×
×
  • LEVOMISETIN tabletkalari 500mg N10

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LEVOMISETIN tabletkalari 500mg N10

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Qozog’iston
Faol modda:
Хлорамфеникол
Farmakologik guruhlari:
- Tizimli qo'llash uchun antibakterial preparatlar. Amfenikollar. Xloramfenikol.
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- АО «Химфарм»
Vakil:
- Polpharma S. A.
ATX kodi:
- J01BA01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 276 ta dorixonasida topildi

ico 14 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 14 500 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

IRAMOKS poroshok 100ml 250mg/5ml Cosar Pharmaceutical Co. Eron
30 000 s`om dan
AZIADJIO 200 suspenziya 15ml 200mg/5ml Agio Pharmaceutical Limited Hindiston
30 200 s`om dan
Yaroqlilik muddati (oy) 5 yil
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va alyuminiy folgali kontur uyali o'ramda.

Kontur uyali o'ramlar iste'molchilar uchun mo'ljallangan karton yoki gofrirlangan qutilarga davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo'llanishiga doir yo'riqnomasi bilan birga joylanadi. Tibbiyotda qo'llanishiga doir yo'riqnomalar soni o'ramlar soniga teng.

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi

faol modda: Xloramfenikol - 500,0 mg,

yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, natriy kraxmal glikolyati, gidroksipropilmetilsellyuloza, kaltsiy stearati, suvsiz kolloidli kremniy dioksidi (aerosil).

Levomisetin – keng ta'sir doirasiga ega antibiotik. U ko'pchilik grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga (yiringli infektsiyalar, ich terlama, dizenteriya, meningokokk infektsiyalari, gemofil bakteriyalar, brusellalar va boshqalarni qo'zg'atuvchilari), rikketsiyalar, xlamidiyalar, spiroxetlarga nisbatan samarali. Penisillin, streptomisin, sulfanilamidlarga chidamli bakteriya shtammlariga ta'sir qiladi. Preparat kislotaga chidamli bakteriyalar, ko'kyiring tayoqcha, klostridiy va sodda bakteriyalarga nisbatan kuchsiz faol. Mikroorganizmlarning hujayralarida oqsillar sintezini buzadi. Terapevtik kontsentrasiyalarda bakteriostatik ta'sir ko'rsatadi. Mikroorganizmlarni preparatga bo'lgan chidamliligi nisbatan sekin rivojlanadi, va odatda, bunda boshqa ximioterapevtik vositalarga nisbatan kesishgan chidamlilik paydo bo'lmaydi.

Ichga qabul qilingandan keyin levomisetin me'da-ichak yo'llaridan tez va to'liq so'riladi. Biokiraolishligi 80% ni tashkil qiladi. Qondagi maksimal kontsentrasiyaga 2-3 soatdan keyin erishiladi, qondagi terapevtik kontsentrasiyasi qabul qilingandan keyin 4-5 soat davomida saqlanadi. Organizm a'zolari, to'qimalari va suyuqliklariga o'tadi, gematoentsefalik to'siq orqali o'tadi, orqa miya suyuqligiga yaxshi kiradi (qondagi miqdorining 50% gacha). Preparat yo'ldosh orqali o'tadi, ko'krak sutida aniqlanadi. Preparatning terapevtik kontsentrasiyalari, u ichga qabul qilinganida shishasimon tanada, shox pardada, rangdor pardada, ko'z suyuqligida (preparat ko'z gavhariga kirmaydi) aniqlanadi. Plazma oqsillari bilan bog'lanishi 50-60% ni tashkil qiladi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri 1,5-3,5 soatni tashkil qiladi. Asosan siydik bilan (asosan nofaol metabolitlari ko'rinishida), qisman safro va ahlat bilan chiqariladi. Ichakda ichak bakteriyalarining ta'siri ostida nofaol metabolitlarini hosil qilib gidrolizga uchraydi.
Eng ko'p uchraydigan nojo'ya reaktsiyalar quyidagilar hisoblanadi: aplastik anemiya, suyak ko'migi faoliyatining susayishi va "kulrang sindrom".

Quyidagi a'zolar va tizimlar tomonidan nojo'ya reaktsiyalar kuzatilishi mumkin:

Nevrologik buzilishlar: psixomotor buzilishlar, depressiya, deliriyalar, ong chalkashishi, periferik nevrit, ko'rish nervining ko'rlikkacha rivojlanishi mumkin bo'lgan nevriti (jumladan, ko'z soqqasining falajlanishi), ko'rish va eshitish gallyusinasiyalari, ko'rish va eshitish o'tkirligining pasayishi, ta'm buzilishi, bosh og'rig'i, entsefalopatiya.

Me'da-ichak yo'llari tomonidan: dispepsiya, qorin dam bo'lishi, ko'ngil aynishi, qusish (ovqatdan keyin 1 soat o'tib qabul qilinganda ehtimoli kamayadi), diareya, og'iz va halqum shilliq qavatlarining ta'sirlanishi, dermatit (jumladan, perianal dermatit), ichak mikroflorasining so'ndirilishi, disbakterioz, enterokolit, stomatit, glossit.

Gepatobiliar tizim tomonidan: jigar faoliyatining buzilishi.

Qon hosil qilish a'zolari tomonidan: suyak ko'migi faoliyatining susayishi, retikulositopeniya, qondagi gemoglobin miqdorining pasayishi, anemiya, leykopeniya, granulositopeniya, trombositopeniya, eritrositopeniya, pantsitopeniya; kam hollarda – aplatik anemiya, gipoplastik anemiya, agranulositoz, erta eritrositar shakllarning tsitoplazmatik vakuolizasiyasi, qon ketish vaqtining uzayishi.

Immun tizimi tomonidan: gipersezuvchanlik reaktsiyalari, jumladan dermatoz, qichishish, teri toshmasi, isitmali titroq, angionevrotik shish, eshakemi, anafilaksiya.

Qon tomir buzilishlari: qon tomir kollapsi.

Homiladorlik, tug'ruqdan keyingi davr va perinatal holat: "kulrang sindrom", ayniqsa yangi tug'ilgan chaqaloqlarda kuzatilib, u preparatning plazmadagi yuqori miqdori bilan bog'liq. Bolalarda "kulrang sindrom" qorin dam bo'lishi, tsianoz, qusish, jadallashuvchi vazomotor kollaps, noritmik nafas olish va birinchi belgilar paydo bo'lgandan so'ng bir necha soat ichidagi o'lim bilan namoyon bo'ladi.

Boshqalar: superinfektsiya, jumladan zamburug'li superinfektsiya, gipertermiya, bakterioliz reaktsiyasi (Yarish-Gerksgeymer reaktsiyasi) rivojlanishi mumkin.

retsept bo'yicha
Levomisetin bilan davolashni faqat shifokor ko'rsatmasi va nazorati ostida o'tkazish lozim. Davolashni boshlashdan oldin pasientda xloramfenikolga va boshqa amfenikollarga gipersezuvchanlikning borligini istisno qilish kerak.

Yurak-qon tomir kasalliklarida va allergik reaktsiyalarga moyillik bo'lganida ehtiyotkorlik bilan qo'llash lozim. Xloramfenikolni qo'llash og'iz bo'shlig'ining mikrobli inifektsiyalari sonining ortishiga, bitib ketish jarayonlarining sekinlashishiga va milklarning qonashiga olib kelishi mumkin, bu esa mielotoksiklik alomati bo'lishi mumkin. Stomatologik aralashuvlarni imkon qadar preparat bilan davolashni boshlashdan avval tugatish lozim.

Davolash jarayonida buyraklar, jigar va periferik qon tarkibini tizimli nazorat qilish kerak. Qon yaratilishining buzilish belgilari paydo bo'lganida preparatni bekor qilish lozim. Ammo aplastik anemiya belgilari (tomoq og'rig'i, terining oqarishi, yuqori harorat, qon ketishi) odatda davolash kursi tugaganidan bir necha haftadan so'ng paydo bo'ladi. Shuning uchun bunday belgilar paydo bo'lganida, darhol shifokorga murojat qilish lozim.

Ilgari tsitostatik preparatlar yoki nur bilan davolangan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llanadi.

Levomisetinni engil infektsiyalarni davolashda yoki profilaktika maqsadida, shuningdek kamroq toksiklikka ega antibiotiklarni qo'llash mumkin bo'lgan istalgan infektsiyalarda qo'llash mumkin emas. takroriy davolash kurslari va davolashni uzaytirishning ham oldini olish kerak.

Jigar va/yoki buyraklar faoliyatining buzilishlarida dozalash tartibini to'g'rilash kerak: preparatning dozasini kamaytirish yoki qabul qilishlar orasidagi oraliqni oshirish lozim.

Xloramfenikol immun javobning rivojlanishiga ta'sir qilishi mumkin, uni faol immunizasiya o'tkazish vaqtida buyurish mumkin emas.

Dori vositasini transport vositasi yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirining o'ziga xosligi

Preparatni avtotransportni boshqaradigan yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlaydigan shaxslarda, nerv tizimi tomonidan nojo'ya reaktsiyalarning rivojlanish xavfi ehtimoli tufayli, ehtiyotkorlik bilan qo'llash lozim.

Preparat yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin va bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Ich terlama va pasient hayoti uchun xavf solayotgan infektsiyalarda, ayniqsa gemofil infektsiya chaqirgan infektsiyalarda, boshqa antibiotiklar nosamarador bo'lgan holatlarda qo'llaniladi.
xloramfenikolga, boshqa amfenikollarga va/yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;

- qon yaratilishini susayishi, qon kasalliklari;

- teri kasalliklari (psoriaz, ekzema, zamburug'li zararlanishlar);

- o'tkir respirator kasalliklar, angina;

- jigar va/yoki buyraklar funktsiyaning yaqqol buzilishlari;

- glyukozo-6-fosfat degidrogenaza fermentining tanqisligi;

- porfiriya;

- homiladorlik, laktasiya davri.

- 18 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlar;


Levomisetinni engil respirator kasalliklarda, faol immunizasiya vaqtida, shuningdek bakterial infektsiyalarning oldini olish maqsadida buyurish mumkin emas.



Levomisetinni karbamazepin, sulfanilamidlar, fenilbutazon, penisillinaminlar, tsitostatiklar, ayrim antipsixotiklar, jumladan klozapin va ayniqsa depo-antipsixotiklar, prokainamid, qaytar transkriptazaning nukleozidli ingibitorlari, proriltiourasil kabi qon yaratilishini susaytiradigan preparatlar bilan birga buyurish mumkin emas.

Paratsetamol:

Paratsetamolni Xloramfenikol bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas, chunki ushbu majmua Xloramfenikolning yarim chiqarilish davrini ahamiyatli darajada uzaytiradi.

Penisillinlar va rifampisin:

Xloramfenikol kontsentrasiyasini penisillinlar va rifampisin bilan bir vaqtda buyurilganda monitoring qilishni talab etuvchi turli ta'sirlar (jumladan, plazmadagi miqdorining pasayishi/oshishi) haqida xabarlar keltirilgan.

Antikonvulsantlar va antikoagulyantlar

Bir vaqtda buyurilganda antikonvulsantlar va antikoagulyantlar dozasiga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin.

Varfarin, fenitoin, sulfonilmochevina, tolbutamid

Xloramfenikol ularning chiqarilishini uzaytirib, ushbu preparatlarning plazmadagi kontsentrasiyalarini oshiradi.

Kaltsinevrin ingibitorlari (ki): Tsiklosporin va takrolimus

Xloramfenikol bilan davolash, ehtimol, ki: Tsiklosporin va takrolimus darajalarini oshiradi.

Barbituratlar

Barbituratlar (fenobarbital) Xloramfenikol metabolizmini tezlashtiradi, bu uning plazmadagi kontsentrasiyasining pasayishiga olib keladi. Fenobarbiton metabolizmi uni Xloramfenikol bilan bir vaqtda qo'llaganda, pasayishi mumkin.

Estrogenlar

Xloramfenikol estrogenlarning kontratseptiv samarasini pasaytirishi mumkinligi haqida kichik xavf mavjud.

Gidroksikobalamin

Xloramfenikol gidroksokobalaminna reaktsiyani pasaytiradi.

Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda, 30°S yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!

Oq yoki biroz och sarg'ish tusli oq rangli tabletkalar. Tabletkaning bir tomonida faska va riska, boshqa tomonida faska va xoch ko'rinishida firma logotipi bor.
Ichga, ovqatlanishdan 30 daqiqa oldin (ko'ngil aynishi yoki qusish hollarida ovqatdan keyin 1 soat o'tgach) qo'llanadi.

Tavsiya qilingan doza har 6 soatda 500 mg (50 mg/kg tana vazniga hisoblab, sutkada 4 ta teng bo'lingan dozalarda). Davolash bemor tana harorati me'yorga kelgandan keyin 2-3 kun davom ettirilishi kerak. Og'ir infektsiyalar uchun (meningit, sepsis) ushbu doza avvaldan ikki barobar oshirilishi mumkin, lekin u klinik jihatdan iloj tug'ilishi bilan darhol pasaytirilishi kerak.

Bolalar.

Preparatni 18 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlarda qo'llash tavsiya etilmaydi.

Simptomlari: terining oqarishi, tomoq og'rig'i, tana haroratining oshishi, qon ketishi, holsizlik. Dozani oshirib yuborish simptomi bo'lib "kulrang sindrom" hisolanadi (kichik yoshdagi bolalarda kardiovaskulyar sindrom), dozani nistaban oshirib yuborilganda (rivojlanish sababi bo'lib levomisetinning jigar fermentlariining etilmaganligi va uning miokardga bevosita toksik ta'siri bilan asoslangan to'planishi) – terining ko'kimtir-kulrang rangga kirishi, tana haroratining pasayishi, noritmik nafas olish, nerv reaktsiyalarining pasayishi, yurak-qon tomir etishmovchiligi, tsirkulyator kollaps, asidoz, miokardial o'tkazuvchanlikning susayishi, koma va o'lim holati kuzatilishi mumkin. "Kulrang sindrom" jigar va buyrak faoliyati buzilishlari bo'lsa pasientlar ham kuzatilishi mumkin va bu – preparatning to'planish oqibati hisoblanadi. "Kulrang sindrom" Xloramfenikolning qon plazmasida 50 mkg/ml dan yuqori kontsentrasiyalarida namoyon bo'ladi. Davolash: me'dani yuqish, tuzli surgi vosita, faollashtirilgan ko'mirni qabul qilish, yuqori darajada tozalovchi klizmani qo'llash. Og'ir holatlarda – simptomatik muolaja, gemosorbtsiya

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

LEVOMISETIN tabletkalari 500mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
LEVOMISETIN tabletkalari 500mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
LEVOMISETIN tabletkalari 500mg N10 dori vositasi АО «Химфарм» tomonidan Qozog’iston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
LEVOMISETIN tabletkalari 500mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
LEVOMISETIN tabletkalari 500mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
LEVOMISETIN 250 ATM kapsulalar N20
LEVOMISETIN ko'z tomchilari 10ml 0,25%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Хлорамфеникол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dentafill Plyus, ООО
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
LEVOMISETIN ko'z tomchilari 5ml 0,25%
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
SINTOMISINA liniment 25g 10%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Хлорамфеникол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, НПП
Narh: 5 600 so'mdan Batafsil
SINTOMISINA liniment 25g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Хлорамфеникол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
SINTOMISINA liniment 25g 10%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Хлорамфеникол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
Narh: 5 600 so'mdan Batafsil
SINTOMISINA liniment 25g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Хлорамфеникол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
SINTOMISINA liniment 25g 10%
Narh: 5 600 so'mdan Batafsil
SINTOMISINA liniment 25g 10%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Хлорамфеникол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Зеленая Дубрава, ЗАО
Narh: 5 600 so'mdan Batafsil
LEVOMISETIN eritma 25ml 0,25%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Хлорамфеникол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
Narh: 2 800 so'mdan Batafsil
LEVOMISETIN eritma 25ml 2,5mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Хлорамфеникол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский Завод МП ОАО
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
LEVOMISETIN ko'z tomchilari 10ml 0,25%
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
SINTOMISINA liniment 25g 10%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Хлорамфеникол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Алтайвитамины, ЗАО
Narh: 5 600 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
LEVOMISETIN 250 ATM kapsulalar N20
LEVOMISETIN kapsulalar 250 mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, CП ООО, Узбекско-Британское
LEVOMISETIN kapsulalar 250 mg N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, CП ООО, Узбекско-Британское
LEVOMISETIN kapsulalar 250 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, CП ООО, Узбекско-Британское
LEVOMISETIN kapsulalar 250 mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, CП ООО, Узбекско-Британское
LEVOMISETIN kapsulalar 250 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, CП ООО, Узбекско-Британское
LEVOMISETIN REMEDY kapsulalar 250mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
LEVOMISETIN REMEDY kapsulalar 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
LEVOMISETIN eritma 25ml 0,25%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Хлорамфеникол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
LEVOMISETIN eritma 25ml 2,5mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Хлорамфеникол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский Завод МП ОАО
LEVOMISETIN eritma 10ml 0,25%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Хлорамфеникол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: MEDIOFARM, ООО
LEVOMISETIN eritma 25ml 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Хлорамфеникол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Обновление ПФК АО
LEVOMISETIN eritma 25ml 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Хлорамфеникол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Тульская фармацевтическая фабрика, ООО
LEVOMISETIN eritma 25ml 3%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Хлорамфеникол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Обновление ПФК АО
LEVOMISETIN eritma 25ml 3%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Хлорамфеникол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ивановская фармацевическая фабрика, ОАО
LEVOMISETIN eritma 25ml 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Хлорамфеникол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ивановская фармацевическая фабрика, ОАО
LEVOMISETIN ko'z tomchilari 10ml 0,25%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Хлорамфеникол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dentafill Plyus, ООО
LEVOMISETIN ko'z tomchilari 5ml 0,25%
LEVOMISETIN ko'z tomchilari 10ml 0,25%
LEVOMISETIN ko'z tomchilari 5ml 0,25%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Хлорамфеникол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ЛЕККО ЗАО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9