70 000 s`om dan
Dorixonalardan izlash1 paketcha tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Moresin preparati bakterisid ta'sirga ega. Ta'sir mexanizmi bakteriyalarning hujayra devori sintezini birinchi bosqichini susaytirishi bilan bog'liq. Fosfoenol piruvatga struktur jihatdan o'xshash bo'lib, N-atsetil-glyukozamino-3-o-enolpiruvil-transferaza fermenti bilan raqobatli o'zaro ta'sir qiladi, natijada bu fermentni o'ziga xos, tanlab va qaytmas ingibitsiya bo'lishi yuz beradi, bu holat antibiotiklarning boshqa sinflari bilan kesishgan rezistentlik bo'lmasligini hamda boshqa antibiotiklar bilan sinergizm bo'lishi mumkinligini ta'minlaydi (in vitro sharoitlarida amoksisillin, tsefaleksin, pipemidin kislotasi bilan sinergizm kuzatiladi). In vitro sharoitlarida fosfomisin trometamolning antibakterial ta'sir doirasiga ko'pchilik oddiy grammusbat qo'zg'atuvchilar (Enterococcus spp., Enterococcus faecalis, Staphylococcus aureus, Staphylococcus saprophyt., Staphylococcus spp.) va grammanfiy qo'zg'atuvchilar (E. coli, Citrobacter spp., Enterobacter spp., Klebsiella spp., Klebsiella pneumoniae, Morganella morganii, Proteus mirabilis, Pseudomonas spp., Serratia spp.) kiradi. In vitro sharoitlarida fosfomisin trometamol qator bakteriyalarni siydik chiqarish yo'llarining epiteliysiga adgeziyasini pasaytiradi.
Organizmda fosfomisin va trometamolga dissosiasiya bo'ladi. Trometamol antibakterial hususiyatlarga ega emas. 3 g dozasi ichga bir marta qabul qilinganida Biokiraolishligi 34% dan 65% gacha bo'lgan qiymatni tashkil etadi. Plazmada maksimal kontsentrasiyasi peroral qabul qilinganidan so'ng 2-2,5 soatdan keyin kuzatiladi va 22-32 mg/l ni tashkil etadi. Plazmadan yarim chiqarilish davri 4 soatlarga teng.
Fosfomisin plazma oqsillari bilan bog'lanmaydi, metabolizmga uchramaydi, asosan siydikda to'planadi. 3 g bir martalik dozasi peroral qabul qilinganida siydikda siydik chiqarish yo'llarining ko'pchilik odatdagi qo'zg'atuvchilari uchun 99% ga bakterisid bo'lgan yuqori kontsentrasiyasiga (1053 mg/l dan 4415 mg/l gacha) erishadi. Ushbu qo'zg'atuvchilar uchun preparatning minimal ingibitsiya qiluvchi kontsentrasiyasi 128 mg/l ni tashkil etadi. Bu kontsentrasiya siydikda 24-48 soat davomida saqlanib turadi, bu bir marta qabul qilish bilan davolash imkonini beradi. Siydikda Moresinning E. coli uchun minimal susaytiruvchi kontsentrasiyadan yuqori kontsentrasiyasi kamida 80 soat davomida saqlanib turadi.
Preparatning 90% buyraklar orqali o'zgarmagan holda siydikda yuqori kontsentrasiyalarni hosil qilib chiqariladi. Qabul qilingan dozaning taxminan 10% ichak orqali o'zgarmagan holda chiqariladi. Buyrak funktsiyasi o'rtacha darajada past bo'lgan (kreatinin klirensi < 80 ml/min) pasientlarda, shu jumladan keksa yoshdagi shaxslarda uni fiziologik pasayishida fosfomisinning yarim chiqarilish davri biroz uzayadi, ammo siydikdagi kontsentrasiyasi terapevtik darajada qoladi.
Qandli diabet bilan xastalangan bemorlarga buyurilganida, 3 g fosfomisin saqlagan 1 paketchada 2,166 g saxaroza borligini inobatga olish kerak.
Homiladorlikda va laktasiya davrida qo'llanishi
Homiladorlikda preparat ona uchun davolashdan kutilgan foyda homila uchun potentsial havfdan ustun bo'lgan holatdagina buyuriladi.
Laktasiya davrida preparatni buyurish zarurati bo'lganida davolanish vaqtida emizishni to'xtatish kerak.
Pediatriyada qo'llanishi
Preparatni 5 yoshgacha bo'lgan bolalarga qo'llash mumkin emas.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga fosfomisinning ta'sirini ko'rsatuvchi ma'lumotlar yo'q.
•bakterial nospesifik uretrit;
•homiladorlarda simptomsiz kechuvchi massiv bakteriuriya;
•siydik yo'llarini operasiyadan keyingi infektsiyalari;
•jarrohlik aralashuvida va transuretral diagnostik tekshiruvlarda siydik chiqarish yo'llarining infektsiyasini oldini olish uchun qo'llanadi.
•og'ir darajadagi buyrak etishmovchiligi (kreatinin klirensi < 10 ml/min);
5 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati -3 yil.
Yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatilmasin
Kattalarga 1 paketchadan kuniga 1 marta buyuriladi.
Jarrohlik aralashuvida, transuretral diagnostik muolajalar o'tkazilganida siydik chiqarish yo'llarini infektsiyalanishini oldini olish maqsadida 1 paketcha Moresin preparati aralashuvdan 3 soat oldin va ikkinchi paketcha aralashuvdan so'ng 24 soatdan keyin qabul qilinadi.
5 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan bolalarga 2 g dan kuniga 1 marta buyuriladi.
Davolash kursi 1 kunni tashkil etadi.
Og'irroq holatlarda (keksa yoshdagi pasientlar, qaytalanuvchi infektsiyalar) 24 soatdan keyin yana 1 paketcha qabul qilinadi.
Buyrak etishmovchiligida preparatning dozasi kamaytiriladi va qabul qilishlar o'rtasidagi intervallar uzaytiriladi.