Yaroqlilik muddati (oy) | 3 yil |
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: feksofenadin gidroxloridi – 120 mg, montelukast natriy – 10 mg;
yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, natriy kroskarmelloza, kraxmal, tozalangan suv, magniy stearati, sariы xinolin, metilen xloridi, izopropil spirti, magniy stearat.
Chiqarilish shakli
Montelukast peroral qo‘llanilganda CysLT1-retseptorlari bilan yuqori affinlik va selektivlik bilan bog‘lanuvchi faol modda bo‘lib hisoblanadi. Klinik tadqiqotlarda montelukast 5 mg dozada LTD4 ingalyatsiyasi chaqirgan bronxospazmni ingibitsiya qilgan. Bronxodilatatsiya peroral qo‘llanilgandan keyin 2 soat o‘tgach kuzatilgan. β-agonistlar chaqirgan bronxlarni kengaytiruvchi samara montelukast samarasi bilan to‘ldirilgan. Montelukast bilan davolash antigen rag‘batlantirish oqibatidagi bronxospazmning erta ham, kechki fazasini ham ingibitsiya qiladi. Montelukast platseboga qaraganda kattalar va bolalarda periferik qonda eozinofillar darajasini pasaytiradi. Montelukast bilan davolash nafas yo‘llarida eozinofillarning miqdorini ahamiyatli kamayishiga (balg‘amda aniqlanganda) olib kelgan.
Patsiyentlarning turli guruhlaridagi farmakokinetik xususiyatlari
Keksa yoshdagi shaxslarda va yengildan o‘rtachagacha og‘irlik darajasidagi jigar funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Montelukast va uning metabolitlari safro bilan chiqarilganligi tufayli, buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish zarurligi taxmin qilinmaydi. Jigar funktsiyasini og‘ir darajada buzilishi (Chayld – Pьyu shkalasi bo‘yicha >9) bo‘lgan patsiyentlarda montelukastning farmakokinetikasi yuzasidan ma'lumotlar yo‘q.
Feksofenadin gidroxloridi terfenadinning asosiy faol metaboliti bo‘lib, N1-retseptorlarining periferik faoliyatiga selektiv antagonistik ta'sirga ega bo‘lgan antigistamin vositadir. Feksofenadin gidroxloridining ikkala enantiomerlari taxminan bir xil antigistamin samaraga egaligini ko‘rsatgan. Feksofenadin gidroxloridi sezgir dengiz cho‘chqachalarida antigen chaqirgan bronxospazmni va kalamushlarda qorin pardasining labrotsitlaridan gistaminni ajralib chiqishini bostiradi. Bu natijalarning klinik ahamiyati noma'lum. Laboratoriya hayvonlaridagi tajribalarda antixolinergik, alьfa-1-adrenergik yoki beta-adrenergik retseptorlarini bloklovchi samaralari kuzatilmagan. Bundan tashqari, markaziy nerv tizimiga sedativ yoki boshqa samaralari kuzatilmagan. Preparatni to‘qimalarda taqsimlanishi bo‘yicha kalamushlarda o‘tkazilgan radiomarkirovka feksofenadinni gematoentsefalik to‘siq orqali o‘tmasligini ko‘rsatadi.
Montelukast ichga qabul qilinganidan so‘ng tez so‘riladi. Kattalarda plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 10 mg dan och qoringa qabul qilinganida qon plazmasida o‘rtacha maksimal kontsentratsiyasi (Cmax) ga 3 soatdan keyin (Tmax) erishadi. Ichga qabul qilinganida biokiraolishligi o‘rtacha 64% ni tashkil etadi. Odatdagi ovqatni iste'mol qilish qon plazmasidagi Cmax va biokiraolishligiga ta'sir qilmaydi. Preparatning havfsizligi va samaradorligi klinik tadqiqotlarda plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 10 mg dan ovqatlanishdan qat'iy nazar qabul qilinganida tasdiqlangan.
Taqsimlanishi
Montelukast plazma oqsillari bilan 99% dan ko‘proq bog‘lanadi. Montelukastning taqsimlanish hajmi o‘rtacha 8-11 litrni tashkil etadi.
Kalamushlarda radioaktiv nishonlangan montelukast yordamida o‘tkazilgan tadqiqotlar gematoentsefalik to‘siq orqali o‘tganida taqsimlanishi minimal ekanligini ko‘rsatadi. Dozasi qabul qilinganidan so‘ng 24 soatdan keyin radioaktiv nishonlangan moddaning boshqa barcha to‘qimalardagi kontsentratsiyasi ham minimal darajada bo‘lgan.
Metabolizmi
Montelukast jigarda faol metabolizmga uchraydi. Terapevtik dozalarda ishlatilganida kattalar va bolalarda muvozanat holatida montelukast metabolitlarining plazmadagi kontsentratsiyasi aniqlash chegarasidan past bo‘ladi.
R450 2S8 montelukastning metabolizmida asosiy ferment hisoblanadi. Bundan tashqari, CYP 3A4 va 2S9 lar montelukastning metabolizmida ahamiyatsiz rolь o‘ynaydilar, garchi itrakonazol (CYP 3A4 ning ingibitori) montelukastni sutkada 10 mg dozada qabul qilgan sog‘lom ko‘ngillilarda montelukastning farmakokinetik ko‘rsatkichlarini o‘zgartirmagan.
In vitro sharoitida odam jigarining mikrosomalarida o‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalarida, montelukast terapevtik kontsentratsiyalarda sitoxrom R450 3A4, 2S9, 1A2, 2A6, 2S19 va 2D6 larni ingibitsiya qilmasligi ko‘rsatilgan. Montelukastning terapevtik samarasida metabolitlarining roli minimal darajada.
Chiqarilishi
Sog‘lom kattalarda montelukastning plazma klirensi minutiga o‘rtacha 45 ml ni tashkil etadi. Radioaktiv nishonlangan montelukast peroral qabul qilinganidan so‘ng uning 86% miqdori axlat bilan 5 kun davomida va 0,2% dan kamroq qismi – siydik bilan chiqariladi. Peroral qo‘llanganida montelukastning biokiraolishligi bilan birga bu holat, uning metabolitlarini deyarli butunlay safro bilan chiqarilishidan dalolat beradi.
Patsiyentlarning alohida guruhlari
Keksa yoshdagi patsiyentlar uchun yoki yengil yoki o‘rtacha darajadagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar uchun dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Montelukast va uning metabolitlari safro bilan chiqarilganligi tufayli, buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar uchun dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi (ko‘rsatkich Chayld-Pьyu shkalasi bo‘yicha >9) bo‘lgan patsiyentlarda montelukastning farmakokinetikasi bo‘yicha ma'lumotlar mavjud emas.
Montelukast yuqori dozalarda (kattalar uchun tavsiya etilgan dozadan 20 va 60 marta yuqori dozalarda) qo‘llanganida qon plazmasida teofillinning kontsentratsiyasini pasayishi kuzatilgan. 10 mg sutkada bir marta tavsiya etilgan dozada bunday samara kuzatilmagan.
Feksofenadin gidroxloridining mavsumiy allergik riniti va surunkali eshakemi bo‘lgan odamlardagi farmakokinetikasi sog‘lom ko‘ngillilarda kuzatilgani bilan bir xil bo‘lgan.
So‘rilishi
Feksofenadin gidroxloridi 60 mg li ikki kapsulaning bir martalik dozasi sog‘lom erkak jinsli ko‘ngillilar tomonidan og‘iz orqali qabul qilinganidan keyin 2,6 soat o‘tgach plazmadagi maksimal kontsentratsiyaga erishish bilan tez so‘riladi. Sog‘lom ko‘ngillilarda 60 mg li yagona kapsula peroral qabul qilinganidan keyin plazmadagi o‘rtacha maksimal kontsentratsiyasi 131 nanogramm/ml ni tashkil qilgan. 60 va 180 mg li har qanday tabletkaning bir dozasini erkak jinsli sog‘lom ko‘ngillilar tomonidan peroral qabul qilingandan keyin plazmadagi o‘rtacha maksimal kontsentratsiyalari muvofiq 142 va 494 nanogramm/ml ni tashkil qilgan. Teng dozalar qo‘llanganida tabletka shakli kapsula shakli bilan bioekvivalentdir. Feksofenadin gidroxloridining farmakokinetikasi og‘iz orqali qabul qilinadigan dozalari har kungi 240 mg to‘liq doza (120 mg dan kuniga ikki marta) uchun to‘g‘ri chiziqlidir. 60 mg li kapsulani olma sousi bilan birga qabul qilish kattalarda feksofenadinning farmakokinetikasiga jiddiy ta'sir qilmagan. Feksofenadin gidroxloridining 180 mg li tabletkasini yuqori yog‘li ovqat bilan birga qabul qilish feksofenadinning AUC va Cmax ni muvofiq 21 va 20% ga pasaytirgan.
Taqsimlanishi
Feksofenadin gidroxloridi plazma oqsillari bilan, asosan alьbuminlar va a-kislota glikoproteini bilan 60% - 70% ga bog‘langan.
Metabolizmi
Feksofenadin gidroxloridining yig‘indi dozasining taxminan 5% jigardagi metabolizm yordamida chiqarilgan.
Chiqarilishi
Sog‘lom ko‘ngillilarda kuniga ikki marta 60 mg dan qabul qilinganidan keyin feksofenadinning o‘rtacha yarimchiqarilish davri 14,4 soatni tashkil qilgan.
Odamlarda o‘tkazilgan keng muvozanatli tekshirishlarda feksofenadin gidroxloridining dozasini ahlat va siydik bilan chiqarilishi taxminan muvofiq 80% va 11% [14S] ga tengligi qayd qilingan. Feksofenadin gidroxloridining mutloq bioto‘planishi aniqlanmaganligi tufayli, ahlat bilan chiqariladigan komponenti so‘rilmagan preparatmi yoki o‘t-safro bilan chiqarilishining natijasimi, ma'lum emas.
• plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 10 mg – taxminan astmasi bo‘lgan 4000 patsiyentlar 15 yosh va undan kattalar;
• plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 10 mg – taxminan astmasi va mavsumiy allargik riniti bo‘lgan 400 patsiyentlar 15 yosh va undan kattalar;
• chaynaladigan tabletkalar 5 mg dan – 6 dan 14 yoshgacha bo‘lgan taxminan 1750 bolalarda.
Klinik tadqiqotlarda quyidagi noxush reaktsiyalar xaqida tez-tez xabarlar bo‘lgan (kamida 10 tadan 1 odamda paydo bo‘lishi mumkin) montelukast bilan davolanuvchi astmasi bo‘lgan patsiyentlarda, shuningdek platsebo davolash olgan patsiyentlarga nisbatan tez-tezligi katta.
A'zo tizim sinfi Katta patsiyentlar, 15 yosh va kattalar
(ikkita 12-xaftalik tadqiqotlar, n=795) 6 yoshdan 14 yoshgacha bolalar,
(bir 8-xaftalik tadqiqotlar, n=201;
ikki 56- xaftalik tadqiqotlar, n=615)
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Bosh og‘rig‘i Bosh og‘rig‘i
Me'da-ichak buzilishlari Abdominal og‘riq
Klinik tadqiqotlarda uzoq davolashda 2 yil davomida cheklangan katta patsiyentlar soni va 12 oy davomida 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar ishtiroki bilan xavfsizlik profili o‘zgarmagan.
Postmarketing qo‘llash tajribasi
Keyingi noxush reaktsiyalar xaqida postmarketing qo‘llash jarayonida xabarlar bo‘lgan; reaktsiyalar a'zo tizim sinfiga va noxush reaktsiyalarning maxsus terminiga muvofiq ko‘rsatilgan. Nojo‘ya reaktsiyalar rivojlanish tez-tezligi quyidagi gradatsiyalarda keltirilgan: juda tez-tez ‒ 10 tadan 1 odamda paydo bo‘lishi mumkin; tez-tez – kamida 10 tadan 1 odamda paydo bo‘lishi mumkin; tez-tez emas – kamida 100 tadan 1 odamda paydo bo‘lishi mumkin; kam xollarda – kamida 1000 tadan 1 odamda paydo bo‘lishi mumkin; kamida 1000 tadan 1 odamga nisbatan kamida 100 tadan 1 ta odamda paydo bo‘lishi mumkin; juda kam xollarda – kamida 10000 tadan 1 odamda paydo bo‘lishi mumkin.
Infektsiyalar va invaziyalar: juda tez-tez – yuqori nafas yo‘llari infektsiyalari;
Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar: kam xollarda – qon ketishiga moyillikni oshishi, trombotsitopeniya;
Immun tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan anafilaksiya; juda kam xollarda – jigarni eozinofil infilьtratsiyasi;
Ruhiyat tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – patologik uyqular, shu jumladan tungi dahshatlar, uyqusizlik, somnambulizm, qo‘zg‘algan xolat, ajitatsiya, shu jumladan tajavuzkor xulq yoki dushmanlik, depressiya, psixomotor giperfaollik (shu jumladan ta'sirchanlik, bezovtalik va tremor*); kam xollarda – xotirani yomonlashishi, diqqatni buzilishi; juda kam xollarda – gallyutsinatsiya, dezoriyentatsiya, o‘z joniga qasd qilish fikri va xulqi (suitsidallik), tik, obsessiv-kompulьsiv simptomlar, duduqlanish;
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez – bosh og‘rig‘i; tez-tez emas – bosh aylanishi, uyquchanlik, paresteziya/gipesteziya, tirishishlar;
Yurak tomonidan buzilishlar: kam xollarda – yurak urib ketishi;
Respirator tizim, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a'zolari tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – burundan qon ketishi; juda kam xollarda –Cherdj-Stross sindromi, o‘pka eozinofiliyasi;
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: tez-tez – abdominal og‘riq, diareya, ko‘ngil aynishi, qusish; tez-tez emas – og‘izni qurishi, dispepsiya;
Jigar tomonidan buzilishlar: tez-tez – qon zardobida transaminazalar (AJIT, ACT) darajasini oshishi; juda kam xollarda – gepatit (shu jumladan xolestatik, gepatotsellyulyar, shuningdek jigarni aralash shikastlanishi);
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar: tez-tez – toshma; tez-tez emas – qon talashlar, eshakemi, qichishish; kam xollarda – angionevrotik shish; juda kam xollarda – tugunli eritema, ko‘p shaklli eritema;
Tayanch-xarakat apparati va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – artralgiya, mialgiya, shu jumladan mushak spazmlari;
Umumiy buzilishlar: tez-tez – pireksiya; tez-tez emas – asteniya/toliqish, lohaslik, shish.
*uchrash tez-tezligi: kam xollarda
Noxush reaktsiyalar, shu jumladan qo‘llashga doir yo‘riqnomasida ko‘rsatilmagan noxush reaktsiyalar yuzaga kelganda shifokorga murojaat etish kerak.
Ingalyatsion yoki peroral kortikosteroidlarni montelukast bilan to‘satdan almashtirish mumkin emas. Montelukast bilan bir vaqtda qo‘llanilganda peroral kortikosteroidning dozasi pasaytirilishi mumkinligini tasdiqlovchi ma'lumotlar yo‘q.
Antiastmatik preparatlar, shu jumladan montelukast bilan davolanayotgan patsiyentlarda, ayrim xolatlarda Cherdj-Stross sindromiga (ko‘pincha tizimli kortikosteroidlar bilan davolash o‘tkaziladigan xolat) xarakterli vaskulitning klinik ko‘rinishlari bilan kechuvchi tizimli eozinofiliya kam xollarda yuzaga kelishi mumkin. Bu xolatlar tez-tez, ammo doim emas peroral kortikosteroidning dozasini pasaytirish yoki bekor qilish bilan bog‘liq bo‘lgan. Patsiyentlarda eozinofiliya, vaskulyar toshma, o‘pka simptomlarini yomonlashishi, kardiologik asoratlar va/yoki neyropatiya yuzaga kelganda takroran tekshirish va davolash sxemasini qayta ko‘rib chiqish uchun davolovchi shifokorga murojaat etishlari kerak.
Montelukast qabul qilgan patsiyentlarda psixonevrologik buzilishlar xolatlari haqida xabar berilgan. Patsiyentlar va shifokorlar psixonevrologik buzilishlarning ko‘rinishlariga e'tiborli bo‘lishlari kerak. Patsiyentlar va/yoki ularning ota-onalari yoki parvarish qilayotgan shaxslar bunday o‘zgarishlar yuzaga kelgan xolatlar haqida shifokoriga xabar berishlari kerak. Shifokorlar bunday buzilishlar rivojlanganda montelukast bilan davolashni davom ettirishning xavfi va foydasini sinchkovlik bilan baholashlari kerak.
Aspirin-sezgir astmasi bo‘lgan patsiyentlarni montelukast bilan davolash aspirin yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarni qo‘llashdan saqlanish zaruratini bekor qilmaydi.
Dori vositasi laktoza saqlaydi, shuning uchun uni galaktoza, Lappa laktaza tanqisligi yoki glyukoza-galaktoza malьabsorbtsiyasi kabi kam nasliy kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga qo‘llash mumkin emas.
Montelukast shuningdek jismoniy yuklama chaqirgan bronxospazm dominatsiya qiluvchi komponent bo‘lgan astmani oldini olish uchun ham buyuriladi.
Mavsumiy allergik rinit:
Feksofenadin gidroxloridi kattalar, 6 yosh va undan katta bolalarda mavsumiy allergik rinit bilan bog‘liq belgilarini yengillashtirish uchun buyuriladi.
Belgilar aksirish, rinoreya, burun/tanglay/tomoqni qichishishi, qichishuvchi/namlangan/ qizargan ko‘zlarni o‘z ichiga oladi.
Surunkali idiopatik eshakemi:
Feksofenadin gidroxloridi kattalar, 6 yosh va undan katta bolalarda teridagi surunkali idiopatik eshakemining murakkab bo‘lmagan ko‘rinishlarini davolash uchun buyuriladi. U qichishish va g‘o‘ddalarning (qavarchiqlarning) sonini ahamiyatli kamaytiradi.
Fenobarbitalni bir vaqtda qo‘llaganda patsiyentlarda montelukastning qon plazmasida farmakokinetik egri chizig‘i ostidagi maydon (AUC) taxminan 40% ga pasaygan. Montelukast CYPZA4, 2S8 va 2S9 yordamida metabolizmga uchraganligi tufayli, montelukastni ayniqsa bolalarda fenitoin, fenobarbital va rifampitsin kabi CYPZA4, 2S8 va 2S9 induktorlari bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
In vitro sharoitdagi tadqiqotlar montelukast CYP2S8 ning kuchli ingibitori ekanligini namoyish qilgan. Ammo montelukast va rosiglitazon (market substrat, asosan CYP2S8 ishtirokida metabolizmga uchraydigan preparatlar namoyondasi) qo‘llash o‘rganilgan preparatlarning o‘zaro ta'sirining klinik tadqiqotlari ma'lumotlari montelukast in vivo sharoitda CYP2C8 ni ingibitsiya qilmasligini namoyish qilgan. Shuning uchun montelukast ushbu ferment yordamida metabolizmga uchraydigan preparatlarning (masalan paklitaksel, rosiglitazon va repaglinid) metabolizmiga ahamiyatli ta'sir ko‘rsatishi kutilmaydi.
In vitro sharoitdagi tadqiqotlar montelukast CYP2S8, 2S9 va ZA4 substrati ekanlinini namoyish qilgan. Montelukast va gemfibrozilni (CYP2S8 va 2S9 ingibitori) qo‘llash o‘rganilgan preparatlarning o‘zaro ta'sirining klinik tadqiqotlarida gemfibrozil montelukastning tizimli ekspozitsiyasini 4,4 marta oshirishini namoyish qilgan. Gemfibrozil va CYP2S8 ning potentsial ingibitorlarini birga qo‘llaganda montelukastning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi, ammo noxush reaktsiyalar oshishi ehtimolini e'tiborga olish kerak.
In vitro sharoitdagi ma'lumotlardan kelib chiqib, CYP2S8 ning kuchsizroq ingibitorlari (masalan trimetoprim) bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta'sirlar yuzaga kelishi taxmin qilinmaydi. Montelukastni itrakonazol (CYP ZA4 ning kuchli ingibitori) bilan bir vaqtda qo‘llaganda montelukastning tizimli ekspozitsiyasini ahamiyatli oshishi kuzatilmaydi.
Eritromitsin va ketokonazol bilan o‘zaro ta'siri:
Ko‘rsatilganidek feksofenadin gidroxloridi minimal (taxminan 5%) metabolizmni namoyish etdi. Biroq, feksofenadin gidroxloridini eritromitsin va ketokonazol bilan birga qabul qilish, feksofenadin gidroxloridining plazmadagi darajasini oshishiga olib kelgan. Feksofenadin gidroxloridi eritromitsin va ketokonazolning farmakokinetikasiga hech qanday ta'sir ko‘rsatmagan. Ikki mustaqil tekshirishlarda, 120 mg feksofenadin gidroxloridi sutkada ikki marta (har kuni qabul qilish uchun tavsiya qilinganidan ikki marta ortiq doza) 500 mg eritromitsin bilan har 8 soatda; yoki 400 mg ketokonazol bilan kuniga bir marta o‘rantilgan sharoitlarda normal, sog‘lom ko‘ngillilar tomonidan qabul qilingan (har bir tekshirishda n=24). Feksofenadin gidroxloridining o‘zi bilan yoki eritromitsin yoki ketokonazol bilan majmuada davolangan patsiyentlarda nojo‘ya samaralarida yoki preparatning ta'sir vaqtida xech qanday farqlar kuzatilmagan. Bu tadqiqotlarning natijalari quyidagi jadvalda keltirilgan:
Sog‘lom ko‘ngillilarda (n=24) 120 mg Feksofenadin gidroxloridi har 12 soatda 7 kun davomida buyurilganidan keyin (tavsiya qilingan dozadan ikki marta ortiq doza) feksofenadin gidroxloridining belgilangan farmakokinetikasiga ta'siri
Yo‘ldosh dori C max SS AUC SS (0-12 s)
Eritromitsin (500 mg dan har 8 soatda) +82% +109%
Ketokonazol (400 mg dan kuniga 1 marta) +135% +164%
Plazmadagi darajasining o‘zgarishlari muvofiq va yaxshi nazoratli klinik tadqiqotlarda erishilgan plazmadagi darajalar diapozoni chegarasida bo‘lgan.
Bu o‘zaro ta'sirlarning mexanizmi In vitro sharoitlarda va In vivo hayvonlar modelida baholangan. Bu tadqiqotlar, ketokonazol yoki eritromitsinni birga qabul qilish feksofenadinni me'da-ichakda so‘rilishini oshirishni ko‘rsatadi. Tabiiy sharoitlarda hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar, shuningdek oshgan so‘rilishga qo‘shimchani taxmin qiladi, ya'ni ketokonazol feksofenadin gidroxloridini me'da-ichakdan chiqarilishini kamaytiradi, ayni paytda eritromitsin esa, uni o‘t-safro bilan chiqarilishini kamaytirishi mumkin.
Kislotani neytrallovchi vositalar bilan o‘zaro ta'siri
120 mg feksofenadin gidroxloridini (60 mg li 2 kapsula) ni kislotani neytrallovchi magniy va alyuminiyni saqlovchi vositadan (Maalox®) keyin qabul qilganda feksofenadinning AUC ni 41% ga va Cmax ni 43 % ga kamaytirgan. Feksofenadin gidroxloridi kislotani neytrallovchi magniy va alyuminiyni saqlovchi vosita bilan yaqin vaqtda qabul qilinmasligi lozim.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Umumiy tavsiyalar
Montelukastni terapevtik ta'siri bronxial astma nazorati ko‘rsatkichlari 1 kun davomida rivojlanadi. Montafeks preparati ovqat qabul qilishga bog‘liq bo‘lmagan xolda qabul qilish mumkin. Patsiyentlarga astmani nazorat qilishga erishilsa xam, shuningdek astmani kechishini yomonlashishi davrida montelukastni qabul qilish zarurligi xaqida xabar berish kerak. Montafeks preparati shunday ta'sir etuvchi modda - montelukast saqlovchi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas.
Buyrak funktsiyasini buzilishlari yoki yengildan o‘rtacha darajadagi og‘irlikdagi jigar funktsiyasini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar uchun, keksa patsiyentlar uchun dozaga tuzatish kiritish zarurati yo‘q. Jigar funktsiyasini buzilishlarini og‘ir shakli bo‘lgan patsiyentlarga nisbatan ma'lumotlar yo‘q. Erkak va ayollar uchun dozalash bir xil.
Bronxial astmani boshqa davolash usullariga bog‘liq Montafeks preparati bilan davolash
Montafeks preparati patsiyentni odatdagi davolash jadvaliga qo‘shimcha sifatida qaul qilish mumkin.
Ingalyatsion kortikosteroidlar
Montafeks preparati bilan davolashni ingalyatsion kortikosteroidlarni qo‘llash va zarurat bo‘lganda qisqa muddatli ta'sirga ega β-agonistlarni qo‘llaganda yetarlicha klinik astmani nazoratini ta'minlamaydigan patsiyentlarda davolashga qo‘shimcha sifatida qo‘llash mumkin.
2 dan 5 yoshgacha bolalar uchun 4 mg dan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar ishlab chiqariladi.
6 dan 14 yoshgacha bolalar uchun 5 mg dan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar ishlab chiqariladi.
Preparatni navbatdagi qabul qilish o‘tkazib yuborilganda preparatning keyingi dozasi odatdagi vaqtda qabul qilinadi. Ikkita doza ketma-ket qabul qilinmasin.
Davolash: montelukast bilan dozani oshirib yuborilishini davolash xaqida ma'lumotlar yo‘q. Montelukastni organizmdan peritoneal dializda yoki gemodializda chiqarilishi noma'lum.
Homiladorlikka nisbatan mavjud ma'lumotlar bazasidan cheklangan ma'lumot preparatni qo‘llanishi va malьformatsiya (qo‘l oyoqlar nuqsoni kabi) paydo bo‘lishi o‘rtasidagi sabab-oqibat bog‘liqlik ko‘rsatmaydi, ular xaqida xalqaro postmarketing qo‘llash tajribasida kam xabarlar bo‘lgan. Montelukastni homiladorlik davrida faqat, agar kutilgan foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lgandagina qo‘llash mumkin.
Emizish davri. Kalamushlardagi tadqiqotlarda montelukastni sutga o‘tishi ma'lum bo‘lgan. Montelukast ayollarda ko‘krak sutiga kirishi noma'lum. Montelukastni emizish davrida faqat, agar kutilgan foyda bola uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lgandagina qo‘llash mumkin.