×
×
  • LEVEBREYN tabletkalari 250mg N30

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LEVEBREYN tabletkalari 250mg N30

Kategoriya:
- Antiepileptik vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Turkiya
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- World Medicine Ilac San. ve Tic.A.S.
ATX kodi:
- N03AX14
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

22 500 s`om dan
KARBAMAZEPIN tabletkalari 200mg N50 Rusan Pharma LTD Hindiston
22 400 s`om dan
KARBALEKS tabletkalari 200mg N50 Валеант, ООО, Россия Gerot Pharmazeutika GmbH Avstriya
66 000 s`om dan
OKSAPIN tabletkalari 300mg N30 Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
35 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
LEVEBREYN tabletkalari 250mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

LEVEBREYN

LEVEBRAIN

Preparatning savdo nomi: Levebreyn

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): levetirasetam

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 250 mg, 500 mg yoki 1000 mg levetirasetam,

yordamchi moddalar: suvsiz kolloid kremniy dioksid, talk, povidon K30, qisman jelatilangan makkajo‘xori kraxmali, magniy stearati.

Qobig‘ining tarkibi:

Levebreyn 250 mg: Opadri® II ko‘k 85F20400 (qisman gidrolizlangan polivinil spirti, makrogol, titan dioksidi, talk, indigokarmin alyumin laki).

Levebreyn 500 mg: Opadri sariq 02F22025 (gipromelloza, titan dioksidi, makrogol 6000, temir II oksidi, talk).

Levebreyn 1000 mg: Opadri® II oq 85F18422 (qisman gidrolizlangan polivinil spirti, makrogol, titan dioksidi, talk).

Ta‘rifi:

Levebreyn 250 mg: oval shaklli, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida bo‘lish uchun riskasi bo‘lgan ko‘k rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Levebreyn 500 mg: oval shaklli ikki tomonlama qavariq, bir tomonida bo‘lish uchun riskasi bo‘lgan, sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Levebreyn 1000 mg: oval shaklli ikki tomonlama qavariq, bir tomonida bo‘lish uchun riskasi bo‘lgan, oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: tutqanoqqa qarshi vosita.

ATX kodi: N03AX14

Farmakologik hususiyatlari

Levetirasetam – Levebreyn preparatining faol moddasi bo‘lib, pirrolidonning hosilasidir. Levetirasetamning ta‘sir mexanizmi oxirigacha o‘rganilmagan, ammo kimyoviy tuzilishini ma‘lum tutqanoqqa qarshi preparatlarning tuzilishidan ahamiyatli darajada farq qiladi. Taxmin qilingan ta‘sir mexanizmidan biri bosh va orqa miyaning kulrang moddasida saqlangan SV2A sinaptik vezikulalardagi glikoprotein bilan bog‘lanishi isbotlangan dalillarga asoslangan. Shu orqali tutqanoqqa qarshi samarasi namoyon bo‘ladi, ya‘ni neyronlar faolligini gipersinxronizasiyasiga qarshi ta‘siri bilan ifodalangan deb hisoblanadi. Shuningdek levetirasetam GAMK reseptorlariga va glisin reseptorlariga ta‘sir ko‘rsatib, ushbu reseptorlarni turli endogen agentlar orqali o‘zgartiradi. Normal neyrotransmissiyani o‘zgartirmaydi, biroq GAMK-antagonisti bikukulin induksiya qilgan epileptiform neyronal hurujlarni, hamda glutamat reseptorlarni qo‘zg‘alishini susaytiradi. Preparatning faolligi ham fokal, ham tarqalgan tutqanoq xurujlari (epileptiform ko‘rinishlar/fotoparoksizmal reaksiyalar) ga nisbatan nomayon bo‘lishi tasdiqlangan.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganidan so‘ng levetirasetam me‘da-ichak yo‘llari (MIY) dan yaxshi so‘riladi. So‘rilishi to‘liq amalga oshadi. So‘rilish darajasi preparatning dozasi va ovqat iste‘mol qilish vaqtiga bog‘liq emas. Biokiraolishligi taxminan 100% ni tashkil etadi. Plazmada maksimal konsentrasiyasiga levetirasetam 1000 mg dozada peroral qabul qilinganidan so‘ng 1,3 soatdan keyin erishadi va bir marta qabul qilinganida 31 mkg/ml ni, takroran qabul qilinganidan (sutkada 2 marta) so‘ng – 43 mkg/ml ni tashkil etadi. Muvozanat holatiga preparat ikki marta qabul qilinganida 2 sutkadan keyin erishiladi. Bolalarda maksimal konsentrasiyasiga 0,5-1 soatdan keyin erishadi.

Levetirasetam va uning asosiy metabolitini plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 10% dan kamroqni tashkil etadi. Taqsimlanish hajmi taxminan 0,5-0,7 l/kg ni tashkil etadi.

Farmakologik jihatdan faol bo‘lmagan birlamchi metabolitini (UCB L057) hosil bo‘lishi jigarning sitoxrom R450 ishtirokisiz kuzatiladi. Levetirasetam gepatositlarning fermentativ faolligiga ta‘sir qilmaydi.

Katta odamning qon plazmasidan yarim chiqarilish davri 7±1 soatni tashkil etadi va yuborish usuli va dozalash tartibiga bog‘liq emas. Umumiy klirensining o‘rtacha kattaligi 0,96 ml/min/kg ni tashkil etadi. Preparatning 95% buyraklar orqali chiqariladi. Levetirasetam va uning metabolitini buyrak klirensi muvofiq ravishda 0,6 ml/min/kg va 4,2 ml/min/kg ni tashkil etadi.

Keksa yoshdagi pasientlarda yarim chiqarilish davri 10-11 soatni tashkil etadi, bu holat ushbu odamlar toifasida buyrak faoliyatini buzilishi bilan bog‘liq. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda levetirasetam va uning birlamchi metabolitini klirensi kreatinin klirensi bilan o‘zgaradi. Shuning uchun buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga kreatinin klirensiga qarab dozani tanlash tavsiya etiladi. Katta yoshdagi pasientlarda buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichida preparatning yarim chiqarilish davri dializ seanslari orasidagi davrda 25 soat va dializ vaqtida 3,1 soatni tashkil etadi. 4-soatlik dializ seansi davomida 51% gacha bo‘lgan levetirasetam organizmdan chiqariladi.

Jigar faoliyatini yengil va o‘rtacha darajada buzilishi bo‘lgan pasientlarda levetirasetamning klirensini ahamiyatli o‘zgarishlari kuzatilmaydi. Jigar faoliyatini og‘ir darajadagi buzilishlari bo‘lgan ko‘pchilik pasientlarda yondosh buyrak yetishmovchiligida levetirasetamning klirensi 50% dan ko‘proq foizga pasayadi.

Bolalarda preparat tana vazniga 20 mg/kg dozada bir marta peroral qabul qilinganidan so‘ng yarim chiqarilish davri 5-6 soatni tashkil etadi. Bolalarda levetirasetamning umumiy klirensi kattalarga nisbatan taxminan 40% ga yuqori va tana vazniga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi.

Qo‘llanilishi

Monoterapiya (birinchi tanlov preparati) sifatida quyilagilarni davolashda:

  • yana tutqanoq tashxisi qo‘yilgan kattalar va 16 yoshdan oshgan o‘smirlarda ikkilamchi tarqoq yoki usiz kechuvchi parsial hurujlarni davolashda qo‘llanadi.

Majmuaviy davolash tarkibida quyidagilarni davolashda:

  • tutqanoq bilan xastalangan, kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarda ikkilamchi tarqoq va usiz kechuvchi parsial hurujlar;
  • yuvenil mioklonik tutqanoq bilan xastalangan kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlardagi mioklonik tirishishlar;
  • idiopatik tarqoq tutqanoq bilan xastalangan kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlarda birlamchi-tarqoq tirishish (toniko-klonik) hurujlarni davolash uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Levebreyn, ovqatlanishdan qat‘iy nazar, ichga yetarli miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilinadi. Preparatning sutkalik dozasi bir xil dozalardan ikki marta qabul qilishga bo‘linadi.

Monoterapiya sifatida:

Kattalar va 16 yoshdan oshgan o‘smirlarni davolashni 500 mg sutkalik doza bilan boshlash kerak, 2 marta (250 mg dan sutkada 2 marta) qabul qilishga bo‘linadi. 2 haftadan keyin boshlang‘ich terapevtik doza 1000 mg gacha (500 mg dan sutkada 2 marta) oshirilishi mumkin. Maksimal sutkalik dozasi 3000 mg (1500 mg dan sutkada 2 marta) ni tashkil etadi.

Majmuaviy davolash tarkibida

Kattalar va tana vazni 50 kg dan ortiq bo‘lgan o‘smirlarga (12 yoshdan 16 yoshgacha) davolashni 1000 mg sutkalik doza bilan boshlash kerak, 2 marta (500 mg dan sutkada 2 marta) qabul qilishga bo‘linadi. Klinik javob reaksiyasi va preparatni o‘zlashtirilishiga qarab sutkalik doza maksimal 3000 mg (1500 mg dan sutkada 2 marta) gacha oshirilishi mumkin. Dozani 500 mg sutkada 2 martaga o‘zgartirish har 2-4 haftada amalga oshirilishi mumkin.

6 yoshdan oshgan bolalarga va tana vazni 50 kg dan kam bo‘lgan o‘smirlarga (12 yoshdan 16 yoshgacha)

Pasientning tana vazni va kerakli terapevtik dozasiga qarab shifokor preparatni eng to‘g‘ri keladigan dori shakli va dozada buyurishi kerak.

Tana vazni 20 kg yoki undan kam bo‘lgan bolalarga yoki 6 yoshdan kichik bolalarga davolashni preparatning ichga qabul qilish eritma shaklini qabul qilish bilan boshlash kerak.

Davolashni tana vazniga 20 mg/kg sutkalik dozasi bilan boshlash kerak, 2 marta (tana vazniga 10 mg/kg dan sutkada 2 marta) qabul qilishga bo‘linadi. Dozasini tana vazniga
20 mg/kg ga o‘zgartirishni tana vazniga tavsiya etilgan 60 mg/kg (tana vazniga 30 mg/kg dan sutkada 2 marta) erishilgunicha har 2 haftada amalga oshirilishi mumkin. Tavsiya etilgan sutkalik dozasi o‘zlashtira olinmaganida uni pasaytirish mumkin. Minimal samarali dozani qo‘llash kerak.

Tana vazni 50 kg dan ortiq bo‘lgan bolalarga dozalash kattalar uchun keltirilgan sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.

Levetirasetam organizmdan buyrak orqali chiqarilganligi tufayli, preparat buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga va keksa yoshdagi pasientlarga buyurilganida preparatning dozasini kreatinin klirensi (KK) ga muvofiq ravishda tuzatish kiritish kerak.

Buyrak yetishmovchiligi KK (ml/min/1,73 m2) Dozalash tartibi
Norma > 80 500-1500 mg sutkada 2 marta
Latent 50-79 500-1000 mg sutkada 2 marta
Kompensasiyalangan 30-49 250-750 mg sutkada 2 marta
Vaqti-vaqi bilan avj olib turuvchi < 30 250-500 mg sutkada 2 marta
Terminal bosqichi

(dializdagi pasientlar*)

500-1000 mg sutkada 1 marta**

* Davolashning birinchi kunida 750 mg to‘yintiruvchi dozani qabul qilish tavsiya etiladi.

** Dializdan so‘ng qo‘shimcha 250-500 mg dozalarni qabul qilish tavsiya etiladi.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bolalarga levetirasetamning dozasiga buyrak yetishmovchiligining darajasini inobatga olgan holda tuzatish kiritish kerak.

Bolalar va tana vazni 50 kg dan kam va buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan o‘smirlar uchun preparatni dozalash tartibi:

Buyrak yetishmovchiligi KK (ml/min/1,73 m2) Dozalash tartibi
Norma > 80 10-30 mg/kg sutkada 2 marta
Latent 50-79 10-20 mg/kg sutkada 2 marta
Kompensasiyalangan 30-49 5-15 mg/kg sutkada 2 marta
Vaqti-vaqi bilan avj olib turuvchi < 30 5-10 mg/kg sutkada 2 marta
Terminal bosqichi

(dializdagi pasientlar)

10-20 mg/kg sutkada 1 marta (*) (**)

* Davolashning birinchi kunida tana vazniga 15 mg/kg to‘yingan dozada qabul qilish tavsiya etiladi.

** Dializdan so‘ng qo‘shimcha 5-10 mg/kg dozalarni qabul qilish tavsiya etiladi.

Jigar faoliyatini yengil va o‘rtacha darajada buzilishi bo‘lgan pasientlarni dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Jigar faoliyatini dekompensasiyalangan buzilishi va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda KK ni pasayish darajasi buyrak yetishmovchiligining og‘irlik darajasini to‘la-to‘kis aks etmasligi mumkin. Bunday holatlarda KK < 60 ml/min/1,73 m2 bo‘lganida sutkalik dozasini 50% ga kamaytirish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya samaralarni rivojlanish tezligini quyida keltirilgan ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlangan: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez ( ≥ 1/100 dan < 1/10 gacha), tez-tez emas ( ≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha), kam hollarda ( ≥ 1/10000 dan < 1/1000 gacha).

Nerv tizimi tomonidan: juda tez-tez – uyquchanlik, bosh og‘rig‘i, tez-tez – tirishishlar, muvozanatni buzilishi, bosh aylanishi, holsizlik, tremor; tez-tez emas – amneziya, xotirani yomonlashishi, koordinasiyani buzilishi/ataksiya, paresteziyalar, diqqatni buzilishi; kam hollarda – xoreoatetoz, diskineziya, giperkineziya.

Ruhiyatni buzilishlari: tez-tez – depressiya, adovat/tajovuzkorlik, havotirlik, uyqusizlik, asabiylik / ta‘sirchanlik; tez-tez emas – siuqasdlik harakatlari va suiqasdlik maqsadlar, ongni chalkashishi, gallyusinasiyalar, g‘azab, emosional labillik, kayfiyatni o‘zgaruvchanligi; kam hollarda – suiqasdlik, shaxsni buzilishlari, fikrlashni buzilishi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – abdominal og‘riq, diareya, dispepsiya, ko‘ngil aynishi, qusish; tez-tez emas – funksional jigar sinamalarini o‘zgarishi; kam hollarda – pankreatit, jigar yetishmovchiligi, gepatit.

Metabolizm va oziqlanishni buzilishi: tez-tez – anoreksiya; tez-tez emas – tana vaznini oshishi.

Ko‘rish a‘zolari tomonidan: tez-tez emas – diplopiya, akkomodasiyani buzilishi.

Nafas tizimi tomonidan: tez-tez – yo‘talni kuchayishi.

Teri qoplamlari tomonidan: tez-tez – teri toshmasi; tez-tez emas – alopesiya, ekzema, qichishish; kam hollarda – toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi, eritema.

Laborator ko‘rsatkichlarni o‘zgarishi: tez-tez emas – trombositopeniya, leykopeniya; kam hollarda – pansitopeniya, neytropeniya.

Boshqalar: juda tez-tez – nazofaringit; tez-tez – vertigo, asteniya, toliqish; tez-tez emas – mushaklarni bo‘shligi, mialgiya, jarohatlar; kam hollarda – infeksiyalar bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Levetirasetamga yoki pirrolidonning boshqa hosilalariga, shuningdek preparatning har qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlikda preparatni qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparat tutqanoqqa qarshi preparatlar (fenitoin, karbamazepin, valproat kislotasi, fenobarbital, lamotridjin, gabapentin va primidon) bilan o‘zaro ta‘sir qilmaydi. Kattalarda bo‘lgani kabi, levetirasetamni sutkada 60 mg/kg gacha bo‘lgan dozada olayotgan bolalarda dori preparatining klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘siri yuzasidan biron-bir dalillar mavjud emas.

Levetirasetam 1000 mg sutkalik dozada peroral homilaga qarshi vositalar (etinilestradiol va levonorgestrel) ning farmakokinetikasini o‘zgartirmaydi. Levetirasetam 2000 mg sutkalik dozada digoksin va varfarinning farmakokinetikasini o‘zgartirmaydi. Digoksin, peroral homilaga qarshi vositalar va varfarin levetirasetamning farmakokinetikasiga ta‘sir qilmaydi.

Topiramat bilan birga qabul qilinganida anoreksiyani rivojlanish ehtimoli oshadi.

Ovqat ta‘sirida levetirasetamning so‘rilish darajasi o‘zgarmaydi, bunda so‘rilish tezligi biroz pasayadi.

Levetirasetamni alkogol bilan o‘zaro ta‘sir qilishi yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q.

Maxsus ko‘rsatmalar

Keksa yoshdagi (65 yoshdan oshgan) pasientlarga, jigar kasalliklarining dekompensasiya bosqichida, buyrak yetishmovchiligida preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Buyrak kasalliklari va dekompensasiyalangan jigar kasalliklari bo‘lgan pasientlarga davolashni boshlashdan oldin buyrak faoliyatini tekshirish tavsiya etiladi. Buyrak faoliyati buzilganida preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin.

Agar preparatni qabul qilishni to‘xtatish talab etilsa, u holda davolashni asta-sekin bekor qilish tavsiya etiladi. Kattalar va tana vazni 50 kg dan ortiq bo‘lgan o‘smirlarga bir martalik dozani har 2-4 haftada 500 mg ga kamaytiriladi. Bolalar va tana vazni 50 kg dan kam bo‘lgan o‘smirlarga preparatning dozasini pasaytirish har 2 haftada sutkada 2 marta tana vazniga 10 mg/kg dan oshmasligi kerak.

Yondosh qo‘llanayotgan tutqanoqqa qarshi dori preparatlar (pasientlarni levetirasetamni qabul qilishga o‘tish davrida) ni asta-sekin bekor qilish afzal. Bolalarda preparatni qo‘llash yuzasidan mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar bolani rivojlanishi va jinsiy yetilishiga uning biron-bir salbiy ta‘sir qilishidan dalolat bermaydi. Biroq davolashni bolalarni ta‘lim olish qobiliyati, ularning intellektual rivojlanishi, o‘sishi, endokrin bezlarini faoliyati, jinsiy rivojlanishi va fertilligiga keyinchalik rivolanuvchi oqibatlari noma‘lumligicha qolmoqda.

Levetirasetam bilan davolanish vaqtida suiqasdlik, suiqasdlik maqsadlari va harakatlari kuzatilganligi yuzasidan ma‘lumotlar borligi sababli, depressiya yoki suiqasdlik maqsadlarining har qanday simptomlari namoyon bo‘lganida zudlik bilan davolovchi shifokorga murojaat qilishi kerakligi xaqida pasientlarni ogohlantirish kerak.

Homiladorlik va laktasiyada qo‘llanishi

Homiladorlik vaqtida preparatni buyurish mumkin emas (juda zarur bo‘lgan holatlardan tashqari), chunki homiladorlarda levetirasetamni qo‘llash havfsizligi bo‘yicha adekvat va qat‘iy nazoratli klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Levetirasetam ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi, shuning uchun preparat bilan davolanish vaqtida emizish tavsiya etilmaydi.

Pediatriyada qo‘llanishi

Levebreyn plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar preparati 6 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarga buyurilmaydi. Ushbu pasientlar guruhi uchun levetirasetamni ichga qabul qilish dori shaklini ishlatish tavsiya etiladi.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga preparatning ta‘siri alohida o‘rganilmagan. Shunday bo‘lsa ham, markaziy nerv tizimi tomonidan preparatga nisbatan turli individual sezuvchanlik borligi sababli, preparat bilan davolanish vaqtida avtotransportni haydash va diqqatni jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi potensial havfli faoliyat turlarini bajarishdan saqlanish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: uyquchanlik, havotirlik, tajovuzkorlik, ongni chalkashishi, nafas faoliyatini susayishi, koma bo‘lishi mumkin.

Davolash: o‘tkir davrida: sun‘iy ravishda qusishni chaqirish va me‘dani yuvish keyinchalik faollashtirilgan ko‘mir buyurish kerak. Levetirasetam uchun maxsus antidot yo‘q. Zarurat bo‘lganida shifoxona sharoitida gemodializ bilan bir qatorda simptomatik davolash o‘tkaziladi (levetirasetam uchun dializning samaradorligi 60% ni, uning birlamchi metaboliti uchun – 74% ni tashkil etadi).

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 10 tabletka blisterda. 3 yoki 5 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

LEVEBREYN tabletkalari 250mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
LEVEBREYN tabletkalari 250mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
LEVEBREYN tabletkalari 250mg N30 dori vositasi World Medicine Ilac San. ve Tic.A.S. tomonidan Turkiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
LEVEBREYN tabletkalari 250mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
LEVEBREYN tabletkalari 250mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
LOKULAR tabletkalari 200 mg N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: World medicine Ilaç San. ve Tic.A.Ş.
LEVEBREYN tabletkalari 500mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San. ve Tic.A.S.
LEVEBREYN tabletkalari 1000mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San. ve Tic.A.S.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9