Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
7 800 s`om dan
Dorixonalardan izlashQO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
NATRIYA GIDROKARBONAT
NATRII HYDROCARBONAS
Preparatning savdo nomi: Natriya gidrokarbonat
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): Natriy gidrokarbonati
Dori shakli: Infuziya uchun eritma.
Tarkibi:
Faol modda: natriy gidrokarbonati – 40,0 g.
Yordamchi moddalar: etilendiamintetrasirka kislotasining dinatriyli tuzi (trilon B) – 0,2 g; in‘eksiya uchun suv 1000 ml gacha.
Ta‘rifi: Tiniq, rangsiz suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: Tuzli eritma (suv-elektrolit balansi va kislota-ishqor holatini regulyatori).
Kod ATK: B05CB04
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamikasi
Qonning ishqoriy holatini tiklovchi va metabolik asidozni muvofiqlashtiruvchi vosita. Natriy gidrokarbonati dissosiasiyaga uchraganida vodorod ionlarini bog‘lovchi bikarbonat anioni ajraladi va suv hamda karbonat angidridiga parchalanuvchi va nafas olishda ajralib chiquvchi karbon kislotasini hosil qiladi. Buning natijasida qonning pH ko‘rsatkichi ishqoriy tomonga siljiydi, qonning bufer hajmi ortadi. Shuningdek preparat organizmdan natriy va xlor ionlarini chiqarilishini oshiradi, osmotik diurezni kuchaytiradi, siydikni ishqoriylashtiradi, siydik chiqarish tizimida siydik kislotasi cho‘kmasi hosil bo‘lishini oldini oladi. Bikarbonat anioni hujayra ichiga kirmaydi.
Farmakokinetikasi
O‘rganilmagan.
Qo‘llanilishi
Turli hil kasalliklardagi kompensasiyalanmagan metabolik asidoz, jumladan:
Qo‘llanilishiga mutloq ko‘rsatma: qonning pH 7,2 dan pasayishi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga vena ichiga (v/i) tomchilab yoki rektal tomchilab yuborish buyuriladi; 1 yoshdan katta bolalarga v/i tomchilab, 1,5 mmol/kg tezlikda, qonning pH, kislota-ishqor va suv-elektrolit balansi ko‘rsatkichlarini nazorati ostida buyuriladi. Asidozni yaqqol namoyon bo‘lish darajasiga qarab, preparat suyultirilmagan yoki 5% li glyukoza eritmasi bilan 1:1 nisbatda suyultirilgan holda qo‘llanadi.
Kattalarga v/i taxminan minutiga 60 tomchi tezlikda yuboriladi, sutkada 2 marta 200 ml gacha dozada yoki tomchili xo‘qna ko‘rinishida 50-100 ml miqdorida yuboriladi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga v/i 1 kg tana vazniga 1-2 ml dozada, boshqa bolalar guruhiga – 1 kg tana vazniga 5-7 ml dozada yuboriladi.
Metabolik asidozni muvofiqlashtirishda, dozalash, kislota va ishqorlar muvozanatini buzilish darajasiga qarab belgilanadi. Doza qondagi gazlarning ko‘rsatkichlariga qarab, quydagi formula yordamida hisoblanadi:
0,5 molyarli buferlangan 4,2% li natriy gidrokarbonati hajmi (ml) = ishqorlar tanqisligi (BE) x bemorning tana vazni x 0,3 x 2 (0,3 omili umumiy suyuqlikka nisbatan hujayradan tashqaridagi suyuqlik qismiga javob beradi).
Preparatning maksimal dozasi kattalar uchun – sutkada 300 ml, bolalar uchun tana vazniga 100 ml dan 200 ml gachani tashkil etadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: shishlar, arterial gipertenziya.
Markaziy nerv tizimi tomonidan: tetaniya, bezovtalik, bosh og‘rig‘i.
Me‘da-ichak tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, ishtahani yo‘qolishi, me‘dada og‘riq.
Boshqalar: gipokaliemiya, gipernatriemiya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Ehtiyotkorlik bilan:
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Natriy gidrokarbonati eritmasida quyidagilarni eritish mumkin emas:
Natriy gidrokarbonati quydagi dori vositalari bilan nomutanosib:
Flukonazol v/i yuboriladigan eritma ko‘rinishida 4,2% li natriy gidrokarbonati eritmasi bilan mutanosibdir.
Kortikotropin qabul qilayotgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Natriy gidrokarbonati gipotenziv dori vositalarining ta‘sirini, shu jumladan rezerpinning antigipertenziv ta‘sirini kuchaytirishi mumkin.
Doksisiklinni so‘rilishi va qon plazmasidagi konsentrasiyasini kamaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Laborator tekshirishlar nazorati ostida qo‘llaniladi: kislota-ishqor va elektrolit muvozanati holatini nazorat qilish lozim.
Yurak yoki buyrakning yondosh kasalliklari bo‘lgan bemorlarda yurak yetishmovchiligi va shishlar rivojlanishi mumkin. Asidozni xaddan tashqari tez muvofiqlashtirilgan hollarda, shu jumladan o‘pka ventilyasiyasi buzilishi oqibatida CO2 (karbonat angidridi) ni tez ajralib chiqishi serebral asidozni kuchaytirishi mumkin. Siydikni ishqoriylanishi mumkinligi va fosfat tuzlarini hosil bo‘lish havfini oshishi tufayli, muntazam qabul qilish tavsiya qilinmaydi. Qisqa vaqt qo‘llanganida kislota-ishqor holatining ishqoriy tomonga siljishi klinik simptomlar bilan kechmaydi, biroq surunkali buyrak yetishmovchiligida holatni sezilarli og‘irlashtirishi mumkin. Yara kasalligi bilan ko‘pincha birga kechuvchi qusish (xlor ionlarini yo‘qotilishi) alkalozni yaqqol namoyon bo‘lishini kuchaytirishi mumkin.
Preparati bo‘lgan flakonni har gal yuborishdan oldin, unda qattiq zarrachalar mavjudligi va rangini o‘zgarishlarini aniqlash yuzasidan vizual ko‘rikdan o‘tkazish lozim. Flakon faqat butun bo‘lsa va eritma tiniq bo‘lganidagina ishlatilsin.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanilishi
Xomiladorlik va laktasiya davrida, faqat ona uchun taxmin qilinadigan foyda, homila yoki bola uchun mumkin bo‘lgan potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasi oshirib yuborilganda alkaloz, gipernatriemiya va giperosmiya, tetanik tirishishlar rivojlanishi mumkin.
Alkalozning klinik belgilari: ishtahani yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, qusish, bezovtalik, bosh og‘rig‘i.
Davolash: preparatni darhol bekor qilish, zarurat bo‘lganida natriy xloridining izotonik yoki 5% li glyukoza eritmasi yuboriladi. Tetaniyani rivojlanish havfi bo‘lsa, kattalarga v/i 1-3 g kalsiy glyukonati yuboriladi.
Chiqarilish shakli
4% li infuziya uchun eritma 100, 250, 500 ml dan flakonlarda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.