×
×
  • NEKPIM poroshok 500mg N1

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

NEKPIM poroshok 500mg N1

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Nectar Lifesciences Limited
ATX kodi:
- J01DC02
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

24 300 s`om dan
UROFURAGIN tabletkalari 50mg N30 Adamed Consumer Healthcare S.A., Польша произведено: Pharmaceutical Works Adamed Pharma Joint-Stock Co. Polsha
31 500 s`om dan
OFLOKSASIN tabletkalari 400mg N10 Синтез, ОАО Rossiya Federatsiyasi
14 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
NEKPIM poroshok 500mg N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

NEKPIM

NECPIM

Preparatning savdo nomi: Nekpim

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): sefepim gidroxloridi

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun.

Tarkibi:

1 flakon quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: sefepim (sefepim gidroxloridi va L-argininni steril aralashmasi ko‘rinishida) – 500 mg; 1000 mg;

erituvchi: steril in‘eksiya uchun suv – 10 ml.

Ta‘rifi: oq yoki och sariq rangli kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: antibiotiklar (sefalosporinlar guruhi)

ATX kodi: J01DE01

Farmakologik hususiyatlari

Sefepim bakteriyaning hujayra devorini ingibisiya qilish yo‘li bilan ta‘sir etadigan bakterisid vosita hisoblanadi. Sefepim to‘rtinchi avlod sefalosporini hisoblanadi va qator grammusbat va grammanfiy aerob mikroorganizmlarga nisbatan faol, keng ta‘sir doirasiga ega. Sefepim beta-laktamazalarga yaqinligi kam. Sefepim ko‘pchilik beta-laktamazalarning gidroliziga nisbatan yuqori chidamlilikka ega va grammanfiy bakteriyalarning hujayralariga tez kiradi. Bakteriyalarning hujayralarida sefepimni molekulyar nishoni bo‘lib penisillinni bog‘lovchi oqsil hisoblanadi. Sefepim quyidagi mikroorganizmlarning ko‘pchilik shtammlariga nisbatan faol:

Aerob grammanfiy mikroorganizmlar:

Enterobacter, Escherichia coli, Klebsiella pneumoniae, Proteus mirabilis, Pseudomonas aeruginosa.

Aerob grammusbat mikroorganizmlar:

Staphylococcus aureus (faqat metisillinga sezuvchan izolyatlari), Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes (A guruhi streptokokklar), Streptococcus viridans.

Staphylococcus epidermidis (faqat metisillinga sezuvchan izolyatlari), Staphylococcus saprophyticus, Streptococcus agalactiae (V guruh streptokokklar).

Izoh: Enterokokklarning ko‘pchilik izolyatlari, masalan, Enterococcus faecalis va metisillinga rezistent stafilokokklar sefepimga chidamli.

Aerob grammanfiy mikroorganizmlar:

Acinetobacter calcoaceticus, Citrobacter diversus, Citrobacter freundii, Enterobacter agglomerans, Haemophilus influenzae (shu jumladan, beta-laktamazalar ishlab chiqaradigan izolyatlari), Hafnia alvei, Klebsiella oxytoca, Moraxella catarrhalis (shu jumladan, beta-laktamazalar ishlab chiqaradigan izolyatlari), Morganella morganii, Proteus vulgaris, Providencia rettgeri, Providencia stuartii, Serratia marcescens.

Izoh: Sefepim Stenotrophomonas ko‘pchilik izolyatlariga (ilgari Xanthomonas maltophilia va Pseudomonas maltophilia deb nomlangan) nisbatan faol emas.

Anaerob mikroorganizmlar:

Izoh: Sefepim Clostridium difficile ning ko‘pchilik izolyatlariga nisbatan faol emas.

 

 

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Sefepim mushak ichiga yuborilgandan so‘ng deyarli to‘liq so‘riladi. Katta yoshdagi sog‘lom erkaklarga preparat 500 mg, 1000 mg va 2000 mg dozalarda mushak ichiga bir marta yuborilganda plazmada preparat maksimal konsentrasiyasiga 1,4-1,6 soat davomida erishgan va muvofiq ravishda o‘rtacha 13,9; 29,6 yoki 57,5 mkg/ml ni tashkil qilgan; dozalari yuborilgandan so‘ng 8 soatdan keyin muvofiq ravishda o‘rtacha 1,9; 4,5 yoki
8,7 mkg/ml ni tashkil etgan.

Tana vazniga 50 mg/kg dozada mushak ichiga yuborilgan 2 oylikdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarda, plazmadagi sefepimning konsentrasiyasi dozalari yuborilgandan so‘ng 0,5; 0,75; 1 va 8 soatdan keyin o‘rtacha 76; 75,2; 64 va 4,8 mkg/ml ni tashkil etgan. Pediatrik pasientlarda tana vazniga 50 mg/kg dozada mushak ichiga bir marta yuborilgandan so‘ng sefepimning mutloq biokiraolishligi 82,3% ni tashkil etganligi to‘g‘risida xabarlar berilgan.

Sefepimning 500 mg, 1000 mg yoki 2000 mg bir martalik dozalari vena ichiga 30 minut davomida infuziya qilingandan so‘ng katta yoshdagi sog‘lom erkaklarda plazmada preparatning maksimal konsentrasiyasi o‘rtacha 31,6-39,1; 65,9-81,7 yoki 126-163,9 mkg/ml ni tashkil etgan.

Sefepim tana vazniga 50 mg/kg dozada har 8 soatda, vena ichiga 15-20 minut davomida yuborilgan, bakterial meningiti bo‘lgan 2 oylikdan 15 yoshgacha bolalarda plazmadagi konsentrasiyasi uchinchi dozasi yuborilgandan so‘ng 0,5; 1; 2; 4 va 8 soatdan keyin muvofiq ravishda 67,1; 44,1; 23,9; 11,7 va 4,9 mkg/ml ni tashkil etgan.

Taqsimlanishi

Sefepimni o‘rtacha taqsimlanish hajmi muvozanatli holatda 18,0 (± 2,0) l tashkil etadi. Sefepimni zardob oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 20% ni tashkil etadi va qon zardobidagi konsentrasiyasiga bog‘liq emas. Sefepim ona sutiga ajraladi. Taxminan 1000 ml ona sutini iste‘mol qilgan go‘dak kuniga taxminan 0,5 mg sefepim oladi.

Sefepim yallig‘langan gematoensefalik to‘siq orqali o‘tishi xaqida dalillar mavjud.

Metabolizmi va chiqarilishi

Sefepim N-oksid (NMP-N-oksid) ga tez aylanadigan N-metilpirrolidon (N-methylpyrrolidine – NMP) ga metabolizmga uchraydi. Sefepimni o‘zgarmagan holda siydik bilan chiqarilishi yuborilgan dozaning taxminan 85% ni tashkil etadi. Yuborilgan dozasining 1% dan kamrog‘i siydik bilan NMP holida, 6,8% NMP-N-oksid holida va 2,5% sefepimning epimeri holida chiqariladi. Buyraklar orqali chiqarilishi asosiy chiqarilish yo‘li ekanligi sababli buyraklar faoliyati buzilgan pasientlarga va gemodializdagi pasientlarga dozaga tuzatish kiritish talab qilinadi.

Maxsus papulyasiyalar

Pediatriya: vena ichiga bir martalik dozasi yuborilgandan so‘ng organizmning umumiy klirensi va taqsimlanish hajmi muvozanatli holatda muvofiq ravishda tana vazniga o‘rtacha 3,3 (±1,0) ml/min/kg va 0,3 (±0,1) l/kg ni tashkil qilgan. Sefepimni o‘zgarmagan holda siydik bilan chiqarilishi yuborilgan dozasining 60,4% (±30,4) ni tashkil etgan, o‘rtacha buyrak klirensi esa tana vazniga 2,0 (±1,1) ml/min/kg bo‘lgan. Tana vazniga
50 mg/kg dozada mushak ichiga yuborilgandan so‘ng sefepimni mutloq biokiraolishligi 82,3% (±15) bo‘lgan.

Geriatriya: keksa yoshdagilarda sefepimning dozasi muvofiq tarzda to‘g‘rilanishi kerak: agar kreatinin klirensi minutiga 60 ml yoki undan kam bo‘lsa, tuzatish kiritiladi.

Buyrak yetishmovchiligi: gemodializga muhtoj bo‘lgan pasientlarda o‘rtacha yarim chiqarilish davri 13,5 (± 2,7) soat bo‘lgan, uzluksiz peritoneal dializga muhtoj bo‘lgan pasientlarda esa 19,0 (± 2,0) soat bo‘lgan. Sefepimni umumiy klirensi buyrak faoliyati buzilgan pasientlarda proporsional ravishda pasaygan, bu guruhdagi pasientlarda dozaga tuzatish kiritish bo‘yicha tavsiyalar uchun asos hisoblanadi.

Qo‘llanilishi

Sefepim sezuvchan bakteriyalar chaqirgan quyidagi infeksiyalarni davolash uchun ko‘rsatilgan:

  • kasalxona ichi va kasalxonadan tashqari pnevmoniya;
  • surunkali va o‘tkir bronxitni o‘tkir bakterial huruji;
  • siydik chiqarish yo‘llarini asoratlangan infeksiyalari;
  • siydik chiqarish yo‘llarini asoratlanmagan infeksiyalari;
  • teri va terining tuzilmalarini asoratlanmagan infeksiyalari;
  • asoratlangan intraabdominal infeksiyalar;
  • sefepim metronidazol bilan birga asoratlangan intraabdominal infeksiyalarni davolash uchun qo‘llanadi;
  • febril neytropeniyasi bo‘lgan pasientlarni empirik davolash;
  • bundan tashqari, sefepim og‘ir darajadagi infeksiyani rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan pasientlarni, shu jumladan yaqinda suyak ko‘migi ko‘chirib o‘tkazilgan pasientlarni, gemoblastoz (gematologik xavfli o‘smalar) yoki og‘ir darajadagi yoki uzoq vaqt davom etgan neytropeniya fonida operasiyadan oldin gipotoniyasi bo‘lgan pasientlarni davolash uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar uchun tavsiya etilgan dozalari

Siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalari:

Siydik chiqarish yo‘llarining yengildan o‘rtacha darajagacha yoki asoratlangan (shu jumladan pielonefrit va/yoki yondosh bakteriemiya bilan bog‘liq bo‘lgan holatlar) infeksiyalarini davolash uchun sefepimning kattalar uchun tavsiya etilgan dozasi 500-1000 mg ni tashkil etadi, har 12 soatda 7-10 kun davomida yuboriladi. Siydik chiqarish yo‘llarining og‘ir darajadagi, asoratlanmagan yoki asoratlangan (shu jumladan pielonefrit va/yoki yondosh bakteriemiya bilan bog‘liq bo‘lgan holatlar) infeksiyalarini davolash uchun kattalar 2000 mg sefepimni vena ichiga har 12 soatda 10 kun davomida olishlari kerak.

Teri va teri tuzilmalarining infeksiyalari:

Teri va teri tuzilmalarining o‘rtachadan og‘ir darajagacha bo‘lgan asoratlanmagan infeksiyalarini davolash uchun sefepimning kattalar uchun tavsiya etilgan odatdagi dozasi 2000 mg ni tashkil etadi, vena ichiga har 12 soatda 10 kun davomida yuboriladi.

O‘rtachadan og‘ir darajagacha bo‘lgan pnevmoniya:

O‘rtachadan og‘ir darajagacha bo‘lgan pnevmoniyani davolash uchun sefepimning kattalar uchun tavsiya etilgan odatdagi dozasi 1000-2000 mg ni tashkil etadi, har 12 soatda 10 kun davomida yuboriladi.

Intraabdominal infeksiyalar

Asoratlangan intraabdominal infeksiyalarni davolash uchun (vena ichiga yuboriladigan metronidazol bilan birga) sefepimning kattalar uchun tavsiya etilgan odatdagi dozasi 2000 mg ni tashkil etadi, har 12 soatda 7-10 kun davomida yuboriladi.

Febril neytropeniyasi bo‘lgan pasientlarni empirik davolash

Febril neytropeniyasi bo‘lgan pasientlarni empirik davolash uchun sefepim monoterapiya holida ishlatilganida, kattalar 2000 mg dozani, vena ichiga, har 8 soatda 7 kun davomida yoki neytropeniya bartaraf bo‘lgunicha olishlari kerak.

Bolalar uchun tavsiya etilgan dozasi

Siydik chiqarish yo‘llarining asoratlanmagan va asoratlangan infeksiyalari (shu jumladan pielonefrit), teri va teri tuzilmalarining asoratlanmagan infeksiyalari yoki pnevmoniyani davolash uchun tana vazni 40 kg dan kam bo‘lgan pediatrik pasientlarga sefepim tana vazniga 50 mg/kg dozada, vena ichiga har 12 soatda yuborish tavsiya etiladi. Sefepim tana vazni 40 kg dan kam, febril neytropeniyasi bo‘lgan pediatrik pasientlarni empirik antiinfeksion davolash uchun monoterapiya sifatida ishlatilganida tavsiya etilgan dozasi 50 mg/kg ni tashkil etadi, vena ichiga har 8 soatda yuboriladi.

Buyrak va jigar yetishmovchiligida tavsiya etilgan dozasi

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda (masalan, kreatinin klirensi minutiga
60 ml yoki undan kam) sefepimning dozasi va yuborilishi tez-tezligi buyrak yetishmovchiligining darajasi, infeksiyaning og‘irligi va patogen mikroorganizmning sezuvchanligiga muvofiq ravishda o‘zgartirish kerak. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar sefepimning boshlang‘ich dozasini buyrak faoliyati normal bo‘lgan pasientlar oladigan dozalarda olishlari tavsiya etiladi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, sefepimning tutib turuvchi dozasi pasientning o‘lchangan yoki hisoblangan kreatinin klirensiga asoslangan bo‘lishi kerak.

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan bolalarda sefepimni ishlatish bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q.

Gemodializdagi pasientlarda dializ boshlanishidan oldin organizmda mavjud bo‘lgan sefepimning umumiy miqdorini taxminan 68% 3 soatlik dializ davomida chiqariladi. Gemodializdagi pasientlar febril neytropeniyadan tashqari barcha infeksiyalarni davolash uchun kuniga 1000 mg, so‘ngra 500 mg dan har 24 soatda olishlari kerak. Surunkali ambulator peritoneal dializ olayotgan pasientlar har 48 soatda odatdagi dozasini olishlari kerak.

Sefepimning farmakokinetikasi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda o‘zgarishi mumkin emasligi sababli, bunday pasientlarda dozaga tuzatish kiritish zarurati yo‘q.

Qo‘llash usuli

Mushak ichiga yuborish: sefepimni mushak ichiga yuborish uchun quyidagi erituvchilardan biri bilan eritish kerak:

  • in‘eksiya uchun steril suv;
  • 0,9% natriy xloridi eritmasi;
  • 5% dekstroza eritmasi;
  • 0,5% yoki 1,0% lidokain eritmasi.

Vena ichiga yuborish: vena ichiga yuborish uchun 1000 mg flakonni vena ichiga yuboriladigan mutanosib suyuqliklarni tegishli miqdori bilan suyultirish va olingan eritmani taxminan 30 minut davomida yuborish kerak.

Sefepim vena ichiga yuboriladigan quyidagi infuzion eritmalar bilan mutanosibdir:

  • 0,9% natriy xlorid eritmasi;
  • 5% va 10% dekstroza eritmasi;
  • M/6 laktat natriy eritmasi;
  • 5% dekstroza va 0,9% natriy xlorid eritmasi;
  • Ringer-laktat eritmasi va 5% dekstroza eritmasi;
  • 5% dekstroza eritmasidagi Normosol-R va Normosol-M

Nomutanosibligi

Sefepim vankomisin gidroxlorid, gentamisin, netimisin va aminofillin bilan aralashtirilganida fizikaviy va kimyoviy nomutanosiblik namoyon qiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Sefepim ishlatilganidagi nojo‘ya samaralar boshqa parenteral sefalosporinlar ishlatilganidagi samaralar bilan o‘xshashdir.

Sefepim odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Ko‘pchilik nojo‘ya samaralari o‘tkinchi hisoblanadi va og‘irlik darajasiga qarab yengildan o‘rtacha darajagacha o‘zgaradi. 3% pasientlarda nojo‘ya samaralari dori preparatini yuborishni to‘xtatish uchun yetarli darajada og‘ir bo‘ladi. 0,5-2 g sefepimni har 12 soatda olayotgan pasientlarning deyarli 2% da bosh og‘rig‘i, toshma, ko‘ngil aynishi va qusish, deyarli 3% esa mahalliy reaksiyalar, jumladan, flebit, og‘riq va/yoki yallig‘lanish va toshma kuzatilishi mumkin. Sefepim olayotgan pasientlarda, kam hollarda, neytropeniya kuzatilishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Sefepim yoki sefalosporin sinfi antibiotiklari, penisillinlar yoki boshqa beta-laktam antibiotiklarga yuqori sezuvchanlik bo‘lganida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Agar sefepim bilan aminoglikozidlarning yuqori dozalarini yuborish zarurati bo‘lsa, aminoglikozid antibiotiklarning nefrotoksik va ototoksik ta‘sir yuqoriligi sababli, buyraklar faoliyatini sinchkovlab nazorat qilish kerak.

Boshqa sefalosporinlar furosemid kabi kuchli ta‘sir qiluvchi diuretiklar bilan bir vaqtda qo‘llangandan so‘ng nefrotoksik ta‘siri xaqida ma‘lumotlar berilgan.

Dori preparatlarini tekshirish/laborator tekshiruv natijalariga sefepimni ta‘siri siydikdagi glyukozani Benedik reaktivi yordamida aniqlashni soxta musbat reaksiyasiga olib kelishi mumkin. Glyukozaning darajasini aniqlash uchun glyukozooksidazani mavjud bo‘lishi reaksiyasiga asoslangan tahlillarni ishlatish tavsiya etiladi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Sefepim bilan davolashni boshlashdan oldin ilgari pasientda sefepim, sefalosporinlar, penisillinlar va boshqa dori preparatlariga yuqori sezuvchanlik reaksiyalari bo‘lganligiga sinchkov tekshiruv o‘tkazish kerak. Agar sefepimga allergik reaksiya kuzatilgan bo‘lsa, dori preparatini qabul qilishni to‘xtatish kerak. Og‘ir darajadagi o‘tkir yuqori sezuvchanlik reaksiyalari bo‘lgan holda adrenalin bilan davolash va boshqa shoshilinch choralar, shu jumladan kislorod, kortikosteroidlar, vena ichiga yuboriladigan suyuqliklar, antigistamin preparatlar, pressor aminlarni yuborish va klinik ko‘rsatmalarga qarab nafas yo‘llarini davolash talab qilinishi mumkin.

Buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda (kreatinin klirensi minutiga
60 ml), siydik bilan chiqarish tezligini sekinligini kompensasiya qilish uchun dozasiga tuzatish kiritish kerak. Dozasini qabul qilish davomiyligi buyrak yetishmovchiligini darajasi bo‘yicha aniqlanishi kerak, infeksiyani og‘irlik darajasi va patogen mikroorganizmlarning sezuvchanligi dozasini qabul qilish davomiyligini aniqlashi kerak. Ensefalopatiyani ba‘zi hollari dozasiga buyrak faoliyati hisobga olinib tuzatish kiritilgan pasientlarda kuzatilgan. Ko‘pchilik hollarda neyrotoksikozning simptomlari qaytuvchan bo‘lgan va sefepimni yuborish to‘xtatilgandan so‘ng va/yoki gemodializdan so‘ng bartaraf bo‘lgan.

Soxta membranoz kolit deyarli barcha antibakterial vositalar qo‘llanganida kuzatilishi mumkin va og‘irlik darajasiga qarab, yengil darajadan hayotga havf tug‘diruvchi darajagacha bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bu tashxisni antibakterial vositalar qo‘llangandan so‘ng diareya kuzatilgan pasientlarda hisobga olish muhimdir.

Boshqa mikroblarga qarshi preparatlari bilan bo‘lgani kabi sefepimni uzoq vaqt qo‘llash sezuvchan bo‘lmagan mikroorganizmlarni haddan tashqari ko‘payishiga olib kelishi mumkin. Agar davolash vaqtida superinfeksiya kuzatilsa, tegishli choralarni ko‘rish kerak. Ko‘pchilik sefalosporinlar, jumladan sefepim protrombin faolligini pasayishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Xavf guruhidagi pasientlarda protrombinni nazorat qilish va ko‘rsatilgandek K vitaminini yuborish kerak.

Sefepim bilan davolanish vaqtida musbat Kumbs sinamalari (bevosita antiglobulin sinamalari) xaqida ma‘lumotlar berilgan. Ilgari me‘da-ichak yo‘llari, ayniqsa kolitni o‘tkazgan shaxslarga sefepimni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Sefepimni odam uchun maksimal tavsiya etilgan dozasidan 33 marta ortiq miqdorda yuborilganda, L-arginin glyukozaning metabolizmini o‘zgartirishi va zardobdagi kaliyning darajasini vaqtinchalik oshirishi ko‘rsatilgan.

 

 

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Sefepimni homilador ayollarda o‘tkazilgan hech qanday adekvat va yaxshi nazoratli tadqiqotlari mavjud emas. Hayvonlarning reproduktiv faoliyatini o‘rganish har doim ham odamlardagi reaksiyalarni to‘g‘ri ko‘rsatish imkonini bermasligi sababli, bu preparatni homiladorlik vaqtida juda zarur bo‘lgan holda qo‘llash kerak.

Sefepim ona sutiga juda kichik konsentrasiyalarda (0,5 mg/ml) ajraladi. Sefepim emizikli ayolga yuborilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Ma‘lumotlar berilmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozasi oshirib yuborilgan pasientlarni sinchkovlab kuzatish va ularga tutib turuvchi davolash o‘tkazish kerak. Buyrak yetishmovchiligida organizmdan sefepimni chiqarib yuborish uchun peritoneal dializ emas, balki gemodializ tavsiya etiladi. Buyraklar faoliyati buzilgan pasientlarga preparatning katta dozalari yuborilganida dozani bexosdan oshirib yuborilishi kuzatilgan. Dozani oshirib yuborilish simptomlariga ensefalopatiya (ongni buzilishi, jumladan ongni chalkashishi, gallyusinasiyalar, xushni yo‘qolishi va komatoz holat), miokloniya (mushaklarni tortishishlari), tutqanoq hurujlari va nerv-mushak qo‘zg‘aluvchanlik kiradi.

Chiqarilish shakli

In‘eksiyaga eritma tayyorlash uchun kukun 500 mg: kukun shisha flakonlarda; bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

In‘eksiyaga eritma tayyorlash uchun kukun 1000 mg: kukun shisha flakonlarda erituvchisiz yoki erituvchi – steril in‘eksiya uchun suv 10 ml dan plastik konteynerlarda, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Qorong‘i va quruq joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Tayyorlangan eritma 15oS-25oS haroratda 24 soat davomida, 2oS-8oS haroratda 7 kun davomida barqaror bo‘ladi.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

NEKPIM poroshok 500mg N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
NEKPIM poroshok 500mg N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
NEKPIM poroshok 500mg N1 dori vositasi Nectar Lifesciences Limited tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
NEKPIM poroshok 500mg N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
NEKPIM poroshok 500mg N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
NEKAKSIM poroshok 1g
SEFUAKSIT tabletkalari 500mg N12
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nectar Lifesciences Limited
SEFUAKSIT tabletkalari 250mg N12
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nectar Lifesciences Limited
SEFUAKSIT poroshok 30ml 125mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nectar Lifesciences Limited
FIKSINEKT tabletkalari 400mg N12
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nectar Lifesciences Limited
FIKSINEKT tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nectar Lifesciences Limited
FIKSINEKT poroshok 60ml 50mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nectar Lifesciences Limited
FIKSINEKT poroshok 30ml 50mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nectar Lifesciences Limited
NEKPIM poroshok 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nectar Lifesciences Limited
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9