×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MANINIL 5 tabletkalari N120

Kategoriya:
- Qandli diabetga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Faol modda:
Глибенкламид
Qadoqda soni:
- 120
Ishlab chiqaruvchi:
- Менарини-Фон Хейден ГмбХ/Берлин-Хеми АГ
ATX kodi:
- A10BB01 Глибенкламид
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 1 ta dorixonasida topildi

ico 50 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

ASFORMIN tabletkalari 1000mg N100 Ali Raif Ilac San. A.S. Turkiya
67 200 s`om dan
LEVEMIR FLEKSPEN eritma 3ml 100YeD/ml N5 Ново Нордиск А/С/ Ново Нордиск ООО Daniya / Rossiya
100 000 s`om dan
METFORMIN 500 tabletkalari 500mg N60 Midway Pharmaceuticals Pvt. Ltd. Hindiston
DIAFORMIN tabletkalari 500mg N60 Фармак, ПАО Ukraina
39 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
MANINIL 5 tabletkalari N120 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA MA‘LUMOT: ISTE‘MOLCHI UCHUN MA‘LUMOT

 

Maninil® 5

5 mg, tabletkalar

Kattalarda qo‘llash uchun

Ta‘sir qiluvchi modda: glibenklamid

 

Ushbu dorini qabul qilishni boshlashdan oldin ilova-varaqani hammasini diqqat bilan o‘qib chiqing.

–          Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol Siz keyinroq, uni yana bir marta o‘qib chiqishni hoxlab qolarsiz.

–          Agar Sizda keyinchalik savollar tug‘ilsa, o‘z shifokoringizga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.

–          Bu dori vositasi shaxsan Siz uchun buyurilgan va uni uchinchi shaxsga berish mumkin emas. U boshqa odamlarga hatto agar ulardagi kasallikni ko‘rinishi Sizdagiga o‘xshash bo‘lsa ham, zarar keltirishi mumkin.

–          Agar keltirilgan nojo‘ya samaralaridan birontasi Sizni ahamiyatli darajada bezovta qilsa yoki Siz o‘zingizda ushbu qo‘llash bo‘yicha ma‘lumotda keltirilmagan nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lganligini sezsangiz, ular haqida o‘z shifokoringizga yoki dorixona xodimiga xabar bering.

 

Ushbu ilova-varaqada quyidagi ma‘lumotlar saqlanadi:

  1. Maninil® 5 o‘zi nima va u nima uchun qo‘llanadi?
  2. Maninil® 5 ni qabul qilishdan oldin Siz nimalarga e‘tibor berishingiz kerak?
  3. Maninil® 5 ni qanday qabul qilish kerak?
  4. Qanday nojo‘ya ta‘sirlari bo‘lishi mumkin?
  5. Maninil® 5 ni qanday saqlash kerak?
  6. Boshqa ma‘lumotlar
  1. MANINIL® 5 O‘ZI NIMA VA U NIMA UCHUN QO‘LLANADI?

1.1. Moddalar guruhi, ko‘rsatilishlar yoki ta‘siri guruhi

Maninil® 5 – bu insulinga qaram bo‘lmagan qandli diabeti (2-nchi tur qandli diabeti) bo‘lgan kattalarni davolash uchun dori vositasidir.

1.2. Qo‘llanish sohasi

Maninil® 5 preparati qandli diabeti (2-nchi tur qandli diabeti) bo‘lgan katta pasientlarda qonda oshgan qand miqdorini pasaytirish uchun, agar diabetli bemorlar uchun tavsiya etilgan parhezga qat‘iy rioya qilish, oshiqcha vaznni kamaytirish va jismoniy faollik yo‘li bilan qondagi qand miqdorini yetarli darajada to‘g‘rilashga erishilmagan hollarda qo‘llanadi.

Maninil® 5 ni yagona dori vositasi sifatida (monoterapiya) yoki metformin bilan majmuada qo‘llash mumkin.

  1. MANINIL® 5 PREPARATINI QABUL QILISHDAN OLDIN SIZ NIMAGA E‘TIBOR BERISHINGIZ KERAK?

Maninil® 5 ni quyidagilarda qabul qilish mumkin emas

  • agar Sizda glibenklamidga yuqori sezuvchanlik (allergiya) bo‘lsa
  • agar Sizda ponso 4R ga yoki Maninil® 5 preparatining boshqa komponentlaridan biriga yuqori sezuvchanlik (allergiya) bo‘lsa
  • agar Sizda sulfanilmochevinaning boshqa preparatlariga, sulfonamidlarga, sulfonamidning hosilalari bo‘lgan diuretiklarga va probenesidga yuqori sezuvchanlik (allergiya) bo‘lsa – bunday hollarda kesishgan reaksiyalar bo‘lishi mumkin
  • insulin bilan davolashni talab qiladigan qandli diabetning quyidagi hollarida: insulinga qaram qandli diabet (1-nchi tur qandli diabeti), qandli diabetdagi modda almashinuvini nazorat qilib bo‘lmaydigan buzilishi, masalan, diabetik ketoasidoz (qonda kislotali mahsulotlarning miqdorini oshishi), koma bo‘lishidan oldingi (prekoma) va koma holati, hamda me‘da osti bezi olib tashlanganidan keyingi holat
  • agar insulinga qaram bo‘lmagan qandli diabetni (2-nchi tur qandli diabet) Maninil® 5 bilan davolash samara bermasa
  • jigar faoliyatini og‘ir buzilishlarida
  • buyrak faoliyatini pasayishining og‘ir shakllarida
  • homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Maninil® 5 preparatini qabul qilishda alohida ehtiyotkorlik talab qilinadi.

  • agar Sizda jigar yoki buyrak faoliyati cheklangan bo‘lsa yoki qalqonsimon bezi, gipofiz yoki buyrak usti bezi po‘stlog‘ining faoliyati pasaygan bo‘lsa
  • agar Sizda ovqat qabul qilishda uzoq muddatli tanaffus yoki ovqatda uglevodlarni yetishmovchiligi bo‘lsa
  • agar Sizda odatdagi bo‘lmagan jismoniy zo‘riqish bo‘lsa
  • agar Siz keksa yoshda bo‘lsangiz
  • agar Sizda ich ketishi yoki qusish bo‘lsa.

Bu omillar va ayniqsa ularning qo‘shilishi gipoglikemiya (qonda qand miqdorini tushib ketishi) rivojlanishini yuqori xavfini tug‘diradi – shuningdek 4 bo‘lim «Qanday nojo‘ya ta‘sirlari bo‘lishi mumkin?» ga qarang.

  • agar Siz ayrim dori vositalarini, ayniqsa markaziy nerv tizimiga ta‘sir qiluvchi preparatlar yoki arterial bosimini pasaytiradigan preparatlarni (b-adrenoreseptorlarning blokatori, klonidin, guanetidin, rezerpin) qabul qilayotgan bo‘lsangiz yoki, agar Sizda nerv tizimining ayrim kasalliklari (avtonom neyropatiya) bo‘lsa, unda gipoglikemiyaning darakchi – belgilari niqoblangan bo‘lishi mumkin va Sizda buni his qilish buzilgan bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda qondagi qand miqdorini tushib ketganini o‘z vaqtida sezmaslik mumkin.
  • agar Siz alkogolni bir marta qabul qilgan bo‘lsangiz yoki muntazam qabul qilsansiz, chunki u Maninil® 5 ta‘sirini kutilmagan darajada kuchaytirishi (oqibati – qondagi qand miqdorini tushishi) yoki susaytirishi (oqibati – qondagi qand miqdorini oshishi) mumkin
  • agar Siz surgi vositalarini doimo qabul qilsangiz, chunki ular qondagi qandning miqdorini to‘g‘rilashni qiyinlashishiga olib kelishi mumkin
  • ma‘lum vaziyatlarda, masalan, agar Siz shifokor belgilab bergan davolash rejasiga rioya qilmasangiz yoki Maninil® 5 ning qandni pasaytiruvchi ta‘siri hali yetarli bo‘lmasa yoki alohida stress holati paydo bo‘lsa, qondagi qandning miqdori haddan ziyod oshishi mumkin. Uning oshishini belgilari: kuchli chanqash hissi, og‘izni qurishi, tez-tez siyish, terining qichishishi va/yoki quruqligi, terining zamburug‘li kasalliklari yoki infeksiyalari, shuningdek ishlash qobiliyatini pasayishi bo‘lishi mumkin.
  • agar Siz g‘ayrioddiy stress vaziyatlarda bo‘lsangiz (masalan, jarohat, operasiya, isitma bilan kechuvchi infeksion kasalliklar), unda modda almashinuvining holati yomonlashishi va uning oqibati sifatida qondagi qandning miqdori oshishi mumkin; bu ko‘rinishlar shunday yaqqol bo‘lishi mumkinki, hatto qondagi qandning to‘g‘rilashni yaxshilash uchun, vaqtincha insulin bilan davolanishga o‘tish talab qilinishi mumkin.
  • agar Maninil® 5 preparati bilan davolanish vaqtida boshqa kasalliklar paydo bo‘lsa, darhol davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing. Shifokor o‘zgarganida (masalan, kasalxonada bo‘lish, jarohat, ta‘tilda kasal bo‘lib qolish) O‘zingizning yangi shifokoringizga siz qandli diabet bilan xastaligingizni xabar qiling.
  • agar Sizda qizil qon tanachalarining organizmda glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi deb nomlanadigan spesifik kasalligi bo‘lsa, chunki glibenklamidni qabul qilish Sizda qizil qon tanachalarini shikastlanishini chaqirishi mumkin (gemolitik anemiya).

Modda almashinuvini me‘yorlashishiga erishish uchun (ya‘ni katta siljishlarsiz qonda qand ko‘rsatgichlarini me‘yorlashtirish), Siz shifokor tomonidan belgilab berilgan davolash rejasiga qat‘iy rioya qilishingiz kerak. Diabet bilan xastalanganlar uchun ishlab chiqilgan parhezga rioya qilish, jismoniy faollik va agar lozim bo‘lsa, vaznni pasaytirish ham, Maninil® 5 ni muntazam qabul qilish kabi muhimdir. Shifokor tayinlagan tekshiruvga kelish muddatiga rioya qilish ham muhimdir. Xususan, qon va siydikdagi qandni tekshirish kerak, Sizning shifokoringiz tavsiya etiladigan qo‘shimcha tekshirishlarni ham o‘tkazadi (HbA1C va/yoki fruktozaminga, shuningdek qonning boshqa ko‘rsatgichlarini, masalan, qondagi yog‘larning miqdori).

Tabletkalarni mustaqil muntazam qabul qilaolmaydigan holatdagi pasientlarda, dorini qabul qilishni ta‘minlashni, bemorni parvarish qilayotgan shaxsga yuklatish lozim.

Agar yuqorida ta‘riflangan xavf omillari Sizga taalluqli bo‘lsa, iltimos, bu haqida o‘z shifokoringizga xabar bering; u Maninil® 5 dozasini yoki hamma davolash rejasini qayta ko‘rib chiqishi va, zarurati bo‘lganida, unga tuzatishlar kiritishi mumkin.

Bolalar

Bu dori vositasini bolalarni davolash uchun qo‘llash mumkin emas, chunki buning uchun hozircha yetarli ilmiy tajriba yo‘q.

Keksa odamlar

Keksaroq yoshli odamlarda, xususan, davom etishi cho‘zilgan gipoglikemik reaksiya xavfi bor. Agar Siz shu yosh guruhiga taalluqli bo‘lsangiz, unda ushbu dori vositasi Sizga alohida sinchkovlik bilan buyurilishi va – ayniqsa Sizni davolashni boshida – qondagi qand miqdorini tez-tez tekshirish bilan birga olib borilishi kerak.

Agar Maninil® 5 preparati boshqa dori vositalari bilan qo‘llansa

Agar Siz boshqa dori vositalarini qabul qilayotgan /qo‘llayotgan bo‘lsangiz yoki yaqinda qabul qilgan/ qo‘llagan bo‘lsangiz – hatto, agar gap reseptsiz beriladian preparatlar ustida ketsa ham, iltimos, bu haqida o‘z shifokoringiz yoki dorixona xodimiga xabar bering.

Maninil® 5 quyidagi ta‘sirlarga olib keladi:

Ta‘sirini kuchayishi va ehtimol nojo‘ya samaralarini kuchayishi:

Qondagi qand miqdorini pasayishi (gipoglikemiya) preparatning ta‘siri, agar Siz quyidagi dori vositalarini bir vaqtda qabul qilsangiz yaqqol kuchayishi sifatida namoyon bo‘lishi mumkin:

  • boshqa diabetga qarshi preparatlar, shu jumladan – insulin
  • qon bosimini pasaytirish uchun dori vositalari (AAFI-angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitorlari, b-adrenoblokatorlar)
  • yurak ritmini buzilishini davolash uchun preparatlar (dizopiramid)
  • stenokardiyani davolash uchun preparatlar (pergeksilin)
  • qondagi yog‘larning oshgan miqdorini pasaytirish uchun preparatlar (klofibrat)
  • siydik kislotasi miqdorini pasaytiruvchi dori vositalari (probenesid)
  • kayfiyatni yaxshilovchi vositalar (fluoksetin, MAO ingibitorlari)
  • qon ivishini pasaytiruvchi preparatlar (kumarin hosilalari)
  • analgetiklar va revmatizmga qarshi vositalar (salisilatlar, pirazolon hosilalari)
  • infeksion kasalliklarni davolash uchun dori vositalari (xloramfenikol antibiotiklar, xinolon hosilalari, tetrasiklin qatori preparatlari, sulfonamidlar kabi antibiotiklar)
  • zamburug‘li kasalliklarni davolash uchun preparatlar (mikonazol)
  • tuberkulyozni davolash uchun vositalar (paraaminosalisil kislotasi)
  • mushak massasini oshirish uchun preparatlar (anabolik steroidlar)
  • erkaklarning jinsiy gormonlari
  • ishtahani pasaytiruvchi vositalar (fenfluramin)
  • infuziyalar ko‘rinishidagi yuqori dozalarda yuboriladigan qon oqimini yaxshilash uchun vositalar (pentoksifillin)
  • onkologik kasalliklarni davolash uchun ayrim dori vositalari (siklofosfamid)
  • allergiyani davolash uchun preparatlar (tritokvalin)

Ta‘sirini susayishi:

Qondagi qand miqdorini oshishi (giperglikemiya) Maninil® 5 ta‘siri, agar Siz quyidagi dori vositalarini bir vaqtda qabul qilayotgan bo‘lsangiz yaqqol susayishi sifatida namoyon bo‘lishi mumkin:

  • gipoglikemiyani bartaraf qiluvchi vositalar (glyukagon)
  • qon bosimini pasaytiruvchi vositalar (b-adrenoblokatorlar, diazoksid)
  • siydik haydovchi preparatlar (diuretiklar)
  • yallig‘lanishga qarshi vositalar (kortikosteroidlar)
  • qondagi yog‘larning oshgan miqdorini pasaytiruvchi preparatlar (nikotinatlar)
  • qalqonsimon bezi gormonlari
  • ayrim ko‘z kasalliklarini (kataraktani) davolash uchun dori vositalari (asetazolamid)
  • uxlatuvchi vositalar (barbituratlar)
  • yurak qisqarishlari sonini oshiruvchi dori vositalari (simptomimetiklar)
  • tirishish xurujlari yoki shizofreniyani davolash uchun preparatlar (fenitoin, fenotiazin hosilalari)
  • tuberkulyozni davolash uchun vositalar (izoniazid, rifampisin)
  • ayollarning jinsiy gormonlari (gestagenlar, estrogenlar)

Boshqa bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘zaro ta‘sirlari:

  • Agar Siz qon bosimini pasaytirish uchun ayrim dori vositalarini (b-adrenoblokatorlar, klonidin, guanetdin yoki rezerpin) qabul qilayotgan bo‘lsangiz, unda Sizning gipoglikemiyaning darakchi belgilarini sezish buzilishi mumkin.
  • Me‘da yoki o‘n ikki barmoq ichak yarasini davolash uchun (N2-reseptorlarning blokatorlari) yoki qon bosimini pasaytirish uchun (klonidin yoki rezerpin) dori vositalari, qandni pasaytiruvchi ta‘sirini susaytirishi ham, kuchaytirishi ham mumkin.
  • Ayrim infeksion kasalliklarni davolash uchun dori vositalari (pentamidin) alohida hollarda qondagi qand miqdorini og‘ir tushishiga yoki ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin.
  • Qon ivishini susaytiruvchi preparatlarning (kumarin hosilalari) ta‘siri kuchayishi yoki susayishi mumkin.

 

Maninil® 5 ni ovqat mahsulotlari va ichimliklar bilan birga qabul qilish

Maninil® 5 bilan davolanishda Sizga alkogol qabul qilishdan saqlanish kerak, chunki u preparatning qandni pasaytiruvchi ta‘sirini kuchaytirishi yoki susaytirishi mumkin.

Homiladorlik va emizish davri

Homiladorlik

Maninil® 5 ni homiladorlikda qabul qilish mumkin emas. Ichga qabul qilish uchun diabetga qarshi dori vositalari qondagi qandning miqdorini insulin kabi ishonchli boshqara olmasliklari tufayli, ular homiladorlikda diabetni davolash uchun yaroqsizdir. Homiladorlik vaqtida insulinga qaram bo‘lmagan qandli diabetni (2-nchi tur qandli diabetni) davolashda insulin tanlov preparati bo‘lib hisoblanadi.

Rejalashtirilgan homiladorlik yuz bergunicha, iloji boricha, diabetga qarshi tabletka shaklidagi vositalarni bekor qilish va ularni insulinga almashtirish kerak.

Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, unda albatta shifokor bilan maslahatlashing. Homiladorlik vaqtida qondagi qand miqdori ustidan aniq nazorat o‘rnatish alohida muhim ahamiyatga ega.

Emizish davri

Maninil® 5 ni ona sutiga o‘tishi noma‘lum bo‘lganligi tufayli, emizish davrida bu preparatni qabul qilish mumkin emas. Buning o‘rniga Sizdagi diabetni insulin bilan davolash yoki Siz emizishni to‘xtatishingiz kerak.

Har qanday dori vositasini qo‘llashdan oldin o‘z shifokoringiz yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing.

Ko‘cha harakatida ishtirok etish va mashinalarga xizmat ko‘rsatish qobiliyati

Agar Sizda qondagi qand haddan ziyod pasaygan yoki haddan ziyod oshgan yoki ko‘rishni buzilishi bo‘lsa, bu Sizning diqqatni jamlash va reaksiya qobiliyatingizni pasaytirishi mumkin. Iltimos, Siz o‘zingizni yoki boshqa shaxslarni barcha vaziyatlarda xavfga duchor qilishingiz mumkinligini yodda tuting (masalan, avtomobil haydash yoki mashinalarga xizmat ko‘rsatish).

Avtomobilni haydashni maqsadga muvofiqligi haqida, agar Sizda:

– tez-tez gipoglikemiya hollari bo‘lsa

– gipoglikemiyaning darakchi – belgilari susaygan yoki bo‘lmasa Siz o‘z shifokoringiz bilan maslahatlashingiz kerak.

Maninil® 5 preparatining muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ayrim boshqa komponentlari haqida ma‘lumotlar

Ushbu dori vositasida laktoza saqlanadi. Shuning uchun, agar Sizga qandning ayrim turlarini o‘zlashtiraolmaslik bilan aziyat chekishingiz ma‘lum bo‘lsa, Maninil® 5 ni faqat o‘z shifokoringiz bilan maslahatlashgandan keyin qabul qiling.

  1. MANINIL® 5 NI QANDAY QABUL QILINADI?

Maninil® 5 ni doimo aniq shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qiling. Agar Sizda qandaydir shubhalar bo‘lsa, iltimos, o‘z shifokoringiz yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing.

3.1. Dozalash

Doza – shuningdek boshqa qandni pasaytiruvchi preparatlardan o‘tishda, Sizning shifokoringiz diabeti bo‘lgan bemorlar uchun ishlab chiqilgan Sizning ovqatlanishingiz va Sizning qon va siydikdagi qand miqdorining ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda belgilaydi.

Siz uchun tutib turuvchi dozani shaxsiy ravishda aniqlash uchun ta‘sir etuvchi moddasi
1 mg, shuningdek 1,75 va 3,5 mg glibenklamid saqlovchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar mavjud.

Umumiy qabul qilingan doza tashkil qiladi:

Birinchi buyurish:

Davolashni asta-sekin va iloji boricha sutkada 1/2 (1 gacha) Maninil® 5 tabletkasini (2,5-5 mg glibenklamidga to‘g‘ri keladi) tashkil etuvchi eng kichik dozalardan boshlash kerak:

Agar bu dozada qondagi qandning miqdorini yetarli pasayishiga erishilmasa, unda Sizning shifokoringiz asta-sekin, bir necha kundan taxminan bir haftagacha bo‘lgan intervallar bilan uni sutkada Maninil® 5 3 tabletkasini (15 mg glibenklamidga to‘g‘ri keladi) tashkil etuvchi kerakli sutkalik dozagacha oshiradi.

Boshqa qandni pasaytiruvchi preparatlardan o‘tish:

Agar Sizni boshqa peroral (ichga qabul qilish uchun mo‘ljallangan) diabetga qarshi preparatlardan Maninil® 5 ga o‘tkazsalar, unda boshlang‘ich doza sutkada 1/2 (1 gacha) Maninil® 5 tabletkani (2,5-5 mg glibenklamidga to‘g‘ri keladi) tashkil qilishi kerak.

Dozani tanlash:

Agar Siz keksa yoshda, holsizlangan bo‘lsangiz yoki Sizning vazningiz normadan past bo‘lsa, yoki Sizda buyrak yoki jigar faoliyatini buzilishi bo‘lsa, yoki Siz boshqa sabablarga ko‘ra gipoglikemiyaga moyil bo‘lsangiz, unda uni rivojlanish xavfini kamaytirish uchun, davolashni boshida va uning butun davri davomida Siz preparatning pastroq dozalarini qabul qilishingiz kerak. Ayrim vaziyatlarda, masalan Sizning tanangiz vazni yoki hayotingizni tarzi o‘zgarganida, dozaga muvofiq tuzatishlar kiritish kerak.

Boshqa qandni pasaytiruvchi dori vositalari bilan majmuasi:

Ayrim vaziyatlarda Sizga glitazon guruhidan bo‘lgan (roziglitazon, pioglitazon) preparatlari qo‘shimcha buyurilishi mumkin.

Maninil® 5 ni shuningdek shaxsiy insulinni chiqarilishini rag‘batlantirmaydigan (guarmel yoki akarboza) boshqa diabetga qarshi preparatlar bilan majmuada qo‘llash mumkin.

Agar Sizda o‘z insuliningizni ishlab chiqarilishi pasaysa (insulinni ishlab chiqaruvchi xujayralarning quvvatsizlanishi natijasida davolashning boshlanayotgan ikkilamchi samarasizligi), insulin bilan kombinasiyalangan davolashni sinab ko‘rish mumkin. Biroq, Sizda organizmning o‘z insulinini chiqishini butunlay to‘xtatishida, birgina insulin bilan davolash ko‘rsatilgan (insulin bilan monoterapiya).

Agar Siz Maninil® 5 ning ta‘siri haddan tashqari kuchli yoki haddan tashqari kuchsiz deb hisoblasangiz, iltimos, shifokorga murojaat qiling.

3.2. Qo‘llash usuli

Tabletkalarni ovqatdan oldin, chaynamasdan, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan (yaxshisi – bir stakan suv) birga qabul qiling. 2 tabletkagacha bo‘lgan sutkalik dozada buyurilganda, ularni ertalabki nonushtadan oldin qabul qiling.

Maninil® 5 ning 2 tabletkadan ortiq sutkalik dozasi buyurilganda, barcha miqdorini ikki qabulga taqsimlash (ertalab va kechqurun) tavsiya qilinadi, bunda kattaroq dozani ertalabki nonushta oldidan qabul qilish kerak.

Dorini qabul qilish bo‘yicha iltimos, o‘z shifokoringizning ko‘rsatmalariga amal qiling.

Preparatni har gal bir vaqtda qabul qilish muhimdir.

Tabletkalarni bo‘lish bo‘yicha ko‘rsatma:

Tabletkani bo‘lish uchun yo‘lini yuqoriga qilgan holda ikki qo‘lning bosh va ko‘rsatkich barmoqlari orasida tutib, katta barmoqlar bilan bo‘lish uchun yo‘li bo‘ylab pastga bosib, tabletka ikki bo‘lakka sindiriladi.

3.3. Qo‘llash davomiyligi

Preparatni qo‘llash davomiyligi masalasini Sizning davolovchi shifokoringiz hal qiladi.

3.4. Agar Siz Maninil® 5 ni keragidan ortiq miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz

Maninil® 5 dozasini yaqqol bir martalik oshirib yuborilishi, va biroz oshiq dozalarni uzoq muddat davomida qabul qilish ham, ma‘lum vaziyatlarda hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir davomli gipoglikemiyaga olib kelishi mumkin. Gipoglikemiya belgilari 4 bo‘lim “Qanday nojo‘ya ta‘sirlar bo‘lishi mumkin”da ta‘riflangan.

Yengil darajali gipoglikemiyani Sizning o‘zingiz qand, qandning miqdori ko‘p bo‘lgan ovqat yoki ichimliklarni qabul qilish bilan yo‘qotishingiz mumkin. Shuning uchun Sizda 20 gramm qand doimo bo‘lishi kerak. Agar o‘zingiz gipoglikemiyani darhol yo‘qota olmasangiz, unda zudlik bilan shifokorni/tez yordamni chaqirish kerak.

3.5. Agar Siz Maninil® 5 ni qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz

Hech qachon navbatdagi qabul qilish vaqtida Maninil® 5 ni qo‘shimcha miqdorini qabul qilmang, uni ko‘rsatmalarga muvofiq qabul qilishni davom ettiring.

3.6. Agar Siz Maninil® 5 ni qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz

O‘z holicha davolashni to‘xtatish yoki dozani yoki diabeti bo‘lgan bemorlar uchun ishlab chiqilgan parhezni o‘zgartirish mumkin emas. Agar nimanidir o‘zgartirish kerak bo‘lsa, unda boshida albatta O‘z shifokoringiz bilan maslahatlashing.

Ushbu dori vositasini qo‘llash bo‘yicha keyinchalik savollar tug‘ilsa, O‘z shifokoringiz yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing.

  1. QANDAY NOJO‘YA TA‘SIRLARI BO‘LISHI MUMKIN?

Barcha dori vositalari kabi Maninil® 5 ham nojo‘ya ta‘sirlarga ega bo‘lishi mumkin, biroq ular har bir pasientda ham bo‘lmasligi mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlarini baholashda asos qilib, tez-tezligi bo‘yicha quyidagi ma‘lumotlar olinadi:

Juda tez-tez: 10 pasientdan 1 tasidan ko‘pida paydo bo‘lishi mumkin
Tez-tez: 100 pasientdan 1-10 tasida paydo bo‘lishi mumkin
Ba‘zida: 1000 pasientdan 1-10 tasida paydo bo‘lishi mumkin
Kam: 10000 pasientdan 1-10 tasida paydo bo‘lishi mumkin
Juda kam: 10000 pasientdan 1 tasidan kamrog‘ida paydo bo‘lishi mumkin
Tez-tezligi noma‘lum: Mavjud ma‘lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi

Siz e‘tiboringizni qaratishingiz kerak bo‘lgan ahamiyatli nojo‘ya ta‘sirlari yoki simptomlari va bundagi zarur bo‘lgan choralar

Agar sizda quyida keltirilgan nojo‘ya samaralardan birontasi bo‘lsa, har qanday holda ham Maninil® 5 qabul qilmang va, iloji boricha tezroq o‘z shifokoringizga murojaat qiling.

Tez-tez

Modda almashinuvi va ovqatlanishni buzilishlari

  • Gipoglikemiya glibenklamid bilan davolashning eng ko‘p uchraydigan noxush samarasidir.

Ma‘lum sharoitlarda uning kechishi davomli xarakterga ega bo‘lishi va koma bilan (ongni chuqur yo‘qotilishi) kechuvchi og‘ir gipoglikemiyaga olib kelishi mumkin. Gipoglikemiyani juda niqoblangan kechishida, nervlarni shikastlanishida (avtonom neyropatiya) yoki qon bosimini pasaytirish uchun ayrim vositalarni bir vaqtda qabul qilishda (2 bo‘limga qarang «Agar Maninil® 5 preparati boshqa dori vositalari bilan qabul qilinsa»), gipoglikemiyaning tipik darakchi-simptomlari susayishi yoki bo‘lmasligi mumkin; bunday hollarda uni aniqlash qiyinroq bo‘ladi.

Gipoglikemiya qanday paydo bo‘lishi mumkin?

Qondagi qand darajasini tushishini mumkin bo‘lgan sabablari 2 bo‘limda «Maninil® 5 ni qabul qilishda maxsus ehtiyotkorlik talab qilinadi» ta‘riflangan.

Siz gipoglikemiyani qanday aniqlashingiz mumkin?

Gipoglikemiya qondagi qand miqdorini taxminan 50 mg/dl dan pastga tushib ketishi bilan xarakterlanadi. Quyidagi belgilar Sizda qonda qand darajasini haddan ziyod tushib ketganiga, Sizning yoki atrofingizdagilarning e‘tiborini qaratishi mumkin:

  • to‘satdan ter chiqib ketishi, yurak urishi, qaltirash, ochlik hissi, bezovtalik, og‘iz sohasida «jimirlash», oqarib ketish, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, uyquni buzilishi, qo‘rqishlik, harakatdagi qat‘iyatsizlik, o‘tkinchi nevrologik tushib qolishlar (masalan, nutq va ko‘rishni buzilishi, falaj ko‘rinishlari yoki sezuvchanlikni buzilishi).

Agar gipoglikemiya rivojlanib borsa, Siz o‘z holatingizni nazorat qila olmay qolishingiz va xushdan ketishingiz mumkin. Bunday hollarda, ko‘proq teri nam va sovuq bo‘lib qoladi va tirishishlarga moyillik paydo bo‘ladi.

Qonda qand darajasi pasayganida (gipoglikemiyada) nima qilish kerak?

Gipoglikemiyaning choralari 3.4. bo‘limda «Agar Siz keragidan ortiq miqdorda Maninil® 5 preparatini qabul qilgan bo‘lsangiz» ta‘riflangan.

Agar Sizda gipoglikemiya yuz bersa, darhol o‘z shifokoringizga murojaat qiling; u Maninil® 5 preparati bilan davolashga tuzatishlar kiritish kerakligi yoki kerak emasligini hal qiladi.

Ba‘zida:

Teri va uning qo‘shimchalari tomonidan buzilishlar

  • Terini qichishishi
  • Eshakemi
  • Teri toshmalari (tugunli eritema, morbilliform yoki makulopapulyoz ekzantema)
  • Yorug‘likka sezuvchanlikni oshishi
  • Teriga qon quyilishi

Bu ko‘rinishlar yuqori sezuvchanlikning o‘tuvchan reaksiyalaridir, biroq juda kam hollarda ular, bo‘g‘ilish va hatto shokkacha bo‘lgan qon bosimini tushishi bilan kechuvchi, hayot uchun xavfli holatlarga o‘tib ketishi mumkin.

Kam

Qon tizimi va limfa tizimi tomonidan buzilishlar

  • Qon plastinkalari sonini kamayishi (u teriga qon quyilishlari bilan namoyon bo‘ladi).

Juda kam

Jigar va o‘t pufagi faoliyatini buzilishlari

  • Jigar fermentlari ko‘rsatkichlarini oshishi, jigarning «dorili» yallig‘lanishi (dorilarni qabul qilish bilan chaqirilgan), ehtimol jigar to‘qimasi tomonidan yuqori sezuvchanlik reaksiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan sariqlik.

Jigar faoliyatining bu buzilishlari Maninil® 5 bekor qilinganidan so‘ng, yana ortga qaytishi mumkin, biroq ular shuningdek hayot uchun xavf tug‘diruvchi jigar yetishmovchiligiga ham olib kelishi mumkin.

Teri va uning qo‘shimchalari tomonidan buzilishlar

  • Teri toshmasi, bo‘g‘imlardagi og‘riqlar, isitmalash, siydikda oqsilni paydo bo‘lishi va sariqlik bilan kechuvchi yuqori sezuvchanlikning umumiy reaksiyalari.
  • Hayot uchun xavf tug‘diruvchi qon tomirlarni allergik yallig‘lanishi.

Teri reaksiyalari paydo bo‘lganida darhol o‘z shifokoringizga murojaat qiling!

Qon tizimi va limfa tizimi tomonidan buzilishlar

  • Qizil va oq qon tanachalari sonini kamayishi
  • Barcha qon xujayralarining sonini kamayishi
  • Kamqonlik (gemolitik anemiya)

Qon manzarasining ko‘rsatilgan o‘zgarishlari Maninil® 5 bekor qilinganidan so‘ng, umuman ortga qaytadi, biroq juda kam hollarda ular hayot uchun xavf tug‘dirishi mumkin.

Boshqa bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari

Tez-tez

Ovqatlanish va modda almashinuvining boshqa buzilishlari

  • Tana vaznini oshishi.

Ba‘zida

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan shikoyatlar

  • Ko‘ngil aynishi
  • Me‘dada tiqilish hissi
  • Me‘dada to‘lish hissi
  • Qusish
  • Qorinda og‘riq
  • Ich ketishi
  • Kekirish
  • Og‘izda metall ta‘mi

Bu shikoyatlar ba‘zan o‘tkinchi bo‘ladi va umuman Maninil® 5 ni bekor qilishni talab etmaydi.

Juda kam

  • Kuchsiz siydik haydovchi ta‘sir
  • Siydikda oqsillarni o‘tkinchi paydo bo‘lishi
  • Qonda natriy miqdorini kamayishi
  • Qon aylanishini buzilishi va hansirash bilan ifodalanadigan alkogol iste‘mol qilgandan keyin paydo bo‘ladigan o‘tkir o‘zlashtira olmaslik reaksiyasi
  • Glibenklamid (sulfonamidlar, sulfonamid hosilalari va probenesid) kabi dori vositalariga bir vaqtdagi kesishgan allergiya.

Ko‘z tomonidan buzilishlar

  • Ko‘rishni o‘tkinchi buzilishlari, xususan davolashni boshida. Ular qondagi qand darajasini o‘zgarishi tufayli paydo bo‘ladi.

Ponso R4 allergik reaksiyalar chaqirishi mumkin.

Agar keltirilgan nojo‘ya samaralardan birontasi Sizni sezilarli bezovta qilsa yoki Siz ushbu qo‘llash bo‘yicha ma‘lumotda keltirilmagan nojo‘ya ta‘sirlarni o‘zingizda paydo bo‘lganini sezsangiz, o‘z shifokoringiz yoki dorixona xodimiga ular haqida xabar bering.

  1. MANINIL® 5 PREPARATNI QANDAY SAQLASH KERAK?

Dori vositasini bolalar olaolmaydigan joyda saqlash kerak !

O‘ramida va yig‘ma karton qutidagi «goden do» da ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin, Sizga ushbu dori vositasini ishlatish mumkin emas. Yaroqlilik muddatini o‘tish sanasi oyning oxirgi kuni hisoblanadi.

 

Saqlash sharoiti

30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

  1. BOSHQA MA‘LUMOTLAR

Maninil® 5 preparatida nima saqlanadi:

Ta‘sir etuvchi modda:

bir tabletkada 5 mg glibenklamid saqlanadi.

Boshqa komponentlari:

Laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, jelatin, talk, magniy stearati [o‘simlik] Ph. Eur., ponso 4R (Ye 124).

Maninil® 5 preparati qanday ko‘rinishga ega va o‘ram ichidagisi:

Pushti, yassiparallel, chetlari qiya va bir tomonida bo‘lish uchun yo‘li bo‘lgan tabletkalar.

Tabletkalar ikki teng bo‘laklarga bo‘linishi mumkin.

Tabletkalar uchun birlamchi o‘ram sifatida silfonli polietilen tiqin bilan berkitilgan naysimon rangsiz shisha flakonlar, shuningdek tiniq, qattiq PVX-plyonka va qattiq alyumin folgadan tayyorlangan blisterlar ishlatiladi. Ikkilamchi o‘ram sifatida buklanadigan qutilar ishlatiladi.

Maninil® 5 120 tabletkalardan o‘ramlarda chiqariladi.

Dorixonalardan shifokor resepti bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MANINIL 5 tabletkalari N120 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MANINIL 5 tabletkalari N120 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MANINIL 5 tabletkalari N120 dori vositasi Менарини-Фон Хейден ГмбХ/Берлин-Хеми АГ tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MANINIL 5 tabletkalari N120 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MANINIL 5 tabletkalari N120 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9