Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
5 200 s`om dan
Dorixonalardan izlash4 500 s`om dan
Bron qilishQO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIKNOMA
NATRIYA TIOSULFAT
NATRII THIOSULFAS
Preparatning savdo nomi: Natriya tiosulfat
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): natriy tiosulfati
Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma
Tarkibi:
faol modda: natriy tiosulfati – 300 mg;
yordamchi moddalar: natriy gidrokarbonati – 20 mg;
1 ml gacha in‘eksiya uchun suv.
Ta‘rifi: tiniq, rangsiz suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruxi: zaharlanish va intoksikasiyalarda qo‘llanadigan vosita.
ATX kodi: V03AB06
Dezintoksikasion, yallig‘lanishga qarshi, desensibilizasiyalovchi ta‘sir ko‘rsatadi. Og‘ir metall tuzlari, galogenlar, sianidlar bilan zaharli bo‘lmagan yoki kam zaharli birikmalar hosil qiladi
Qo‘llanilishi
Margimush, qo‘rg‘oshin, simob, brom, yod, sianidlar bilan zaharlanish; eshakemi, artrit, nevralgiya
Qo‘llash usuli va dozalari
Vena ichiga 30% eritmaning 5-10 ml, sianidlar bilan zaharlanganda 30% eritmaning 50 ml yuboriladi. Ichga bir marta qabul qilish uchun 2-3 ml dan 10% eritma shaklida buyuriladi (30% li ampulali eritmani suvda yoki natriy xloridning izotonik eritmasida suyultirib tayyorlanadi).
Nojo‘ya ta‘sirlari
Davolash kursining boshida bosh og‘rig‘i, oyoq – qo‘llarda og‘riqlar, umumiy holsizlanish bo‘lishi mumkin. Odatda bu holatlar o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi. Ba‘zida allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga yuqori sezuvchanlik
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Preparatni metabolizm jarayonida organizmda aminobenzoy kislotani hosil bo‘lmasligi tufayli, u antisulfanilamid ta‘sir ko‘rsatmaydi va sulfanilamid preparatlar oluvchi bemorlarda qo‘llanilishi mumkin.
Simetidin, beta-adrenoblokatorlar va MAO ingibitorlari bilan birga qo‘llanganda preparatni tansiqligi oshadi, bunday majmuani qo‘llash zarurati bo‘lsa, preparatning dozasini kamaytirish zarur.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Chikariliщ shakli
30% in‘eksiya uchun eritma ampulalarda, 5 va 10 ml dan.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250 S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.