×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Metglif tabletkalari N30

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Pokiston
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Reigreign Pharmaceutical Pcsir-Klc (Private) Limited
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

ORNIZOL infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд) Hindiston
56 000 s`om dan
30 000 s`om dan
ANTIGEMORANE maz 15g Aburaihan Pharmaceutical Co. Eron
26 000 s`om dan
AKRETAN-SANOVEL chaynaladigan tabletkalar 5 mg N28 Arven Ilac San. ve Tic. A.S., Турция произведено: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S. Turkiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
10 tabletka blisterda. 3 blister tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan karton qutida
Faol moddalar: Empagliflozin 12.5 mg, Metformina gidroxlorid 1000mg.
Yordamchi moddalar: Avitsel-102, PVP-K30, Krosskarmelloza natriy, tozalangan talьk, magniy
stearati, laurilsulьfat natriy. Plenka qobig‘i: OHA light orange 886A, Izopropil spirti, PVP-K
30 , PEG 6000, Talьk, Deionizatsiya qilingan suv.
Empagliflozin 1,3 nmolь ga teng ferment faolligini 50% ingibitsiya qilish uchun zarur kattalikdagi
kontsentratsiya bilan 2 tip glyukozani natriyga bog‘liq o‘tkazuvchining (SGLT2) teskari, yuqori faol, selektiv
va raqobatli ingibitori bo‘lib hisoblanadi. Empagliflozinning selektivligi ichakda glyukozani so‘rilishi
uchun javobgar 1 tip glyukozani natriyga bog‘liq o‘tkazuvchisining (SGLT1) selektivligidan 5000 marta
yuqori.
Bundan tashqari empagliflozin turli to‘qimalarda glyukoza gomeostazi uchun javobgar glyukozaning boshqa
o‘tkazuvchilari yuzasidan yuqori selektivlikka ega ekanligi aniqlangan.
SGLT2 buyrak kalavalaridan glyukozani qon oqimiga takroran qayta so‘rilishiga javobgar asosiy
tashuvchi-oqsil bo‘lib hisoblanadi.
Empagliflozin buyraklarda glyukozani qayta so‘rilishini kamaytirish yo‘li orqali qandli diabetning 2
tipi (QD2) bo‘lgan patsiyentlarda glikemik nazoratni yaxshilaydi.
Ushbu mexanizm yordamida buyraklar orqali chiqariladigan glyukoza miqdori qonda glyukoza kontsentratsiyasi
va KFT ga bog‘liq.
QD2 va giperglikemiyasi bo‘lgan patsiyentlarda SGLT2 ni ingibitsiya qilinishi ortiqcha glyukozani buyraklar
orqali chiqarilishiga olib keladi.
Klinik tadqiqotlar jarayonida QD2 bo‘lgan patsiyentlarda empagliflozinni qo‘llagandan keyin darhol
buyraklar orqali glyukozani chiqarilishi oshgan; ushbu samara 24 soat davomida davom etadi. Buyraklar
orqali glyukozani chiqarilishini oshishi kuniga 1 marta 25 mg dozada empagliflozinni qo‘llaganda kuniga
o‘rtacha 78 g ni tashkil qilib, 4-xaftalik davolash davri oxirigacha saqlanib qolgan. QD2 bo‘lgan
patsiyentlarda buyraklar orqali glyukozani chiqarilishini oshishi qon plazmasida glyukoza
kontsentratsiyasini darhol pasayishiga olib kelgan.
Empagliflozin och qoringa qabul qilganda ham, ovqatdan keyin qabul qilganda ham qon plazmasida glyukoza
kontsentratsiyasini pasaytiradi.
Empagliflozinning insulinga qaram ta'sir mexanizmi gipoglikemiya rivojlanishining past xavfiga olib
keladi. Empagliflozin samarasi me'da osti bezining β-xujayralarining funktsional holati va insulin
metabolizmiga bog‘liq. Empagliflozinning β-xujayralari funktsiyasining surrogat markerlariga, shu
jumladan HOMA-β indeks (β gomeostazini baholash uchun modelь) va proinsulinni insulinga nisbatiga
ijobiy ta'siri aniqlangan. Bundan tashqari, buyraklar orqali glyukozani qo‘shimcha chiqarilishi
kaloriyalarni yo‘qotilishini chaqiradi, bu yog‘ to‘qimasi xajmini kamayishi va tana vaznini pasayishi bilan
kechadi.
Empagliflozinni qo‘llash vaqtida kuzatiladigan glyukozuriya diurezni biroz oshishi bilan kechadi, u AB ni
o‘rtacha pasayishiga yordam berishi mumkin.
Metformin - biguanidlar sinfiga mansub dori vositasi. Uning gipoglikemik samarasi qonda
glyukozaning bazal va postprandial kontsentratsiyasini pasaytirish yo‘li orqali erishiladi. Metformin
insulin sekretsiyasini rag‘batlantirmaydi va shuning uchun uni qabul qilish gipoglikemiyani
rivojlanishiga olib kelmaydi.
Metforminga quyidagi uchta ta'sir mexanizmi xos:
- glyukoneogenez va glikogenolizni ingibitsiya qilish yo‘li orqali jigarda glyukoza sintezini pasaytirish;
- periferik retseptorlarni insulinga sezuvchanligini va xujayralar tomonidan glyukozani utilizatsiyasini
oshishi;
- ichakda glyukozani so‘rilishini sekinlashishi.
Metformin glikogensintetazaga ta'sir ko‘rsatib, glikogenni xujayra ichida sintezini rag‘batlantiradi.
Metformin hozirgi vaqtda ma'lum barcha tipdagi glyukozani membrana o‘tkazuvchilarning transport
xajmini oshiradi.
Metformin terapevtik dozalarda lipidlar metabolizmiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi: qon plazmasida
umumiy Xs, PZLP tarkibidagi Xs va triglitseridlar kontsentratsiyasini pasaytiradi.
Yurak-qon tomir xavfi
Klinik tadqiqotlar jarayonida gipoglikemik preparatlar va yurak-qon tomir kasalliklarini davolash uchun
preparatlarni o‘z ichiga oluvchi standart davolash qabul qilayotgan QD2 va yurak-qon tomir kasalliklarining
yuqori xavfi (yurak-qon tomir xavfining bitta yoki bir nechta omillarini, shu jumladan YuIK, periferik
arteriyalar kasalliklari, anamnezida miokard infarkti yoki anamnezida insulьt) bo‘lgan patsiyentlarda
empagliflozinning yurak-qon tomir asoratlari tez-tezligiga ta'siri o‘rganilgan. Birlamchi yakuniy nuqta
sifatida yurak-qon tomir tufayli o‘lim, o‘limga olib kelmagan miokard infarkti va o‘limga olib kelmagan
insulьt baholangan. Avvaldan belgilangan qo‘shimcha yakuniy nuqtalar bo‘lib yurak-qon tomir tufayli o‘lim,
umumiy o‘lim, nefropatiya rivojlanishi yoki nefropatiyani avj oluvchi yomonlashishi, yurak yetishmovchiligi
tufayli gospitalizatsiya tanlab olingan.
Empagliflozin birlamchi yakuniy nuqta bo‘yicha xavfini ahamiyatli pasayishini namoyish qilgan (yurak-qon
tomir tufayli o‘lim, o‘limga olib kelmagan miokard infarkti va o‘limga olib kelmagan insulьt
baholangan). Empagliflozin yurak-qon tomir tufayli o‘lim xavfini pasaytirish hisobiga umumiy yashab
qolishni yaxshilagan. Empagliflozin yurak yetishmovchiligi bo‘yicha gospitalizatsiya xavfini pasaytirgan.
Shuningdek klinik tadqiqot jarayonida empagliflozin nefropatiyani yuzaga kelishi va nefropatiyani avj
oluvchi yomonlashishi xavfini pasaytirganligi namoyish etilgan.
Dastlabki makroalьbuminuriyasi bo‘lgan patsiyentlarda empagliflozin platseboga nisbatan barqaror normoyoki mikroalьbuminuriyaga ahamiyatli ravishda tez-tez olib kelganligi aniqlangan (xavflar nisbati 1,82;
95% II: 1,4–2,37).
Quyida Metglif preparatining alohida ta'sir etuvchi moddalarining farmakokinetik xususiyatlarini aks
ettiruvchi ma'lumotlar keltirilgan.
Empagliflozin
So‘rilishi.Empagliflozin ichga qabul qilingandan keyin tez so‘riladi, empagliflozinning qon
plazmasidagi Cmax ga 1,5 soatdan keyin erishiladi. So‘ngra plazmada empagliflozinning kontsentratsiyasi 2
fazada pasayadi. 10 mg dozada empagliflozin qabul qilingandan keyin qon plazmasidagi barqaror
kontsentratsiyasi davrida AUC ning o‘rtacha ko‘rsatkichi 1870 nmolь·soat/l ni, Cmax esa - 259 nmolь/l, 25
dozada empagliflozin qo‘llanilgandan keyin esa – muvofiq ravishda 4740 nmolь·soat/l va 687 nmolь/l ni
tashkil qiladi.
Sog‘lom ko‘ngillilarda va QD2 bo‘lgan patsiyentlarda empagliflozinning farmakokinetikasi umuman olganda
o‘xshash.
Sog‘lom ko‘ngillilarda kuniga 2 marta 5 mg dozada qo‘llanilgan empagliflozinning va kuniga 1 marta 10 mg
dozada qo‘llanilgan empagliflozinning farmakokinetikasi o‘xshash. 24-soatlik davr davomida
empagliflozinning umumiy ta'siri (AUCss) preparatni kuniga 2 marta 5 mg dozada va kuniga 1 marta 10 mg
dozada qabul qilinganda o‘xshash. Kuniga 2 marta 5 mg dozada qo‘llanilgan empagliflozinning Cmax
ko‘rsatkichi kuniga 1 marta 10 mg dozada qo‘llanilgan empagliflozinning Cmax ko‘rsatkichiga nisbatan
pastroq, ammo birinchi holatda plazmada empagliflozinning yuqori bazal kontsentratsiyasi (Cmin)
kuzatiladi.
Ovqat qabul qilish empagliflozinning farmakokinetikasiga klinik ahamiyatli ta'sir ko‘rsatmaydi.
Taqsimlanishi. Qon plazmasidagi barqaror kontsentratsiyasi davrida Vd taxminan 73,8 l ni tashkil qiladi.
Sog‘lom ko‘ngillilar tomonidan nishonlangan empagliflozin [14C] peroral qo‘llanilgandan keyin
eritrotsitlar bilan bog‘lanishi taxminan 36,8%, plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 86,2% ni tashkil
qiladi.
Metabolizmi. Odamda empagliflozin metabolizmining asosiy yo‘li - UDF-GT (UGT1A3, UGT1A8,
UGT1A9 va UGT2B7) ishtirokida glyukuronidatsiyadir. Empagliflozinning eng ko‘p aniqlanadigan
metabolitlari bo‘lib uchta glyukuron kon'yugatlari (2-O, 3-O va 6-O glyukuronid) hisoblanadi. Har bir
metabolitning tizimli ta'siri katta emas (empagliflozinning umumiy ta'siridan 10% dan kamroq).
Chiqarilishi.T1/2 taxminan 12,4 soatni tashkil qiladi. Empagliflozinni kuniga 1 marta qo‘llaganda qon
plazmasidagi barqaror kontsentratsiyasiga beshinchi dozadan keyin erishiladi. Sog‘lom ko‘ngillilarda
nishonlangan empagliflozin [14C] peroral qo‘llanilgandan keyin dozaning taxminan 95,6% (41,2% ichak
orqali va 54,4% buyraklar orqali) chiqarilgan. Nishonlangan empagliflozinning katta qismi ichak orqali
o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi. Buyraklar orqali o‘zgarmagan ko‘rinishda faqatgina nishonlangan
empagliflozinning yarmi chiqariladi.
Patsiyentlarning alohida populyatsiyalaridagi farmakokinetikasi
Buyrak funktsiyasini buzilishi. Yengil (60 2), og‘ir (KFT <30 ml/minut/1,73 m2) darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda va buyrak
yetishmovchiligining terminal bosqichi bo‘lgan patsiyentlarda empagliflozinning AUC ko‘rsatkichi buyrak
funktsiyasi normal bo‘lgan patsiyentlardagi ushbu ko‘rsatkichlarga nisbatan muvofiq ravishda taxminan 18, 20,
66 va 48% oshadi. O‘rtacha og‘irlik darajasidagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda va buyrak
yetishmovchiligining terminal bosqichi bo‘lgan patsiyentlarda plazmada empagliflozinning Cmax ko‘rsatkichi
buyrak funktsiyasi normal bo‘lgan patsiyentlardagi tegishli ko‘rsatkichlarga mos keladi. Yengil va og‘ir
darajadagi buyrak yetishmovchiligini bo‘lgan patsiyentlarda plazmada empagliflozinning Cmax ko‘rsatkichi
buyrak funktsiyasi normal bo‘lgan patsiyentlardagiga nisbatan taxminan 20% yuqori. Populyatsion
farmakokinetik tahlil ma'lumotlari KFT pasaygan sari empagliflozinning umumiy klirensi
pasayishini namoyish qilgan, bu preparatning ta'sirini oshishiga olib keladi.
Jigar funktsiyasini buzilishi. Yengil, o‘rtacha va og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pьyu tasnifi
bo‘yicha) bo‘lgan patsiyentlarda empagliflozinning AUC ko‘rsatkichi muvofiq ravishda taxminan 23, 47 va 75%
ga, Cmax ko‘rsatkichi esa muvofiq ravishda taxminan 4, 23 va 48% ga oshadi (jigar funktsiyasi normal bo‘lgan
patsiyentlarga nisbatan).
TVI, jins, irq va yosh empagliflozinning farmakokinetikasiga klinik ahamiyatli ta'sir ko‘rsatmaydi.
Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar.Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda empagliflozinning
farmakokinetikasi bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Metformin
So‘rilishi. Ichga qabul qilingandan keyin metformin MIY dan yetarli darajada to‘liq so‘riladi. Axlatda
aniqlangan so‘rilmagan metforminning ulushi 20-30% ni tashkil qiladi. Metforminning so‘rilishi
jarayoni to‘yinmaslik bilan xarakterlanadi. Uni so‘rilishi farmakokinetikasi proportsional emas deb
taxmin qilinadi. Plazmadagi Cmax ga (taxminan 2 mkg/ml yoki 15 mkmolь) 2,5 soatdan keyin erishiladi.
Tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanilganda qon plazmasidagi metforminning Css ga 24-48 soat davomida
erishiladi va odatda 1 mkg/ml dan oshmaydi. Sog‘lom ko‘ngillilarda mutloq biokiraolishligi 50-60% ni
tashkil qiladi. Bir vaqtda ovqat qabul qilganda metforminning so‘rilishi pasayadi va kechikadi.
Taqsimlanishi.Metformin to‘qimalarda tez taqsimlanadi, plazmadagi oqsillar bilan deyarli bog‘lanmaydi.
Qondagi Cmax qon plazmasidagi Cmax dan past va deyarli bir xil vaqtda erishiladi. Metformin
eritrotsitlarga kiradi. Ehtimol eritrotsitlar metforminni taqsimlanishining ikkilamchi kompartmenti
bo‘lib hisoblanadi. O‘rtacha Vd63–276 l ni tashkil qiladi.
Metabolizmi va chiqarilishi. Juda kuchsiz darajada metabolizmga uchraydi, organizmda metabolitlari
aniqlanmagan. Asosan buyraklar orqali o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi. Sog‘lom ko‘ngillilarda
metforminning klirensi minutiga 400 ml dan ko‘proqni tashkil qiladi (kreatinin Cl dan 4 marta yuqori),
bu faol kanalchalar sekretsiyasi mavjudligidan dalolat beradi. T1/2 taxminan 6,5 soatni tashkil qiladi.
Buyrak funktsiyasini buzilishi. Buyrak funktsiyasini buzilishida metforminning klirensi kreatinin Cl ga
proportsional ravishda pasayadi, muvofiq ravishda T1/2 oshadi, plazmada metforminning kontsentratsiyasi
oshadi va uni to‘planishi xavfi oshadi.
Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar. Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda 500 mg dozada bir marta
qo‘llanilganda metforminning farmakokinetik ko‘rsatkichlari sog‘lom kattalardagiga o‘xshash bo‘lgan.
Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda 7 kun davomida sutkada 2 marta 500 mg dozada ko‘p marta
qo‘llanilganda metforminning Cmax va AUC0–t ko‘rsatkichlari 14 kun davomida sutkada 2 amrta 500 mg
dozada metforminni qabul qilgan qandli diabeti bo‘lgan katta patsiyentlarga nisbatan muvofiq ravishda 33
va 40% ga past bo‘lgan. Metforminning dozasi glikemik nazorat ko‘rsatkichlariga qarab individual ravishda
tanlanishi tufayli, olingan ma'lumotlar cheklangan klinik ahamiyatga ega.
Klinik tadqiqotlarda eng ko‘p xabar berilgan noxush ko‘rinish gipoglikemiya, u tegishli tadqiqotlarda qo‘llanilgan fon davolash tipiga bog‘liq bo‘lgan, siydik chiqarish yo‘llari va jinsiy yo‘llar infektsiyalari,
siydik ajratishni oshishi bo‘lgan. Klinik tadqiqotlarda empagliflozinni metformin bilan majmuada qo‘llash alohida komponentlarni qo‘llaganda kuzatilgan noxush reaktsiyalar bilan solishtirganda hech qanday qo‘shimcha noxush reaktsiyalar kuzatilmagan.
Noxush reaktsiyalar JSST tavsiyalariga muvofiq yuzaga kelish tez-tezligi ko‘rsatilgan holda a'zolar-tizimi sinfi bo‘yicha taqsimlangan: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan<1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kam xollarda (≥1/10000 dan<1/1000 gacha) yoki juda kam xollarda (<1/10000); shuningdek tez-tezligi noma'lum bo‘lgan noxush reaktsiyalar ham ajratiladi (mavjud ma'lumotlar asosida baholab
bo‘lmaydi).
Klinik tadqiqotlarda va ro‘yhatdan o‘tkazilgandan keyingi kuzatish davrida qayd etilgan noxush reaktsiyalar Infektsion va parazitar kasalliklar: tez-tez — kandidoz vaginit, vulьvovaginit, balanit va boshqa genital infektsiyalar, siydik chiqarish yo‘llari infektsiyalari (shu jumladan piyelonefrit va urosepsis); tez-tezligi noma'lum — chov nekrotik
fastsiiti (Furnьe gangrenasi). Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan: juda tez-tez — gipoglikemiya (sulьfonilmochevina hosilalari yoki insulin bilan birga qo‘llanilgan); tez-tez — chanqoqlik; kam xollarda — DKA; juda kam xollarda — laktoatsidoz, B12 vitaminini so‘rilishini pasayishi.Nerv tizimi tomonidan: tez-tez — ta'm bilishni buzilishlari.
Qon-tomirlar tomonidan: tez-tez emas — gipovolemiya.
MIY tomonidan: juda tez-tez — ishtahani pasayishi, diareya, ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan: juda kam xollarda — gepatit, jigar funktsional sinamalari ko‘rsatkichlarini
normadan og‘ishi.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: tez-tez — qichishish,toshma; tez-tez emas — eshakemi; juda kam xollarda —eritema; tez-tezligi noma'lum — angionevrotik shish.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan: tez-tez — siydik ajratishni oshishi; tez-tez emas — dizuriya. Laborator va instrumental ma'lumotlar: tez-tez — qon plazmasida lipidlar kontsentratsiyasini oshishi; tez-tez emas
— qon plazmasida kreatinin kontsentratsiyasini oshishi/KFT pasayishi, gematokritni oshishi. Alohida noxush reaktsiyalar ta'rifi Gipoglikemiya.Gipoglikemiya tez-tezligi qo‘llanilayotgan yondosh gipoglikemik davolashga bog‘liq bo‘lgan va alohida
preparatlar sifatida va standart davolashga empagliflozin va metformin qabul qilgan patsiyentlarga nisbatan avval davolanmagan patsiyentlarda metformin bilan majmuada, linagliptin va metformin bilan majmuada empagliflozin va platsebo uchun, empagliflozinni metformin bilan majmuasiga o‘xshash bo‘lgan. Empagliflozinni sulьfonilmochevina hosilalari + metformin (empagliflozin 10 mg — 16,1%, empagliflozin 25 mg — 11,5%, platsebo — 8,4%) yoki insulin + metformin majmuasi (empagliflozin 10 mg — 31,3%, empagliflozin 25 mg — 36,2%, platsebo — 34,7%) buyurilganda platsebo qo‘llanilgandagiga nisbatan gipoglikemiya rivojlanishi tez-tezligi yuqori bo‘lgan. Og‘ir darajadagi gipoglikemiya (tibbiy aralashuvni talab etuvchi).Og‘ir darajadagi gipoglikemiya bo‘lgan patsiyentlar ulushi yuqori bo‘lmagan (1% dan past) va alohida preparatlar sifatida va standart davolashga empagliflozin va
metformin qabul qilgan patsiyentlarga nisbatan avval davolanmagan patsiyentlarda metformin bilan majmuada
qo‘llanilganda empagliflozin va platsebo uchun va empagliflozinni metformin bilan majmuada o‘xshash bo‘lgan. Og‘ir
darajadagi gipoglikemiya holatlari tez-tezligi 0,5 ni tashkil qilgan; insulin bilan majmuada metformin bilan
davolash fonida 10 mg empagliflozin, 25 mg empagliflozin va platsebo qo‘llanilganda muvofiq ravishda 0 va 0,5% nitashkil qilgan. Sulьfonilmochevina preparatlari bilan majmuada metformin bilan davolash fonida, shuningdek
linagliptin bilan majmuada metformin bilan davolash fonida empagliflozin qo‘llanilganda og‘ir darajadagi gipoglikemiyaning bironta holatlari kuzatilmagan.
Siydik chiqarish yo‘llari infektsiyalari. Metformin bilan majmuada 25 mg empagliflozin qo‘llanilganda (6,6%) yoki metformin bilan majmuada platsebo qo‘llanilgandagi (7,8%) holatlarga nisbatan metformin bilan majmuada 10 mg dozada empagliflozin qo‘llanilganda siydik chiqarish yo‘llari infektsiyalari rivojlanishi tez-tezligi yuqori (8,8%)
bo‘lgan. Platseboni qo‘llagandagi kabi siydik chiqarish yo‘llari infektsiyalari anamnezida siydik chiqarish yo‘llarining surunkali va qaytalanuvchi infektsiyalari bo‘lgan patsiyentlarda ko‘proq kuzatilgan. Siydik chiqarish yo‘llari infektsiyasining og‘irlik darajasi empagliflozin va platsebo qabul qilayotgan patsiyentlarda o‘xshash bo‘lgan. Platsebo qabul qilgan ayollarga nisbatan metformin bilan majmuada 10 mg dozada empagliflozin qabul qilgan ayollarda siydik chiqarish yo‘llari infektsiyasi haqida ko‘proq xabar berilgan; metformin bilan majmuada 25 mg dozada empagliflozin qo‘llanilganda bunday holat kuzatilmagan. Erkaklarda siydik chiqarish yo‘llari infektsiyalari tez-tezligi yuqori bo‘lmagan va davolash guruhlarida o‘xshash bo‘lgan. Genital infektsiyalar.Kandidoz vaginit, vulьvovaginit, balanit va boshqa genital infektsiyalar kabi noxush ko‘rinishlar rivojlanishi tez-tezligi platseba yoki metformin bilan majmuada platsebo (1,3%) qo‘llanilgandagiga nisbatan metformin bilan majmuada 10 mg dozada empagliflozin (4%) va metformin bilan majmuada 25 mg dozada empagliflozin(3,9%) qo‘llanilganda yuqori bo‘lgan. Tez-tezlikdagi bunday o‘zgarishlar erkaklarda sezgirligi kamroq bo‘lgan. Jinsiy
a'zolar tomonidan noxush reaktsiyalar yengil va o‘rtacha darajada bo‘lgan.
Siydik ajratishni oshishi. Siydik ajratishni oshishi holatlari tez-tezligi (pollakiuriya, poliuriya, nikturiya kabi simptomlar baholangan) metformin bilan majmuada platsebo (1,4%) qo‘llanilgandagiga nisbatan metformin bilan majmuada 10 mg dozada empagliflozin (3%) va metformin bilan majmuada 25 mg dozada empagliflozin (2,9%)qo‘llanilganda yuqori bo‘lgan. Nikturiya rivojlanishi tez-tezligi metformin bilan majmuada empagliflozin qabul
qilgan patsiyentlar guruhida va metformin bilan majmuada platsebo qabul qilgan patsiyentlar guruhida o‘xshash bo‘lgan (1% dan kam). Siydik ajratishni oshishi jadalligi yengil yoki o‘rtacha og‘irlik darajasida bo‘lgan.
Gipovolemiya.Gipovolemiya rivojlanishi tez-tezligi (AB pasayishi, ortostatik arterial gipotenziya, degidratatsiya,hushdan ketish bilan namoyon bo‘lgan) metformin bilan majmuada empagliflozinni qo‘llaganda platsebo ga nisbatan past
yoki o‘xshash bo‘lgan (metformin bilan majmuada 10 mg dozada empagliflozin (0,6%), metformin bilan majmuada 25 mg dozada empagliflozin (0,3%), metformin bilan majmuada platsebo (0,1%)). Empagliflozinning glyukozurik samarasi
osmotik diurez bilan kechadi, u 75 yosh va undan katta patsiyentlarning gidratatsiya holatiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin. ≥ 75 yoshdagi patsiyentlarda metformin bilan davolashga qo‘shimcha sifatida 25 mg dozada empagliflozin qabul qilayotgan
patsiyentda gipovolemiyaning bitta holati haqida xabar berilgan. KFT pasayishi va qonda kreatinin kontsentratsiyasini oshishi.KFT ni pasayishi va qonda kreatinin kontsentratsiyasini oshishining umumiy tez-tezligi metformin bilan empagliflazin va platsebo qo‘llanilganda o‘xshash bo‘lgan (qonda kreatinin kontsentratsiyasini oshishi: 10 mg empagliflazin — 0,5%, 25 mg empagliflazin — 0,1%, platsebo— 0,4%; KFT ni pasayishi: 10 mg empagliflazin — 0,1%, 25 mg empagliflazin — 0%, platsebo — 0,2%).
Qonda kreatinin kontsentratsiyasini boshlang‘ich tranzitor oshishi (12 xaftadan keyin dastlabki ko‘rsatkichga nisbatan o‘rtacha o‘zgarish: 10 mg dozada empagliflozin — 0,02 mg/dl, 25 mg dozada empagliflozin — 0,02 mg/dl) va hisoblangan KFTni boshlang‘ich tranzitor pasayishi (12 xaftadan keyin dastlabki ko‘rsatkichga nisbatan o‘rtacha o‘zgarish: 10 mg dozada empagliflozin — 1,46 ml/minut/1,73 m2, 25 mg dozada empagliflozin — 2,05 ml/minut/1,73 m2) kuzatilgan. Uzoq muddatli tadqiqotlarda ushbu o‘zgarishlar davolash davom ettirilganda yoki preparatni qabul qilish to‘xtatilgandan keyin qaytuvchan bo‘lgan.
Qandli diabetning 1 tipi bo‘lgan patsiyentlarda Metglif preparatini qo‘llash mumkin emas.
DKA.Empagliflozinni qo‘llaganda darhol gospitalizatsiyani talab etuvchi, jiddiy va hayot uchun xavfli holat (shu
jumladan o‘limga olib keluvchi) DKA holatlari haqida xabar berilgan. Ushbu holatlarning ayrimlarida DKA
ko‘rinishlari atipik bo‘lgan va faqatgina qonda glyukoza kontsentratsiyasini 14 mmolь/l (250 mg/dl) dan yuqori bo‘lmagan
o‘rtacha darajada oshishi bilan namoyon bo‘lgan.
Ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, qorinda og‘riq, yaqqol chanqoqlik, nafas olishni qiyinlashishi, dezoriyentatsiya,
motivatsiyalanmagan toliqish yoki uyquchanlik kabi nospetsifik simptomlar paydo bo‘lganda DKA rivojlanishi xavfi
e'tiborga olinishi kerak. Agar bunday simptomlar rivojlansa, qonda glyukoza kontsentratsiyasidan qat'iy nazar
ketoatsidozni inkor etish uchun patsiyentlarni darhol tekshiruvdan o‘tkazish kerak.
DKA ga gumon qilinganda Metglif preparatini bekor qilish, patsiyentni tekshirish va darhol davolashni buyurish kerak.
Metglif preparatini qabul qilganda uglevodlar miqdori juda past parhezda bo‘lgan patsiyentlarda (chunki ushbu majmua
keton tanachalarini hosil bo‘lishini qo‘shimcha oshirishi mumkin), o‘tkir kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda, insulin
tanqisligi taxmin qilingan me'da osti bezi kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda (masalan qandli diabetning 1 tipi,
anamnezida pankreatit yoki me'da osti bezidagi operatsiya), insulin dozasi pasaytirilganda (shu jumladan insulin
pompasini samarasiz ishida), alkogolni suiiste'mol qiluvchi patsiyentlarda, og‘ir darajadagi degidratatsiya bo‘lgan
patsiyentlarda va anamnezida ketoatsidoz bo‘lgan patsiyentlarda DKA rivojlanishi xavfi yuqoriroq. Bunday patsiyentlarda
Metglif preparatini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Metglif preparatini qabul qilayotgan patsiyentlarda ketoatsidoz monitoringi va ketoatsidoz rivojlanishiga olib
keluvchi klinik holatlarda (masalan o‘tkir kasallik yoki jarroxlik aralashuvi tufayli uzoq vaqt och qolish) Metglif
preparatini qabul qilishni vaqtincha to‘xatish masalasini ko‘rib chiqish kerak.
DKA rivojlani aniq aniqlangan va boshqa sabab omili inkor etilgan holatlardan tashqari, SGLT2 ingibitorlarini
qabul qilish fonida DKA rivojlangan patsiyentlarda u bilan davolashni qayta tiklash tavsiya etilmaydi.
Laktoatsidoz.Laktoatsidoz— juda kam uchraydigan, ammo odatda buyrak funktsiyasini yomonlashishi, kardiorespirator
kasalliklar yoki sepsis bilan namoyon bo‘luvchi jiddiy metabolik asoratdir. Buyrak funktsiyasini o‘tkir buzilishi
metforminni to‘planishi bilan kechadi, bu laktoatsidoz rivojlanishi xavfini oshishi bilan kechadi. Degidratatsiya
holatida (og‘ir darajadagi diareya yoki qusish, isitma yoki suyuqlikni qabul qilishni kamayishi) metforminni qabul
qilishni vaqtincha to‘xtatish va shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Buyrak funktsiyasini ahamiyatli yomonlashtirishi mumkin bo‘lgan dori preparatlari (gipotenziv preparatlar,
diuretiklar va NYaQP kabi) metformin qabul qilayotgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak.
Laktoatsidoz rivojlanishining boshqa yondosh xavf omillari – bu alkogolni haddan tashqari ko‘p iste'mol qilish, jigar
yetishmovchiligi, glikemiyani qoniqarsiz nazorati, ketoz, uzoq vaqt och qolish va gipoksiya bilan kechuvchi har qanday
holatlar, shuningdek laktoatsidoz chaqirishi mumkin bo‘lgan dori preparatlarini birga qabul qilishdir.
Laktoatsidoz rivojlanishi mumkinligi haqida patsiyentlarni ogohlantirish kerak. Laktoatsidoz atsidotik hansirash,
qorinda og‘riq, mushak tirishishlari, asteniya va keyinchalik koma rivojlanishi bilan gipotermiya bilan xarakterlanadi.
Shubhali simptomlar rivojlanganda patsiyent preparatni qabul qilishni to‘xtatishi va darhol shifokorga murojaat
etishi kerak.
Laborator ko‘rsatkichlarni o‘zgarishi – qon rN ni pasayishi (<7,35), plazmada laktat kontsentratsiyasini oshishi (>5
mmolь/l), anionlar tanqisligini oshishi va laktat/piruvat nisbatini oshishi diagnostik ahamiyatga ega. Laktoatsidozga
gumon qilinganda preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak, patsiyentni esa gospitalizatsiya qilish kerak.
Yod saqlovchi rentgenokontrast vositalarni qo‘llash.Radiologik tekshiruvlar vaqtida yod saqlovchi rentgenokontrast
vositalarni vena ichiga yuborish buyrak yetishmovchiligi va muvofiq ravishda metformin to‘planishi va laktoatsidoz
yuzaga kelishi xavfiga olib kelishi mumkin. Yod saqlovchi rentgenokontrast vositalarni qo‘llash bilan rentgenologik
tekshiruvdan 48 soat oldin yoki tekshiruv vaqtida metforminni qabul qilishni bekor qilish kerak va faqatgina buyrak
funktsiyasi takroran baholanib va normal deb tan olingandan keyin tekshiruv yakunlangandan keyin kamida 48 soatdan
keyin qayta tiklash mumkin.
Chov nekrotikfastsiiti (Furnьe gangrenasi).SGLT2 ingibitorlari, shu jumladan empagliflozin qo‘llanilganda ayol va
erkak patsiyentlarda kam uchraydigan, ammo jiddiy va hayot uchun xavfli nekrozlanuvchi infektsiya –choq nekrotik fastsiiti
(Furnьe gangrenasi nomi bilan ham ma'lum) holati haqida xabar berilgan. Jiddiy yakunlar gospitalizatsiya, ko‘plab
jarroxlik aralashuvlari va o‘limni o‘z ichiga olgan. Agar Metglif preparatini qabul qiluvchi patsiyentda genitaliy yoki
chov sohasida og‘riq yoki og‘riqli sezuvchanlik, qizarish, shish, isitma, lohaslik kabi simptomlar rivojlansa, uni
nekrotik fastsiit mavjudligi yuzasidan tekshirish kerak. Nekrotik fastsiitga gumon qilinganda Metglif preparatini
qo‘llashni to‘xtatish va keng ta'sir doirasiga ega antibiotiklar bilan darhol davolashni buyurish va zarurati bo‘lganida
nekrotik to‘qimalarni kesish va olib tashlash kerak.
Buyrak funktsiyasiga ta'siri.Ta'sir mexanizmiga ko‘ra, empagliflozinning samaradorligi buyrak funktsiyasiga bog‘liq.
Davolashni boshlashdan oldin va keyinchalik muntazam KFT ni aniqlash tavsiya etiladi.
KFT <45 ml/minut/1,73 m2 bo‘lgan patsiyentlarda Metglif preparatini qo‘llash mumkin emas va buyrak funktsiyasiga
ta'sir ko‘rsatuvchi holatlar bo‘lganida preparatni qo‘llash to‘xtatilishi kerak.
Yurak funktsiyasi.NYHA tasnifi bo‘yicha I–II sinf SYuE bo‘lgan patsiyentlarda preparatni qo‘llash tajribasi cheklangan va
NYHA tasnifi bo‘yicha III–IV sinf SYuE bo‘lgan patsiyentlar ishtirokidagi klinik tadqiqotlarda empagliflozin hech
qachon qo‘llanilmagan. EMPA-REG OUTCOME tadqiqoti (Empagliflozin, Cardiovascular Outcomes, and Mortality in Type 2
Diabetes – empagliflozinning QD2 bo‘lgan patsiyentlar orasida yurak-qon tomir kasalliklari yakunlari va o‘limga
ta'sirini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot)da boshlang‘ich vaqtda 10,1% patsiyentlarda yurak yetishmovchiligi mavjud bo‘lgan.
Bunda ular orasida o‘tkir yurak-qon tomir buzilishlaridan o‘limni pasayishi tadqiqot ishtirokchilarining umumiy
guruhidagiga o‘xshash bo‘lgan. Gemodinamikaning barqaror ko‘rsatkichlari bilan kechuvchi SYuE bo‘lgan patsiyentlarda
Metglif preparati yurak va buyrak funktsiyasini muntazam monitoringi sharoitida qo‘llanishi mumkin. O‘tkir yurak
yetishmovchiligi va gemodinamikaning beqaror ko‘rsatkichlari bilan kechuvchi SYuE bo‘lgan patsiyentlarda Metglif
preparatini qo‘llash mumkin emas, chunki u metformin saqlaydi.
Jigarni shikastlanishi.Klinik tadqiqotlar jarayonida empagliflozin qabul qilgan patsiyentlarda jigarni
shikastlanishi holatlari haqida xabarlar olingan. Empagliflozinni qo‘llash va jigarni shikastlanishi o‘rtasida
sabab-oqibat bog‘liqligi aniqlanmagan.
Gematokrit darajasini oshishi. Empagliflozin bilan davolash fonida gematokrit darajasini oshishi holatlari
kuzatilgan.
Keksa yoshdagi patsiyentlar. 75 yosh va undan katta patsiyentlarda gipovolemiyaning yuqori xavfiga egalar. Shuning uchun
bunday patsiyentlarda Metglif preparatini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. 85 yoshdan oshgan patsiyentlarda qo‘llash
tajribasi cheklangan, shuning uchun 85 yoshdan oshgan patsiyentlarda Metglif preparatini qo‘llash mumkin emas.
Metformin buyraklar orqali chiqarilganligi, keksa yoshdagi patsiyentlarda esa buyrak funktsiyasini pasayishiga
moyillik bo‘lganiligi tufayli, keksa yoshdagi patsiyentlarda Metglif preparatini qo‘llash buyrak funktsiyasini muntazam
nazorat qilish bilan kechishi kerak.
Gipovolemiya xavfi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanishi. Ta'sir mexanizmiga muvofiq, SGLT2 ingibitorlarini qabul
qilish AB ni o‘rtacha pasayishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun AB ni pasayishi noxush bo‘lgan holatlarda, masalan
yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda, gipotenziv preparatlarni qabul qilayotgan (anamnezida arterial
gipotenziya holatlari bo‘lgan) patsiyentlarda, shuningdek 75 yoshdan oshgan patsiyentlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan
qo‘llash kerak. Agar Metglif preparatini qabul qilayotgan patsiyentda suyuqlikni yo‘qotilishiga olib keluvchi holatlar
rivojlansa (masalan MIY kasalliklarida) uning holati, AB ni sinchkovlik bilan monitoring qilish, shuningdek
gematokrit va elektrolit muvozanatini nazorat qilish kerak. Preparatni vaqtincha, hatto suv muvozanati tiklanguncha
qabul qilishni to‘xtatish talab etilishi mumkin.
Siydik chiqarish yo‘llari infektsiyalari. Siydik chiqarish yo‘llari infektsiyalari kabi noxush reaktsiyalarni
rivojlanishi tez-tezligi metformin bilan majmuada 25 mg dozada empagliflozinni va metformin bilan majmuada
platseboni qo‘llaganda o‘xshash va metformin bilan majmuada 10 mg dozada empagliflozinni qo‘llaganda yuqori bo‘lgan.
Piyelonefrit va urosepsis kabi siydik chiqarish yo‘llarining asoratlangan infektsiyalari postregistratsion
tadqiqotlarda empagliflozinni qabul qilgan patsiyentlarda kuzatilgan. Siydik chiqarish yo‘llarining asoratlangan
infektsiyalari rivojlanganda davolashni vaqtincha to‘xtatish kerak.
Jarroxlik aralashuvlaria.Umumiy, spinal yoki epidural anesteziyani qo‘llash bilan o‘tkaziladigan rejali jarroxlik
aralashuvidan 48 soat oldin Metglif preparatini bekor qilish kerak. Jarroxlik aralashuvidan keyin kamida 48 soat
o‘tgach yoki peroral oziqlanish tiklangandan keyin va faqat yomonlashish yo‘qligidan dalolat beruvchi buyrak funktsiyasini
takroriy tekshiruvi natijalari olingandan keyin preparatni qo‘llashni qayta tiklash mumkin.
Siydikni laborator tekshiruv natijalari.Ta'sir mexanizmiga muvofiq, Metglif preparatini qabul qilayotgan
patsiyentlarda siydikda glyukoza aniqlanadi.
Oyoqlar amputatsiyasi tez-tezligini oshishi. SGLT2 ning boshqa ingibitorining uzoq muddatli klinik tadqiqotlarida
oyoqlar (asosan panja barmoqlari) amputatsiyasi tez-tezligini oshishi kuzatilgan. SGLT2 ning boshqa ingibitorlari
bilan davolash ushbu asoratni chaqirishi noma'lum. Qandli diabeti bo‘lgan, shu jumladan Metglif preparatini qabul
qilayotgan patsiyentlarga albatta panjani doimiy profilaktik parvarish qilishni tavsiya etish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Homilador ayollarda Metglif preparati va uning komponentlarini qo‘llash haqida ma'lumotlar cheklangan.
Homiladorlik davrida yoki homiladorlikni rejalashtirgan ayollarda Metglif preparatini qo‘llash mumkin emas.
Metforminoz miqdorga ko‘krak sutiga kiradi. Emizish davrida uni qo‘llash mumkin emas. Empagliflozin ko‘krak sutiga
kirishi noma'lum. Hayvonlarda o‘tkazilgan klinik oldi tadqiqotlardan olingan ma'lumotlar empagliflozinni ko‘krak
sutiga kirishidan dalolat beradi. Emizganda bolaga ta'siri xavfi inkor etilmaydi. Emizish davrida empagliflozinni
qo‘llash mumkin emas.
Jigar funktsiyasi buzilishlarida qo‘llanilishi: Preparatnijigar funktsiyasi buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarad qo‘llash
mumkin emas.
Buyrak funktsiyasi buzilishlarida qo‘llanilishi: Preparatnibuyrak funktsiyasi buzilishlari SKF <45 ml/min/1.73 m2
bo‘lgan patsiyentlarad qo‘llash mumkin emas. Preparatni o‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan (SKF 45-59
ml/min/1.73 m2) patsiyentlarga extiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Bolalarda qo‘llanilishi: 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas (samaradorligi va xavfsizligi bo‘yicha
ma'lumotlar yetarlicha emasligi bilan bog‘liq).
Keksa patsiyentlarda qo‘llanilishi: Preparat85 yosh va undan kattalarga qo‘llash mumkin emas. 75 yoshdan kattalarga
extiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Metglif preparati glikemik nazoratni yaxshilash uchun diyetoterapiya va jismoniy mashqlarga qo‘shimcha
sifatida katta patsiyentlarda qandli diabetning 2 tipini davolash uchun ko‘rsatilgan:
- maksimal o‘zlashtiraolinadigan dozada metformin bilan monoterapiya fonida qoniqarsiz glikemik
nazoratda;
- boshqa gipoglikemik preparatlarni metformin bilan qo‘llash fonida qoniqarsiz glikemik nazoratda
ularni majmuada qo‘llanilganda;
- avval alohida preparatlar ko‘rinishida empagliflozin va metformin bilan majmuaviy davolangan
patsiyentlarda qo‘llanadi.
- empagliflozin, metformin yoki preparatning biron-bir yordamchi moddasiga yuqori sezuvchanlik;
- qandli diabetning 1 tipi;
- diabetik ketoatsidoz;
- diabetik prekoma, koma;
- KFT<45 ml/minut/1,73 m2 da buyrak yetishmovchiligi;
- buyrak funktsiyasini buzilishi rivojlanishi xavfi bilan kechuvchi o‘tkir holatlar: degidratatsiya (diareyayoki qusishda),
og‘ir darajadagi infektsion kasalliklar, shok;
- to‘qima gipoksiyasi rivojlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan o‘tkir yoki surunkali kasalliklarning klinik yaqqol bo‘lgan ko‘rinishlari (shu jumladan o‘tkir yurakyetishmovchiligi, gemodinamikaning beqaror ko‘rsatkichlari bilan kechuvchi surunkali yurak yetishmovchiligi, nafas yetishmovchiligi, o‘tkir miokard infarkti);
- jigar yetishmovchiligi;
- laktoatsidoz;
- o‘tkir alkogolli intoksikatsiya, surunkali alkogolizm;
- yod saqlovchi kontranst moddani yuborish bilan radioizotop yoki rentgenologik tekshiruvlarni o‘tkazishdan 48 soat oldin yoki yuborgandan keyin 48 soat davomida qo‘llash;
- gipokaloriya parhezga rioya qilish (sutkada 1000 kkal dan past);
- insulinoterapiya o‘tkazish ko‘rsatilgan katta jarroxlik operatsiyalari va jarohatlar;
- homiladorlik;
- emizish davri;
- 85 yosh va undan kattalar;
- 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas (samaradorlik va xavfsizlik bo‘yicha ma'lumotlar yetarli bo‘lmaganligi tufayli).
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Buyrak funktsiyasini normal (KFT>90 ml/minut) bo‘lgan katta patsiyentlar. Tavsiya etilgan doza kuniga ikki marta bitta tabletkani tashkil qiladi. Preparatni dozalash tartibi amaldagi gipoglikemik davolash xarakteri, uning samaradorligi va o‘zlashtiraolinishini hisobga olib individual ravishda muvofiqlashtirilishi kerak. Metglif preparatining maksimal tavsiya etilgan sutkalik dozasi 25 mg empagliflozin va 2000 mg metforminni tashkil qiladi. Metformin bilan monoterapiya fonida glikemiyani nazorati qoniqarsiz bo‘lgan patsiyentlarda yoki boshqa gipoglikemik preparatlar bilan majmuada Metglif preparati empagliflozinning dozasi kuniga 2 marta 5 mg ni (sutkalik doza 10 mg), metforminning dozasi esa avvalgidek qolgan darajada buyurilishi kerak. Empagliflozinning 10 mg sutkalik dozasini yaxshi o‘zlashtirgan patsiyentlarda va glikemiya nazoratini yaxshilash zarurati bo‘lganida u 25 mg gacha oshirilishi mumkin. Avval empagliflozin bilan monoterapiya qabul qilgan patsiyentlarda Metglif preparati empagliflozinning sutkalik dozasi avvalgidek darajada buyurilishi kerak. Avval ikkita alohida preparatlar ko‘rinishida empagliflozin va metformin majmuasini qabul qilgan patsiyentlar uchun Metglif preparatini empagliflozin va metforminning dozasi avvalgidek darajada buyurilishi kerak. Metglif preparati sulьfonilmochevina hosilalari va/yoki insulin bilan majmuada qo‘llanilganda gipoglikemiya rivojlanishi xavfini kamaytirish uchun sulьfonilmochevina hosilasi va/yoki insulinning pastroq dozasi talab etilishi mumkin. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar. Yengil darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Ammo bunday patsiyentlarda preparatni buyurishdan oldin va davolashning butun davri davomida yiliga kamida 1 marta KFT ni nazorat qilish kerak. Buyrak yetishmovchiligi keyinchalik avj olishining yuqori xavfi bo‘lgan patsiyentlarda va keksa yoshdagi patsiyentlarda buyrak funktsiyasini tez-tez, masalan har 3-6 oyda nazorat qilish kerak. Agar Metglif preparatining dozalaridan hech qaysi biri to‘g‘ri kelmasa, majmuaviy preparatni qabul qilishdan voz kechish va davolashni empagliflozin va metforminning ikkita alohida preparatlari bilan davom ettirish kerak. Jadval KFT, ml/minut Metformin Empagliflozin 60–89 Maksimal sutkalik doza — 3000 mg. Buyrak funktsiyasi pasayshanda dozani pasaytirish mumkin. Maksimal sutkalik — 25 mg 45–59 Maksimal sutkalik — 2000 mg.Boshlang‘ich doza maksimal dozaning yarmidan oshmasligi kerak.Empagliflozin bilan davolashni boshlash mumkin emas. Doza 10 mg maksimal sutkalik dozagacha pasaytirilishi yoki ushbu darajada saqlanib qolinishi kerak. 30–44Maksimal sutkalik doza — 1000 mg.Boshlang‘ich doza maksimal dozaning yarmidan oshmasligi kerak. Empagliflozinni qo‘llash tavsiya etilmaydi <30 Metforminni qo‘llash mumkin emas Empagliflozinni qo‘llash tavsiya etilmaydi Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar uchun dozalash Keksa yoshdagi patsiyentlar.Metforminbuyraklar orqali chiqariladi, buyrak funktsiyasi pasayishi mumkinligi tufayli, buyrak funktsiyasining ko‘rsatkichlarini (qon plazmasida kreatinin kontsentratsiyasini yiliga kamida 2-4 marta aniqlash) muntazam nazorati ostida metforminning dozasiga tuzatish kiritish kerak. Bolalar va o‘smirlar.Samaradorlik va xavfsizlik bo‘yicha ma'lumotlarni yetarli emasligi tufayli, bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas. Jigar funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar.Jigar funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda Metglif preparatini qo‘llash mumkin emas. Dori preparatining bitta yoki bir nechta dozalarini qabul qilish o‘tkazib yuborilgandagi harakatlar. Doza o‘tkazib yuborilganda patsiyent bu yodiga tushishi bilanoq preparatni qabul qilishi kerak. Bir kunda ikkita dozani qabul qilish mumkin emas.
Simptomlari:nazoratlangan klinik tadqiqotlarni o‘tkazish vaqtida sog‘lom ko‘ngillilar tomonidan 800 mg dozada (maksimal sutkalik dozadan 32 marta yuqori) empagliflozinni bir marta qabul qilganda preparat yaxshi o‘zlashtirilgan. 85 g ga yetuvchi dozalarda metforminni qo‘llaganda gipoglikemiya kuzatilmagan, ammo bir qator holatlarda bu laktoatsidoz rivojlanishiga olib kelgan. Metformin dozasini ahamiyatli oshirib yuborilishi yoki yondosh xavf omillarini mavjudligi laktoatsidozga olib kelishi mumkin. Laktat-atsidoz shoshilinch tibbiy holatlar toifasiga kiradi, bunday holatlarda davolash statsionarda o‘tkazilishi kerak. Davolash: doza oshirib yuborilganda so‘rilmagan preparatni MIY dan chiqarib yuborish, klinik nazoratni amalga oshirish va simptomatik davolashni o‘tkazish tavsiya etiladi. Laktat va metforminni chiqarilishining eng samarali usuli bo‘lib gemodializ hisoblanadi; empagliflozinni gemodializ yordamida chiqarilishi o‘rganilmagan

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Metglif tabletkalari N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Metglif tabletkalari N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
Metglif tabletkalari N30 dori vositasi Reigreign Pharmaceutical Pcsir-Klc (Private) Limited tomonidan Pokiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
Metglif tabletkalari N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Metglif tabletkalari N30 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9