Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
7 800 s`om dan
Dorixonalardan izlash7 500 s`om dan
Bron qilishILOVA-VARAQA. PASIENT UCHUN MA‘LUMOT
LORATADIN
LORATADINUM
Ushbu ilova-varaqani preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin diqqat bilan o‘qib chiqing!
Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Sizga uni qayta o‘qib chiqishga to‘g‘ri kelib qolishi mumkin.
Agar Sizda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, iltimos o‘z shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Ushbu preparat shaxsan Sizga mo‘ljallangan va uni boshqa shaxslarga berish kerak emas. Bu ularning sog‘lig‘iga, hatto ularning kasalliklarining belgilari sizda kuzatilganga o‘xshash bo‘lsa ham, zarar keltirishi mumkin.
Preparatning savdo nomi: Loratadin
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): loratadin
Dori shakli: tabletkalar
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
Faol modda: 100% moddaga hisoblaganda 0,01 g (10 mg) loratadin;
Yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, laktoza monogidrati, povidon (tibbiy pastmolekulyar polivinilpirrolidon), kalsiy stearati.
Ta‘rifi: dumaloq shaklli, oq rangli, yassi yuzali, faska va riskali yoki riskasiz tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Allergiyaga qarshi vosita.
Farmakologik xususiyatlari
Allergiyaga qarshi va qichishishga qarshi ta‘sirlarga ega. Tez, 30 minutdan keyin allergiya belgilarini bartaraf qiladi va 24 soat davomida ta‘sir qiladi. O‘rganib qolishni chaqirmaydi. Preparat alkogolning samarasini kuchaytirmaydi, u qo‘llanganida markaziy nerv tizimiga nisbatan tinchlantiruvchi va boshqa samaralari yo‘q.
Qo‘llanilishi
Eshakemi, Kvinke shishi, zardob kasalligi, allergik rinit, kon‘yunktivit, dermatit, bronxial astmaning infeksion-allergik shakli, medikamentoz allergiya. Hashoratlar chaqqanidagi allergik reaksiyalarni bartaraf qiladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar Loratadinning 1 tabletkasini (10 mg) ichga kuniga 1 marta qabul qiladilar. 2 dan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tana vazni 30 kg gacha bo‘lganida 1/2 tabletka, tana vazni 30 kg dan ortiqligida – 1 tabletkadan kuniga 1 marta buyuriladi.
Davolash kursi – 10 dan 15 kungacha. Ayrim hollarda davolash kursni shifokor shaxsiy (1 dan 28 kungacha) belgilaydi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Preparat juda kam hollarda qusish va og‘izni qurishini chaqirishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik, emizish davri. 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda Loratadinning tabletka shaklini qo‘llamagan yaxshiroq.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Agarda Siz qandaydir boshqa dori vositalarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, albatta shifokor bilan preparatni qo‘llash mumkinligini to‘g‘risida maslahatlashing!
Eritromisin, ketokonazol, simetidin bilan bir vaqtda qo‘llanganida Loratadinning qondagi konsentrasiyasi oshadi. Preparat eritromisinning qondagi konsentrasiyasini 15% ga pasaytiradi.
Dozaga bog‘liq sedativ ta‘sirini paydo bo‘lishi mumkinligi tufayli, N1-reseptorlarining turli blokatorlari, barbituratlar, benzodiazepinlar, opioid reseptorlarining agonistlari, neyroleptiklar, trisiklik antidepressantlar, etanol, anksiolitiklar, sedativ uyqu vositalari bilan bir vaqtda buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va laktasiya davrida ishlatilishi. Homiladorlik davrida Loratadinni, faqat kutiladigan terapevtik samara homilaga bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy ta‘siridan ustun bo‘lgan hollardagina, qo‘llash mumkin.
Ayrim bemorlarda dozaga bog‘liq tinchlantiruvchi samarasi rivojlanishi mumkin.
Shifokorning maslahatisiz preparatni belgilangan muddatdan ortiq qo‘llamang!
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparat yuqori dozalarda qo‘llanganida yurak qisqarishlar sonini oshishi, uyquchanlik, bosh og‘rig‘i kuzatilishi mumkin. Bunday belgilar paydo bo‘lganida darhol shifokorga murojaat qilish kerak.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. 1 yoki 2 kontur uyali o‘ram qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq, joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.