×
×
  • METROGIL A gel 20 g 0,1%+1%

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

METROGIL A gel 20 g 0,1%+1%

Kategoriya:
- Dermatologik
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Ishlab chiqaruvchi:
- Unique Pharmaceutical Laboratories (a Division of J.B.Chemicals & Pharmaceuticals Ltd.)
ATX kodi:
- D10AX30
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 190 ta dorixonasida topildi

ico 68 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 86 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 69 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

LEVOMEKOL maz 40g Нижфарм, АО Rossiya
11 900 s`om dan
BEPANTEN maz 5% 100g N1 Bayer Consumer Care AG Germaniya
130 000 s`om dan
OFLOMELID maz 100g Синтез АКОМПиИ,ОАО ("Синтез" ОАО) Rossiya
DIPNOVET maz 20g Brassica Pharma Pvt. Ltd Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
METROGIL A gel 20 g 0,1%+1% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

METROGIL®

METROGIL

 

Preparatning savdo nomi: Metrogil®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): metronidazol

Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun gel

Tarkibi:

1 gramm gel quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: metronidazol – 10,0 mg

yordamchi moddalar: dinatriy edetati, karbomer 940, metilparagidroksibenzoat, natriy gidroksidi, propilparagidroksibenzoat, propilenglikol, tozalangan suv.

Ta‘rifi: rangsizdan sariq rangligacha bo‘lgan bir xil gel.

Farmakoterapevtik guruhi: mikroblarga qarshi va protozoylarga qarshi vosita

ATX kodi: D06BX01

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Protozoylarga qarshi va mikroblarga qarshi preparat, 5-nitroimidazol hosilasidir. Ta‘sir mexanizmi anaerob mikroorganizmlar va sodda hayvonlarning xujayra ichidagi transport proteinlari tomonidan metronidazolning 5-nitroguruhini biokimyoviy qaytarilishidan iborat. Metronidazolning qaytarilgan 5-nitroguruhi mikroorganizmlarning nuklein kislotalarining sintezini ingibisiya qilib, mikroorganizm xujayralaridagi DNK bilan o‘zaro ta‘sirlashadi, bu bakteriyani nobud bo‘lishiga olib keladi.

Trichomonas vaginalis, shuningdek grammanfiy anaeroblar Bacteroides spp. (shu jumladan Bacteroides fragilis, Bacteroides distasonis, Bacteroides ovatus, Bacteroides thetaiotaomicron, Bacteroides vulgatus), Fusobacterium spp. va ayrim grammusbat mikroorganizmlar (Eubacterium spp., Clostridium spp., Peptococcus spp., Peptostreptococcus spp. sezgir shtammlari). Bu shtammlar uchun MBK 0,125-6,25 mkg/ml ni tashkil qiladi.

Sirtga qo‘llanilganida husnbuzarga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi, uning ta‘sir mexanizmi aniq emas (soch follikulalari va yog‘ bezlari sekretida aniqlanadigan Demodex folliculorum kanasiga ta‘siri va bu sekretni ishlab chiqarilishiga biron-bir ta‘siri bilan bog‘liq emas).

Sirtga qo‘llash uchun metronidazol ehtimol antioksidant faollikka ega. U neytrofillar tomonidan yallig‘lanish joyida to‘qimalarning shikastlanishini chaqirishi mumkin bo‘lgan potensial oksident hisoblangan faol kislorod, gidroksil radikallar va vodorod peroksidini ishlab chiqarilishini ahamiyatli darajada kamaytiradi. Sirtga qo‘llash uchun metronidazol pushti husnbuzarlarda kuzatiladigan teleangiektaziyalarga nisbatan samarali emas.

Aerob mikroorganizmlar va fakultativ anaeroblar metronidazolga sezgir emas, lekin aralash flora (aeroblar va anaeroblar) bo‘lganida metronidazol oddiy aeroblarga qarshi samarali antibiotiklar bilan sinergik ta‘sir ko‘rsatadi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi minimal darajada, sirtga qo‘llanilgandan keyin qon zardobida juda kam miqdorda aniqlanadi. So‘rilgan metronidazol yo‘ldosh va gematoensefalik to‘siq (GET) orqali o‘tadi. Smax – 66 ng/ml gacha (7,5 mg metronidazolga ekvivalent 1 g gel surtilganda).

Qo‘llanilishi

Pushti husnbuzar (shu jumladan poststeroid), vulgar husnbuzar, terining infeksion kasalliklari, oyoqlarning trofik yaralari (venalarning varikoz kengayishi, qandli diabet fonida), sekin bituvchi yaralar, yotoq yaralar, kuyish, ekzema, seboreyali ekzema, yog‘li seboreya, seboreyali dermatit, gemorroy, orqa chiqaruv kanali yoriqlarida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Sirtga qo‘llash uchun buyuriladi.

Dastlab tozalangan teriga yupqa qavat qilib sutkada 2 marta, ertalab va kechqurun 3-9 xafta davomida surtiladi. Zarurati bo‘lganida okklyuzion bog‘lam qo‘yiladi. Davolash kursining o‘rtacha davomiyligi 3-4 oyni tashkil etadi, terapevtik samara odatda davolashning 3 xaftasida namoyon bo‘ladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Mahalliy qo‘llanilganida qondagi metronidazolning konsentrasiyasi juda past, shuning uchun tizimli nojo‘ya samaralar rivojlanishining ehtimoli kam.

Kam hollarda quyidagilar kuzatilishi mumkin: allergik reaksiyalar (teri toshmasi, qichishish, eshakemi); giperemiya, terini kepaklanishi va achishishi, ko‘z yoshi oqishi (agar gel ko‘zlarga yaqin surtilgan bo‘lsa).

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning tarkibiga kiruvchi komponetlarga, shuningdek nitroimidazol hosilalariga yuqori sezuvchanlik.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Bir vaqtda qo‘llanilganida varfarin va boshqa bilvosita antikoagulyantlarning ta‘sirini kuchaytiradi (protrombin vaqtini uzaytiradi).

Maxsus ko‘rsatmalar

Ko‘z shilliq qavati va ko‘z atrofiga surtilmasin (ko‘z yoshi oqishini chaqirishi mumkin). Gelni ko‘zlarga tushishi holatlarida darhol ko‘p miqdordagi suv bilan yuvish kerak.

Homiladorlik va laktasiya davri

Preparatni homiladorlikning I uch oyligida homilador ayollarga buyurish tavsiya etilmaydi. Laktasiya davrida preparatni buyurish zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish kerak.

Avtomobilni boshqarish va harakatlanuvchi mexanik qurilmalarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘siri

Preparat avtomobilni boshqarish va harakatlanuvchi mexanik qurilmalarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatni tavsiya etilgan dozalarda ushbu yuborish usulida qo‘llanilganda dozani oshirib yuborilishi holatlari kuzatilmagan.

 

Chiqarilish shakli

Sirtga qo‘llash uchun gel 1%.

  • 30 g dan uchi alyumin membrana va membranani teshish uchun uchligi bo‘lgan polietilen buraladigan qopqoq bilan berkitilgan alyumin tubada.
  • 30 g dan uchi alyumin folga, laminasiya qilingan polietilen va folgani teshish uchun uchligi bo‘lgan (yoki uchligi bo‘lmagan) polipropilen qopqoq bilan berkitilgan laminasiya qilingan plastik tubada. Bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti

30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Muzlatilmasin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

METROGIL A gel 20 g 0,1%+1% dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
METROGIL A gel 20 g 0,1%+1% dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
METROGIL A gel 20 g 0,1%+1% dori vositasi Unique Pharmaceutical Laboratories (a Division of J.B.Chemicals & Pharmaceuticals Ltd.) tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
METROGIL A gel 20 g 0,1%+1% dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
METROGIL A gel 20 g 0,1%+1% dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Другие формы препарата
METROGIL eritma 100ml 5mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Metronidazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited)
METROGIL eritma 20ml 5mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Metronidazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited)
METROGIL 0,005/ML eritma 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Metronidazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9