×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MAGVIT kapsulalar N30

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Belarusiya
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Минскинтеркапс, УП
ATX kodi:
- MA12CC30
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 147 ta dorixonasida topildi

ico 29 714 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 47 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 30 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

VODA DLYA IN‘EKSIY inyeksiya uchun eritma 2ml N10 Ереванская ХФФ, ОАО Armaniston
2 700 s`om dan
ANTISTRUMIN tabletkalari 0,001g N100 SAMO, OOO O'zbekiston
5 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
MAGVIT kapsulalar N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MAGVIT

MAGVITUM

 

Preparatning savdo nomi: Magvit

Dori shakli: kapsulalar

Tarkibi:

Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: piridoksin gidroxloridi – 5 mg, magniy sitrati ko‘rinishidagi magniy – 50 mg;

yordamchi moddalar: magniy stearati, kartoshka kraxmali, laktoza;

kapsula qobig‘ining tarkibi: jelatin, gliserin, tozalangan suv, titan dioksidi, natriy lauril sulfati, bo‘yovchilar: xinolin sarig‘i Ye-104, “quyosh shafag‘i” sarig‘i Ye-110.

Ta‘rifi: sariq rangli qattiq jelatin №0 kapsulalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Mineral qo‘shimchalar. Boshqa mineral qo‘shimchalar.

ATX kodi: A12CS30.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Fiziologik aspektlari:

Magniy asosan hujayra ichidagi kation hisoblanadi. U neyronlar qo‘zg‘aluvchanligini va asabiy qo‘zg‘aluvchanlikning neyromushak uzatilishini pasaytiradi, ko‘pgina fermentativ jarayonlarda qatnashadi.

Magniy a‘zo va to‘qimalarning muhim elementi hisoblanadi: suyak to‘qimalarida inson organizmidagi magniyning umumiy miqdorining yarmi mavjud.

Klinik aspektlari:

Zardobdagi magniy darajasi:

  • 12 va 17 mg/l o‘rtasida (1-1,4 mEkv/l yoki 0,5-0,7 mmol/l): magniyning o‘rtacha tanqisligiga ishora qiladi;
  • 12 mg/l dan past (1 mEkv/l yoki 0,5 mmol/l): magniyning og‘ir tanqisligiga ishora qiladi.

Tanqislik quyidagicha bo‘lishi mumkin:

  • birlamchi, magniy metabolizmining tug‘ma anomaliyasi tufayli,
  • ikkilamchi, quyidagilar tufayli:
    • organizmga adekvat tushmasligi (to‘yib ovqatlanmaslikning og‘ir shakli, alkogolizm, to‘liq parenteral oziqlanish),
    • me‘da-ichak so‘rilishidagi buzilishlar (surunkali ich ketishi, me‘da-ichak teshigi, gipoparatiroidizm),
    • buyrak darajasidagi ortiqcha yo‘qotishlar (kanalchalarning kasalligi, sezilarli poliuriya, diuretiklarni suiste‘mol qilish, surunkali pielonefrit, birlamchi giperaldosteronizm, sisplatin bilan davolash).

Piridoksin (V6 vitamini) ko‘plab metabolik jarayonlarda, nerv tizimi metabolizmini tartibga solishda qatnashadi. V6 vitamini MIYdan magniy so‘rilishini va uning hujayralarga o‘tishini yaxshilaydi.

Tarkibida magniy sitrati va V6 vitamini bo‘lgan majmuaviy preparatni qo‘llash quyidagi ma‘lumotlar bilan asoslangan:

  • V6 vitamini va magniy bir-birining farmakologik ta‘sirini to‘ldiradi;
  • V6 vitamini plazma va eritrositlardagi magniy miqdorini oshiradi va organizmdan chiqariladigan magniy miqdorini kamaytiradi;
  • V6 vitamini MIYdan magniyni so‘rilishini va uning hujayralarga o‘tishini yaxshilaydi;
  • magniy piridoksinning jigarda piridoksal-5-fosfat faol metabolitiga aylanish jarayonini faollashtiradi;
  • V6 vitamini hujayra ichidagi magniy miqdorini oshishiga yordamlashadi.

Magvit tarkibiga kiruvchi suvda eriydigan magniy organik tuzi (magniy sitrati) yaxshi so‘riladi, piridoksin esa magniyni so‘rilishini va uning hujayralarga borishini yanada ko‘proq oshiradi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi va taqsimlanishi

MIYdan qabul qilinganidan so‘ng magniyning taxminan 50% absorsiyalanadi. Organizmda magniy asosan hujayra ichi hududida (taxminan 99%) taqsimlanadi, ularning taxminan 2/3 qismi suyak to‘qimasiga, uchdan bir qismi esa silliq va ko‘ndalang-targ‘il mushak to‘qimasiga taqsimlanadi.

Piridoksin ingichka ichakda so‘riladi, qon oqimi bilan to‘qimalarga boradi va hujayralarga o‘tgan holda ATF va piridoksalkinazalar ishtirokida fosforlanadi.

Chiqarilishi

Siydik chiqarish tizimi magniy chiqarilishining asosiy yo‘li hisoblanadi. Plazmadagi magniyning 70% tugunli filtrasiyaga uchraydi, keyin uning 95-97% buyrak kanalchalarida reabsorbsiyalanadi. Siydikdagi magniy ichga qabul qilingan magniyning o‘rtacha uchdan birini tashkil etadi.

Siydik bilan chiqadigan 4-piridoksil kislotasi piridoksin katabolizmining asosiy mahsuloti hisoblanadi.

 

Qo‘llanilishi

Ushbu dori vositasi magniy saqlaydi, quyidagi alomatlar organizmda magniy tanqisligidan dalolat berishi mumkin:

  • asabiylik, serjahllik, sust bezovtalik, o‘tkinchi toliqish, uyquni biroz buzilishlari,
  • bezovtalikning me‘da-ichak spazmlari, yurakni tez urishi (sog‘lom yurakda) shaklida namoyon bo‘lishi,
  • mushak tortishishlari, sanchiqlarni his qilish.

Magniyni buyurilishi ushbu simptomlarni bartaraf etishga yordam berishi mumkin.

Agar bir oy davolangandan keyin yaxshilanish kuzatilmasa, ushbu preparat bilan monoterapiyani davom ettirish maqsadga muvofiq emas.

Qo‘llash usuli va dozalari

Organizmda magniyning tanqisligini taqsimlanishi majmuaviy davolashda preparat ichga kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarga 1-2 kapsuladan kuniga 2-3 marta ovqatlanishi vaqtida buyuriladi.

Magniyning qondagi konsentrasiyasi me‘yorlashganidan keyin davolashni to‘xtatish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat yaxshi o‘zlashtiriladi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kam hollarda – qorinda og‘riqlar, diareya.

Boshqalar: allergik reaksiyalar, teri reaksiyalari bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatni qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar bo‘lib, uning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, shuningdek yaqqol buyrak yetishmovchiligi (KK minutiga 30 ml dan kam), gipermagniemiya, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar hisoblanadi.

Ehtiyotkorlik bilan: buyrak faoliyatining o‘rtacha yetishmovchiligida, chunki gipermagniemiyani rivojlanish xavfi bo‘ladi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Magvit va fosfatlar va kalsiy tuzlarini saqlovchi preparatlar bir vaqtda qo‘llanganida magniyning MIYdan so‘rilishi sezilarli kamayishi mumkin.

Preparat temirni o‘zlashtirilishi, tetrasiklinni so‘rilishini pasaytiradi.

Birga qo‘llanganda magniy peroral trombolitik vositalarning ta‘sirni susaytiradi.

Piridoksin diuretiklar ta‘sirini kuchaytiradi; levodopaning parkinsonizmga qarshi samarasini sezilarli darajada pasaytiradi, yurak glikozidlari (miokardda qisqaruvchi oqsillarning sintezini oshishiga yordam beradi), glutamin kislotasi va asparkam (gipoksiyaga chidamlilik oshadi) bilan yaxshi mos tushadi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Kalsiyning yondosh tanqisligida magniyning organizmdagi tanqisligini kalsiy preparatlarini qabul qilishni boshlashdan oldin bartaraf qilish kerak.

Og‘ir magniy tanqisligi va uni so‘rilishidagi buzilishlarda davolash vena ichiga yuborishdan boshlanishi kerak.

Tetrasiklin va Magvit birga qo‘llanganida bu preparatlarning qabullar orasidagi 3 soatlik intervalga rioya qilish kerak.

Surgi vositalari, etanoli tez-tez iste‘mol qilinganida, katta ruxiy va jismoniy yuklamalarda, magniyga bo‘lgan ehtiyoj oshadi va organizmda magniyning tanqisligini rivojlanishini xavfi oshadi.

Kapsulalarda laktoza mavjudligi tufayli, preparatni galaktozani tug‘ma o‘zlashtiraolmaydigan, Lap laktazasi tanqisligi, galaktoza-glyukoza malabsorbsiyasi bo‘lgan pasientlar chn qo‘llash mumkin emas.

Kapsula qobig‘ining tarkibiga kiruvchi bo‘yovchi moddalar allergik reaksiyalarni chaqirishi mumkin.

Ushbu dori shakli 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga byurilmaydi.

Mo‘‘tadil buyrak yetishmovchiligida, gipermagniemiya bilan bog‘liq xavfni oldini olish maqsadida, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

V6 vitamini (>200 mg/sut) uzoq vaqt davomida qo‘llanganida (bir necha oy yoki yil) sensorli neyropatiyalar yuzaga keladi, ular odatda terapiya to‘xtatilganidan keyin o‘tib ketadi.

Homiladorlik va laktasiya

Homiladorlik davrida preparatni faqat ko‘rsatmalar bo‘yicha va shifokorning nazorati ostida qo‘llash mumkin.

Preparatni emizish davrida qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Magniy ko‘krak suti bilan chiqariladi.

Avtomobilni haydash, texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Buyraklar faoliyati me‘yorida bo‘lganida magniyni ichga qabul qilish toksik reaksiyalarni chaqirmaydi.

Magniy bilan zaharlanish buyrak yetishmovchiligida rivojlanishi mumkin. Toksik samaralari asosan magniyning qondagi miqdoriga bog‘liq.

Simptomlari: AB ni tushishi, ko‘ngil aynishi, qusish, markaziy nerv tizimini susayishi, reflekslarni yo‘qolishi, nafasni susayishi, koma, yurakni to‘xtashi va nafasni falaji, EKG anomaliyasi, anuriya.

Davolash: regidratasiya, jadallashtirilgan diurez.

Buyrak yetishmovchiligida gemodializ yoki peritonal dializ o‘tkazish kerak.

Chiqarilish shakli

Sariq rangli qattiq jelatin kapsulalar №0, 10 kapsuladan kontur uyali o‘ramda, 3 yoki 5 kontur uyali o‘ramdan qutida.

Saqlash sharoiti

Namlikdan va yorug‘likdan  himoyalangan joyda, 15°S dan 25°S gacha haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor reseptisiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MAGVIT kapsulalar N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MAGVIT kapsulalar N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MAGVIT kapsulalar N30 dori vositasi Минскинтеркапс, УП tomonidan Belarusiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MAGVIT kapsulalar N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MAGVIT kapsulalar N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
VITAMIN Ye kapsulalar 100me N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Минскинтеркапс, УП
VITAMIN Ye kapsulalar 400mg N30
Narh: 12 500 so'mdan Batafsil
VITAMIN Ye kapsulalar 200mg N30
Narh: 13 000 so'mdan Batafsil
XONDROZAMIN kapsulalar N60
SISTIKAPS kapsulalar N30
Narh: 95 000 so'mdan Batafsil
URSOKAPS kapsulalar 250mg N50
Narh: 200 000 so'mdan Batafsil
PIRASEZIN kapsulalar N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Минскинтеркапс, УП
ANTIOKSIKAPS S YODOM kapsulalar N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Минскинтеркапс, УП
ANTIOKSIKAPS S JELEZOM kapsulalar N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Минскинтеркапс, УП
MONOKAPS kapsulalar 40mg N30
MONOKAPS kapsulalar 20mg N30
MELDONIY kapsulalar 250mg N30
MELDONIY kapsulalar 500mg N60
CHERNIKA MIK kapsulalar N20
ANTIOKSIKAPS kapsulalar N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Минскинтеркапс, УП
ANGRIMAKS kapsulalar N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Минскинтеркапс, УП
UNOPROST kapsulalar N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Минскинтеркапс, УП
PERINDOPRIL MIK kapsulalar 8mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Минскинтеркапс, УП
DUOKAPS kapsulalar N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Минскинтеркапс, УП
VITADIABETOKAPS kapsulalar N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Минскинтеркапс, УП
ANTIOKSIKAPS S SINKOM kapsulalar N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Минскинтеркапс, УП
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9