×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

L-Marin eritma 100ml

Kategoriya:
- Qon va qon aylanishi
Faol modda:
L-аргинин гидрохлорид
Farmakologik guruhlari:
- препараты для парентерального питания, аминокислоты
Ishlab chiqaruvchi:
- Samarkand England Eco-Medical
Vakil:
- Phoenix Pharm Trade
ATX kodi:
- B05XB01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 6 ta dorixonasida topildi

ico 69 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

NATRIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 5ml 0,9% N10 AMA Pharm Co. Ltd, Китай произведено: Anhui Chengshi Manufacture Medicine Co. Ltd Xitoy
2 200 s`om dan
NATRIYA XLORID eritma 5ml 0,9% N5 Novopharma plus, СП ООО O'zbekiston
4 000 s`om dan
AKTOVEGIN inyeksiya uchun eritma 10ml 40mg/ml N5 Такеда Фармасьютикалс, ООО Rossiya
255 000 s`om dan
TREMIN inyeksiya uchun eritma 5ml 500mg/5ml N10 Korea United Pharm. Inc. Koreya
121 000 s`om dan
Yaroqlilik muddati (oy) 24
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
4,2% infuziya uchun 100 ml eritma polipropilenli flakonda.

1 flakon tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: L-arginin gidroxlorid (argininga ekvivalent) – 42 mg;

yordamchi modda: in'ektsiya uchun suv – 1 ml gacha

L-arginin (α-amino-δ-guanidinovalerian kislotasi) – aminokislota bo'lib, shartli almashinmaydigan aminokislotalar sinfiga kiradi va organizmning ko'p sonli hayotiy muhim faoliyatlarning faol va har tomonlama hujayra boshqaruvchisi hisoblanadi, organizmning og'ir holatida muhim protektor samara ko'rsatadi.

L-arginin antigipoksik, membranani barqarorlashtiruvchi, tsitoprotektor, antioksidant, antiradikal, dezintoksikasion faollik ko'rsatadi, oraliq almashinuv va energiya bilan ta'minlash jarayonlarini faol boshqaruvchisi sifatida namoyon bo'ladi, organizmda gormonal muvozanatni tutib turishda ma'lum rol o'ynaydi. Ma'lumki L-arginin qonda insulin, glyukagon, somatotrop gormon va prolaktin miqdorini oshiradi, prolin, poliamin, agmatin sintezida ishtirok etadi, fibrinogenoliz, spermatogenez jarayonlariga kirishadi, membranani qutbsizlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi.

L-arginin jigarda mochevina sintezi tsiklidagi asosiy substratlardan biri hisoblanadi. Preparatning gipoammoniemik samarasi ammiakni mochevinaga aylanishini faollashishi yo'li bilan amalga oshadi. Antioksidant, antigipoksik va membranani barqarorlashtiruvchi faolligi hisobiga gepatoprotektor ta'sir ko'rsatadi, gepatositlarda energiya bilan ta'minlash jarayonlariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

L-arginin endoteliositlarda azot oksidi sintezini katalizasiya qiladigan NO-sintaza-fermentiga substrat hisoblanadi. Preparat guanilatsiklazani faollashtiradi va qon tomirlar endoteliysida tsiklik guanozinmonofosfat (sGMF) miqdorini oshiradi, qon tomirlar endoteliyiga trombositlar va leykositlar faolligi va adgeziyasini kamaytiradi, adgeziyalovchi proteinlar VCAM-1 va MSR-1 sintezini bostiradi va shu bilan aterosklerotik cho'kmalarning hosil bo'lishi va rivojlanishini oldini oladi, qon tomirlar devoridagi silliq miositlar migrasiyasi va proliferasiyasi rag'batlantiruvchisi va kuchli vazokonstriktor bo'lgan endotelin-1 sintezini bostiradi.

L-arginin shuningdek oksidativ stressning kuchli endogen rag'batlantiruvchisi – assimetrik dimetilarginin sintezini bostiradi. Preparat T-xujayralarni ishlab chiqaruvchi ayrisimon bezining faoliyatini rag'batlantiradi, jismoniy yuklama vaqtida qondagi glyukoza miqdorini boshqaradi. Yaqqol kislota hosil qiluvchi ta'sir ko'rsatadi va kislota-ishqor muvozanatini to'g'rilanishiga olib keladi.

Vena ichiga uzluksiz infuziya qilinganida qon plazmasida Larginin gidroxloridning maksimal kontsentrasiyasi yuborish boshlanganidan keyin 20-30 daqiqa o'tgach kuzatiladi.

L-arginin yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi, buyrak kalavalarida filtrasiya qilinadi, biroq buyrak naychalarida amalda to'liq qayta so'riladi.

Umumiy o'zgarishlar: gipertermiya, isitma, tanadagi og'riqlar.

Mushak-skelet tizimi tomonidan: bo'g'imlarda og'riq.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: og'iz qurishi, ko'ngil aynishi, qayt qilish.

Teri va teri osti to'qimalari tomonidan: infuziya joyidagi o'zgarishlar, shu jumladan giperemiya, qichishish, terining oqarishi, akrosianozgacha.

Immun tizimi tomonidan: yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan toshmalar, angionevrotik shish, eshakemi.

Yurak qon-tomir tizimi tomonidan: arterial bosimning o'zgarishi, yurak ritmining o'zgarishi, yurak sohasida og'riq.

Nerv tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, qo'rquv, holsizlik, tirishish, tremor, ko'pincha infuziya tezligi oshib ketganda.

Laboratoriya ko'rsatkichlari: giperkaliemiya.

Shifokor resepti bo'yicha.

Buyrak etishmovchiligi bo'lgan bemorlarda infuziyadan oldin qon plazmasidagi kaliy miqdori va diurez tekshirilishi kerak, chunki preparat giperkaliemiya rivojlanishiga yordam berishi mumkin.

Preparat endokrin bezlarining faoliyati buzilganda ehtiyotkorlik bilan qo'llanadi. Preparat insulin va o'sish gormonining sekresiyasini rag'batlantirishi mumkin.

Agarda og'iz qurishi kuzatilsa, qondagi qand miqdorini tekshirish kerak. Elektrolitlar almashinuvi buzilganda va buyrak kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan qo'llanadi. Agar preparatni qo'llash davomida asteniya belgilari kuchaysa, preparat bilan davolash to'xtatiladi.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanishi

Preparat yo'ldosh orqali o'tadi, shuning uchun homiladorlik davrida faqat ona uchun kutilayotgan foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun bo'lgandagina qo'llash mumkin.

Preparatni emizish davrida qo'llash bo'yicha ma'lumotlar mavjud emas.

Bolalar

Preparat 3 yoshdan oshgan bolalarda qo'llanadi.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash vaqtida reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash vaqtida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki preparat bosh aylanishini chaqirishi mumkin.

Bosh miya va yurak-qon tomirlarining aterosklerozi, periferik qon tomirlarining aterosklerozi, shu jumladan vaqti-vaqti bilan kuzatiladigan oqsoqlik ko'rinishlari, diabetik angiopatiya, yurakning ishemik kasalligi, arterial gipertenziya, o'tkir miokard infarkti va bosh miya qon aylanishini o'tkir buzilishi o'tkazilganidan keyingi holat, miokardiopatiya, surunkali yurak etishmovchiligi, giperxolesterinemiya, stenokardiya, o'pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, interstisial pnevmoniya, idiopatik o'pka gipertenziyasi, emboliyadan keyingi surunkali o'pka gipertenziyasi, turli etiologiyali o'tkir va surunkali gepatitlar, giperammoniemiya, gipoksik holatlar, rekonvalessentsiya jarayonidagi astenik holatlar, shu jumladan infektsion kasalliklar va jarrohlik muolajalaridan keyingi, metabolik alkaloz, ayrisimon bez faoliyatini pasayishi, homilaning rivojlanishini kechikishi va preeklampsiyada qo'llaniladi.
Preparatga yuqori sezuvchanlik. Buyrak faoliyatini og'ir buzilishlari, giperxloremik asidoz, anamnezdagi allergik reaktsiyalar, kaliy tejovchi diuretiklarni, shu jumladan spironolaktonni qo'llash. 3 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.
L-arginin qo'llanganida spironolakton qabul qilayotgan yoki qabul qilgan bemorlarda buyrak etishmovchiligi fonida, preparat yaqqol va barqaror giperkaliemiya chaqirishi mumkinligini hisobga olish kerak. Kaliyni tejovchi diuretiklar oldingi qo'llanishi ham, qondagi kaliy kontsentrasiyasi darajasini oshishiga olib kelishi mumkin. Aminofillin bilan bir vaqtda qo'llash qondagi insulinning miqdorini oshirishi mumkin.

Nomutanosibligi. Preparat tiopental bilan nomutanosib.

Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda, 25 °C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Preparat birinchi 10-15 daqiqa davomida daqiqasiga 10 tomchi tezlik bilan tomchilab vena ichiga yuboriladi, so'ngra yuborish tezligi daqiqasiga 30 tomchiga oshirilishi mumkin.

Preparatning sutkalik dozasi – 100 ml eritma. Markaziy va periferik qon tomirlarda qon aylanishining og'ir buzilishlarida, intoksikasiyaning yaqqol ko'rinishlarida, gipoksiyalarda, astenik holatlarda preparatning dozasi sutkada 200 ml ga oshiriladi.

Infuzion eritmani maksimal yuborish tezligi soatiga 20 mmoldan oshmasligi kerak.

12 yoshgacha bo'lgan bolalarga preparatning dozasi sutkada 1 kg tana vazniga 5-10 ml ni tashkil etadi.

Metabolik alkalozni davolash uchun preparatning dozasini quyidagicha hisoblash mumkin:

L - arginin gidroxloridi (mmol)

------------------------------------------ × 0,3 × kg tana vazni

ortiqcha ishqor (ve) (mmol/l)

yuborishni hisoblangan dozaning yarmidan boshlash kerak. Dozani qo'shimcha to'g'rilash kislota-ishqor balansini natija olinganidan keyin qayta o'tkazilishi kerak.

Simptomlari: buyrak etishmovchiligi, gipoglikemiya, metabolik asidoz.

Davolash. Dozani oshirib yuborilish hollarida preparatning infuziyasini to'xtatish kerak. Fiziologik reaktsiyalarni monitoring qilish va organizmning hayotiy faoliyatlarini tutib turish kerak. Zarurati bo'lganida ishqoriylovchi vositalar va diurezni yo'lga soluvchi vositalar (saluretiklar), elektrolitlar (0,9% natriy xloridi eritmasi, 5% glyukoza eritmasi) yuboriladi. Davolash simptomatik o'tkaziladi.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

L-Marin eritma 100ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
L-Marin eritma 100ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
L-Marin eritma 100ml dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.