×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LORINDEN A maz 15g

Kategoriya:
- Dermatologik
Ishlab chiqarilish joyi:
- Polsha
Faol modda:
Салициловая кислота, Флуметазон
Ishlab chiqaruvchi:
- ВАЛЕАНТ, ООО, Россия произведено: Pharmaceutical Works Jelfa S.A.
ATX kodi:
- D07ВB01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 226 ta dorixonasida topildi

ico 38 800 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 39 800 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

LAMIZIL DERM gel 15g 1% ГСК Консьюмер Хелскер С.А. Shveytsariya
VEGTAZON krem 15g N1 VEGAPHARM LLP, Великобритания произведено: Balkanpharma-Razgrad AD Bolgariya
75 000 s`om dan
DEKASAN eritma 400ml 0,2mg/ml ООО “Юрия-Фарм” Ukraina
95 000 s`om dan
KURALIMUS maz 30g 0,03% Gujarat Pharmalab Pvt. Ltd. Hindiston
187 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
LORINDEN A maz 15g qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

LORINDEN A

LORINDEN A

 

Preparatning savdo nomi: Lorinden A

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): Flumetazon pivalati, salisil kislotasi.

Dori shakli: Surtma

Tarkibi:

Faol moddalar: Flumetazon pivalati – 0,02 g, salisil kislotasi – 3,0 g.

Yordamchi moddalar: propilenglikol, suvsiz lanolin, tibbiyot vazelini.

Ta‘rifi: Sarg‘ish tusli oq rangli surtma.

Farmakoterapevtik guruhi: Mahalliy yallig‘lanishga qarshi vosita.

ATX kodi: D07XB01

 

Farmakologik xususiyatlari

Curtma mahalliy yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi va ekssudatlarga qarshi ta‘sirga ega bo‘lgan glyukokortikosteroid saqlaydi.

Preparatning tarkibiga kiruvchi salisil kislotasi terini yumshatadi va o‘ta muguzlashib ketgan epidermis orqali glyukokortikosteroidni o‘tishini osonlashtiradi, shu bilan bir vaqtda uning yumshashiga olib keladi va kuchsiz dezinfeksiyalovchi ta‘sir ko‘rsatadi.

Qo‘llanilishi

Boshqa steroid preparatlar bilan davolashga rezistent bo‘lgan surunkali teri kasalliklarida, ayniqsa, haddan tashqari yoki noto‘g‘ri muguzlashishda, masalan:

  • lixenifikasiya bilan kechuvchi ekzema;
  • terini dag‘allanishi va qalinlashishi bilan kechuvchi cheklangan prurigo;
  • psoriaz, ayniqsa eski;
  • terining sochli qismini psoriazi;
  • eritrodermiya, yassi va so‘galli temiratkilarda qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Mahalliy qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va tezligini shifokor belgilaydi.

Odatda kuniga 2-3 marta terining og‘riqli o‘zgargan sohalariga yupqa qilib suriladi. Holat yaxshilangandan keyin preparatni yana qaytadan kuniga 1-2 martadan har 3-4 kunda qo‘llaniladi.

Preparat okklyuzion bog‘lov ko‘rinishida qo‘llanilishi mumkin.

Preparatni 2 haftadan ortiq qo‘llash mumkin emas.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Qo‘llash vaqtida: kontaktli ekzema turidagi turli holatlar, allergik kasalliklari bo‘lgan bemorlarda allergik simptomlar yuzaga kelishi mumkin.

Oldindan mavjud bo‘lgan o‘zgarishlar, masalan dag‘al yoki pushti husnbuzarlar va perioral dermatitlarning avj olishi.

Bundan tashqari: poststeroid husnbuzarlar, teri atrofiyasi va striyalarni paydo bo‘lishi, teri qoplamalarini achishishi, qichishishi va ta‘sirlanishi. Ba‘zan depigmentasiyali teri qurishi kuzatiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlar yoki xavotirli simptomlar yuzaga kelgan hollarda zudlik bilan shifokorga murojaat qilish lozim.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Teri kasalliklarining yiringli asoratlari, terining virusli va mikozli kasalliklari, teri tuberkulyozi, sifilitik o‘zgarishlar, suvchechak, teri o‘smalari va saraton oldi holati, boldirning venalarini varikoz kengayishi fonidagi yaralanishi, kortikosteroidlarga yoki surtma asosi komponentlariga allergiya bo‘lganida qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Deyarli yo‘q. Davolash vaqtida chechakka qarshi emlashni, shuningdek boshqa immunizasiya turlarini o‘tkazish mumkin emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Teri asoratlari paydo bo‘lishi mumkinligi sababli, yuz terisiga, ayniqsa davomli qo‘llashdan saqlanish lozim («Nojo‘ya ta‘siri»ga qarang).

Katarakta va glaukoma bilan og‘rigan bemorlarda ko‘z ichi suyuqligining tor va keng burchak bilan oqishida qovoq oldiga juda ehtiyot bo‘lib qo‘llash lozim.

Dori bolalarda qo‘llashga ruxsat etiladi, lekin qat‘iy ehtiyotkorlik bilan va qisqa vaqt qo‘llanilishi lozim.

Preparatni homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanilishi

Homiladorlik vaqtida, ayniqsa davomli va terining katta sohalariga qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Terining katta sohalariga uzoq qo‘llaganida nojo‘ya samaralarni (shishlar, gipertenziya, giperglikemiya, infeksiyalarga beriluvchanlik, og‘ir hollarda – Kushing kasalligini rivojlanishi) kuchayishi bilan namoyon bo‘ladigan dozani oshirib yuborish belgilari paydo bo‘lishi mumkin. O‘z vaqtida asta-sekin dori vositasini qabul qilishni to‘xtatish yoki kuchsiz ta‘sirga ega glyukokokortikosteroidlarni qabul qilish kerak.

Chiqarilish shakli

Sirtga qo‘llash uchun surtma 10 g yoki 15 g alyumin tubalarda.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bilan.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

LORINDEN A maz 15g dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
LORINDEN A maz 15g dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
LORINDEN A maz 15g dori vositasi ВАЛЕАНТ, ООО, Россия произведено: Pharmaceutical Works Jelfa S.A. tomonidan Polsha mamlakatida ishlab chiqarilgan.
LORINDEN A maz 15g dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
LORINDEN A maz 15g dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
FLUSINAR gel 15g
Narh: 18 000 so'mdan Batafsil
FLUSINAR N maz 15g
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
LORINDEN S maz 15g
Narh: 39 200 so'mdan Batafsil
FLUSINAR maz 15g
Narh: 19 200 so'mdan Batafsil
XOLISAL gel 10g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Xolina salisilat ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Валеант, ООО, Россия произведено: Pharmaceutical Works Jelfa S.A.
Narh: 55 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9