×
×
  • LAZISEF poroshok 1000mg

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LAZISEF poroshok 1000mg

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
- BKRS Pharma Pvt. Ltd, Индия произведено: Makcur Laboratories Limited
ATX kodi:
- J01DD04
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

ROFLOKSAN infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: Mefar Ilac Sanayii A.S. Turkiya
41 800 s`om dan
NYu O2 tabletkalari 500mg 200 mg+500 mg N10 Medley Pharmaceuticals Limited Hindiston
AZIT kapsulalar 250mg N6 Well Med Pharm, ИП ООО O'zbekiston
10 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
LAZISEF poroshok 1000mg qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

LAZISEF

LASICEF

 

Preparatning savdo nomi: Lazisef

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): seftriakson (natriyli tuzi ko‘rinishida).

Dori shakli: in‘eksion eritma tayyorlash uchun kukun.

Tarkibi:

bir flakon quyidagilarni saklaydi:

Seftriakson natriy tuzi sterillangan (seftriaksonga qayta hisoblanganda) – 1,0 g;

Ta‘rifi: oq yoqi deyarli oq rangli kristall kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: Antibiotiklar (sefalosporinlar guruhi).

ATX kodi: J01DA13

 

Farmakologik xususiyatlari

Seftriakson beta-laktam guruhi, sefalosporinlarni III avlodiga mansub bakterisid ta‘sirga ega yarimsintetik antibiotik. Ta‘sir mexanizmi transpeptidaza fermenti faolligini susayishi, mikroorganizmlarning hujayra devoridagi peptidoglikan biosintezini buzilishi bilan bog‘liq. Preparat keng ta‘sir doirasiga ega: aerob grammusbat mikroorganizmlar: fakultativ anaeroblar – Staphylococcus aureus (shu jumladan penisillinazani hosil qiluvchi shtammlari), Staphylococcus epidermidis, Streptococcus pneumoniae, -gemolitik A guruhi streptokokklari (S.pyogenes), V guruhi streptokokklari: (S.agalactiae), Streptococcus viridans, Streptococcus bovis, noenterokokk D guruhi streptokokklari; grammanfiy mikroorganizmlar: Escherichia coli, Haemophilus influenzae, H.rarainfluenzae, Klebsiella (shu jumladan Kb.pneumonia ham), Morganella morganii, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Providencia, Salmonella (shu jumladan S.typhy), Serratia spp. (shu jumladan S.marcescens), Shigella, Yersinia (shu jumladan Y.enterocolitica); mikroaerofillar Treponema pallidum; aeroblar – Neisseria gonorrheae (shu jumladan penisillinazani hosil qiluvchi shtammlari), Neisseria meningitides, Pseudomonas aeruginosa; bakteroidlarning obligat anaerob-turlari (shu jumladan B.Fragilis ning ayrim shtammlari), Clostridium (ammo S.difficile ning ko‘pchilik shtammlari rezistentlikka ega), Peptococcus, Peptostreptococcus, Fusobacterium (shu jumladan F.mortiferum va F.varium) ga nisbatan faol. Preparatni mikroorganizmlarning sefalosporin qatorining boshqa preparatlariga, aminoglikozidlarga, penisillinlarga rezistentligida buyuriladi.

 

Farmakokinetikasi

Preparat ichga qabul qilinmaydi, chunki u me‘da shirasining ta‘siri ostida tezda parchalanadi. Mushak ichiga (m/i) yuborilgandan keyin tez va to‘liq so‘riladi. Biokiraolishligi 100% ni tashkil qiladi. Preparat plazma albuminlari bilan qaytuvchan bog‘lanadi (85-95%), preparatning qondagi konsentrasiyasi oshgan sari oqsillar bilan bog‘lanishi kamayadi. Preparat R-plazmidli beta–laktamazalar va ko‘pgina xromosomalar bilan bog‘liq penisillinaza va sefalosporinazalar tomonidan gidrolizga uchramaydi, penisillin va sefalosporinlarning I va II avlodlariga, penisillinlarga va aminoglikozidlarga tolerant bo‘lgan multirezistent shtammlarga ta‘sir qilishi mumkin. Bakteriyalarning ayrim shtammlarini ortirilgan chidamliligi Seftriaksonni faolsizlantiruvchi beta-laktamazani ishlab chiqarilishi bilan bog‘liq. Preparat yuqori darajali barqarorlikka va davomli yarim chiqarilish (T1/2) davriga ega. M/i ga yuborilganda qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasi (Smax) 1,5-2-3 soatdan keyin aniqlanadi va 1 g dozada yuborilganda 80 mg/l ni tashkil etadi; vena ichiga (v/i) yuborilgandan keyin 30 minutdan so‘ng Cmax muvofiq 100-150 mg/l ni tashkil qiladi. Barqaror konsentrasiyaga 4 soatdan keyin erishiladi. Mikrobga qarshi minimal konsentrasiya qonda 24 soatdan ortiq vaqt davomida aniqlanadi. Seftriakson organizmning to‘qima va suyuqliklarida (sinovial, peritoneal, interstisial) yaxshi taqsimlanadi, miya pardalari yallig‘langanda orqa miya suyuqligiga kiradi, preparat shuningdek suyak to‘qimasida ham aniqlanadi, yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tadi. Preparat oz miqdorda (3-4%) ko‘krak suti bilan chiqariladi. O‘zgarmagan shaklda (50-65%) buyraklar orqali 48 soatda, taxminan 40% safro bilan chiqariladi. Preparatni 0,15-3,0 g dozalarda yuborilgandagi T1/2 6-9 soatni, taqsimlanish hajmi (Vd) – 5,78-13,5 l ni, plazmadagi klirensi soatiga – 0,58-1,45 l ni, buyrak klirensi soatiga 0,32- 0,73 l ni tashkil qiladi. Ichakda mikrofloraning ta‘sirida preparat nofaol metabolitga aylanadi. T1/2 o‘rtacha 8 soatni tashkil qiladi. Bolalarda hayotining birinchi 8 kunida, hamda 75 yoshdan katta shaxslarda T1/2 16 soatgacha uzayadi. Jigar va buyrak faoliyatini yetishmovchiligida preparatni ekskresiyasi sekinlashadi. Kumulyasiya bo‘lishi mumkin.

 

Qo‘llanilishi

Preparat unga sezgir mikroorganizmlarning shtammlari chaqirgan infeksion–yallig‘lanish kasalliklarni davolash uchun buyuriladi: quyi nafas yo‘llarining infeksion kasalliklarini (pnevmoniya, bronxit, o‘pka abssessi, plevra empiemasi), otorinolaringologik infeksion kasalliklarni, buyrak va siydik-jinsiy yo‘llarining infeksion kasalliklarini (pielit, sistit, o‘tkir va surunkali pielonefrit, prostatit, epididimit), teri va yumshoq to‘qimalarini infeksion kasalliklarini, shu jumladan bakterial streptodermiyani; meningitni, suyak va bo‘g‘im infeksion kasalliklarini, peritonitni, o‘t pufagini yallig‘lanishini, me‘da–ichak infeksiyalarini, asoratlanmagan gonoreyani va jinsiy yo‘l bilan yuquvchi boshqa infeksiyalarni (yumshoq shankr va zahm), Layma kasalligini (spiroxetoz), tuberkulez isitmasi, salmonellezni, salmonella tashuvchanlikni davolash uchun qo‘llanadi.

Preparatni shuningdek jarrohlik operasiyalaridan so‘ng kelib chiqadigan infeksiyalarni oldini olish uchun ham qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat m/i yoki v/i yuboriladi. Yuborish joyida og‘riqni bartaraf etish maqsadida m/i yuborish uchun preparatni 1% lidokain eritmasida quyidagi nisbatda: flakon ichidagi 0,5 g ni 1% lidokain eritmasining 2 ml da, 1 g ni – 3-5 ml da suyultiriladi. In‘eksiya uchun steril suvni ishlatish mumkin.

V/i yuborish uchun preparatni in‘eksiya uchun steril suvda quyidagi nisbatda: flakon ichidagi 0,5 g ni 5 ml erituvchida, 1 g ni – 10 ml da suyultiriladi. Kattalarga va 12 yoshdan oshgan bolalarga 1-2 g sutkalik dozada (kuniga 1 marta yoki yarim dozani kuniga 2 marta) buyuriladi. Og‘ir hollarda sutkalik doza 4 g ni tashkil qiladi va bu dozani 2 qabulga har 12 soatlik interval bilan yuboriladi. Operasiyadan keyingi asoratlarini oldini olish uchun bir marta 1-2 g dan, operasiyadan 30–90 minut oldin yuboriladi (yuqish xavfi darajasiga bog‘liq holda). Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda dozani faqat og‘ir buyrak yetishmovchiligida (kreatinin klirensi (KK) 10 ml/min dan past bo‘lganda) to‘g‘rilash zarur. Keksa yoshdagi bemorlar uchun doza katta bemorlar uchun dozasi bilan mos keladi. Asoratlanmagan gonoreyada v/i bir marta 0,25 g preparat yuboriladi.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar (2 haftalikkacha bo‘lgan) va chala tug‘ilgan chaqaloqlar uchun sutkalik doza tana vazniga 20-50 mg/kg ni tashkil qiladi. 2 haftalikdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun sutkalik doza tana vazniga 20-80 mg/kg ni 2 ga bo‘lib yuboriladi. Bolalarga v/i tana vazniga 50 mg/kg dan yuqori dozada yuborilganida, preparatni yuborishlar orasida kamida 30 minutlik tanaffus bilan bo‘lib-bo‘lib qo‘llanadi.

Preparat bilan davolash davomiyligi patologik jarayonning xarakteriga va og‘irlik darajasiga bog‘liq va u bundan tashqari, bakteriologik tekshirish ma‘lumotlariga ko‘ra aniqlanadi. Odatda davolanish davomiyligi 4-14 kunni tashkil etadi. Ammo og‘ir infeksion kasalliklarida uzoq muddatli davo talab qilinadi. Ko‘pchilik infeksion kasalliklarda davolash kasallik belgilari yo‘qolganidan va bakteriologik tahlil natijalarini samarasi tasdiqlanganidan keyin kamida 48-72 soat davom etadi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat qabul qilinganida allergik reaksiyalar (eshakemi, qichima, eozinofiliya, zardob kasalligi, bronxospazm, ko‘p shaklli ekssudativ eritema, anafilaktik reaksiyalar, kam hollarda – anafilaktik shok), stomatit, glossit, me‘da-ichak yo‘llari tomonidan esa, ko‘ngil aynishi, qusish, ta‘mni yo‘qolishi, qorinda og‘riq, disbakterioz, superinfeksiya, soxtamembranoz kolit paydo bo‘lishi mumkin. Periferik qon ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi; neytropeniya, limfopeniya, leykopeniya, trombositopeniya, kam hollarda – gemolitik anemiya yuz berishi mumkin, ayrim hollarda qon zardobi plazma omillarining (II, VII, IX, X) darajasi pasayadi, protrombin vaqti

uzayadi, burundan qon ketishi kuzatiladi, xolestatik sariqlik rivojlanadi, siydikda kreatinin darajasi oshadi, silindrlar paydo bo‘ladi, oliguriya, anuriya, biokimyoviy o‘zgarishlar (jigar transaminazalari faolligini va bilirubinni qon plazmasida oshishi), o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, aritmiyalar, bosh og‘rig‘i, yuborish joyida og‘riq yoki infiltrat, alohida xollarda – v/i yuborilganda flebit yoki tromboflebit bo‘lishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Sefalosporinlar sinfiga taalluqli antibiotiklarga va penisillinlarga, shuningdek lidokainga (m/i yuborilganda) yuqori sezuvchanlik. Jigar-buyrak yetishmovchiligi, anamnezida me‘da-ichak yo‘llarining kasalliklari, ayniqsa nospesifik yarali kolit yoki enterit, homiladorlik, laktasiya.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Aminoglikozidlar bilan majmuada qo‘llanganda sinergizm oqibatida grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan samaradorligi kuchayadi, ammo ularning optimal dozalarini tanlash kerak. NYAQV, antiagregantlar qon ketish imkoniyatini oshiradi, halqali diuretiklar va nefrotoksik preparatlar (aminoglikozidlar, polimiksin V) buyrak faoliyatini buzilishini chaqiradi. Preparatning eritmasini mikroblarga qarshi boshqa preparatlar yoki eritmalar bilan farmasevtik nomutanosibligi sababli, aralashtirish yoki bir vaqtda yuborish mumkin emas

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Buyrak va jigar yetishmovchiligi birga qo‘shilib kelganida, shuningdek gemodializdagi pasientlarda plazmada preparatning konsentrasiyasini muntazam aniqlash lozim.

Uzoq muddat davolanganda periferik qon manzarasini, jigar va buyraklarning funksional holati ko‘rsatkichlarini muntazam nazorat qilish lozim.

Kam hollarda o‘t pufagini ultratovush tekshiruvi (UTT) da davolash tugagandan keyin yo‘qoladigan soyalar (seftriaksonning kalsiyli tuzini presipitatlari) aniqlanadi. O‘t pufagining bo‘lishi mumkin bo‘lgan kasalligiga ishora qiluvchi simptomlar yoki belgilar rivojlanganda, yoki “sladj-fenomen” kabi UTT-belgilari bo‘lganida preparatni yuborishni to‘xtatish tavsiya qilinadi.

Preparatni qo‘llaganda bemorlarda, ehtimol, o‘t-safro yo‘llarining obstruksiyasi oqibatida rivojlanishi mumkin bo‘lgan pankreatitni kamdan-kam hollari ta‘riflangan. Ko‘pchilik bemorlarda bungacha o‘t-safro yo‘llarida dimlanish omillarining xavfi (preparat bilan ilgari o‘tkazilgan davolash, og‘ir yo‘ldosh kasalliklar va to‘liq parenteral oziqlanish) bo‘lgan; bunda seftriakson ta‘siri ostida safro yo‘llarida presipitatlarni hosil bo‘lishiga turtki bo‘lishini istisno qilib bo‘lmaydi.

Preparat qo‘llaganida protrombin vaqtini o‘zgarishining juda kam hollari ta‘riflangan. K vitamini tanqisligi (sintezini buzilishi, ovqatlanishni buzilishi) bo‘lgan pasientlarda, protrombin vaqtini nazorat qilish va protrombin vaqti oshganida seftriakson bilan davolashni boshlashdan oldin va davolash vaqtida K vitamini (haftada 10 mg) buyurish lozim.

Seftriakson-Sa2+ presipitatlarini yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning o‘pkasida va buyraklarida to‘planib qolishi natijasida fatal reaksiyalar hollari ta‘riflangan. Nazariy jihatdan seftriaksonni vena ichiga yuboriladigan kalsiy saqlovchi eritmalar bilan o‘zaro ta‘sir ehtimoli boshqa yoshdagi pasientlar guruhida xam mavjud, shuning uchun seftriaksonni kalsiy saqlovchi eritmalar (shu jumladan parenteral oziqlanish preparatlari) bilan aralashtirish mumkin emas. Seftriaksonni va kalsiy saqlovchi eritmalarni yuborish orasidagi interval kamida 48 soatni tashkil qilishi lozim.

Seftriakson bilan davolashda Kumbs sinamasi, galaktozemiya sinamasi, siydikda glyukozani aniqlashda soxtamusbat natijalar aniqlanishi mumkin (glyukozuriyani faqat ferment usulida aniqlash tavsiya qilinadi).

Katta dumba mushagining yuqori tashqi kvadrantiga m/i yuboriladigan in‘eksiya chuqur bo‘lishi kerak. Jigar va buyraklarning faoliyatini og‘ir buzilishlari bo‘lgan bemorlarda preparatning dozasi kamaytiriladi. Kreatinin klirensi 10 ml/min dan kam bo‘lgan bemorlarga antibiotik uchun sutkalik doza 2 g dan oshmasligi kerak.

Preparatni homiladorlikda faqat ona uchun taxmin qilinayotgan foyda homila yoki bola uchun bo‘lgan potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin.

Preparatni laktasiya davrida buyurish zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish to‘g‘risidagi masalani hal qilish lozim.

Preparatga rezistent mikroorganizmlar paydo bo‘lishi va superinfeksiyani rivojlanishi mumkin.

“Halqali” diuretiklarni (furosemid va boshqalarni) bir vaqtda buyurilganda ehtiyotkorlitkka rioya qilish lozim.

Arterial gipertenziyada va suv-elektrolit muvozanatining buzilishda plazmada natriy miqdorini nazorat qilish kerak. Uzoq muddat qo‘llanganida disbakteriozni aniqlash uchun sitologik tekshirishlarni olib borish zarur.

Giperbilirubinemiyasi bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga, allergik reaksiyalarga moyilligi bo‘lganlarga extiyotkorlik bilan buyuriladi.

Preparatni transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlanishi va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga ta‘sirini baholash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: bosh aylanishi, paresteziyalar, bosh og‘rig‘i, tirishishlar.

Davolash: simptomatik davolash. Gemodializ yoki peritoneal dializ samarali emas.

 

Chiqarilish shakli

In‘eksion eritma tayyorlash uchun kukun 0,5 g va 1,0 g dan flakonlarda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

 

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

LAZISEF poroshok 1000mg dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
LAZISEF poroshok 1000mg dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
LAZISEF poroshok 1000mg dori vositasi BKRS Pharma Pvt. Ltd, Индия произведено: Makcur Laboratories Limited tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
LAZISEF poroshok 1000mg dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
LAZISEF poroshok 1000mg dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9