×
×
  • MINERALF tabletkalari 0,5mkg N20

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MINERALF tabletkalari 0,5mkg N20

Kategoriya:
- Vitaminlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- XXR
Qadoqda soni:
- 20
Ishlab chiqaruvchi:
- YAOPHARMA Co., Ltd
ATX kodi:
- A11CC03
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 82 ta dorixonasida topildi

ico 70 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 65 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

MAGNE V6 tabletkalari 5mg N50 Sanofi Aventis France, Франция произведено: Sanofi Winthrop Industrie Frantsiya
36 000 s`om dan
64 000 s`om dan
SUPRADIN KIDS VOLSHEBNIYe draje N60 Bayer Consumer Care AG Germaniya
111 328 s`om dan
ELEVIT PRONATAL tabletkalari N100 Bayer Consumer Care AG Germaniya
207 200 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
MINERALF tabletkalari 0,5mkg N20 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MINERALF®

MINERALF®

 

Preparatning savdo nomi: Mineralf®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): alfakalsidol

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi

faol modda: alfakalsidol – 0,25 mkg yoki 0,5 mkg;

yordamchi moddalar: tret-butilgidroxinon, povidon, kaliy gidroksidi, laktoza, mikrokristall sellyuloza, polivinilpirrolidon, stearin kislotasi, kremniy dioksidi.

Ta‘rifi: oq rangli tabletkalar

Farmakoterapevtik guruhi: D vitamini va uning hosilalari

ATX kodi: A11SS03

 

Farmakologik xususiyatlari

Vitamin, kalsiy-fosfor almashinuvini boshqaruvchisi.

Farmakodinamikasi

Alfakalsidol (D3 1α-gidroksivitamini) jigarda kalsiy va fosfor almashinuvining boshqaruvchisi sifatida ta‘sir ko‘rsatuvchi D vitaminining (kalsitriol) faol metaboliti D3 1,25- digidroksivitaminiga tez aylanadi.

Ichakda kalsiy va fosfor so‘rilishini oshiradi, ularni buyrakda reabsorbsiyasini oshiradi, kalsiy malabsorbsiyasi sindromida ijobiy kalsiy muvozanatini tiklaydi va qonda paratireoid gormon konsentrasiyasini pasaytiradi.

Alfakalsidol suyak remodelizasiyasi jarayonining ikkala qismiga (rezorbsiya va sintez) ta‘sir ko‘rsatib, nafaqat suyak to‘qimasining minerizasiyasini oshiradi, balki suyak matriksi oqsillari, suyak morfogenetik oqsillari, suyak o‘sishi omillari sintezini rag‘batlantirish hisobiga ularning mustahkamligini ham oshiradi, bu suyak sinishlari rivojlanishi tez-tezligini kamayishiga olib keladi.

Keksa yoshdagi pasientlarda endokrin-immun disfunksiya, shu jumladan D-gormon (kalsitriol) ishlab chiqarilishini tanqisligi fonida umumiy mushak massasini pasayishi (sarkopeniya) va mushak kuchsizligi sindromi paydo bo‘ladi (nerv-mushak apparatini normal faoliyat ko‘rsatishini buzilishi oqibatida), bu yiqilishlar va bu jarohat bilan bog‘liq suyak sinishlari xavfini oshishi bilan kechadi. Bir qator tadqiqotlarda keksa yoshdagi pasientlarda alfakalsidolni qo‘llaganda yiqilishlar tez-tezligini ahamiyatli darajada kamayishini namoyish qilgan.

Alfakalsidol mushak tolalarini regenerasiyasini rag‘batlantiradi, bu yo‘qotilgan mushak tonusini tiklaydi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Alfakalsidol ichga qabul qilingandan keyin me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga alfakalsidol bir marta qabul qilingandan 8-12 soatdan keyin erishiladi.

Metabolizmi

Alfakalsidolni kalsitriol (1,25-digidroksikolekalsiferol – 1α, 25-(OH)2D3) ga aylanishi uglerodning 25 atomi bo‘yicha gidroksilizasiya yo‘li bilan jigarda amalga oshadi, bunda gidrosilizasiya jarayoni juda tez amalga oshadi (substratga bog‘liq xarakterga ega). Nativ D vitamidan farq qilib, alfakalsidol buyraklarda gidrosilizasiyaga muhtoj emas, shuning uchun hatto buyrak 1-alfa-gidroksilazasi faolligi pasayishi bo‘lgan pasientlarda (buyrak patologiyasi, keksalar) ham samarali.

Chiqarilishi

Buyraklar va safro bilan ichak orqali deyarli teng miqdorda chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  • osteoporoz (shu jumladan postmenopauza, senil, steroid);
  • surunkali buyrak yetishmovchiligidagi osteodistrofiya;
  • gipoparatireoz va soxtagipoparatireoz;
  • oziqlanish yoki so‘rilishni yetishmovchiligi bilan bog‘liq raxit va osteomalyasiya;
  • gipofosfatemik D vitaminiga rezistent raxit va osteomalyasiyada qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Alfakalsidol tabletkasining dozasi pasientning qon zardobidagi kalsiyning darajasini sinchkovlik bilan nazorati asosida muvofiqlashtirilishi kerak.

Kattalar uchun dozalash:

  1. Surunkali buyrak yetishmovchiligi va osteoporoz:

Alfakalsidolning peroral qabul qilinadigan kattalar uchun odatdagi dozasi kuniga bir marta 0,5-1,0 mkg alfakalsidolni tashkil etadi. Pasientning yoshi va simptomlarga qarab dozaga tuzatish kiritish kerak. Davolash kursi 2-3 oy, bu davolash davridir, davolash davriyligi – yiliga 2-3 marta.

  1. Gipoparatireoz va D vitaminining metabolizmini buzilishlari bilan bog‘liq boshqa kasalliklar.

Alfakalsidolning peroral qabul qilinadigan kattalar uchun odatdagi dozasi kuniga bir marta 1,0-4,0 mkg alfakalsidolni tashkil etadi. Kasallik, pasientning yoshi, simptomlari va kasallikning tipiga qarab dozaga tuzatish kiritish kerak. Davolash kursi 2-3 oy, bu davolash davridir, davolash davriyligi – yiliga 2-3 marta.

Bolalar uchun dozalash:

Bolalardagi osteoporozda alfakalsidol tabletkalarining odatdagi peroral dozasi kuniga bir marta 0,01-0,03 mkg/kg alfakalsidolni, boshqa kasalliklarda kuniga bir marta 0,05-0,1 mkg/kg alfakalsidolni tashkil etadi. Kasallik va simptomlarga qarab dozaga tuzatish kiritish kerak. Davolash kursi 2-3 oy, bu davolash davridir, davolash davriyligi – yiliga 2-3 marta.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: anoreksiya, qusish, jig‘ildon qaynashi, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini qurishi, epigastriy sohasida diskomfort hissi, qabziyat, diareya; kam hollarda – jigar fermentlari faolligi biroz oshishi.

Nerv tizimi tomonidan: umumiy holsizlik, toliqish, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya.

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish.

Suyak-mushak tizimi tomonidan: mushaklarda, suyaklarda, bo‘g‘imlarda o‘rtacha og‘riq.

Moddalar almashinuvi tomonidan: giperkalsiemiya, YUZLP konsentrasiyasini biroz oshishi, buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari bo‘lgan pasientlarda giperfosfatemiya rivojlanishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • giperkalsiemiya;
  • giperfosfatemiya (giperparatireozdagi giperfosfatemiyadan tashqari);
  • gipermagniemiya;
  • D gipervitaminozi
  • homiladorlik;
  • laktasiya (emizish) davri;
  • 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
  • alfakalsidol va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Preparatni nefrolitiaz, ateroskleroz, surunkali yurak yetishmovchigi, surunkali buyrak yetishmovchiligi, sarkoidoz yoki boshqa granulematozlarda, o‘pka tuberkulyozidi (faol shakli), giperkalsiemiya rivojlanishini yuqori xavfi bo‘lgan pasientlarda, ayniqsa siydik-tosh kasalligi bo‘lganida, 3 yoshdan oshgan bolalarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Osteoporozni davolaganda alfakalsidolni estrogenlar va suyak rezorbsiyasini pasaytiruvchi dori vositalari bilan majmuada buyurish mumkin.

Alfakalsidolni yurak glikozidlari bilan bir vaqtda qo‘llanilganda yurak ritmini buzilishi rivojlanishi xavfi oshadi.

Jigar mikrosomal fermentlarining induktorlari (shu jumladan fenitoin va fenobarbital) qon plazmasida alfakalsidolning konsentrasiyasini pasaytiradi, ingibitorlar esa – oshiradi (uning samaradorligi o‘zgarishi mumkin).

Alfakalsidolni mineral moylar (uzoq vaqt davomida), kolestiramin, kolestipol, sukralfat, antasidlar, albumin asosidagi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanilganda uning so‘rilishi kamayadi. O‘zaro ta‘sir ehtimolini kamaytirish uchun alfakalsidolni yuqorida ko‘rsatilgan preparatlarni qabul qilishdan 1 soat oldin yoki 4-6 soatdan keyin qabul qilish kerak.

Magniy saqlovchi antasidlarni va alfakalsidolni bir vaqtda qo‘llash qon plazmasida magniyning darajasini oshishini, alyuminiy saqlovchi antasidlarni esa – qon plazmasida alyuminiy darajasini, ayniqsa surunkali buyrak yetishmovchiligida oshishiga olib kelishi mumkin.

Alfakalsidol fosfor saqlovchi preparatlarning so‘rilishini va giperfosfatemiya paydo bo‘lishi xavfini oshiradi.

Alfakalsidolni kalsiy preparatlari, tiazid diuretiklar bilan bir vaqtda qo‘llash giperkalsiemiya rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin.

Alfakalsidol bilan davolash fonida, additiv o‘zaro ta‘sir va giperkalsiemiya rivojlanishi xavfini oshishi tufayli, D vitamini va uning hosilalarini saqlovchi boshqa dori preparatlarini qo‘llash mumkin emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Alfakalsidolni bolalar va surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llanilganida qon plazmasida kalsiy va fosfatlar darajasini (davolashni boshida – xaftada 1 marta, qon plazmasida Smax ga erishilganda va barcha davolash davrida – har 3-5 xaftada), shuningdek IF faolligini (surunkali buyrak yetishmovchiligida – har xaftada nazorat) nazorat qilish kerak. Surunkali buyrak yetishmovchiligida dastlab giperfosfatemiyani muvofiqlashtirish talab etiladi.

Qon plazmasida IF ning normal faolligiga erishilganda alfakalsidolning dozasini kamaytirish kerak, bu giperkalsiemiya rivojlanishidan saqlanish imkonini beradi.

Alfakalsidol bilan davolashni boshida, ayniqsa suyaklarni ahamiyatli shikastlanishlari bo‘lmagan hollarda, masalan gipoparatireozda va agar qon plazmasida kalsiyning darajasi oshgan bo‘lsa, shuningdek davolashning kechroq davrlarida – suyak to‘qimasi strukturasini tiklanish belgilari bo‘lganida kalsiyning darajasini o‘lchash tavsiya etiladi.

Giperkalsiemiya rivojlanishi xavfi suyak demineralizasiya darajasi, buyrakning funksional qobiliyati va preparatning dozasi kabi omillar bilan belgilanadi.

Giperkalsiemiya yoki giperkalsiuriya qon plazmasida kalsiyning darajasi normallashguncha preparatning dozasini kamaytirish va kalsiyni iste‘mol qilishni kamaytirish orqali muvofiqlashtiriladi. Odatda bu davr 1 xaftani tashkil etadi. Normallashgandan keyin oxirgi qabul qilingandan dozaning yarmini qo‘llab, davolash davom ettiriladi.

Giperkalsiemiya yoki klinik normaning chegarasidan chiquvchi kalsiy-fosfat birikmalarning darajasini turg‘un oshishi rivojlanganda preparatni kamida ushbu ko‘rsatkichlar normallashmaguncha (odatda bir xafta davomida) darhol bekor qilish kerak, so‘ngra preparatni qo‘llashni avvalgi dozaning yarmini tashkil etuvchi dozada takroran boshlash mumkin.

Suyak to‘qimasini yaqqol shikastlanishlari bo‘lgan pasientlar (buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlardan farq qilib) preparatning yuqoriroq dozalarini giperkalsiemiya belgilarisiz o‘zlashtiraolishlari mumkin. Osteomalyasiyasi bo‘lgan pasientlarda qon plazmasida kalsiyning darajasini tez oshmasligi har doim ham preparatning dozasini oshirish kerakligidan dalolat bermaydi, chunki kalsiy ichakda so‘rilishini oshishi hisobiga demineralizasiyaga uchragan suyakka kirishi mumkin.

Qon va siydikda kalsiyning darajasi, IF faolligi, paratgormon konsentrasiyasi, rentgenologik va gistologik ma‘lumotlar kabi ko‘rsatkichlarga asoslanib, ayniqsa surunkali buyrak yetishmovchiligida davomli giperkalsiemiyani oldini olish kerak.

Buyrak genezli suyaklarni shikastlanishi bo‘lgan pasientlarda giperfosfatemiyani rivojlanishini oldini olish uchun alfakalsidolni fosfat-bog‘lovchi preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin.

Turli pasientlarda D vitaminiga sezgirlik individual ekanligini e‘tiborga olish kerak va ayrim hollarda hatto terapevtik dozalarni qo‘llash gipervitaminoz simptomlari bilan kechishi mumkin.

D vitaminini qabul qilayotgan bolalarda muvofiqlashtirilgan oziqlantirgan afzal. Keksalik yoshida D vitaminining so‘rilishini kamayishi, terini D3 provitaminini sintez qilish qobiliyatini pasayishi, insolyasiya vaqtini qisqarishi, buyrak yetishmovchiligi paydo bo‘lishi tez-tezligini oshishi oqibatida D vitaminiga ehtiyoj oshishi mumkin.

Homiladorlik va laktasiya davri

Preparat homiladorlik va emizish davrida faqat, agar kutilayotgan foyda potensial xavfdan yuqori bo‘lgan hollardagina qo‘llanishi mumkin.

Homiladorlik vaqtidagi D vitaminining dozasini oshirib yuborilishi bilan bog‘liq onadagi giperkalsiemiya homilada D vitaminiga sezuvchanlikni oshishi, qalqonsimon oldi bezi funksiyasini susayishi, spesifik elfasimon ko‘rinish, aqliy rivojlanishni sekinlashishi, aortal stenozni chaqirishi mumkin.

Emizikli ayollar preparatni qo‘llashdan saqlanishlari yoki preparatni qabul qilish davrida emizishni to‘xtatishlari kerak.

Pediatriya

Dozani oshirib yubormaslik uchun preparat bolalarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak: masalan qabul qilish past dozadan boshlanishi va qon zardobida kalsiyning darajasi va siylikda kalsiy/kreatinin darajasini nazorati ostida asta-sekin oshirilishi kerak.

Dori vositasini avtotransport va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sirining o‘ziga xosligi

Transport vositalarini va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab etuvchi mexanizmlarni boshqarganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki alfakalsidolni qo‘llaganda bosh aylanishi va uyquchanlik rivojlanishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

D gipervitaminozining erta simptomlari (giperkalsiemiya bilan bog‘liq): diareya, qabziyat, ko‘ngil aynishi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini qurishi, anoreksiya, og‘izda metall ta‘mi, giperkalsiuriya, poliuriya, polidipsiya, pollakiuriya/nikturiya, bosh og‘rig‘i, toliqish, umumiy holsizlik, mialgiya, suyaklarda og‘riq.

D gipervitaminozining kechki simpmtolari: bosh aylanishi, ongni chalkashishi, uyquchanlik, siydikni to‘qlashishi, yurak ritmini buzilishi, teri qichishishi, arterial bosimni oshishi, kon‘yunktiva giperemiyasi, nefrolitiaz, tana vaznini kamayishi, yorug‘likdan qo‘rqish, pankreatit, gastralgiya, psixotik buzilishlar.

Surunkali D gipervitaminozining simptomlari: yumshoq to‘qimalar, qon tomirlar va ichki a‘zolar (buyrak, o‘pka) ning kalsinozi, buyrak va yurak-qon tomir yetishmovchiligi hatto o‘limgacha, bolalarda o‘sishni buzilishi.

Davolash: preparatni bekor qilish kerak. O‘tkir dozani oshirib yuborilishining erta muddatlarida – so‘rilishni kamayishi va ichak orqali chiqarilishini oshirishga yordam beruvchi me‘dani yuvish, mineral moylarni (vazelin) qo‘llash. Og‘ir hollarda tutib turuvchi davolash muolajalarini qo‘llash talab etilishi mumkin – infuzion tuzli eritmalarni yuborish bilan gidratasiya o‘tkaziladi (jadallashgan diurez), ayrim hollarda – GKS, “halqali” diuretiklar, bifosfonatlar, kalsitonin qo‘llanadi, kalsiyni kam miqdorda saqlovchi eritmalarni qo‘llab gemodializ o‘tkaziladi. Ayniqsa digoksin yoki boshqa yurak glikozidlarini qabul qilayotgan pasientlarda qonda elektrolitlar darajasini, buyrak faoliyatini va yurakning holatini (EKG ma‘lumotlari asosida) nazorat qilish tavsiya etiladi.

Chiqarilish shakli va o‘rami

10 tabletkadan alyuminli kontur uyali o‘ramda. 1 kontur uyali o‘ramdan davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MINERALF tabletkalari 0,5mkg N20 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MINERALF tabletkalari 0,5mkg N20 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MINERALF tabletkalari 0,5mkg N20 dori vositasi YAOPHARMA Co., Ltd tomonidan XXR mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MINERALF tabletkalari 0,5mkg N20 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MINERALF tabletkalari 0,5mkg N20 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
MINERALF tabletkalari 0,25mkg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: XXR
  • Ishlab chiqaruvchi: YAOPHARMA Co., Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9