkir tromboflebitda oyoqlarning venoz qon aylanishini og‘ir buzilishida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat qat‘iy vena ichiga (arteriya qon tomiriga yuborilmasin!) 5-10 ml sutkalik dozada sekin yuboriladi. Vena ichiga tomchilab yuborish tavsiya etilgan. Infuzion eritma tayyorlashda L-lizina essinat natriy xloridning 15-50 ml 0,9% li eritmasida eritiladi.

Bemorni hayotiga xavf soluvchi holatlarda (o‘tkir bosh miya jarohatlari, intra- va operasiyadan keyingi shishish ko‘rinishlari bo‘lgan bosh va orqa miya shishlari, yumshoq to‘qimalar va tayanch-harakat apparatining katta jarohatlari natijasida katta o‘lchamli shishlik) sutkalik dozani 2 yuborishga bo‘lib 20 ml gacha oshiriladi.

Kattalar uchun maksimal sutkalik doza – 25 ml ni tashkil etadi.

Bolalarda bir martalik doza: 1-5 yosh – 1 kg tana vazniga 0,22 mg; 5-10 yosh – 0,18 mg/kg; 10 yosh va undan kattalarga – tana vazniga 0,15 mg/kg L-lizina essinatni tashkil qiladi. Preparat sutkada 2 marta yuboriladi.

Davolash kursining davomiyligi – bemorning holati va davolashni samaradorligiga qarab      2 kundan 8 kungachani tashkil qiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Alohida pasientlarda essinga nisbatan individual yuqori sezuvchanlikda quyidagi nojo‘ya ta‘sirlar yuzaga chiqishi mumkin:

allergik reaksiyalar: teri toshmasi (papulyoz, petexial, eritematoz), qichishish, terini giperemiyasi, gipertermiya, eshakemi, yakka hollarda – Kvinke shishi, anafilaktik shish;

markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tremor, paresteziya, yakka hollarda – lapanglab yurish, muvozanatni buzilishi, qisqa muddatli hushni yo‘qotish;

jigar va biliar tizimi tomonidan: transaminaza va bilirubin darajasini oshishi;

me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, yakka hollarda – qusish, diareya, qorinda og‘riq;

yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial gipotenziya, arterial gipertenziya, taxikardiya, ko‘krak qafasida og‘riq;

nafas a‘zolari tomonidan: yakka hollarda – havo yetishmaslik hissi, hansirash, bronxoobtruksiya, quruq yo‘tal;

mahalliy reaksiyalar: vena ichiga yuborish mobaynida achishish hissi, flebit, yuborilgan joyda og‘riq va shish;

boshqalar: umumiy holsizlik, et uvushishi, qizib ketish hissi, belda og‘riq, ko‘p terlash.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

– L-lizina essinatga va/yoki preparatni boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlik;

– qon ketishini faol davom etishi, bunda gemodinamika noturg‘un kechadi;

– buyrak funksiyasini og‘ir buzilishi;

– jigar funksiyasini og‘ir buzilishi;

– homiladorlik;

– emizish davri;

– 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

L-lizina essinat bilan davolashda ko‘rmatmalarga muvofiq boshqa dori vositalari (yallig‘lanishga qarshi, og‘riqsizlantiruvchi, antibakterial) ni buyurish mumkin. Nefrotoksiklikni oshishi mumkinligi tufayli preparatni aminoglikozidlar bilan bir vaqtda qo‘llash kerak emas. L-lizina essinatni buyurishdan oldin o‘tkazilgan uzoq muddatli antikoagulyantlar bilan davolash hollarida yoki zarurat bo‘lganida L-lizina essinat va antikoagulyantlar bir vaqtda qo‘llanganida oxirgining dozasini tuzatish (dozani kamaytirish) va protrombin indeksining nazoratini o‘tkazish kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

Gepatoxolesistiti bo‘lgan alohida bemorlarda preparat buyurilganida transaminaza va bilirubin (erkin fransiyasi) faolligini qisqa muddatli oshishi kuzatilishi mumkin, bu bemorlar uchun xavf tug‘dirmaydi va preparatni bekor qilish talab etilmaydi.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi

Preparatni homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash mumkin emas (davolash vaqtida emizishni to‘xtatish kerak).

 

 

Avtotransportni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash reaksiya tezligiga ta‘sir etish qobiliyati

Hozirgi vaqtda xabarlar yo‘q, biroq preparatni qo‘llaganda nerv tizimi tomonidan taxmin qilingan nojo‘ya reaksiyalar rivojlanishini mumkinligini inobatga olish kerak.

Bolalar

1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparatni qo‘llash mumkin emas.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: qizib ketish, taxikardiya, menorragiya, ko‘ngil aynishi, jig‘ildon qaynashi, epigastriyada og‘riq.

Davolash: simptomatik davolash.

Chiqarilish shakli

5 ml dan ampulada. 5 ampuladan plyonka bilan qoplangan blisterda. 2 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va ampula skarifikatori bilan birga qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Original o‘ramida 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

L LIZINA ESSINAT eritma 5ml 1mg/ml N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
L LIZINA ESSINAT eritma 5ml 1mg/ml N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
L LIZINA ESSINAT eritma 5ml 1mg/ml N10 dori vositasi Arterium tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
L LIZINA ESSINAT eritma 5ml 1mg/ml N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
L LIZINA ESSINAT eritma 5ml 1mg/ml N10 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9