×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LENZETTO sprey 1,53mg/8,1ml N1

Kategoriya:
- Tanosil tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Ruminiya
Faol modda:
Эстрадиола гемигидрат
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Гедеон Рихтер, ОАО, Венгрия произведено: Гедеон Рихтер Румыния А.О.
Vakil:
- Gedeon Richter
ATX kodi:
- G03CA03
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 62 ta dorixonasida topildi

ico 92 400 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 96 000 s`om dan

Bron qilish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Purkagichli va oq aktivatorli, dozalash ta'siriga ega germetik yopiq nasos bilan jihozlangan, gumbaz-konus shaklidagi tuynugi bor, ichki tomonida singuvchi prokladkasi bilan yopiladigan va olinadigan qopqoqli, 6,5 ml (56 doza) suyuqlik saqlagan, 10 ml xajmdagi to'q rangli shisha flakon oq rangli polipropilenli applikatorga joylangan.

1 applikator tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnoma bilan birga karton qutiga joylangan.

faol modda: estradiol gemigidrati 1,58 mg/doza (1,53 mg/doza estradiolga ekvivalent).

yordamchi moddalar: oktisalat, 96% etil spirti.

Lenzetto – qo'llanganida tuxumdonlar tomonidan sekresiya qilinadiganasosiy estrogen – estradiolni ajralib chiqishi yuz beradigan, estrogenlar bilan tizimli o'rinbosar davolash uchun qo'llanadigan preparatdir. Ta'sir etuvchi modda, sintetik 17-beta-estradiol, kimyoviy va odamning endogen estradioliga biologik jihatdan o'xshash bo'lib, ayollarda postmenopauza davrida yo'qotilgan estrogenlarni yo'qotilgan ishlab chiqarilishini o'rnini bosadi va menopauza simptomlarini engillashtiradi.

  So'rilishi

Lenzetto preparatini teriga surilganda o'rtacha qurish vaqti 90 sekundni tashkil etadi (mediana 67 sekundnitashkil etadi). 

Estradiolning qon zardobidagi muvozanatli kontsentrasiyasiga Lenzetto preparatini 

7-8 kun qo'llanganidan keyin erishiladi.

Preparatni ertalab qo'llangandan so'ng qon zardobidagi estradiolning kontsentrasiyasi terapevtik dozalar diapazonida 24 soat davomida, tungi soat 2 bilan tonggi soat 6 lar orasidagi maksimal qiymatga erishgan holda nisbatan barqarorligicha qoladi.

Doza oshirilgani sayin (muvofiq ravishda bir, ikki va uch karra surtilganida) estradiolning ekspozisiyasi oshib boradi,biroq bu oshib borishi dozaga proportsional kichik tomoniga o'zgarishi bilan biroz farq qiladi.

Queshga qarshi vositasi Lenzetto preparatidan bir soat oldin qo'llanilishi estradiolni so'rilish darajasiga axamiyatli ta'sir ko'rsatmaydi. Queshga qarshi vositasi Lenzetto preparatidan bir soat keyin qo'llanilishi estradiolni so'rilish darajasi 10% kamayishi kuzatiladi.

Lenzetto preparati son teri maydoniga suritilganda estradiol so'rilishi bilaklar ichki yuzasi bilan so'rilish darajasi bir xil, biroq qorin terisiga surtilgandan past so'riladi.

Lenzetto preparatini ayollarda postmenopauza davrida bilakning ichki yuzasiga sutkada 

1 marta surtilgandan keyin 1 soatdan so'ng, estradiolning ayollar va erkaklar bilaklari ichki yuzasining 5 minut davomidagi kontakti jarayonida estradiolni ahamiyatli o'tkazilishi aniqlanmagan. Preparat qo'llanganidan so'ng bir soat davomida kontakt jarayonida estradiolni o'tkazilishi to'g'risida ma'lumotlar yo'q.

Atrof muxitni haroratini oshishi (4 soat davomida 35℃) xona haroratiga nisbatan estradiolni so'rilish darajasini 10% tezlashishi kuzatiladi.

Taqsimlanishi

Estrogenlar qonda asosan jinsiy gormonlarni bog'laydigan globulin (JGBG) va albumin bilan aylanib yuradi.

Metabolizmi

Estradiol estrongacha, estradiol va estron – estriolgacha (buyrak tomonidan chiqariladigan asosiy metabolit) qaytuvchan metabolizmga uchraydi, estrogenlar jigarda sulfat va glyukuron kislotasi bilan kon'yugasiya yo'li orqali enterogepatik resirkulyasiyaga uchraydi, kon'yugatlar esa, safro bilan ingichka ichakka sekresiya qilinadi va ichakda qayta so'rilib, keyinchalik gidrolizga uchraydi. Ayollarda postmenopauza davrida qonda aylanib yurgan estrogenlarning katta qismi sulfat kon'yugatlari ko'rinishida, xususan, estron sulfati ko'rinishida namoyon bo'ladi, ular ancha faolroq estrogenlarni sintezi uchun qonda aylanib yurgan manbalar sifatida namoyon bo'ladi.

Chiqarilishi

Estradiol, estron va estriol buyrak orqali glyukuron kislotasining kon'yugatlari va sulfat kon'yugatlar ko'rinishida chiqariladi. Davolash yakunlanganidan keyin kamida 

1 xafta o'tganidan so'ng estradiol, estron, estriol va estriol sulfatining kontsentrasiyalari muvozanatli holatga erishilgandan so'ng dastlabki ko'rsatkichlariga qaytadi.

Noxush nojo'ya ta'sirlar MedDRA tasnifiga muvofiq tizim-a'zolar sinfi bo'yicha va yuz berish tezligiga muvofiq keltirilgan: tez-tez (≥1/100 dan<1/10 gacha), tez-tez emas(≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10 000 dan<1/1 000 gacha).

1 jadval. Qayd etilgan noxush ko'rinishlar

Tizim-a'zolar sinfi

Tez-tez (≥1/100 dan<1/10 gacha)

Tez-tez emas (≥1/1000 dan<1/100 gacha)

Kam hollarda (≥1/10 000 dan<1/1000 gacha)

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

O'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari

Ruhiy buzilishlar

Tushkun kayfiyat uyqusizlik

Xavotirlik

Libidoni susayishi

Libidoni kuchayishi

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Bosh og'rig'i

Bosh aylanishi

Migren

Ko'rish a'zosi tomonidan buzilishlar

Ko'rishni buzilishi

Kontakt Linzalarni taqa olmaslik

Eshitish a'zosidagi buzilishlar va labirintli buzilishlar

Vertigo

Yurak tomonidan buzilishlar

Yurakni tez urishini his etish

Qon tomirlari tomonidan buzilishlar

Qon bosimini oshishi

Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar

Qorinda og'riq

Ko'ngil aynishi

Diareya

Dispepsiya

Qorinni dam bo'lishi

Qusish

Teri va teri osti to'qimalarii tomonidan buzilishlar

Toshma

Qichishish

Tugunli eritema

Eshakemi

Terining qichishishi

Girsutizm

Akne

Suyak-mushak va biriktiruvchi to'qimalar tomonidan buzilishlar

Mialgiya

Mushaklar spazmi

Jinsiy a'zolar va sut bezi tomonidan buzilishlar

Sut bezlarida og'riq

Sut bezlarida og'riqlik

Bachadondan qon ketishlari

/qindan qon ketishlari, shu jumladan "surkaluvchi" ajralmalar

Metrorragiya

Sut bezlari atrofida teri rangini o'zgarishi

Sut bezlaridan ajralmalar

Qin bo'yni polipi

Endometriy giperplaziyasi Tuxumdon kistasi

Vaginit

Dismenoreya

Qindan qon ketishi

Predmenstrual sindromga o'xshash sindrom

Sut bezlarini kattalashishi

Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar

Shishlar

Qo'ltiqosti soxasida og'riqlar

Kuchli toliqish

Laborator va instrumental tekshirish usullarining ma'lumotlari

Tana vaznini oshishi

Tana vaznini kamayishi

Gamma-glutamiltransferazani oshishi

Qonda xolesterin miqdorini oshishi

 

Postregistrasion kuzatuvlar doirasida kuyidagi noxush ko'rinishlar qayd etilgan:
Teri va teri osti to'qimalar tomonidan buzilishlar 
-Alopesiya.
-Xloazma.
-Teri rangini o'zgarishi.
Sut bezi rakini rivojlanish xavfi
-Estrogen va progestagenning majmuaviy preparatlarini 5 yildan ortiq vaqt mobaynida qabul qilayotgan ayollarda, sut bezi rakining xavfi 2 barobar yuqori bo'ladi.
-Monoterapiya sifatida estrogen qabul qilayotgan ayollarda xavfni oshish xavfi, estrogen va progestagenning majmuaviy preparatlari qo'llangnadagiga nisbatan ancha pastroq.
-Xavf darajasi davolash davomiyligiga bog'liq ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang). 
Endometriy rakini rivojlanish xavfi
Postmenopauza davridagi bachadoni saqlab qolingan ayollar
Endometriy rakining xavfi intakt bachadonli, O'GT qabul qilmayotgan har 1000 nafar ayolga taxminan 5 holatini tashkil etadi.
Intakt bachadonli ayollarga tarkibida faqat estrogen bo'lgan O'GT preparatlarini qabul qilish tavsiya etilmaydi, chunki bu endometriy rakini xavfini oshiradi ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).
Estrogenlar bilan monoterapiyaning davomiyligi va estrogenning dozasiga qarab, endometriy rakini xavfini oshishi, epidemiologik tadqiqotlarning natijalariga ko'ra, 50-65 yoshdagi har 1000 nafar ayoldan 5 dan 55 gacha qo'shimcha diagnostika qilingan holatlargacha o'zgarib turadi.
Estrogenlar bilan monoterapiyaga tsikl davomida minimum 12 kun davomida progestagenlarni qo'shilishi xavfni bunday oshishini oldini olish mumkin. Majmuaviy o'tg ni besh yil davomida (ketma ketli eki uzluksiz) qo'llanilishi endometriy rakini xavfini oshirmagan (or 1,0 [0,8-1,2]).
Tuxumdonlar raki
Estrogenlar monoterapiyasi yoki estrogenlar va progestagenlar majmuaviy terapiyasini qo'llash tuxumdonlar raki xavfini biroz oshishiga olib kelishi mumkin oshiradi ("extiyotkorlik choralari" bo'limiga qarang).
Hech qachon O'GT qabul qilmagan ayollarga nisbatan, O'GT qabul qilayotgan ayollarda tuxumdonlar rakini rivojlanish xavfi yuqori ekanligi aniqlangan (nisbiy xavf (NX) 1,43, 95% ishonchli interval (II) 1,31-1,56). 5 yil davomida O'GT ni qo'llayotgan 50 dan 54 yoshgacha bo'lgan ayollar uchun 2000 pasientga taxminan 1 qo'shimcha holatga olib keladi. O'GT ni qo'llamayotgan 50 dan 54 yoshgacha bo'lgan ayollarda, 5 yil davomida 2000 ayoldan taxminan 2 nafarida tuxumdonlar raki diagnostika qilinadi.
Venoz tromboemboliyani yuz berish xavfi 
O'GT o'tkazilganda venoz tromboemboliya (VTE), ya'ni chuqur venalar trombozi va o'pka tromboemboliyasini rivojlanishining nisbiy xavfi 1,3-3 barobarga oshadi. O'GT ni birinchi yil qo'llash davrida bunday asoratni yuz berish ehtimoli yuqori bo'ladi.
Yurak ishemik kasalligi xavfi 
Yurak ishemik kasalligi xavfi 60 yoshdan oshgan majmuaviy O'GT ni qabul qilayotgan ayollarda biroz yuqori bo'ladi.
Ishemik insultni rivojlanish xavfi
Majmuaviy preparatlar va faqat estrogenlar bilan davolashda ishemik insultning nisbiy xavfi 1,5 barobar oshadi. O'gtda gemorragik insult xavfi oshmaydi. 
Nisbiy xavf pasient yoshiga yoki terapiyaning davomiyligiga bog'liq emas, ammo dastlabki xavf aynan yoshga bog'liq bo'lganligi sababli, O'GT qabul qiladigan ayollarda umumiy insult xavfi, yosh o'tgani sayin oshib boradi.
Estrogenlar va/yoki progestagenlar bilan davolashnio'tkazish fonida, shuningdek quyidagi noxushreaktsiyalar qayd etilgan: angeonevrotik shish, anafilaktoid/anafilaktik reaktsiyalar, glyukozaga chidamlilikni buzilishi, depressiya, kayfiyatni o'zgarishlari, jizzakilik, xoreyani zo'rayishi, tutqanoq va dementsiyani zo'rayishi, bronxial astmani, xolestatik sariqlikni zo'rayishi, o't-toshi kasalligi, pankreatitni zo'rayishi, jigar gemangiomasi o'lchamini kattalashishi, dori preparati bekor qilingandan so'ng ham saqlanishi mumkin bo'lgan xloazma yoki melazma; ko'p shaklli eritema, gemorragik toshma, boshda sochlarni to'kilishi, artralgiya, galoktoreya, sut bezi to'kimalarining kistoz-fibroz o'zgarishlari, bachadon leyomioma o'lchamini kattalashishi, tservikal ajralmalar miqdorinio'zgarishi, bachadon bo'yni eroziyasi, qin kandidozi, mavjud gipokaltsiemiyani (ilgari topilgan patologiya) kuchayishi.

Nojo'ya reaktsiyalar xaqida xabarlar
Dori vositasi qayd qilinganidan so'ng shubhali nojo'ya reaktsiyalar hodisasi to'g'risida ma'lumot berish kerak. Bu dori vositasini "foyda-havf" nisbatini har doim monitoringini o'tkazishga yordam beradi. Sog'liqni saqlash mutaxasissi har qanday shubxali nojo'ya reaktsiyalar xaqida milliy tizim hisoboti yordamida xabar qilishlarini so'raymiz.
Agar ushbu yo'riqnomada ko'rsatilgan nojo'ya samaralar og'irlashsa, yoki siz yo'riqnomada ko'rsatilmagan boshqa nojo'ya samaralarni sezsangiz, darxol shifokorga xabar qiling.
Maxsus ogohlantirishlar va ehtietkorlik choralari

65 yoshdan oshgan ayollarni davolash tajribasi cheklangan.

O'GT postmenopauzasi simptomlarini davolash uchun mavjud smimptomlar ayol xayoti sifatiga yaqqol ta'sir etgandagina buyuriladi. Barcha holatlarda bir yilda kamida bir marta xavf va afzalliklari sinchkov baxolanishi zarur. O'GT ni preparatni qo'llashdan kutilgan afzalliklar xavfdan ustun bo'lgan paytgacha davom ettirish mumkin.

Erta menopauzani davolashdagi O'GT bilan bog'lik xavf to'g'risdagi ma'lumotlar cheklangan. Negaki yosh ayollarda absolyut xavf past bo'lib, yoshi katta ayollarga nisbatan, foyda va xavf nisbati ular uchun ancha ijobiy bo'lishi mumkin. 

Tibbiy tekshiruv/dinamik kuzatuv

O'GT ni boshlashdan yoki qayta qo'llashdan oldin tibbiy va oilaviy anamnezni sinchkovlik bilan to'plash lozim. Bunda fizikal tekshiruvlar o'tkazish kerak (kichik tos va sut bezi a'zolari tekshiruvi shular jumlasidan), shuningdek, ko'llash bo'yicha mumkin bo'lmagan holatlar va ehtiyot choralarini belgilashda ham rioya qilish lozim. Davolash jarayonida har bir pasient uchun soni va xarakteri jihatidan individual tanlanadigan muntazam tibbiy ko'riklarni o'tkazish tavsiya etiladi. Ayollar ko'krak bezlaridagi har bir o'zgarish to'g'risida shifokor yoki tibbiy hamshiraga xabar berishlari zarur (quyida "sut bezi raki" bo'limiga qarang). Qabul qilingan skrining normalariga muvofiq maxsus tadqiqotlar, shu jumladan, individual klinik ko'rsatmalarni hisobga olib, mammagrafiya o'tkazish lozim. 

Kuzatuv talab etiladigan holatlar

Quyida sanab o'tilgan holatlar/xavf omillari ayni paytda yoki anamnezda mavjud bo'lganda, shuningdek avvalgi homiladorlik davrida ularning kuchayishi yoki gormonal terapiya paytida pasient ayollar puxta kuzatuv ostida bo'lishlari zarur. Lenzetto preparati qo'llanilganda ushbu holatlar paydo bo'lishi eki yaqqollashishi kuzatilishi mumkin:

- leyomioma (bachadon miomasi) yoki endometrioz;

- tromboembolik kasalliklarni rivojlanish xavfi omillari (quyida qarang);

- estrogen tobe shishlarning xavf omillari, masalan qarindoshlarda 1 darajali sut bezi raki;

- arterial gipertenziya;

- jigar xastaligi (shu jumladan gepatosellyulyar adenoma);

- angiopatiyali va angiopatiyasiz qand kasalligi;

- o't-tosh kasalligi;

- migren yoki kuchli bosh og'riqlari;

- tizimli qizil yugirik (TQYU);

- anamnezdagi endometriy giperplaziyasi (quyida qarang);

- tutqanoq;

- bronxial astma;

- Otoskleroz.

Davolashni darxol to'xtatish sabablari

Davolashni qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar aniqlanganda va quyidagi holatlarda to'xtatish lozim:

- sariqlik yoki jigar funktsiyasining buzilishi;

- arterial qon bosiminini sezilarli darajada oshishi;

- migrensifat bosh og'rig'ini paydo bo'lishi;

- homiladorlik.

Giperplaziya vaendometriy raki

Saqlanib qolingan bachadonli ayollarda giperplaziyani va endometriy rakini rivojlanish xavfi estrogenlar bilan davomli monoterapiya qilish jarayonida ortadi. Endometriy raki xavfi gormonlar qabul qilmagan ayollarga nisbatan 2-12 barobar ortadi hamda davolash davomiyligi va estrogen dozasiga bog'liq bo'ladi. Davolash to'xtatilgandan so'ng 10 yil davomida xavf yuqori bo'lib turadi.

28 kunlik tsiklda bir oyda kamida 12 kun davomida progestagenlarni davriy buyurish yoki majmuaviy estrogen va progestagen bilan to'xtovsiz terapiya bachadon saqlanib qolgan ayollarda bunday xavf ortishini oldini olishi mumkin.

Progestagenlarning qo'shimcha buyurilishining xafsizligi Lenzetto preparatini qabul qilish fonida endometriyga nisbatan o'rganilmagan.

"Shidadli" qon ketish va "yopishqoq" ajralmalar davolashning birinchi oylarida kuzatiladi. Agar yorib o'tadigan qon ketish va yopishqoq ajralmalar terapiya boshlangandan so'ng biroz muddatdan keyin aniqlansa yoki davolash tugagandan so'ng davom etgan taqdirda, xatarli shishlar paydo bo'lishini oldini olish uchun sog'lig'ini tekshirish va endometriya biopsiyasini o'tkazish zarur.

Estrogenlar bilan monoterapiya rakdan oldingi yoki endometrioz o'choqlarini halokatli o'zgarishlariga olib kelishi mumkin. Shunday qilib progestagenlarni o'rindosh terapiya sxemasiga qo'shimcha qo'shish zarurati bachadoni olib tashlangan ayollarda endometrioz qolgan o'choqlarini mavjudlik extimolidan kelib chiqib baholanishi lozim.

Ko'krak raki bezi

Estrogenni progestagen bilan kombinasiyada yoki faqat estrogen qabul qiladigan ayollarda davomli terapiyaga bog'liq sut bezirakini yuqori xavfi mavjud

Majmuaviy estrogen-progestagen terapiya

O'GT maqsadida majmuaviy estrogen-progestagen preparatlarini qabul qiladigan ayollarda sut beziraki xavfini sezilarli ortishi davolash boshlangandan so'ng 

3 (1-4) yildan keyin qayd etilgan.

Monoterapiya sifatida estrogenlarni qo'llash

Faqat estrogen asosidagi O'GT qabul qiladigan bachadoni olib tashlangan ayollarda sut bezi rakini rivojlanish xavfi qayd etilmagan. Estrogen-progestagen terapiyani qabul qiladigan ayollarga nisbatan sezilarli darajada past bo'lgan sut beziraki xavfini biroz ortishi to'g'risida ba'zi bir ma'lumotlar mavjud.

Sut bezi rakini xavfi vakt tshtishi bilan kamayib boradi, ushbu holat o'tg ni qo'llash davomiyligiga bog'liq. O'GT ni 5 yil davomida eki undan ko'proq qo'llanilishi sut bezi rakini xavfini 10 yil va undan ko'p vakt bo'lishi mumkin.

Tuxumdonlar raki

Tuxumdonlar raki soni sut bezi raki sonidan ancha kam.

O'GT tarkibida estrogen yoki majmuaviy estrogen va progestragen saqlagan preparatlarni qabul qilayotgan ayollarda birmuncha yuqori xavf qayd etiladi, ushbu xavf qabul qilishning 5 yili davomida ortadi va davolash tugatilgandan so'ng asta-sekin kamayadi.

Venoz tromboemboliya

-O'gtda venoz tromboemboliya (VTE), ya'ni chuqur venalarning trombozi va o'pka tromboemboliyasi nisbiy rivojlanish xavfi 1,3-3 marta ko'payadi. O'GT qo'llanilgan birinchi yili bunday asoratning yuz berish ehtimoli yuqori.

-VTE anamnezli yoki trombofilik holatlar tashxislangan pasient ayollar VTE yuqori xavfiga ega.O'GT bu xavfni oshirishi mumkin, shuning uchun u mazkur pasient ayollar guruhiga qo'llanilishi mumkin emas.

-VTE xavfi faktorlariga quyidagilar kiradi: estrogenlarni qabul qilish, keksa yosh, atroflicha jarroxlik operasiyalari,davomiy immobilizasiya, semirish (tana vazni indeksi>30 kg/m2), xomiladorlik/tuqqandan keyingi davr, SKV va onkologik kasalliklar. VTE rivojlanishiga venalarni varikoz kengayishi rol o'ynashi xaqida bir to'plamga kelinmagan.

-Barcha pasient ayollarda operasiyadan keyingi davrda Vtega nisbatan profilaktik choralar ko'rish lozim. Atroflicha operasiyadan so'nggi davomiy immobilizasiyadaoperasiyadan 4-6 xafta oldin O'GT to'xtatish taviya etiladi.Davolash xarakat faolligini to'liq tiklangandan so'ng davom ettiriladi. 

-VTE anamnezisiz, lekin tromboz va/yoki tromboemboliya anamnezi yoshlik paytida bor 1 qarindoshlik darajali qarindoshlari bor ayollarga tibbiy tekshiruv taklif etilishi lozim (skriningda trombofilik buzilishlarning faqat bir qismi namoyon bo'ladi). Boshqa oila a'zolari trombozi bilan bog'liq bo'lmagan trombofilik nuqson aniqlanmagan yoki bu "og'ir" nuqson bo'lsa O'GT qo'llash mumkin emas. (masalan, antitrombin etishmovchiligi, proteina S, proteina S etishmovchiligi yoki nuqsonlarqo'shilishi).

-O'GT buyurishga ko'rsatmalarni baxolashda antikoagulyantlarni doimiy qabul qiladigan ayollarda foyda/xavf mutanosibligini puxta baholash talab etiladi.

-VTE rivojlanib ketganda preparat qabul qilishni to'xtatish lozim. Tromboemboliyani dastlabki belgilari (masalan, oyolarda og'riqli shishlar, ko'krak soxasida bexos og'riq paydo bo'lishi, nafas chiqilishi/xarsillash) paydo bo'lganda pasient darxol shifokorga murojaat etishi lozim.. 

Yurak ishemik kasalligi (YUIK)

O'GT (majmuada eki estrogenlar bilan) yurak ishemik kasalligi bor va bo'lmagan ayollarda miokard infarktini oldini olishi to'g'risida dalillar olinmagan.

Majmuaviy O'GT terapiyasi

YUIK nisbiy xavfi majmuaviy estrogen-progestagen preparatlar bilan davolash davrida O'GT uchun birmuncha ortadi. Modomiki YUIK rivojlanish dastlabki mutloq xavfi sezilarli darajada yoshga bog'liq ekan, majmuaviy preparatlar bilan O'GT qabul qilayotgan ayollarda, menopauza boshlanishiga yaqish yoshdagi sog'lom ayollar guruhida juda past, lekin yosh o'tgan sayin ortib boradi.

Estrogenlar monoterapiyasi

Estrogenlar bilan O'GT qabul qiladigan ayollarda gisterektomiyadan so'ng YUIK rivojlanish xavfini ortishi aniqlanmagan.

Ishemik insult

Majmuaviy preparatlar va faqat estrogenlar bilan terapiyada ishemik insultning nisbiy xavfi 1,5 barobar ortadi. Nisbiy xavf pasient yoshiga yoki terapiyaning davomiyligiga bog'liq emas, ammo dastlabki xavf aynan yoshga bog'liq bo'lganligi sababli, O'GT qabul qiladigan ayollarda umumiy insult xavfi, yoshiga ko'ra ortib boradi.

Ko'rish qobiliyatini buzilishi

Estrogenlar bilan davolanayotgan ayollarda, ko'zning to'r pardasini tromboz xolatlari qayd etilgan.Umumiy tibbiy ko'rik natijalariga ko'ra, ya'ni bexos to'liq yoki qisman ko'rish qobiliyatini yo'qolishi yoki proptoz, diplopiyayoki migrenni bexos rivojlanib ketishida preparat qabul qilinishi darxol to'xtatilishi zarur. Ko'rish nervi diskini shishi yoki ko'z to'r pardasi tomirlarini zararlanishida estrogenlar bilan davolashni to'liq bekor qilish lozim. 

Boshqa holatlar

Estrogenlar suyuqlikni ushlanib qolishiga sabab bo'ladi, shuning uchun yurak va buyrak etishmovchiligi bor pasient ayollarni puxta kuzatish lozim.  Gipertrigliseridemiyali ayollarga estrogenli O'GT yoki majmuaviy O'GT paytida puxta kuzatuv talab etiladi, chunki estrogenlarni qabul qilishda qon plazmasida trigliseridlarni kontsentrasiyasi keyinchalik pakreatitni rivojlanishi bilan sezilarli oshganligining ko'p bo'lmagan hollari kuzatilgan.

Estrogenlar tiroksin-bog'lovchi globulin (TBG) darajasini oshiradilar, bu qonda tireoid gormonlarini, yod oqsillari bilan bog'langan darajalari (PBI), T4 (kolonnali xromatografiya yoki radioimmunoanaliz usuli bilan), T3 (radioimmunoanaliz usuli bilan) bo'yicha o'lchanadigan umumiy darajasini oshishiga olib keladi.T3ni elim bilan qoplab olish intensivligini pasayishi TBG darajasini oshishini aks ettiradi. Erkin T4 vaerkin T3 kontsentrasiyasio'zgarmaydi. Plazmada boshqa bog'lovchi proteinlar tarkibini oshishi mumkin, masalan, kortikosteroid-bog'lovchi globulin (KBG), jinsiy gormonlarni bog'lovchi globulin (JGBG), bu tabiyki tsirkulyasiyalashadigan kortikosteroid jinsiy gormonlarni oshishiga olib keladi. Erkin va biologik faol gormonlarni kontsentrasiyasi o'zgarmaydi. Plazmaning boshqa oqsillari kontsentrasiyasi oshishi mumkin (substrata angiotenzin/renin, alfa-1-antitripsin, tseruloplazmin).


Ayollarda postmenopauza davrida estrogen etishmovchiligi simptomlari bor bo'lganida (kamida 6 oy davomida menstrual/xayz qon ketishlari bo'lmagan ayollarda yoki bachadoni olib tashlangan yoki saqlangan jarroxlik menopauzali ayollarda) o'rinbosar gormonal terapiya (O'GT) sifatida qo'llaniladi.

65 yoshdan oshgan ayollarni davolash tajribasi cheklangan.

-Diagnostika qilingan, gumon qilinayotgan sut beziraki yoki uning anamnezda mavjudligi.

-Diagnostika qilingan, gumon qilinayotgan estrogenga bog'liq xavfli o'smalar yoki ularning anamnezda mavjudligi (shu jumladan, endometriy raki).

-Noma'lum etiologiyali qindan qon ketishi.

-Oxirigacha davolanmagan endometriy giperplaziyasi.

-Hozirgi vaqtdagi yoki anamnezdagi venoz tromboemboliya (chuqur venalar trombozi yoki o'pka arteriyalarining tromboemboliyasi).

-Diagnostika qilingan trombofilik holatlar (masalan, S proteini, S proteiniyoki antitrombin tanqisligi).

-Hozirgi vaqtdagi yoki anamnezdagi arterial tromboembolik kasalliklar (shu jumladan stenokardiya, Miokardinfarkti).

-O'tkir jigar kasalliklari yoki jigar funktsiyasi ko'rsatkichlarida siljishlar bilan kechuvchi anamnezdagi jigar kasalliklari.

-Porfiriya.

-Ta'sir etuvchi moddaga yoki yordamchi moddalardan birontasiga yuqori sezuvchanlik.

-Xomiladorlik.

-Laktasiya davri.

-Bolalarda qo'llash mumkin emas.

Эстрогенлар ва прогестогенларнинг метоболизми Р450 цитохром индукторларини, масалан, тутқаноққақарши воситалар (фенобарбитал, карбамазепин) антибиотиклар (рифампицин, рифабутин, неверапин, эфавиренз) бир вақтда қўлланганда ошиши мумкин.Ритонавир ва нелфинавир Р450 цитохромнинг кучли ингибиторлари бўлишига қарамай, стероид гормонлар билан бир вақтда қўлланганда улар ўзини индукторлар каби тутадилар. Таркибида тешик Далачой (Hypericumperforatum) сақлаган препаратлар, эстрогенлар ва прогестагенларнинг метаболизмини тезлаштириши мумкин.

Трансдермал қўлланганда «биринчи ўтиш» самараси мавжуд эмас, шунинг учун ичга қабул қилинганига нисбатан, ЎГТ доирасида эстрогенлар ва прогестогенлар Р450 цитохром индукторлари таъсирига камроқ учрайдилар.

Эстрогенлар ва прогестагенларнинг тезкор метаболизми Лензетто препарати самарадорлигини пасайишига ва бачадон қон кетиши характериниўзгаришига олиб келиши мумкин.

Лензетто препарати билан дориларнинг ўзаро таъсирини ганиш юзасидан тадқиқотлар ўтказилмаган.

 

Klapanli marvarid-oq rangli qorpusga joylashtirilgan va fiksatorda tuynugi bor, purkagichli va oq aktivatorli, dozalash ta'siriga ega germetik yopiq nasos bilan jihozlangan 10 ml xajmdagi shisha flakon. Qopqog'i ichki tomoniga mahkamlangan oq plastinaga ega.
Dozalar 
Lenzetto monoterapiya tartibida bir kunda bir marta qo'llaniladi, yoki uzluksiz davomli rejimda (progestagen bilan birga). 
Bitta fiksasiyalangan dozani bilakning quruq va shikastlanmagan terisiga kuniga (boshlang'ich doza) bir marta sepiladi. Doza klinik javobning yaqqolligiga qarab, bilak terisiga kuniga ikki marta sepishgacha oshirilishi mumkin. Dozani oshirilishi postmenopauza simptomlarining namoyon bo'lish darajasiga asoslangan bo'lib, bunda dozani, Lenzetto preparati bilan uzluksiz davolashning kamida 4 xaftasi o'tgach oshirish mumkin. Maksimal sutkalik doza bilak terisiga 3 marta sepishni (sutkada 4,59 mg ni) tashkil etadi. Dozani oshirish shifokor bilan kelishilgan bo'lishi lozim. Bilakning alohida, yopilmaydigan sohalariga preparatni buyurilgan dozada sepish qiyinchilik tug'dirayotgan pasientlarga, Lenzetto preparati boshqa bilakning teri sohalariga sepilishi yoki son qismining ichki yuzasining terisiga sepilishi mumkin. 
Postmenopauza simptomlarini davolashni boshlash va davom ettirish uchun, eng past samarali dozani eng qisqa vaqt davomida buyurish lozim. Agar dozani oshirgandan so'ng postmenopauza simptomlarini yaqqolligi kamaymasa, pasient avvalgi dozaga qaytishi lozim.
Davolashni davom ettirishni maqsadga muvofiqligi har 3-6 oyda baholanishi lozim.
Bachadoni saqlanib qolingan ayollarga postmenopauza davrida tarkibida estrogen saqlagan preparat buyurilganda, endometriy rakini rivojlanish xavfini kamaytirish uchun majmuaviy estrogen-progestagen terapiyasi uchun mo'ljallangan progestagen bilan davolashni boshlash lozim. Faqat majmuaviy estrogen-progestagen terapiyasi uchun mo'ljallangan ro'yxatga kiritilgan progestagen bilan davolash kerak.
Bachadoni saqlab kolingan ayollar
Bachadoni saqlab qolingan ayollarga Lenzetto preparatini, estrogen-progestagen terapiyasini o'tkazish uchun mo'ljallangan progestagen bilan birga buyurish lozim.
Progestagen har 28 kunlik tsikl davomida kamida 12-14 kun davomida uzluksiz-ketma ket qabul qilish tartibida, estrogen - uzluksiz qabul qilinadi.
Avval o'rinbosar gormonal terapiya qabul qilmagan pasientlarga, shuningdek O'GT ning boshqa (tsiklli, uzluksiz yoki doimiy) turlaridan o'tayotgan pasientlarga davolashni qanday boshlash to'g'risida tavsiyalar berish lozim.
Estrogenni progestagen bilan majmuada qabul qilish davrida qindan shiddatli qon ketishlari yuz berishi mumkin. Yangi 28 kunlik davolash tsikli preparatlarni qo'llashda tanaffussiz boshlanadi.
Bachadoni olib tashlangan ayollarda
Agar ayolda ilgari endometrioz diagnostika qilinmagan bo'lsa, unda progestagenni qo'shimcha tarzda qo'llash tavsiya etilmaydi.
Dozani o'tkazib yuborish
Doza o'tkazib yuborilgan hollarda, pasient eslashi bilan o'tkazib yuborilgan dozani surtishi va preparatni ertasi kuni odatdagi vaqtda qo'llashi lozim. Agar keyingi dozani vaqti yaqinlashib qolgan bo'lsa, o'tkazib yuborilgan dozani surtmasdan keyingi dozani odatdagi vaqtda qo'llashi lozim. Agar bir eki bir necha dozani o'tkazib yuborilganda, teriga surtishdan oldin applikatorni qopqog'ini ochmasdan sepish kerak. Bachadon saqlanib qolingan ayollarda doza o'tkazib yuborilganda shiddatli qon ketishlari va surkaluvchi qonli ajralmalarni paydo bo'lish xavfi oshadi.
Qo'llash usuli 
Spreyni surtishda flakonni qat'iy vertikal holatda ushlab turish lozim. Yangi applikatorni birinchi marta qo'llaganda uning to'ldirish, spreyni birinchi uchta dozasini qopqocha ichiga chiqarish lozim.
Sutkalik doza – spreyning fiksasiyalangan dozasini bilakning ichki yuzasiga surtiladi. Agar buyurilgan sutkalik doza ikkita eki uchta fiksasiyalangan dozani tashki qilsa unda bilakning ichki terisining qo'shni yopilmaydigan sohalari (20 sm2ga yaqin maydon) ga surtish lozim. Suyuqlikni to'liq qurishi uchun taxminan 2 minut kutish lozim. Kamida 
60 minut davomida ishlov berilgan teri sohalarini suv bilan kontaktda bo'lishiga yo'l qo'ymaslik lozim. Preparat sepilgan joyga boshqa shaxslar tegishini oldini olish maqsadida qurigandan so'ng kiyim bilan yopish lozim. Preparat sepilganidan so'ng boshqa shaxslar tomonidan 60 minut mobaynida ishlov berilgan sohalarga tegish mumkin emas. 
Lenzetto preparati sepilgan teri sohalariga bolalarni tegishiga yo'l qo'ymaslik lozim. Agar bola bunday sohaga tegib ketsa, bolaning terisini shu sohasini sovun bilan iloji boricha tezroq yuvish lozim.
Lenzetto preparati bilan ishlov berilgan teri sohalarini uy xayvonlari tomonidan yalashi yoki tegishiga yo'l qo'ymaslik lozim. Katta bo'lmagan uy xayvonlari estrogenlar ta'siriga ta'sirchan bo'lishlari mumkin. Uy xayvonida sut bezlari/so'rgichni kattalashishi va/yoki vulvani shishganlik yoki boshqa buzilishlar aniqlangan hollarda veterinarga murojaat qilish lozim.
Lenzetto preparatini son terisiga sepilganda estradiolni so'rilishi bilak terisining yuzasidan so'rilish darajasi bilan teng, lekin preparatni qorinning old devori terisiga sepilganidan keyingi so'rilishiga nisbatan pastroq.Bilakning alohida, yopilmaydigan sohalariga belgilangan dozadagi preparatni sepish qiyinchilik tug'dirayotgan pasientlar, Lenzetto preparatini boshqa bilak terisining sohalariga sepishlari yoki son qismining ichki yuzasining teri sohalariga sepishlari mumkin.

Teri xaroratini oshishi
Atrof muhit xaroratini ko'tarilishi (masalan, hammom/saunada yoki oftobda qorayish) Lenzetto preparatining so'rilish darajasiga deyarli ta'sir etmaydi. Biroq Lenzetto preparatini atrof muhit xarorati ko'tarilganda, ya'ni hammom/saunada yoki oftobda qorayishda extiyotkorlik bilan qo'llash lozim.  
Teriga quyosh nuridan himoya qiluvchi vositalarni surtish
Lenzetto preparati sepilgan joyga quyosh nuridan himoya qiluvchi vositalar, u qo'llanganidan keyin kamida 1 soatdan so'ng surtilganda, estradiolning so'rilish darajasi 10% ga pasayishi mumkin. Quyosh nuridan himoya qiluvchi vositalarni preparatni applikasiya sohasiga Lenzetto preparati sepilgandan bir soat oldin qo'llanilishi so'rilish darajasini pasaytirmadi.
Ortiqcha tana vazni va semizlik 
Ortiqcha tanaza vazniga ega bo'lgan yoki semizlik bilan xastalangan ayollarda Lenzetto preparatining so'rilish darajasi pasayishi mumkinligi to'g'risidagi ma'lumotlar cheklangan. Davolanish paytida preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin. Dozani o'zgartirishni davolovchi shifokor bilan kelishish lozim.
Bollarda qo'llanishi
Lenzetto preparatini bollarda qo'llash mumkin emas.
Keksa yoshdagi (65 yoshdan oshgan)pasientlar
65 yoshdan oshgan ayollarni davolash tajribasi cheklangan.

Simptomlar: estrogenlarning yuqori dozalari qabul qilinganidan so'ng yaqqol namoyon bo'lgan nojo'yareaktsiyalar aniqlanmagan. Estrogenlarning dozasi oshirib yuborilganda ko'ngil aynishi, qusish, sut bezlarida og'riq, bosh aylanishi, qorinda og'riq, uyquchanlik/ charchoqhissi va "bekor qilish" oqibatidagi qon ketishlari paydo bo'lishi mumkin.

Davolash: Lenzetto preparatini bekor qilish, simptomatik davolashni o'tkazish kerak.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

LENZETTO sprey 1,53mg/8,1ml N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
LENZETTO sprey 1,53mg/8,1ml N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
LENZETTO sprey 1,53mg/8,1ml N1 dori vositasi Гедеон Рихтер, ОАО, Венгрия произведено: Гедеон Рихтер Румыния А.О. tomonidan Ruminiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
LENZETTO sprey 1,53mg/8,1ml N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
LENZETTO sprey 1,53mg/8,1ml N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori