×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MIZOPROSTOL tabletkalari 0,2mg N3

Kategoriya:
- Ginekologik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Xitoy
Faol modda:
Мизопростол
Qadoqda soni:
- 3
Ishlab chiqaruvchi:
- China Resources Zizhu Pharmaceutical Co., Ltd
ATX kodi:
- G02AD06
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 136 ta dorixonasida topildi

ico 61 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 65 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

LAKTRIOL suppozitorii N10 Рубикон, ООО Belarusiya
EVIKA kapsulalar N20 Herbion Pakistan (PVT) Ltd Pokiston
30 000 s`om dan
METROMIKON NEO suppozitorii N14 Farmaprim S.R.L Moldova
58 200 s`om dan
VAGIPROBIOKS kapsulalar N10 Miltonia Healh Science Ltd, Великобритания произведено: Unique Biotech Limited Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
MIZOPROSTOL tabletkalari 0,2mg N3 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MIZOPROSTOL

MISOPROSTOL

Preparatning savdo nomi: Mizoprostol

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): mizoprostol

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: mizoprostol – 200 mkg;

yordamchi moddalar: gidroksipropilmetilsellyuloza, natriy karboksimetilkraxmal, gidrogenlangan kanakunjut moyi, mikrokristall sellyuloza, mikronlashtirilgan kremniy dioksidi.

Ta‘rifi: dumaloq oq rangli yoki deyarli oq rangli tabletkalar

Farmakoterapevtik guruhi: asosan akusherlik va ginekologiyada qo‘llanadigan vositalar.

ATX kodi: G02AD06

 

Farmakologik xususiyatlari

Mizoprostol – tabiiy Ye1 prostaglandinining sintetik analogi. Bachadon bo‘ynini bo‘shashtiradi. Miometriyni qisqarishlari tez-tezligini oshirib, homiladorlikni erta muddatlarda to‘xtatish maqsadida qo‘llanadi. Me‘da–ichak yo‘llarining silliq mushaklarini rag‘batlantiradi, mizoprostolning yuqori dozasi (2 mg) me‘da shirasining sekresiyasini ingibisiya qiladi.

Farmakokinetikasi

Mizoprostol ichga qabul qilinganidan keyin tez so‘riladi va 1,5 soat o‘tgach to‘liq so‘rilishga erishadi. 0,2 mg dozada bir marta ichga qabul qilinganidan keyin 15 minut o‘tgach mizoprostolning zardobdagi faol metabolitlarining cho‘qqi konsentrasiyasiga va qondagi o‘rtacha cho‘qqisi 0,309 mkg/l ga erishadi. Yarim chiqarilish davri 36–48 minutni tashkil qiladi. Buyraklar va ichak orqali chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Bachadon homiladorligini amenoreyaning 63 kunigacha bo‘lgan erta muddatlarda medikamentoz to‘xtatish.

Tug‘ruqdan keyingi qon ketishini davolashda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

0,6 mg Mizoprostol (3 tabletka) bir marta Mizoprostol qabul qilinganidan keyin 36–48 soat o‘tgach shifokor ishtirokida qabul qilinadi.

Mizoprostolni ovqatlanishdan 2 soat oldin qabul qilish kerak.

Tug‘ruqdan keyingi qon ketishini to‘xtatish maqsadida 800 mkg dan 1000 mkg gacha Mizoprostol rektal qo‘llanadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

  • ko‘ngil aynishi, qorinning pastki sohasida og‘riq, diareya;
  • bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, holsizlik;
  • kam hollarda: giperemiya, qizish va qichishish, allergik shok.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • prostaglandinlarga yuqori sezuvchanlik;
  • buyrak usti bezlarining yetishmovchiligi, buyrak usti bezlari po‘stlog‘ining disfunksiyasi va uzoq muddatli glyukokortikosteroid terapiya;
  • o‘tkir yoki surunkali buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi;
  • klinik tadqiqotlar bilan tasdiqlanmagan yoki hayz ko‘rishni to‘xtashi 63 kundan oshgan, bachadon ichki kontrasepsiyasini qo‘llash fonida yoki gormonal kontrasepsiya bekor qilinganidan keyin paydo bo‘lgan bachadondan tashqari homiladorlikka, homiladorlikka gumonda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Yallig‘lanishga qarshi nosteroid vositalar: indometasin, metindol, ibuprofen, naproksen, butadien, reopirin, diklofenak, voltaren, aspirin, sitramon, sedalgin, selebreksni qo‘llashdan saqlanish kerak, chunki ular preparatning samaradorligini pasaytirishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

  1. Homiladorlikni erta to‘xtatish maqsadida Mizoprostolni Mifepriston qabul qilinganidan keyin buyurish kerak va alohida ishlatish mumkin emas.
  2. Mifepriston qabul qilgandan keyin 8–14 kun o‘tgach pasient UTT–nazoratga kelishi kerak, shuningdek homiladorlik to‘xtaganini tasdiqlash uchun beta–xorionik gormonining darajasini aniqlash kerak. Agar preparatlar qo‘llanganidan keyin 8–14 kun o‘tgach samara (to‘liq bo‘lmagan homila tushishi yoki davom etayotgan homiladorlik) kuzatilmasa, homiladorlik boshqa usul yordamida to‘xtalishi kerakligi haqida pasientkalar axborotga ega bo‘lishlari kerak, chunki homilada tug‘ma nuqsonlar shakllanishi mumkin.
  3. Mifepriston qo‘llanganidan keyin faqat bir necha pasient ayollardagina homila tuxumini haydalishi kuzatiladi, 80% pasient ayollarda – mizoprostolni qo‘llashdan keyin 6 soat davomida, va 10% pasient ayollarda – mizoprostol qo‘llanganidan keyin bir hafta davomida.
  4. Preparatni qo‘llash rezus alloimmunizasiyani oldini olishni va abort bilan birga boshqa umumiy choralarni talab qiladi.
  5. Preparatni qo‘llashdan oldin pasient ayol hamma nojo‘ya ta‘sirlari haqida axborotga ega bo‘lishi va 4 dan 6 soatgacha shifokor nazorati ostida bo‘lishi kerak.
  6. O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklarida (shu jumladan bronxial astmada), og‘ir arterial gipertenziyada, yurak ritmini buzilishlarida, yurak yetishmovchiligida va glaukomada preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
  7. Laktasiya

Mizoprostol qabul qilinganidan keyin emizishni ikki haftaga to‘xtatish kerak.

Asoratlardan saqlanish uchun shifokorning qat‘iy ko‘rsatmasi asosida qo‘llansin.

Preparat muvofiq tayyorgarlikka ega bo‘lgan shifokorlar va kerakli jihozlarga ega muassasalarda qo‘llanishi kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: yaqqol umumiy zaharlanish, uyquchanlik, qusish, ko‘ngil aynishi va o‘ziga xos buyrak sanchig‘i bilan bo‘lgan buyrak usti bezlarining yetishmovchiligi.

Davolash: qusishni chaqirish kerak; agar buning iloji bo‘lmasa – me‘dani yuvishni amalga oshirish, faollashtirilgan ko‘mir, tuzli surgilarni buyurish kerak.

Chiqarilish shakli

3 tabletkadan alyumin folga stripda.

Har bir strip qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, salqin, yorug‘likdan himoyalangan joyda, +250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MIZOPROSTOL tabletkalari 0,2mg N3 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MIZOPROSTOL tabletkalari 0,2mg N3 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MIZOPROSTOL tabletkalari 0,2mg N3 dori vositasi China Resources Zizhu Pharmaceutical Co., Ltd tomonidan Xitoy mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MIZOPROSTOL tabletkalari 0,2mg N3 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MIZOPROSTOL tabletkalari 0,2mg N3 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
SAYTOTEK tabletkalari 200mkg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Faol modda: Мизопростол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pfizer HCP Corporation, США произведено: Piramal Healthcare UK Limited
Narh: 248 600 so'mdan Batafsil
MIZOPROSTOL tabletkalari 0,2mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Мизопростол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: China Resources Zizhu Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 79 984 so'mdan Batafsil
SAYTOTEK tabletkalari 200mkg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Faol modda: Мизопростол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pfizer HCP Corporation, США произведено: Piramal Healthcare UK Limited
Ishlab chiqaruvchining dorilari
MIFEPRISTON tabletkalari 200mg N1
Narh: 66 000 so'mdan Batafsil
MIZOPROSTOL tabletkalari 0,2mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Мизопростол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: China Resources Zizhu Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 79 984 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9