QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
LEVITRA®
LEVITRA®
Preparatning savdo nomi: Levitra®
Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): vardenafil
Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi:
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
Faol modda: 10 mg yoki 20 mg vardenafil, bu muvofiq ravishda 11,852 mg yoki 23,705 mg vardenafil gidroxlorid trigidrati ko‘rinishidagi ta‘sir etuvchi moddaga ekvivalentdir.
Yordamchi moddalar: 6,250 mg yoki 8,850 mg krospovidon, 1,250 mg yoki 1,770 mg magniy stearati, 105,023 mg yoki 141,797 mg mikrokristallik sellyuloza, 0,625 mg yoki 0,885 mg kolloid kremniy dioksidi, 0,797 mg yoki 1,128 mg makrogol 400, 2,391 mg yoki 3,385 mg gipromelloza, 0,653 mg yoki 0,952 mg titan dioksidi (Ye 171), 0,133 mg yoki 0,188 mg temir II oksidi bo‘yovchisi (Ye 172), 0,011 mg yoki 0,015 mg temir III oksidi bo‘yovchisi (Ye 172).
Ta‘rifi: dumaloq, ikki yoqlama qavariq, biroz g‘adir-budir, och-zarg‘aldoqdan kulrang-zarg‘aldoq rangligacha bo‘lgan, bir tomonida bo‘rtib tushirilgan – Bayer firmasi xochi, boshqa tomonida – doza belgisi (muvofiq «10» yoki «20») bo‘lgan qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: erektil disfunksiyani davolash uchun vosita, 5 turkum fosfodiesteraza (FDE-5) ingibitori.
ATX kodi: G04VE.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Jinsiy olat ereksiyasi gemodinamik jarayon bo‘lib, uning asosida g‘ovaksimon tanalarning silliq mushaklarini va unda joylangan arteriolalarning bo‘shashishi yotadi.
Seksual rag‘batlantirish vaqtida g‘ovaksimon tana nervi oxirlaridan guanilatsiklaza fermentini faollashtiruvchi azot oksidi (NO) ajralib chiqadi, bu g‘ovaksimon tanalarda siklik guanozinmonofosfat (sGMF) miqdorini oshishiga olib keladi. Buning natijasida g‘ovaksimon tanalarning silliq mushaklarini bo‘shashishi yuz beradi, bu esa jinsiy olatga keladigan qon oqimini oshishiga olib keladi. SGMF darajasi bir tomondan, guanilatsiklazaning sintezi bilan, boshqa tomondan esa – sGMF ni fosfodiesterazalar tomonidan gidroliz qilinishi yo‘li orqali parchalanishi bilan boshqariladi. Eng tanilgan FDE bu sGMF ga spesifik bo‘lgan 5 tur fosfodiesterazasi (FDE 5) hisoblanadi.
SGMF ni parchalanishida qatnashadigan spesifik FDE-5 ni bloklab, vardenafil shu yo‘l orqali jinsiy rag‘batlantirish vaqtida g‘ovaksimon tanadagi endogen azot oksidining (NO) mahalliy ta‘sirini kuchayishiga olib keladi. FDE 5 ni ingibirlanishi hisobiga sGMF darajasini oshishi g‘ovaksimon tananing silliq mushaklarini bo‘shashishiga va ularda qon oqimini oshishiga olib keladi.
Bunday samara Levitra®ni seksual rag‘batlantirishga bo‘lgan tabiiy reaksiyasini oshirish qobiliyatini belgilaydi.
Vardenafil FDE5 ning kuchli va yuqori selektiv ingibitoridir (FDE5 ga nisbatan o‘rtacha ingibirlovchi konsentrasiyasi – 0,7 nM). Vardenafilning FDE5 ga nisbatan o‘rtacha ingibirlovchi faolligi boshqa taniqli FDE larga nisbatan ancha yaqqol namoyon bo‘ladi (FDE6 ga nisbatan 15 marta yuqori, FDE1 ga nisbatan 130 marta yuqori, FDE11 ga nisbatan 300 marta yuqori va FDE-2,3,4,7,8,9,10 ga qaraganda esa – 1000 marta yuqori faollikka ega).
Vardenafilni 20 mg doazada qabul qilish 15 minutdan keyinoq ereksiyani (kira olish uchun yetarli bo‘lgan ereksiyani) chaqirish xususiyatiga ega. To‘liq samaraga 25 minutdan keyin erishiladi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Ichga qabul qilingandan keyin vardenafil tez so‘riladi. Och qoringa qabul qilinganda ilk maksimal konsentrasiyasining (Smax) cho‘qqisiga 15 minutdan keyin erishiladi, biroq 90% hollarda cho‘qqi konsentrasiyaga o‘rtacha 60 minutdan keyin (30 dan 120 minutgacha) erishiladi.
Jigar orqali sezilarli birinchi o‘tish samarasi tufayli, mutloq biokirishaolishligi taxminan 15% ni tashkil qiladi. Tavsiya qilingan dozalar diapazonida (5-20 mg) «konsentrasiya-vaqt nisbatining egri chiziq ostidagi maydoni» (ECHOM) ko‘rsatkichi va Smax kattaligi doza kattaligiga proporsional ravishda oshadi.
Vardenafilni katta miqdorda yog‘ saqlovchi (57%) ovqat bilan bir vaqtda qabul qilinganida, so‘rilish tezligi maksimal konsentrasiyaga erishish vaqtini (Tmax) oshishi bilan 60 minutgacha kamayadi, Smax esa, o‘rtacha 20% ga pasayadi, ECHOM ko‘rsatkichi sezilarli o‘zgarishlarga uchramaydi. 30% dan ko‘p bo‘lmagan yog‘ saqlovchi normal ovqat bilan qabul qilinganda, vardenafilning farmakokinetik parametrlari (Smax, Tmax, ECHOM) o‘zgarmaydi. Bu ma‘lumotlarga asoslanib, vardenafilni ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar buyurish mumkin.
Taqsimlanishi
Vardenafilning farmakokinetik parametrlarini turg‘un holatdagi o‘rtacha taqsimlanish hajmi 208 l ni tashkil qiladi, bu esa uni to‘qimalarda yaxshi taqsimlanishini namoyish etadi. Vardenafil va uning asosiy metaboliti (M1) qon plazmasi oqsillari bilan yaxshi (95% gacha) bog‘lanadi, lekin uning bu xususiyati qaytuvchan bo‘lib, preparatning umumiy konsentrasiyasiga bog‘liq emas.
Metabolizmi
Vardenafil asosan sitoxrom SYR3A4 tizimi jigar fermentlari, shuningdek SYR3A5 va SYR2S9 izoformalari ishtirokida metabolizmga uchraydi. Vardenafilning o‘rtacha yarim chiqarilish davri (T1/2) 4-5 soatni, asosiy metaboliti M1 (molekulaning piperaz qismini dezetillanish yo‘li bilan hosil bo‘ladigan) ning esa – taxminan 4 soatni tashkil qiladi. Qonda kon‘yugat shaklidagi glyukuronid (glyukuron kislotasi) saqlanadi, u M1 metabolitini bir qismi bo‘lib hisoblanadi. M1 metabolitining qolgan (glyukuron bo‘lmagan) qismining konsentrasiyasi faol moddaning konsentrasiyasini 26% ni tashkil qiladi. Fosfodiesterazaga nisbatan M1 ni selektivlik (tanlab-ta‘sir) profili vardenafildagi bilan bir xil; in vitro sharoitida FDE-5 ni bostirish qobiliyati vardenafil bilan qiyoslanganda 28% ni tashkil qiladi, bu preparatning 7% samaradorligiga muvofiq keladi.
Chiqarilishi
Vardenafilning umumiy klirensi 56l/soatni tashkil qiladi, yakuniy T1/2 – taxminan 4-5 soat. Ichga qabul qilinganidan keyin vardenafil metabolitlar ko‘rinishida asosan me‘da-ichak yo‘llari (dozaning 91-95%), kamroq darajada buyrak (dozaning 2-6%) orqali chiqariladi.
Keksa yoshdagi (65 yoshdan oshgan) pasientlar. Keksa yoshdagi sog‘lom erkaklarda (65 yoshdan oshgan) yoshlarga nisbatan (45 yoshgacha) vardenafilni jigar klirensi pasaygan. O‘rtacha ECHOYU keksa yoshdagi shaxslarda 52% ga oshadi. Ammo preparatning samarasi va xavfsizligidagi farq keksa va yosh pasientlarda aniqlanmagan.
Buyrak yetishmovchiligi. Yengil (kreatinin klirensi (KK) > 55-80 ml/min) va o‘rtacha
(KK > 30-50 ml/min) darajali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda vardenafilni farmakokinetik ko‘rsatkichlari sog‘lomlardagi ko‘rsatkichlar bilan to‘g‘ri keladi. Buyrak faoliyatini og‘ir buzilishlarida (KK < 30 ml/min) ECHOYU ko‘rsatkichi o‘rtacha 21% ga oshadi, Smax 23% ga kamayadi. Kreatinin klirensi va vardenafilni plazmadagi konsentrasiyasi (ECHOYU va Smax) o‘rtasida haqqoniy korrelyasiya aniqlanmagan.
Gemodializda bo‘lgan pasientlarda vardenafilni farmakokinetikasi o‘rganilmagan.
Jigar faoliyatini buzilishi. Jigar faoliyatini biroz va o‘rtacha buzilishlari bo‘lgan pasientlarda vardenafil klirensi jigar faoliyatini buzilish darajasiga proporsional ravishda pasayadi. Jigarni yengil darajadagi yetishmovchiligida (Chayld-Pyu bo‘yicha A bosqichi) sog‘lom ko‘ngillilarga nisbatan ECHOYU va Smax ko‘rsatkichlarini 1,2 martaga (ECHOYU 17% ga Smax 22% ga), o‘rtacha (Chayld-Pyu bo‘yicha B bosqichi) – 2,6 (160%) va 2,3 (130%) marta oshishi aniqlandi.
Jigar faoliyatini og‘ir buzilishlari bo‘lgan pasientlarda (Chayld-Pyu bo‘yicha V bosqichi) vardenafilning farmakokinetikasi o‘rganilmagan.
Qo‘llanilishi
Erektil disfunksiyasi (jinsiy aloqani amalga oshirish uchun ereksiyaga erishmaslik va saqlay olmaslik).
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar, ichga qabul qilinadi. Davolanishni boshida (jinsiy aloqa qilishdan taxminan 25-60 minut oldin) tavsiya etiladigan doza
10 mg ni tashkil qiladi. Biroq, Levitra® preparatining jinsiy faollikdan 4-5 soat oldin qabul qilinganida ham samaradorligi ko‘rsatilgan. Preparatni qabul qilish maksimal tez-tezligi – sutkada 1 marta. Davolashning samaradorligi va o‘zlashtira olinishiga qarab, dozani sutkada 20 mg gacha oshirish yoki 5 mg gacha kamaytirish mumkin. Maksimal tavsiya qilinadigan doza sutkada 20 mg, 1 martani tashkil qiladi. Davolanishga adekvat reaksiyani ta‘minlash uchun seksual rag‘batlanish zarur.
Keksa yoshdagi (65 yoshdan oshgan) pasientlar
Keksa yoshdagi pasientlarda dozani to‘g‘rilash talab etilmaydi.
Bolalar (18 yoshgacha bo‘lganlar)
Levitra® preparatini ushbu yosh toifasidagi pasientlarda qo‘llash mumkin emas.
Jigar faoliyatini buzilishi
Jigar faoliyatini biroz buzilishlari (Chayld-Pyu bo‘yicha A bosqichi) bo‘lgan pasientlarda dozalash tartibini o‘zgartirish talab qilinmaydi. Jigar faoliyatini o‘rtacha buzilishlari (Chayld-Pyu bo‘yicha B bosqichi) bo‘lgan pasientlarda boshlang‘ich doza sutkada 5 mg ni tashkil qiladi. Keyinchalik davolash samaradorligi va o‘zlashtira olinishiga qarab, dozani maksimal 10 mg gacha oshirish mumkin.
Jigar faoliyatini og‘ir buzilishlari (Chayld-Pyu bo‘yicha V bosqichi) bo‘lgan pasientlarda vardenafilning farmakokinetikasi o‘rganilmagan.
Buyrak faoliyatini buzilishi
Buyrak faoliyatining biroz (KK > 50-80 ml/min), o‘rtacha (KK > 30-50 ml/min) va og‘ir (KK<30 ml/min) pasayishi bo‘lgan pasientlarda dozalash tartibini o‘zgartirish talab qilinmaydi.
CYP3A4 ingibitorlarini yondosh qabul qilayotgan pasientlar
Sitoxrom R450 (CYP)3A4 ning o‘rtacha yoki kuchli ta‘sirga ega bo‘lgan ma‘lum ingibitorlarini, masalan, ketokonazol, itrakonazol, eritromisin, klaritromisin, ritonavir va indinavirni qabul qilayotgan pasientlarda plyonka qobiq bilan qoplangan Levitra tabletkalarining dozasini to‘g‘rilash talab etilishi mumkin («Maxsus ko‘rsatmalar» va «Dorilarning o‘zaro ta‘siri» bo‘limlariga qarang).
Levitrani CYP3A4 ingibitorlari ketokonazol yoki itrakonazol bilan birga qo‘llanganda ularning dozasi kuniga 200 mg dan oshmasligi kerak. Agar ketokonazol yoki itrakonazolning dozasi kuniga 200 mg dan yuqori bo‘lsa, Levitra qo‘llanmasligi kerak.
CYP3A4 ingibitorlari eritromisin yoki klaritromisin bilan birga qo‘llanganda Levitraning dozasi 5 mg dan oshmasligi kerak.
Indinavir va Ritonavir kabi OITV proteazasi ingibitorlari birga ishlatish mumkin emas («Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar», «Maxsus ko‘rsatmalar», «Dorilarning o‘zaro ta‘siri» bo‘limlariga qarang).
Alfa-adrenoblokatorlarni yondosh qabul qilayotgan pasientlar
Alfa-blokatorlar va vardenafilning qon tomirlarini kengaytiruvchi ta‘siri tufayli, plyonka qobiq bilan qoplangan Levitra tabletkalarini alfa-blokatorlar bilan birga qabul qilish ayrim pasientlarda simptomatik gipotenziyaga olib kelishi mumkin. Birga qabul qilishni faqat, agar alfa-blokatorlar bilan davolanishda pasientda barqaror holat aniqlangandagina boshlash mumkin («Dorilarning o‘zaro ta‘siri» bo‘limiga qarang).
Levitrani alfuzozin yoki tamsulozin bilan birga istalgan paytda qabul qilish mumkin. Levitrani terazozin yoki boshqa alfa-blokatorlar bilan birga buyurilgan hollarda, Levitra va ushbu alfa-blokatorlarni qabul qilish orasidagi zarur intervalga amal qilinishi lozim («Dorilarning o‘zaro ta‘siri» bo‘limiga qarang).
Plyonka qobiq bilan qoplangan Levitra tabletkalarining optimal dozasini qabul qilayotgan pasientlar, alfa-blokatorlar bilan davolanishni eng kichik dozalarda boshlashlari kerak. Alfa-blokatorlarning dozasini asta-sekin oshirilishi, fofsodiesteraza (PDE5) ingibitorlarini, shu jumladan vardenafilni qabul qilayotgan pasientlarda arterial bosimni keyinchalik pasaytirilishi bilan kechishi mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Levitra® preparatini qo‘llash oqibatida yuz bergan nohush reaksiyalar (NR) jadvalda keltirilgan. Har bir guruhda nohush samaralar ularning og‘irlik darajasini kamayish tartibida keltirilgan. Reaksiyalar tez-tezligi quyidagicha belgilangan: «juda tez-tez (≥1/10)», «tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha)», «tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha)», «kam (≥1/10000 dan <1/1000 gacha)», «juda kam (<1/10000)».
Faqat postmarketing kuzatishlar paytida aniqlangan va ularning tez-tezligini aniqlashning iloji bo‘lmagan NR, «tez-tezligi noma‘lum» sifatida belgilangan.
Butun dunyo bo‘ylab barcha klinik sinovlarda ishtirok etgan pasientlarda aniqlangan, shu jumladan ≥0,1% pasientda aniqlangan va preparat bilan bog‘liq deb hisoblangan yoki kam uchraydigan va xarakteri bo‘yicha jiddiy bo‘lgan nohush reaksiyalar.
Tizim–a‘zolari sinfi | Juda tez-tez | Tez-tez | Tez-tez emas | Kam |
>10% | >1% va <10% | >0,1% va <1% | > 0,01% va < 0,1% | |
Infeksion va parazitar kasalliklar | Kon‘yunktivit | |||
Immun tizimi tomonidan buzilishlar | Allergik shish va angionevrotik shish | Allergik reaksiyalar | ||
Ruhiyatni buzilishlari | Uyquni buzilishlari | |||
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar | Bosh og‘rig‘i | Bosh aylanishi | Paresteziyalar va dizesteziyalar Uyquchanlik | Hushdan ketish Amneziyalar Tirishishlar |
Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar | Ko‘rishni buzilishlari
Kon‘yunktiva, ko‘z soqqasini giperemiyasi rang anglashni buzilishi Ko‘z soqqasida og‘riq va ko‘zda diskomfort hissi Fotofobiya |
Ko‘z ichiki bosimini oshishi | ||
Serdechno-sosudistaya sistema | Stenokardiya
Ishemiya miokarda |
|||
Eshitish a‘zosi tomonidan buzilishlar va labirint buzilishlari | Quloqlarni jaranglashi
Vertigo |
|||
Yurak tomonidan buzilishlar | Yurakni urib ketishi
Taxikardiya |
Stenokardiya Miokard infarkti Yurak qorinchalari taxiaritmiyalari |
||
Qon tomirlari tomonidan buzilishlar | Vazodilyatasiya | Gipotenziya | ||
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks a‘zolari tomonidan buzilishlar | Burunni bitishi | Hansirash
Burun oldi bo‘shliqlarini bitishi |
||
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar | Dispepsiya | Ko‘ngil aynishi
Qorinda og‘riq Og‘izni qurishi Diareya Gastro-ezofagial reflyuks kasallik Gastrit Qusish |
||
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar | «Jigar» transaminazalari faolligini oshishi | |||
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar | Eritema
Toshma |
|||
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar | Belda og‘riq
Kreatinfosfokinaza (KFK) faol-ligini oshishi Mushaklar tonusini oshishi va tirishishlar Mialgiya |
|||
Jinsiy a‘zolar va sut bezi tomonidan buzilishlar | Ereksiyani kuchayishi | Priapizm
|
||
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidvgi buzilishlar | Kayfiyatni yomonlashishi | Ko‘krakda og‘riq |
Vardenafilni qabul qilish vaqti va seksual faollik bilan assosiyalangan miokard infarktini rivojlanishi to‘g‘risida xabar berilgan, ammo bu kasallikni yuz berishi bevosita vardenafilni qo‘llanishi bilan yoki seksual faollik, yoki yo‘ldosh kasalliklar, yoki bu omillarning majmuasi bilan bog‘liqligi aniqlanmagan.
Ko‘ruv nervi diskining anatomik nuqsoni, 50 yoshdan oshgan, qandli diabet, gipertoniya, yurakni ishemik kasalligi, giperlipidemiya va chekish kabi yo‘ldosh omillari bo‘lgan pasientlarning ko‘pchiligida FDE5 ingibitorlari, shu jumladan Levitra® preparatini qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan, ko‘rishni buzilishiga olib keluvchi ko‘ruv nervining old ishemik neyropatiyasini (KNOIN) rivojlanish hollari to‘g‘risida kam xabarlar mavjud. KNOIN ni rivojlanishini bevosita FDE-5 ingibitorlarini qo‘llanishi, yoki yo‘ldosh qon tomir omillari, xavfi va anatomik nuqsonlar, yoki ushbu omillarni majmuasi, yoki boshqa sabablar bilan bog‘liqligi aniqlanmagan.
FDE5 ingibitorlari, shu jumladan Levitra® preparatini qabul qilish vaqti bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rishni buzilishi, shu jumladan ko‘rishni vaqtinchalik yoki barqaror yo‘qotilishi hollari to‘g‘risida habar berilgan. Bu holatlar bevosita FDE-5 ingibitorlarini qabul qilish yoki yo‘ldosh qon tomir omillari xavfi, yoki boshqa sabablar bilan bog‘liqligi aniqlanmagan.
FDE5 ingibitorlari guruhiga mansub preparatlari, shu jumladan Levitra® preparati ishlatilganida to‘satdan karlik yoki eshitishni yo‘qolishining ozgina holatlari aniqlangan. Bu holatlar bevosita FDE-5 ingibitorlarini qabul qilish yoki eshitishni yo‘qolish yo‘ldosh xavfi omillari, bu omillarning majmuasi yoki boshqa sabablar bilan bog‘liqligi aniqlanmagan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatni jinsiy olatni anatomik deformasiyasi (qiyshiq, kavernoz fibrozli, Peyroni kasalligi), priapizmga olib keluvchi kasalliklari (o‘roqsimon-hujayrali anemiya, ko‘pchilik mieloma, leykemiya) bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Qon ketishlariga va yara kasalligini zo‘rayishiga moyilligi bo‘lgan pasientlarda, preparatni faqat foyda-xavf nisbati baholangandan keyingina buyurish kerak.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
SYR ingibitorlari
Vardenafil asosan jigar sitoxrom R450 (SYR) tizimi fermentlari, ayniqsa 3A4 izoformalari, shuningdek ayrim SYR 3A5 va SYR2S izoformlari ishtirokida metabolizmga uchraydi. Bu fermentlarning ingibitorlari vardenafilning klirensini kamaytirish mumkin.
Simetidin (400 mg sutkada 2 marta): sitoxrom R450 bu nospesifik ingibitori Levitra® preparatining (20 mg) ECHOM va Smax ko‘rsatkichlarini kattaligiga ular bir vaqtda qo‘llanganda ta‘sir qilmaydi.
Eritromisin (500 mg, sutkada 3 marta): bu SYR3A4 ingibitori Levitra® preparatining (5 mg) ECHOM ko‘rsatkichini 4 marta va Smax ni 3 marta (200%) oshishini chaqiradi.
Ketokonazol (200 mg): SYR3A4 ni kuchli ingibitori bo‘lib hisoblanadi, ketokonazol Levitra® preparatining (5 mg) ECHOM ni 10 marta (900%) va Smax ni 4 marta (300%) oshishini chaqiradi.
Levitra® preparati (10 mg) va OITV proteazalari ingibitori indinavir (800 mg sutkada 3 marta) birga qo‘llanganida vardenafilning ECHOM ni 16 marta (1500%), Smax ni 7 marta (600%) oshishi aniqlangan. Qabul qilinganidan 24 soatdan keyin vardenafilni plazmadagi konsentrasiyasi uni Smax ni taxminan 4% ni tashkil qiladi.
Ritonavir (600 mg, sutkada 2 marta): Levitra® preparatining (5 mg) Smax ni 13 marta va uni ECHOM sutkalik ko‘rsatkichi yig‘indisini 49 martaga oshiradi. O‘zaro ta‘siri, SYR3A4 va SYR2S9 ni kuchli ingibitori hisoblangan ritonavirni Levitra® preparatining jigardagi metabolizmini bloklash bilan bog‘liq. Ritonavir vardenafilning T1/2 ni sezilarli, 25,7 soatgacha uzaytiradi.
Nikorandil kaliy kanallarining aktivatoridir va o‘zining tarkibida nitroguruhni saqlaydi. Nikorandilning tarkibida nitroguruhni borligi uni vardenafil bilan o‘zaro ta‘sirini yuqori ehtimolini ta‘minlaydi.
Levitra® preparatini ketokonazol, intrakonazol, indinavir va ritonavir bilan (SYR3A4 ni kuchli ingibitorlari) birga qo‘llanganda vardenafilning plazmadagi konsentrasiyasini sezilarli oshishini kutish mumkin.
Nitratlar, azot oksidi donatorlari
Levitra® preparatini (10 mg) nitrogliserinni (0,4 mg sublingval) qabul qilishdan 24-1 soat oldin qabul qilinganida uni gipotenziv samarasini kuchayishini chaqirmaydi. Nitratlarni (0,4 mg ni sublingval) qabul qilishdan 1-4 soat oldin, Levitra® preparati 20 mg dozada ularning gipotenziv ta‘sirini kuchaytiradi, ammo agar u 24 soat oldin buyurilsa gipotenziv ta‘sirni kuchayishi yuz bermaydi.
Biroq nitratlar bilan bir vaqtda qo‘llanganda vardenafilning potensial gipotenziv samaralari to‘g‘risida yetarli mavjudodlar mavjud emas. Shu boisdan ushbu majmuani qo‘llash mumkin emas.
Boshqa preparatlar:
Levitra® preparati (20 mg) glibenklamid (gliburid 3,5 m dozada) birga qo‘llanganida, glibenklamidning ECHOM va Smax ko‘rsatkichlarini o‘zgartirmaydi. Shuningdek, glibenklamid bilan bir vaqtda qo‘llanganda vardenafilning farmakodinamikasi o‘zgarmasligi ko‘rsatilgan.
Levitra® preparatini (20 mg) varfarin (25 mg) bilan birga qo‘llanganida farmakokinetik va farmakodinamik o‘zaro ta‘siri (protrombin vaqtiga va II, VII, X ivish omillariga ta‘siri) aniqlanmaydi.
Levitra® preparati (20 mg) va nifedipin (30 yoki 60 mg) o‘rtasida axamiyatli farmakokinetik o‘zaro ta‘sir aniqlanmagan. Levitra® preparati va nifedipinni birga qabul qilish ahamiyatli farmakodinamik o‘zaro ta‘sirga olib kelmagan: Levitra® preparati sistolik va diastolik arterial bosimni (AB) qo‘shimcha muvofiq ravishda o‘rtacha 5,9 mm sim. ust. va 5,2 mm sim. ust. pasayishini chaqiradi.
Alfa-blokatorlar AB ni pasayishini, ayniqsa postural gipotenziya va hushdan ketishni chaqirishi ma‘lumligi tufayli, alfa-blokatorlar va Levitra® preparatining o‘zaro ta‘siri masalasi ular birga qo‘llanganda sinchiklab o‘rganilgan.
Normotenziv ko‘ngillilar tomonidan bir vaqtda 14 kun yoki undan kam vaqt davomida alfa-blokatorlar tamsulozin yoki terazozinning jadal yuqori bilan birga plyonka qobiq bilan qoplangan Levitra tabletkalarini bir vaqtda qabul qilingandan keyin tekshiriluvchilarning ancha qismida gipotenziya, ayrim hollarda simptomatik gipotenziya to‘g‘risida xabar berilgan.
Tamsulozin bilan doimiy davolash fonida plyonka qobiq bilan qoplangan Levitra tabletkalarini 5, 10 va 20 mg dozalarda qabul qilinganda, maksimal arterial bosimni klinik ahamiyatli qo‘shimcha pasayishi kulatilmagan. Plyonka qobiq bilan qoplangan Levitra 5 mg tabletkalarini, 0,4 mg tamsulozin bilan bir vaqtda qo‘llanganda 21 pasientdan 2 nafarida turgan holatda 85 mm sim. ust. dan past sistolik bosim kuzatilgan. Plyonka qobiq bilan qoplangan Levitra 5 mg tabletkalarini, 0,4 mg tamsulozin qabul qilinganidan keyin 6 soatdan so‘ng 21 pasientdan 2 nafarida turgan holatda 85 mm sim. ust,. dan past sistolik bosim kuzatilgan.
Plyonka qobiq bilan qoplangan Levitra 5 mg tabletkalarini 5 mg yoki 10 mg dozada alfuzozin qabul qilinganidan keyin 4 soatdan so‘ng buyurilgan. To‘rt soatlik interval maksimal potensial o‘zaro ta‘sirga erishish uchun tanlangan edi. Alfuzozin qabul qilinganidan keyin 4 soatdan so‘ng, vardenafilning dozasi qabul qilinganidan keyin, vardenafil qabul qilinganidan keyin 10 soat davomida arterial bosimni klinik ahamiyatli qo‘shimcha pasayishi aniqlanmagan. Vardenafilni 5 mg dozada qabul qilinganidan keyin 30 mm simob ust. dan ortiq bo‘lgan dastlabki darajasiga nisbatan bir pasientda turgan holatda sistolik arterial bosimni pasayishi yuz bergan. Boshqa pasientda esa, vardenafilni 10 mg dozada qabul qilinganidan keyin 30 mm sim. ust. dan ortiq bo‘lgan dastlabki darajasiga nisbatan turgan holatda sistolik arterial bosimni pasayishi kuzatilgan. Bu tadqiqotda turgan holatda arterial bosimni 85 mm sim. ust. dan pastga pasayish holatlari aniqlanmagan. Ikki pasient vardenafilni 5 mg dozada qabul qilganlaridan keyin bosh aylanishi to‘g‘risida xabar berishgan. Bir pasient 10 mg vardenafilni qabul qilganidan keyin bosh aylanishini qayd etgan va bir pasient plasebo qabul qilganidan keyin bosh aylanishi to‘g‘risida xabar bergan. Ushbu tadqiqotning natijalariga asoslanib, alfuzozin va vardenafilni qabul qilish orasida intervalga amal qilish talab etilmaydi.
Bu tadqiqotda va tamsulozin yoki terazozinni qo‘llash bilan ilgariroq o‘tkazilgan tadqiqotlarda hushdan ketish holatlari bo‘lmagan.
Levitra® preparati va alfa-blokatorlarni faqat alfa-blokatorlarni qabul qilish fonida arterial bosimning barqaror ko‘rsatkichlari bo‘lgandagina birga buyurish mumkin, bunda Levitra® preparati 5 mg ni tashkil qiladigan minimal tavsiya qilingan dozada buyurish lozim. Levitra® preparatini, alfa-adrenoblokatorlar bilan, tamsulozindan tashqari, aynan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas, tamsulozinni qabul qilinishi Levitra® preparatini qabul qilish vaqti bilan to‘g‘ri kelishi mumkin. Vardenafil va boshqa alfa-adrenoblokatorlarni qabul qilish orasida vaqt intervaliga amal qilish lozim. Terazozin va Levitra® preparatini bir vaqtda buyurilganda, preparatlar orasidagi 6-soatli intervalga amal qilish lozim.
14 kundan ortiq vaqt davomida digoksinni (0,375 mg) va Levitra® preparatini (20 mg) bir vaqtda kunora qo‘llanilishi ularning o‘zaro ta‘sirlarisiz kechadi.
Maaloks® preparatini (antasid: magniya gidroksid/alyuminiy gidroksidi) bir marta qabul qilish vardenafilni ECHOM va Smax ko‘rsatkichlariga ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Shuningdek Levitra® preparatining (20 mg) biokiraolishligi xam, uni N2-reseptorlarining antagonistlari ranitidin (150 mg dan sutkada 2 marta) va simetidin (400 mg dan sutkada 2 marta) bilan birga qo‘llanganida buzilmaydi.
Levitra® preparati (10 mg va 20 mg) monoterapiya sifatida va asetilsalisil kislotasi bilan kichik dozalarda (82 mg dan 2 tabletka) qo‘llanganida qon ketishning davomiyligiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Levitra® preparati (20 mg) alkogolning gipotenziv samarasini (0,5 g/kg tana vazniga) potensiyalamaydi, vardenafilning farmakokinetikasi buzilmaydi.
Asetilsalisil kislotasi, AAF ingibitorlari, beta-adrenoblokatorlar, diuretiklar va diabetga qarshi preparatlar (sulfonilmochevina va metformin preparatlari), SYR3A4 ning kuchsiz ingibitorlari vardenafilning farmakokinetikasiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat ichga qabul qilinadi. Levitra® preparatini ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qabul qilish mumkin. Davolash samaradorligiga erishish uchun yetarli darajadagi seksual rag‘batlanish bo‘lishi kerak.
Erektil disfunksiyasini davolash uchun qo‘llanadigan preparatlarni buyurishdan oldin shifokor, yurak-qon tomir tizimining holatini baholashi kerak, chunki seksual faollik vaqtida yurak tomonidan asoratlar rivojlanishni xavfi bor. Vardenafil qon tomirlarni kengaytiruvchi xususiyatlarga ega bo‘lib, u AB biroz yoki o‘rtacha pasayishi bilan birga kechishi mumkin. Yurakning chap qorinchasidan qon oqib chiqish yo‘llarining obstruksiyasi, masalan, aortal stenoz, idiopatik gipertrofik subaortal stenozi bo‘lgan pasientlar vazodilatatorni, shu jumladan FDE-5 ingibitorlarining ta‘siriga sezuvchan bo‘lishi mumkin.
Levitra® preparatini terapevtik dozalarda (10 mg) va yuqori terapevtik dozalarda
(80 mg) ishlatilganida QT intervalini uzayishi qayd etilgan. Shu boisdan Levitra® preparatini QT intervalini tug‘ma uzayishi bo‘lgan pasientlarda va antiaritmik preparatlarning IA sinfi (xinidin, prokainamid) yoki III-sinfi (amiodaron, sotalol) preparatlarini qabul qilayotgan pasientlarda buyurish mumkin emas.
Erektil disfunksiyani boshqa davolash usullari bilan majmuada Levitra® preparatining xavfsizligi va samaradorligi o‘rganilmagan, shuning uchun ularni birga qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Levitra® preparatini va boshqa FDE-5 ingibitorlarini qabul qilish fonida ko‘rishni o‘tkinchi yo‘qotilishi va ko‘ruv nervini noarterit ishemik neyropatiyasi hollari qayd etilgan. Ko‘rishni to‘satdan yo‘qolishi yuz berganida Levitra® preparatini qabul qilishni to‘xtatish va davolovchi shifokor bilan darxol maslahatlashish kerak.
Levitra® preparatini va alfa-adrenoblokator bilan qo‘shib davolash, tegishli klinik manzara bilan birga arterial gipotenziyani rivojlanishi bilan kechishi mumkin, chunki bu preparatlar qon tomirlarni kengaytiruvchi samaraga ega. Vardenafilni va alfa-blokatorlarni birga buyurish, alfa-adrenoblokatorlarni qabul qilish fonidagi arterial bosim ko‘rsatkichlari barqaror bo‘lganidagina mumkin bo‘lib, ayni paytda Levitra® preparatini 5 mg ni tashkil qiluvchi minimal tavsiya qilinadigan dozalarda buyurish kerak. Levitra® preparatini, alfa-adrenoblokatorlar bilan, tamsulozindan tashqari, aynan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas, tamsulozinni qabul qilinishi Levitra® preparatini qabul qilish vaqti bilan to‘g‘ri kelishi mumkin. Vardenafil va boshqa alfa-adrenoblokatorlarni qabul qilish orasida vaqt intervaliga amal qilish lozim. Vardenafilni tanlangan dozalarni qabul qilish hollarida alfa-adrenoblokatorlar bilan davolashni minimal dozadan boshlash lozim. FDE-5 ingibitorlari guruhi preparatlarni olayotgan bemorlarda alfa-adrenoblokatorlar dozasini asta-sekin oshirib borish, keyinchalik arterial bosimni pasayishiga olib kelishi mumkin.
Levitra® preparatining dozasi uni eritromisin, klaritromisin, ketokonazol, itrokonazol bilan birga qo‘llanganda 5 mg dan oshmasligi kerak. Bunda ketokonazol, itrokonazolning dozasi 200 mg dan oshmasligi kerak.
Idinavir va ritonavir bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas.
Levitra® preparati qon ketishlariga moyilligi bo‘lgan pasientlarda va me‘da yara kasalligini zo‘rayishi bo‘lgan bemorlarda qo‘llanmasligi tufayli, uni bunday hollarda faqat foyda-xavf nisbati sinchkov baholangandan keyingina buyurish mumkin.
Levitra® preparati qon ketish davomiyligiga ta‘sir qilmaydi, shuningdek u bu ko‘rsatkichga asetilsalisil kislotasi bilan birga qo‘llanganda xam ta‘sir qilmaydi. Vardenafil turli preparatlar chaqirgan trombositlar agregasiyasini kuchaytirmaydi. Vardenafil terapevtik konsentrasiyadan yuqori konsentrasiyalarda, azot oksidi donatori bo‘lgan natriy nitroprussidning antiagregant ta‘sirini biroz kuchayishini chaqiradi.
Kalamushlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda vardenafil va geparin birga buyurilganida qon ketish vaqtiga ta‘siri aniqlanmagan, biroq ushbu majmuani odamda qo‘llanishi o‘rganilmagan.
Klinika oldi tadqiqotlaridan olingan xavfsizlik bo‘yicha ma‘lumotlar
Levitra® preparatining toksik (shu jumladan reproduktiv toksiklik), genotoksik va kanserogen ta‘siri aniqlanmagan.
Homiladorlikda va emizish davrida qo‘llanishi
Preparatni ayollarda, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda va bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Transport vositalarini va harakatlanuvchi mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Transport vositalari va harakatlanuvchi mexanizmlarni boshqarishdan oldin, pasientlar Levitra® preparatini qabul qilishga ularda qanday reaksiya bo‘lishini bilishlari kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda kuniga 120 mg ga yetgan bir martalik dozalarda vardenafilning sinovi o‘tkazilgan. Vardenafilning 80 mg gacha bo‘lgan bir martalik dozalari va 4 hafta davomida kuniga bir marta buyuriladigan vardenafilning 40 mg gacha bo‘lgan ko‘p martalik dozalari pasientlar tomonidan jiddiy nohush nojo‘ya reaksiyalarsiz o‘zlashtirilgan.
Biroq Vardenafilni 40 mg dozada sutkada ikki marta qo‘llanganida mushak va nerv tizimiga zaxarli ta‘siri belgilarisiz bel sohasidagi yaqqol og‘riqlar kuzatilgan.
Doza oshirib yuborilgan xollarda standart tutib turuvchi davolashni buyurish lozim. Vardenafil qon plazmasi oqsillari bilan yaxshi bog‘lanishi va preparatning faqat oz miqdorigina buyraklar orqali chiqarilishi tufayli, gemodializning samardorligining ehtimoli kam.
Chiqarilish shakli
Qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 10 mg, 20 mg.
1 yoki 4 tabletkadan Al/PP blisterda; 1 blisterdan qo‘llash yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq joyda, 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.