×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LINEKS kapsulalar N16

Kategoriya:
- Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Sloveniya
Farmakoterapevtik guruh:
- Diareyaga qarshi ta'sirga ega mikroorganizmlar; sut kislotasi bakteriyalari
Faol modda:
лиофилизированные бактерии, Молочнокислые бактерии
Qadoqda soni:
- 16
Ishlab chiqaruvchi:
- Лек д.д
Vakil:
- Sandoz Pharmaceuticals d.d.
ATX kodi:
- A07FA01.
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 284 ta dorixonasida topildi

ico 28 800 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 40 300 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 35 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

MYATI PERECHNOY LISTYa sire 50g Sirdaryo Dori-Darmon, OOO O'zbekiston
AZ KORNI inyeksiya uchun eritma 5ml 1000mg/5ml N5 Coral Laboratories Ltd Hindiston
120 000 s`om dan
LAKTO G kapsulalar N10 GM Pharmaceuticals Ltd. Gruziya
44 000 s`om dan
Saqlash shartlari Bolalar qo'li etmaydigan joyda saqlang. Asl o‘ramda 25 °C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlang.
Yaroqlilik muddati (oy) 2 года. Не применять по истечении срока годности, указанного на упаковке.:u2 yil. Paketda ko'rsatilgan yaroqlilik muddati o'tganidan keyin foydalanmang.z:
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
16 yoki 32 kapsuladan alyuminiy blister qutiga solingan.
Bitta kapsula saqlaydi:

faol modda: liofilizatsiya qilingan sut kislota hosil qiluvchi bakteriyalar.

Antibiotiklarga chidamli kamida 1,2 x 107 KXQB sut kislota hosil qiluvchi bakteriyalar Lactobacillus acidophilus (L. gasseri), Bifidobacterium infantis va Enterococcus faecium.

yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, dekstrin, laktoza (98,28 mg/kapsula), magniy stearati, jelatin, titan dioksidi (E171).

Sut kislota hosil qiluvchi bakteriyalarni ichga qabul qilgandan keyin tizimli so‘rilishi kuzatilmaydi, shuning uchun klassik farmakokinetik tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Retseptsiz beriladi.

Lineks quyidagilar oqibatida ichak mikroflorasini muvozanatini buzilishi chaqirgan diareya, meteorizm va ovqat hazm qilishning boshqa buzilishlarini oldini olish va bir maromda ushlab turuvchi davolashda qo‘llanadi:
- Emizikli bolalar, kattaroq yoshdagi bolalar va kattalarda me’da-ichak yo‘llarining virusli va bakteriyalar infeksiyalari (masalan rotavirus infeksiyalari, sayohatchilar diareyasi);
- Keng ta’sir doirasiga ega antibiotiklar va ximioterapevtik vositalar bilan davolash;
- Qorin bo‘shlig‘i va chanoq a’zolarini nurlantirish.
Lineks bakteriyalarning ma’lum antibiotiklar va ximioterapevtik vositalarga chidamliligi isbotlangan. Lineksni antibiotiklar va ximioterapevtik vositalar bilan birga qabul qilish mumkn, ammo bir vaqtning o‘zida emas. Yuqoriroq samaradorlik uchun Lineksni antibiotik yoki ximioterapevtik preparat qabul qilgandan keyin kamida 3 soat o‘tgach qabul qiling.

O‘zaro ta’sirning boshqa tadqiqotlari o‘tkazilmagan.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Original o‘ramida, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.


Yaroqlilik muddati

2 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Oq rangli, oq kukun saqlovchi tiniq bo‘lmagan qattiq kapsulalar.

Barqa dori preparatlari kabi Lineks noxush reaksiyalar chaqirishi mumkin, garchi u hammada ham namoyon bo‘lmaydi.


Sut kislota hosil qiluvchi bakteriyalar qo‘llanilgandagi noxush reaksiyalar juda kam xollarda kuzatiladi (10000 patsiyentdan bittadan kamrog‘ida yuzaga keladi). Yuqori sezuvchanlik reaksiyalari kuzatilishi mumkin.

Agar biron-bir noxush reaksiyaning og‘irlik darajasi kuchaysa yoki ushbu yo‘riqnomada sanab o‘tilmagan noxush reaksiyalar paydo bo‘lsa, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.

Qo‘llash usuli va dozalari
To‘g‘ri qo‘llash, dozalash va qabul qilish davomiyligi bo‘yicha quyida keltirilgan tavsiyalarga aniq rioya qiling.

To‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar
• Lineks ovqatlanish vaqtida (me’da shirasini sut kislota hosil qiluvchi bakteriyalarga salbiy ta’siridan saqlanish uchun) ichga qabul qilish uchun mo‘ljallangan.
• Alkogolli yoki issiq ichimliklar bilan bir vaqtda qabul qilinmasin.
Agar bola kapsulani yutishni bilmasa yoki yuta olmasa, u ochish, ichidagini (kukun) qoshiqqa solish va bola yuta oladigan miqdorda suyuqlik bilan aralashtirish kerak.

Dozalash va qabul qilish davomiyligi
Emizikli bolalar va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 1 kapsuladan sutkada 3 marta.
2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 1–2 kapsuladan sutkda 3 marta. 
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar: 2 kapsuladan sutkada 3 marta. 

Lineksni simptomlarni yengillashishi kuzatilmaguncha qabul qilish mumkin.
Agar Lineksni 2 kun qabul qilgandan keyin diareya to‘xtamasa, shifokorga murojaat eting.
Diareyani mustaqil davolaganda birinchi va asosiy chora bo‘lib yo‘qotilgan suyuqlik va elektrolitlarning o‘rnini to‘ldirish hisoblanadi.

Qabul qilishni o‘tkazib yuborish
O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun dozani ikki marta qabul qilmang.
Preparatni keyingi doza qabul qilish vaqti kelganda qabul qiling, keyinchalik odatdagi sxema bo‘yicha qabul qilishni davom ettiring.
Agar doza oshirib yuborilgandan keyin noxush reaksiyalar paydo bo‘lsa, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing. Dozani oshirib yuborilishi xolatlari haqida xabarlar mavjud emas.
Har qanday preparatni qo‘llashdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.

Homiladorlik va emizish davrida diareyani davolash shifokor nazorati ostida amalga oshirilishi kerak.

Homiladorlik va emizish davrida preparatning xavfsizligi yuzasidan ma’lumotlar yetarli emas, shuning uchun homilador va emizikli ayollarga Lineksni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Lineksni qabul qilishni boshlashdan oldin quyidagi holatlarda shifokor bilan maslahatlashing:

• Tana harorati 38°C dan yuqori;

• Axlatda qon yoki shilliq bo‘lsa;

• Diareya ikki kundan ortiq davom etsa;

• Suvsizlanish va tana vaznini yo‘qolishi bilan kechuvchi og‘ir darajadagi diareya;

• Qorinda kuchli og‘riq bilan kechuvchi diareya;

Boshqa surunkali kasalliklar (masalan qandli diabet, yurak-qon tomir kasalliklari) yoki immuntanqis xolatlar (masalan OITV infeksiyasi).

6 yoshdan kichik bolalarda diareyani tibbiy nazoratsiz davolash mumkin emas.

Yordamchi moddalar haqida ma’lumot

Lineks laktoza (98,28 mg/kapsula) saqlaydi. Galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza/galaktozani o‘zlashtiraolinishini buzilishi kabi kam uchraydigan nasliy buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda ushbu preparatni qo‘llash mumkin emas.

Lineks juda oz miqdorda sut oqsillarini saqlashi mumkin, ular allergik reaksiyalar (o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari) ni chaqirishi mumkin.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

LINEKS kapsulalar N16 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
LINEKS kapsulalar N16 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
LINEKS kapsulalar N16 dori vositasi Лек д.д tomonidan Sloveniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
LINEKS kapsulalar N16 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
LINEKS kapsulalar N16 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 89 000 so'mdan Batafsil
Narh: 62 000 so'mdan Batafsil
AMLODIPIN SANDOZ tabletkalari 10mg N30
AMLODIPIN SANDOZ tabletkalari 5mg N30
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9