×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MAPROFEN tabletkalari 100mg N8

Kategoriya:
- Yallig'lanishga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
Флурбипрофен
Qadoqda soni:
- 8
Ishlab chiqaruvchi:
- Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
ATX kodi:
- M01AE09
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 3 ta dorixonasida topildi

ico 17 900 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 38 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

DIKLORAN PLYUS gel 30g Джонсон & Джонсон, ООО, Россия произведено: Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited) Hindiston
KLODIFEN NEYRO kapsulalar N30 World Medicine Limited, Великобритания произведено: Adipharm Ltd. Bolgariya
40 560 s`om dan
Aviten kukuni 20mg N1 Avantika Medex Pvt. Ltd, Индия произведено: Montage Laboratories Pvt. Ltd Hindiston
40 000 s`om dan
DIKLOFENAK suppozitorii 100mg N10 Дальхимфарм, ОАО Rossiya
6 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
MAPROFEN tabletkalari 100mg N8 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MAPROFEN

MAPROFENUM

 

Preparatning savdo nomi: Maprofen

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Flurbiprofen

Dori shakli: Tabletkalar

Tarkibi:

Faol modda: flurbiprofen 100 mg

Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mikrokristallik sellyuloza, natriy kroskarmelloza, magniya stearati, kolloid kremniy dioksidi.

Qobiq tarkibi: Opadry II moviy rangli 85F20578.

Farmakoterapevtik guruhi: Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita.

Farmakologik xususiyatlari
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita, fenilpropion kislotasining hosilasi. Og‘riq qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Ta‘sir mexanizmi siklooksigenaza (SOG-1 va SOG-2) fermentini bloklashi hisobiga prostaglandinlar sintezini susaytirishi va periferik og‘riq reseptorlariga nisbatan to‘qimalarning sezgirligini bartaraf qilinishi bilan bog‘liq.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganidan keyin flurbiprofen ovqat hazm qilish tizimidan tez so‘riladi. Plazmada maksimal konsentrasiyasiga (Smax) 1,5 soat o‘tgach erishiladi. Ovqat qabul qilish preparatning biokiraolishligiga ta‘sir qilmaydi. Flurbiprofen plazma oqsillari bilan 99% dan ortiq bog‘lanadi.

Flurbiprofen jigarda gidroksillanish yo‘li bilan deyarli to‘liq metabolizmga uchraydi.

Yarim chiqarilish davri (T1/2) 3-6 soatni tashkil qiladi.

Asosan siydik bilan erkin va bog‘langan holda (20%), hamda gidroksillangan metabolitlari (50%) ko‘rinishida chiqariladi.

Qo‘llanilishi

– og‘riqni yengillashtirish uchun: bosh, tish og‘rig‘i, nevralgiyadagi, dismenoreyadagi og‘riqlar; – tezkor va uzoq muddatli simptomatik terapiya uchun: revmatoid artritda, osteoartritda, ankilozlovchi spondilitda, o‘tkir podagrali artritda, artralgiyada, artrozlarda, lyumbagoda, o‘tkir radikulitda;

– jarrohlik aralashuvlaridan keyin va yumshoq to‘qimalarning jarohatlarida, otolaringologiyada, stomatologiyada og‘riqni va yallig‘lanishni yengillashtiruvchi vosita sifatida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga qabul qilish buyuriladi.

Kattalar va 15 yoshdan katta bolalar uchun tavsiya qilinadigan dozalar – simptomlarning o‘tkirligiga qarab, 1 tabletka (100 mg) dan sutkada 1-3 marta buyuriladi. Maksimal sutkalik doza- 3 tabletka.

Dismenoreyada – 1 tabletkadan, keyinchalik ½ tabletkadan yoki 1 tabletkadan har 4 yoki 6 soatda buyuriladi. Preparatning maksimal sutkalik dozasi 3 tabletkadan oshmasligi kerak.

Preparatni 3 kundan ortiq qabul qilmaslik kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya ta‘sirlarni rivojlanish tez-tezligi past. Ko‘pchilik nojo‘ya holatlar yengil va vaqtinchalikdir.

Mahalliy reaksiyalar: ta‘m sezishni o‘zgarishi, paresteziyalar (achishish, sanchish, jizillash), og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini yaralanishi.

Yurak-tomir tizimi tomonidan: arterial bosimni oshishi, taxikardiya, yurak yetishmovchiligi.

Qon yaratish tizimi tomonidan: kam hollarda anemiya (temir tanqisligi, gemolitik, aplastik anemiya), agranulositoz, leykopeniya, trombositopeniya.

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi, bronxospazm, fotosensibilizasiya, Kvinke shishi, anafilaktik shok.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: dispepsiya, (ko‘ngil aynishi, qusish, jig‘ildon qaynashi, diareya), qorin sohasida og‘riq, qabziyat, me‘da-ichak yo‘llari shilliq qavatini yaralanishi, qon ketishlari (shu jumladan milkdan va gemmoroidal), xolestatik sariqlik.

Markaziy nerv va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, asteniya, uyqusizlik yoki uyquchanlik, depressiya, amneziya, tremor, qo‘zg‘alish, kam hollarda ataksiya, ongni chalkashishi, paresteziyalar.

Sezgi a‘zolari tomonidan: quloqlarni shang‘illashi, ko‘rishni buzilishi.

Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: tubulointerstisial nefrit, shish sindromi, buyrak faoliyatini buzilishi, gematuriya; yakka hollarda buyrak yetishmovchiligi.

Boshqalar: rinit, tana vaznini o‘zgarishi, ko‘p terlash.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

– anamnezida asetilsalisil kislotasiga yoki boshqa NYAQV larni qabul qilinishi bilan bog‘liq o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (bronxial astma, rinit, eshakemi) bo‘lgan pasientlar,

– me‘da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari;

– glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi;

– arterial gipertenziya;

– yurak yetishmovchiligi;

– surunkali buyrak yetishmovchiligi;

– homiladorlik;

– laktasiya davri;

– 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi;

– flurbiprofenga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;

Preparatni giperbilirubinemiyada (shu jumladan Jilber, Dubin-Djonson va Rotor sindromida), surunkali yurak yetishmovchiligida, shishlarda, arterial gipertenziyada, gemofiliyada, qon ivishi pasayganda, suyak ko‘migida qon yaratilishini susayishida, surunkali jigar yetishmovchiligida, eshitishni pasayishida, vestibulyar apparatining patologiyalarida, shuningdek keksa yoshdagi pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Preparatni laktasiya davrida buyurish zarurati tug‘ilganda, emizishni to‘xtatish to‘g‘risidagi masalani hal qilish lozim.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Furosemid kabi diuretik preparatlar bilan birga qo‘llanganda diuretik ta‘sir pasayishi mumkin.

Boshqa NYAQV lar kabi, antikoagulyantlarni qabul qilayotgan pasient, qon ketish xavfini rivojlanish xavfi borligi sababli preparatni ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Birga qo‘llanganda:

– kortikosteroidlar bilan – me‘da-ichakdan qon ketishlari xavfi oshadi;

– asetilsalisil kislotasi bilan – flurbiprofen konsentrasiyasini pasayishi (ushbu majmua tavsiya qilinmaydi);

– gipotenziv preparatlar bilan – ularning samarasini pasaytiradi;

– yurak glikozidlari bilan – preparat, ularning toksikligini oshirishi mumkin;

– siklosporin bilan – siklosporinning nefrotoksikligini kuchaytirishi mumkin;

– litiy, metotreksat preparatlari bilan – ularni chiqarilishini kamaytirishi mumkin;

– sulfonilmochevina hosilalari bilan – ularni samaralarni kuchaytiradi.

Jigar mikrosomal oksidlanish fermentlari induktorlari (fenitoin, etanol, barbituratlar, rifampisin, fenilbutazon, trisiklik antidepressantlar) bilan birga qo‘llanganda flurbiprofenning gidroksillangan faol metabolitlarini ishlab chiqarilishini oshiradi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

NYAQV uzoq muddat qabul qilayotgan pasientlar, ovqat hazm qilish tizimi tomonidan nojo‘ya ta‘sirlarni rivojlanishini oldini olish maqsadida, sinchiklab tekshirilishlari kerak.

Preparatni jigar, buyrak va me‘da-ichak yo‘llari kasalliklari bo‘lgan pasientlarga qo‘llash zarurati tug‘ilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim,

Shishlarni rivojlanishi va suyuqlikni tutilib qolish xavfi tufayli, preparatni yurak yetishmovchiligi, arterial gipertenziyasi va boshqa kasalliklari bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi;

Qon ketish vaqtini uzaytirishi mumkin, shuninig uchun preparatni patologik qon ketishini rivojlanish xavfi bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Tomoqdagi og‘riqlar tana haroratini oshishi bilan birga kechgan hollarda preparatni qabul qilish faqat shifokor tomonidan tavsiya qilinishi mumkin.

17-ketosteroidlarni aniqlashga zarurat tug‘ilganda preparatni qabul qilishni tekshirishdan 48 soat oldin bekor qilish kerak.

Yuqor harorat saqlanganida, bosh og‘rig‘i va boshqa nojo‘ya holatlar paydo bo‘lganida darhol shifokorga murojat qilish kerakligi to‘g‘risida pasient ogohlantirilgan bo‘lishi kerak.

Preparat avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: nafasni buzilishi, ko‘ngil aynishi, epigastral sohada og‘riq, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik, qo‘zg‘alish, diplopiya, mioz, gipotonus, hushni komaga qadar yo‘qotish.

Davolash: maxsus antidoti yo‘q. Preparatni qabul qilishni bekor qilish, me‘dani yuvish va simptomatik davolash.

 

Chiqarilish shakli

Tabletkalar 100 mg dan, №8, №16 va №24, blisterlarda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S yuqori bo‘lmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MAPROFEN tabletkalari 100mg N8 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MAPROFEN tabletkalari 100mg N8 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MAPROFEN tabletkalari 100mg N8 dori vositasi Nobel Pharmsanoat, ИП ООО tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MAPROFEN tabletkalari 100mg N8 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MAPROFEN tabletkalari 100mg N8 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
ZERALGO 100mg N15
Narh: 26 900 so'mdan Batafsil
MAPROFEN tabletkalari 100mg N24
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флурбипрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
Narh: 38 100 so'mdan Batafsil
STREPSILS INTENSIV tabletkalari so vkusom meda i limona N24
Narh: 59 500 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
LORATAL tabletkalari 10mg N30
Narh: 67 200 so'mdan Batafsil
ANZIBEL tabletkalari N30
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
MAPROFEN tabletkalari 100mg N24
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флурбипрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
Narh: 38 100 so'mdan Batafsil
RELAKSA 8 tabletkalari 8mg N10
Narh: 42 600 so'mdan Batafsil
LEFLOKS tabletkalari 750mg N7
Narh: 59 000 so'mdan Batafsil
LEFLOKS tabletkalari 500mg N7
Narh: 47 000 so'mdan Batafsil
KLAMOK tabletkalari 375mg N15
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
KLAMOK tabletkalari 1000mg N10
Narh: 49 000 so'mdan Batafsil
KLAMOK tabletkalari 625mg N15
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
ZITMAK tabletkalari 500mg N3
Narh: 29 000 so'mdan Batafsil
ZITMAK tabletkalari 250mg N6
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
FLUNOL kapsulalar 150mg N1
Narh: 12 700 so'mdan Batafsil
FLUNOL kapsulalar 150mg N2
Narh: 22 600 so'mdan Batafsil
FLUNOL kapsulalar 50mg N7
Narh: 21 000 so'mdan Batafsil
PALORA tabletkalari 100mg N30
Narh: 46 400 so'mdan Batafsil
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
KORONIM tabletkalari 10mg N30
Narh: 42 000 so'mdan Batafsil
KORONIM tabletkalari 5mg N30
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
KO IRBESAN tabletkalari 150mg N28
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
PANTAP tabletkalari 40mg N28
Narh: 34 000 so'mdan Batafsil
PANTAP tabletkalari 40mg N14
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
Narh: 31 000 so'mdan Batafsil
SEKRAZOL tabletkalari 30mg N30
Narh: 24 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9