Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ASKORBIN KISLOTASI
ACIDUM ASCORBINICUM
Preparatning savdo nomi: Askorbin kislotasi
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): askorbin kislotasi
Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma.
Tarkibi:
faol modda: askorbin kislotasi – 50 mg;
yordamchi moddalar: natriy gidrokarbonat – 23,85 mg, suvsiz natriy sulfit – 2 mg, in‘eksiya uchun suv – 1 ml gacha karbonat angidrid gazi bilan to‘yingan.
Ta‘rifi: rangsiz yoki biroz sarg‘ish rangli, tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: Vitaminlar.
ATX kodi: A11GA01
Yaqqol antioksidant xususiyatlarga ega. Ko‘pchilik biokimyoviy reaksiyalarda vodorodning tashilishini boshqaradi, uch karbon kislotalari siklida glyukozaning ishlatilishini yaxshilaydi, tetragidrofolat kislotasining hosil bo‘lishida va to‘qimalarning regenerasiyasida, steroid gormonlar, kollagen, prokollagenning sintezida ishtirok etadi. ²ujayralararo moddaning kolloid holatini va kapillyarlarni me‘yoriy o‘tkazuvchanligini (gialuronidazani susaytiradi) saqlab turadi. Proteolitik fermentlarni faollashtiradi, aromatik aminokislotalar, pigmentlar va xolesterin almashinuvida ishtirok etadi. Jigarda glikogenning to‘planishiga yordam beradi. Jigarda nafas fermentlarini faollashuvi hisobiga uning detoksikasion va oqsil hosil qilish faoliyatini kuchaytiradi, protrombin sintezini oshiradi.
Safro ajralib chiqishini yaxshilaydi, me‘da osti bezini tashqi sekretor va qalqonsimon bezining inkretor faoliyatini tiklaydi. Immunologik reaksiyalarni boshqaradi (antitelolar, S3 – komplement komponenti, interferon sintezini faollashtiradi), fagositozga yordam beradi, organizmni infeksiyalarga bo‘lgan qarshiligini oshiradi. Yallig‘lanishga qarshi va allergiyaga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Gistaminning ajralib chiqishini tormozlaydi va degradasiyasini tezlashtiradi, PG va boshqa yallig‘lanish mediatorlarini va anafilaksiyani hosil bo‘lishini susaytirdi.
Farmakokinetikasi
Leykositlarga, trombositlarga, so‘ngra esa barcha to‘qimalarga oson kiradi; gipofizning orqa bo‘lagida, buyrak usti bezlarining po‘stlog‘i, ko‘z epiteliysi, urug‘ bezlarining oraliq hujayralari, tuxumdonlar, jigar, miya, taloq, me‘da osti bezi, o‘pkalar, buyraklar, ichak devori, yurak, mushaklar, qalqonsimon bezida to‘planadi. Asosan jigarda dezoksiaskorbin va keyin shovilsirka va diketogulon kislotalarigacha metabollanadi. o‘zgarmagan askorbat va metabolitlari siydik, ahlat, keyin ko‘krak suti bilan chiqariladi. Yuqori dozalarda chiqarilishi keskin kuchayadi, bunday yuqori chiqarilish qabul qilish to‘xtatilganidan keyin ham saqlanishi mumkin. Chekish va etil spirtini ist‘emol qilish organizmdagi zahiralarini keskin pasaytirib (nofaol metabolitlarga aylanishi) parchalanishini tezlashtiradi.
Qo‘llanilishi
S gipo- va avitaminozni oldini olish va davolash, gemorragik diatez, kapillyarotoksikoz, gemorragik insult, yordamchi vositasi sifatida: qon ketishlari (burun, o‘pka, bachadon va boshqalardan), infeksion kasalliklar, intoksikasiyalar, alkogolli va infeksion deliriy, o‘tkir nur kasalligi, posttransfuzion asoratlar, jigar (Botkin kasalligi, surunkali gepatitlar va sirrozlar), me‘da-ichak yo‘llarining kasalliklari (axiliya, yara kasalligi, ayniqsa qon ketishidan keyingi, enteritlar, kolitlar, gelmintozlar), xolesistit, buyrak usti bezlarining yetishmovchiligi (Addison kasalligi), uzoq bitmaydigan yaralar, jarohatlar, suyak sinishlari, distrofiya, jismoniy va aqliy yuklamalar, homiladorlik va laktasiya, gemosideroz, melanodermiyalar, eritrodermiyalar, psoriaz, surunkali tarqalgan dermatozlar, aterosklerz, bronxial astma, biriktiruvchi to‘qimaning diffuz kasalliklari (revmatoid artrit, tizimli qizil yugurik, sklerodermiya) va boshqalar; antikoagulyantlar dozasini oshirib yuborish, akonit, anestezin, anilin, antabus, barbituratlar, benzol, dixloretan, kaliy permanganat, metil spirti, margimush, uglerod oksidi, sinil kislotasi, sulfanilamidlar, talliy, fenol, xinin bilan zaharlanishda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga mushak ichiga va vena ichiga 5% askorbin kislota eritmasi 1-5 ml dan, bolalarga – 1-2 ml dan yuboriladi. Zaharlanishda 60 ml gacha yuboriladi.
Davolash kursi kasallikning xarakteri va kechishiga qarab belgilanadi.
Arterial gipertenziya, modda almashinuvini tuzilishi, me‘da osti bezining insulyar apparati faoliyatini (giperglikemiya, glyukonuriya) va glikogen sintezini susayishi, kapillyarlar o‘tkazuvchanligini va to‘qimalar trofikasini pasayishi, trombositoz, giperprotrombinemiya, tromb hosil bo‘lishi, eritrositopeniya, neytrofil leykositoz, miokard distrofiyasi, buyraklarning glomerulyar apparatini shikastlanishi, allergik reaksiyalar (shu jumladan anafilaktik shok); uzoq vaqt qabul qilinganida siydik toshlarini hosil bo‘lishi, rux, mis almashinuvini buzilishi, MNT qo‘zg‘aluvchanligini oshishi, uyquni buzilishi, mikroangiopatiyalarni rivojlanishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatni katta dozalarda yuqori qon ivishi oshgan, tromboflebit, trombozlarga moyilligi bo‘lgan bemorlarga, qandli diabetda, hamda askorbin kislotasiga yuqori shaxsiy sezuvchanlikda buyurish tavsiya qilinmaydi.
Qonda salisitlar (kristalluriya xavfini oshiradi), etinilestradiol, benzilpenisillin va tetrasiklinlar konsentrasiyasini oshiradi, oral kontraseptivlarni – kamaytiradi. Kumarin hosilalarining antikoagulyasion samarasini kamaytiradi. Ichakda temir preparatlarining so‘rilishini yaxshilaydi. Xinolin qatori preparatlari, kalsiy xloridi, salisilatlar, kortikosteroidlar uzoq vaqt qo‘llanganida, S vitaminining zahirasini kamaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Askorbin kislotasi tiklovchi sifatida turli laboratoriya sinamalarining natijalarini o‘zgartirishi (qondagi glyukoza, bilirubin miqdorini, transaminazalar, LDG faolligini) mumkin.
Uzoq davolanish vaqtida buyraklar faoliyatini, AB ni va me‘da osti bezini faoliyatini (uning insulyar apparatini susayishi tufayli) ayniqsa yuqori dozalarda buyurilganida nazorat qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
1 yil 6 oy.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.