×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MEDEKSOL ko'z tomchilari i ushnie 5ml 0,1%

Kategoriya:
- Oftolmologik vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Turkiya
Faol modda:
Дексаметазон
Ishlab chiqaruvchi:
- World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd Sti., Турция произведено: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S.
ATX kodi:
- S01BA01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 9 ta dorixonasida topildi

ico 30 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 33 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

BESTOKSOL ko'z tomchilari 10ml 4% World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd. Sti., Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S. Turkiya
39 200 s`om dan
TRIODEKS ko'z tomchilari i ushnie 5ml Aseptica, ООО O'zbekiston
38 000 s`om dan
ETASIZIN tabletkalari 50mg N50 Олайнфарм, АО Latviya
175 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
MEDEKSOL ko'z tomchilari i ushnie 5ml 0,1% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MEDEKSOL

MEDEXOL

 

Preparatning savdo nomi: Medeksol

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): deksametazon

Dori shakli: ko‘z/quloq tomchilari

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: deksametazon fosfati (natriyli tuzi shaklida) – 1 mg;

Yordamchi moddalar: kreatinin, natriy sitrati, natriy borati, polisorbat 80, benzalkoniy xloridi, dinatriy edetati, natriy metabisulfiti, xlorid kislotasi, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: rangsiz yoki biroz sariq rangli tiniq eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: glyukokortikosteroidlar.

ATX kodi: S01VA01

Farmakologik hususiyatlari

Mahalliy qo‘llanadigan sintetik glyukokortikoid preparat. Yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi va antiekssudativ ta‘sir ko‘rsatadi.

1 tomchi preparat tomizilganidan so‘ng yallig‘lanishga qarshi ta‘sirining davomiyligi 4 soatdan 8 soatgacha.

Qo‘llanilishi

Medeksol ko‘z/quloq tomchilari quyidagi holatlarda qo‘llanadi:

  • o‘tkir va surunkali yallig‘lanish jarayonlarida: kon‘yunktivit, keratit, keratokon‘yunktivit va blefaritning yiringsiz shakllari; sklerit va episklerit; irit, iridosiklit va turli xil genezli boshqa uveitlari; ko‘zning orqa kesimini yallig‘lanishi (xorioidit, xorioretinit); ko‘rish nervi nevriti; optikonevromielit (Devik kasalligi); qovoqning noinfeksion dermatozlari; simpatik oftalmiyada;
  • ko‘z shox pardasining turli xil etiologiyali (kimyoviy, fizikaviy yoki immun) yuzaki shikastlanishlarida ko‘z shox pardasi to‘liq epitelizasiyalanganidan so‘ng;
  • ko‘zning allergik kasalliklarida: allergik kon‘yunktivit yoki keratokon‘yunktivitda;
  • quloqlarni allergik va yallig‘lanish kasalliklari (shu jumladan, mikrobli): tashqi va o‘rta quloqni o‘tkir va surunkali otitlarida, eshitish a‘zolarida o‘tkazilgan jarrohlik operasiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan infeksion asoratlarda,
  • operasiyadan keyingi va jarohatlanishdan keyingi yallig‘lanish jarayonlarini oldini olish va davolash uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Faqat mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga

O‘tkir yallig‘lanish jarayonlarida Medeksolni 1-2 tomchidan sutkada 4-5 marta 2 kun davomida konyu‘nktivaga tomiziladi, so‘ngra sutkada 3-4 marta 4-6 kun davomida qo‘llanadi.

Surunkali yallig‘lanish jarayonlarida preparat sutkada 2 marta 4 hafta davomida tomiziladi. Preparatni maksimal qo‘llash davomiyligi 4 haftani tashkil etadi.

Operasiyadan keyingi va jarohatlanishdan keyingi davrda yallig‘lanish jarayonining jadallik darajasiga qarab, Medeksol 1-2 tomchidan sutkada 2-4 marta 2-4 hafta davomida tomiziladi.

6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga

Allergik va yallig‘lanish jaraenlarni davolashda preparat 1 tomchidan sutkada 2-3 marta 7-10 kun davomida tomiziladi. Zarurat bo‘lganida, 10-kunida flyuoressein sinamasi (ko‘z shox pardasining epiteliysi butunligini tekshirish maqsadida) o‘tkazilganidan keyin davolashni davom ettirish mumkin.

Tashqi quloq infeksiyalarida 4 tomchidan sutkada 3-4 marta tomiziladi.

Eshitish a‘zolarida o‘tkazilgan jarroxlik operasiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan infeksion asoratlarda va o‘rta quloq otitlarida 4-10 tomchidan sutkada 3-4 marta tomiziladi.

Ijobiy natijaga erishilgandan so‘ng doza kamaytiriladi.

Alternativ ravishda, preparat bilan to‘yintirilgan doka turunda tashqi eshitish yo‘liga qo‘yilishi mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat tomizilgandan so‘ng tez o‘tib ketadigan achishish xissi paydo bo‘lishi mumkin.

Nojo‘ya samaralar rivojlangan hollarda preparatni qo‘llashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatni quyidagi hollarda qo‘llash mumkin emas:

  • preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlikda;
  • Herpes simplex chaqirgan keratitda, suv chechak va boshqa virusli kasalliklarda;
  • ko‘zning mikobakterial infeksiyalarida;
  • ko‘zning zamburug‘li kasalliklarida;
  • ko‘zning shox pardasi epiteliyasini shikastlanishi bilan birga kechadigan o‘tkir yiringli kasalliklarda;
  • ko‘z shox pardasining epiteliopatiyasida;
  • ko‘z ichki bosimi oshganida;
  • quloq nog‘ora pardasini perforasiyasida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri asosan preparatni chiqarilishidagi sitoxrom saqlovchi fermentlarni ishtiroki bilan bog‘liq. Medeksol fenitoin, barbituratlar va varfarin ta‘sirini kuchaytirishi mumkin. Preparat SYRZA4 izofermentini indusiya qilib, kalsiy kanallarining blokatorlari, xinidin va eritromisinning samarasini kamaytiradi. Odatdagi mahalliy qo‘llash tartibida preparatning dozasi jigar fermentlarini induksiyalash yoki ularni preparatga to‘yinishi uchun yetarli emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Kontakt linzalar taqilgan vaqtda preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Preparatni qo‘llashdan oldin kontakt linzalarni yechish va preparat tomizilganidan so‘ng kamida 15 minutdan keyin taqish lozim.

Medeksol ko‘z tomchilarini uzoq vaqt davomida qo‘llash natijasida ko‘z bosimi oshishi mumkin. Agar preparat 2 hafta va undan ortiq vaqt davomida qo‘llansa, ko‘z ichki bosimini muntazam ravishda o‘lchash kerak.

Preparat ko‘z shox pardasini gerpesi bo‘lgan bemorlarga buyurilganida, uni perforasiyalanishi mumkinligini ko‘zda tutish kerak.

Preparat bilan davolanish bakterial yoki zamburug‘li infeksiyalarning manzarasini yashirishi mumkin, shuning uchun ko‘z va quloqning infeksion kasalliklarini davolashda preparatni adekvat mikroblarga qarshi dori vositalari bilan birga qo‘llash kerak.

Homiladorlik va laktasiya davrda qo‘llanishi

Homiladorlik va laktasiya davrida Medeksol preparatini, ona uchun kutilayotgan foyda homila yoki go‘dak uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgandagina, qo‘llash mumkin.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Preparat tomizilgandan so‘ng ko‘z yoshini oqishi mumkinligi tufayli, transport vositalarini boshqarish yoki mexanik uskunalarga xizmat ko‘rsatishdan oldin qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparat mahalliy qo‘llanganida dozani oshirib yuborilish ehtimoli kam.

Preparat bilan mahalliy davolanishda hech qanday yaqqol kechuvchi somatik o‘zgarishlar kuzatilmagan.

Allergik reaksiyalar rivojlanganida davolashni zudlik bilan to‘xtatish kerak.

Chiqarilish shakli

Ko‘z/quloq tomchilari 5 ml dan tiqin-tomchilagichli va himoya xalqasi bilan ta‘minlangan buraluvchi himoya qopqoqli plastik flakonda. 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin

Flakon ochilgandan so‘ng preparat 1 oy davomida ishlatilsin!

Yaroklilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MEDEKSOL ko'z tomchilari i ushnie 5ml 0,1% dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MEDEKSOL ko'z tomchilari i ushnie 5ml 0,1% dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MEDEKSOL ko'z tomchilari i ushnie 5ml 0,1% dori vositasi World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd Sti., Турция произведено: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S. tomonidan Turkiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MEDEKSOL ko'z tomchilari i ushnie 5ml 0,1% dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MEDEKSOL ko'z tomchilari i ushnie 5ml 0,1% dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
DEKSAMETAZON ko'z tomchilari 10ml 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Дексаметазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ShenZhen Unison Bio – Tech Co., Ltd
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
DEKSAMETAZON ko'z tomchilari 1mg 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Дексаметазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Warsaw Pharmaceutical Works Polfa S.A.
DEKSAMETAZON tabletkalari 0,5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Дексаметазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d. Novo Mesto
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
DEKSAMETAZON tabletkalari 0,5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Дексаметазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ГНЦЛС ОЗ, ООО
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
DEKSAMETAZON tabletkalari 0,5mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Дексаметазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ГНЦЛС ОЗ,ООО произведено Здоровье, ФК, ООО
DEKSAMETAZON inyeksiya uchun eritma 1ml 0,4% N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Дексаметазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Uzgermed Pharm, СП, ООО
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
DEKSAMETAZON eritma 1ml 4mg/ml N25
Narh: 23 500 so'mdan Batafsil
DEKSAZON inyeksiya uchun eritma 1ml 50mg/5ml N25
  • Ishlab chiqarilish joyi: Serbiya
  • Faol modda: Дексаметазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Galenika a.d.
MONODEKS ko'z tomchilari 5ml 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Дексаметазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Aseptica, ООО
  • Vakil: Aseptica
OFTAN DEKSAMETAZON ko'z tomchilari 5ml 1mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Finlyandiya
  • Faol modda: Дексаметазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Santen OY
Narh: 84 000 so'mdan Batafsil
FARMADEKS ko'z tomchilari 10ml 1mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Дексаметазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
DEKSAMETAZON eritma 1ml 0,004/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya Respublikasi
  • Faol modda: Дексаметазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Белмедпрепараты РУП
DEKSAMETAZON ko'z tomchilari 5ml 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya Respublikasi
  • Faol modda: Дексаметазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Белмедпрепараты РУП
Narh: 2 900 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
PALLADA NS sprey 30 ml 665mkg 240 doz
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Olopatadin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd Sti., Турция произведено: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S.
MEDETROM ko'z tomchilari 5ml 3mg/ml+1mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd Sti., Турция произведено: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S.
Narh: 37 900 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9