Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
156 000 s`om dan
Dorixonalardan izlashQO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
LETROZOL
LETROZOL
Preparatning savdo nomi: Letrozol
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): letrozol (letrozole)
Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi:
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: letrozol – 2,5 mg;
yordamchi moddalar: natriy karboksimetilkraxmal, o‘ta jelatinlangan kraxmal, kolloid kremniy dioksidi, laktoza monogidrati 200 (sut qandi), magniy stearati, mikrokristall sellyuloza 101 turi,
plyonka qobig‘i: Advantiya Praym 144900VA01 (gipromelloza, titan dioksidi, makrogol, temir (II) oksidi bo‘yovchisi).
Ta‘rifi: dumaloq, ikki tomonlama qavariq, krem tusli och sariq rangli, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, ko‘ndalang kesimida yupqa plyonka qobig‘i va oq yoki deyarli oq rangli yadrosi ko‘rinadi.
Farmakoterapevtik guruhi: o‘smalarga qarshi vosita, estrogenlar sintezini ingibitori.
ATX kodi: L02BG04
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Letrozol antiestrogen ta‘sir ko‘rsatadi, estrogenlar sintezini fermenti bo‘lgan aromatazani, ushbu fermentning subbirligi – sitoxrom R450 gemi bilan yuqori spesifik raqobatli bog‘lanishi hisobiga, selektiv ingibisiya qiladi. Estrogenlar sintezini ham periferik, ham o‘sma to‘qimalarida bloklaydi.
Ayollarda postmenopauza davrida estrogenlar asosan buyrak usti bezlarida sintezlanadigan androgenlarni (birinchi navbatda, androstendion va testosteron) estron va estradiolga aylantiradigan aromataza fermenti ishtirokida hosil bo‘ladi. Letrozol preparatini 0,1-5 mg dozada har kuni qabul qilish, qon plazmasida estradiol, estron va estron sulfatning konsentrasiyasini dastlabki miqdoridan 75-95% ga pasayishiga olib keladi. Estrogenlar sintezining supressiyasi butun davolash davri davomida saqlanib turadi.
Letrozol 0,1 mg dan 5 mg gacha dozalarda qo‘llanganida buyrak usti bezlaridagi steroid gormonlar sintezini buzilishi kuzatilmaydi, adrenokortikotrop gormon (AKTG) bilan o‘tkazilgan sinama aldosteron yoki kortizol sintezini buzilishini aniqlamaydi. Glyukokortikosteroidlar va mineralokortikosteroidlarni qo‘shimcha ravishda buyurish tavsiya etilmaydi. Estrogenlar sintezini bloklanishi estrogenlarning o‘tmishdoshi bo‘lgan androgenlarni to‘planishiga olib kelmaydi. Letrozolni qabul qilish fonida qon plazmasida lyuteinlovchi va follikulalarni rag‘batlantiruvchi gormonlarning konsentrasiyasini o‘zgarishlari, qalqonsimon bez faoliyatini o‘zgarishlari, lipidlar profilini o‘zgarishi, miokard infarkti va insultni rivojlanish tez-tezligini oshishi kuzatilmagan.
Farmakokinetikasi
Letrozol me‘da-ichak yo‘llari (MIY) dan tez va to‘liq so‘riladi, biokiraolishligi – taxminan 99% ni tashkil etadi. Ovqatlanish so‘rilish tezligini biroz pasaytiradi. Qonda letrozolning maksimal konsentrasiyasiga erishish vaqti (TCmax) – letrozolni och qoringa qabul qilinganida taxminan 1 soatni va ovqat bilan birga qabul qilinganida taxminan 2 soatni tashkil etadi. Muvozanatli konsentrasiyasiga 2,5 mg sutkalik dozada har kuni qabul qilinganida 2-6 haftadan keyin erishiladi. Plazma oqsillari (asosan albuminlar) bilan bog‘lanishi – taxminan 60% ni tashkil etadi. Eritrositlarda letrozolning konsentrasiyasi plazmadagi konsentrasiyasining taxminan 80% ni tashkil etadi. Muvozanatli holatda taxminiy taqsimlanish hajmi – o‘rtacha 1,5-2 l/kg ni tashkil etadi.
Preparat uzoq muddat qo‘llanganida organizmda to‘planishi kuzatilmaydi.
CYP3A4 va CYP2A6 izofermentlari ta‘sirida ahamiyatli darajada metabolizmga uchrab, farmakologik jihatdan nofaol karbinol birikmasini hosil qiladi.
Asosan buyraklar orqali metabolitlar holida, kamroq darajada esa ichak orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) taxminan 48 soatni tashkil etadi.
O‘rtacha darajadagi jigar yetishmovchiligida (Chayld-Pyu tasnifi bo‘yicha V sinfi) “konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydon (AUC) ni 37% ga oshishi kuzatilgan, biroq bunday ko‘tarilish jigar faoliyatini buzilishi bo‘lmagan shaxslarda kuzatiladigan qiymatlar diapazonida qoladi. Jigar sirrozi bo‘lgan bemorlarda va og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligida (Chayld-Pyu tasnifi bo‘yicha S sinf) AUC 95% ga va T1/2 187% ga oshadi.
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Ovqatlanishdan qat‘iy nazar ichga qabul qilinadi.
Tavsiya etilgan dozasi 2,5 mg ni tashkil etadi, har kuni sutkada 1 marta qabul qilinadi. Davolash uzoq vaqt davom etadi. Uzaytirilgan ad‘yuvant terapiya sifatida, davolash 5 yil (ammo 5 yildan ko‘p emas) mobaynida davom etishi kerak.
Kasallikni avj olib borish belgilari paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Keksa yoshdagi pasientlarda preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Jigar yoki buyrak faoliyatini buzilishlarida (kreatinin klirensi minutiga ≥10 ml) preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi, shunday bo‘lsa ham, og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pyu tasnifi bo‘yicha S sinf) va og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasient ayollar doimiy kuzatuvda bo‘lishlari kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Nojo‘ya reaksiyalar, ular qayd etilgan tez-tezligiga qarab, quyidagi gradasiyalarga muvofiq sanab o‘tilgan: juda tez-tez (> 10%); tez-tez (> 1% va < 10%); tez-tez emas (≥ 0,1% va < 1%); kam hollarda (> 0,01% va < 0,1%); juda kam hollarda (< 0,01%), shu jumladan ayrim xabarlar.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – ko‘ngil aynishi, qusish, dispepsiya, qabziyat, diareya, anoreksiya; tez-tez emas – qorinda og‘riq, stomatit, og‘izni qurishi, “jigar” fermentlari faolligini oshishi; juda kam hollarda – gepatit.
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, depressiya; tez-tez emas – xavotirlik hissi, asabiylik, ta‘sirchanlik, uyquchanlik, uyqusizlik, xotirani yomonlashishi, dizesteziya, paresteziya, gipesteziya, ta‘m bilishni buzilishi, bosh miyada qon aylanishini buzilish hurujlari.
Qon yaratish a‘zolari tomonidan: tez-tez emas – leykopeniya.
Yurak qon-tomir tizimi tomonidan: tez-tez emas – yurak urishini his etish, taxikardiya, yuza va chuqur venalar trombozi, arterial bosimni oshishi, yurak-qon tomir tizimining ishemik buzilishlari (stenokardiya, miokard infarkti, yurak yetishmovchiligi); kam hollarda – tromboemboliya, o‘pka arteriyalari emboliyasi, arteriyalar trombozi, insult.
Nafas tizimi tomonidan: tez-tez emas – hansirash, yo‘tal.
Teri va teri osti yog‘ kletchatkasi tomonidan: tez-tez – alopesiya, kuchli terlash, teri toshmasi (shu jumladan, eritematoz, makulopapulyoz, vezikulyar toshma, psoriazsimon toshma); tez-tez emas – terini qichishishi, terini qurishi, eshakemi; juda kam hollarda – angionevrotik shish, anafilaktik reaksiyalar, Layell sindromi (toksik epidermal nekroliz), Stivens-Djonson sindromi (havfli ekssudativ eritema).
Suyak-mushak tizimi tomonidan: juda tez-tez – artralgiya; tez-tez – mialgiya, ossalgiya, osteoporoz, suyaklarni sinishi; tez-tez emas – artrit.
Sezgi a‘zolari tomonidan: tez-tez emas – katarakta, ko‘zlarni ta‘sirlanishi, ko‘rishni noaniqligi, ta‘m bilish hissini buzilishi.
Siydik tanosil tizimi tomonidan: tez-tez emas – tez-tez siyish, siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalari, vaginal qon ketishlar, qindan ajralmalarni ajralishi, qin shilliq qavatini qurishi, sut bezida og‘riq.
Boshqalar: juda tez-tez – “qizib ketish” hissi; tez-tez – kuchli toliqish, asteniya, lohaslik, periferik shishlar, tana vaznini oshishi, ishtahani oshishi; tez-tez emas – tana vaznini kamayishi, giperxolesterinemiya, chanqoqlik, gipertermiya, shilliq qavatlarni qurishi, tarqoq shishlar, o‘smalar joylashgan o‘choqlarda og‘riq.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Ehtiyotkorlik bilan
Kreatinin klirensi minutiga 10 ml kam bo‘lgan surunkali buyrak yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Hozirgi vaqtda letrozolni o‘smalarga qarshi boshqa vositalar bilan majmuada qo‘llash bo‘yicha klinik tajribalar mavjud emas. Letrozol va tamoksifen sutkada 20 mg dozada bir vaqtda qo‘llanganida letrozolning plazmadagi konsentrasiyasini 38% ga kamayishi kuzatilgan.
Letrozolni varfarin va simetidin bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘siri kuzatilmagan.
Letrozol CYP2A6 va CYP2C19 izofermentlarining faolligini susaytiradi. Garchi CYP2A6 izofermenti dori preparatlarining metabolizmida ahamiyatli rol o‘ynamasligi tufayli, metabolizmida CYP2A6 izofermenti ishtirok etuvchi dori preparatlar bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘sir kutilmaydi. In vitro sharoitlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar, letrozol, muvozanatli konsentrasiyalardan 100 marta yuqori konsentrasiyalarda qo‘llanganida, diazepamning (CYP2C19 izofermentining substrati) metabolizmini ahamiyatli susaytirmasligini ko‘rsatdi. Shunday qilib, metabolizmida CYP2C19 izofermenti ishtirok etadigan dori preparatlari bilan klinik jihatdan ahamiyatli o‘zaro ta‘sir qilish ehtimoli kam. Shunga qaramay, letrozol va asosan yuqorida nomi keltirilgan izofermentlar ishtirokida metabolizmga uchraydigan va tor terapevtik diapazoniga ega bo‘lgan preparatlar birga qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasient ayollar preparat bilan davolanish vaqtida doimiy kuzatuvda bo‘lishlari kerak.
Perimenopauza va erta postmenopauza davrlarida homiladorlik kuzatilishi mumkinligini inobatga olib, preparat bilan davolanish vaqtida ayollar barqaror postmenopauzal gormonal daraja aniqlangunicha ishonchli kontrasepsiya usullaridan foydalanishlari kerak.
Preparatning, umumiy holsizlik va bosh aylanishi kabi ba‘zi nojo‘ya samaralari avtotransportni haydash va diqqatni jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi potensial havfli faoliyat turlarini bajarish qobiliyatiga ta‘sir qilishi mumkin. Shu sababli transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Letrozolning dozasini oshirib yuborilishi yuzasidan ayrim xabarlar mavjud. Bunda dozani oshirib yuborilishining spesifik simptomlari mavjud emas. Dozani oshirib yuborilishini spesifik davolash usullari ma‘lumotlar cheklanganligi sababli noma‘lum. Dozasi oshirib yuborilganida qusishni chaqirish va simptomatik hamda tutib turuvchi davolashni o‘tkazish tavsiya etiladi. Letrozol plazmadan gemodializ yordamida chiqariladi.
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 2,5 mg.
30 tabletka dori vositalari uchun mo‘ljallangan polimer bankalarda.
Bankadagi bo‘shliq gigroskopik tibbiy paxta bilan to‘ldiriladi.
Har bir banka davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalari bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.