Passiflora ekstraktida flavonoidlar, fenollar, glikozidlar, aminokislotalar, o'nga yaqin
organik kislotalar, mikroelementlar, S vitamini mavjud. Faol komponentlarning majmuasi
Markaziy nerv tizimida qo'zg'alish va to'xtalish jarayonlariga ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Moychachak ekstraktida kumarinlar, xamazulen, matrisin, apiin, borneol, apigenin,
bioflavonoidlar, organik kislotalar, fitosterinlar, vitaminlar, karotinlar,
polisaxaridlar, oqsil, oshlovchi moddalar, taxir moddalar va boshqalar mavjud. Xamazulen,
matrisin va apiin MNTga engil to'xtatuvchi ta'siri bilan ajralib turadi, apiin va apigenin esa
silliq muskulaturaga bo'shashtiruvchi ta'sir ko'rsatadi.
Lavanda ekstraktida "o'ziga xos lavanda hidi" bilan linalilasetat, shuningdek terpen
guruhidagi moddalar (borneol spirti, geraniol va hokazo), flavonoidlar, kumarinlar,
triterpenli birikma (ursol kislotasi), ushbu hidning dastasini yakunlovchi oshlovchi moddalar,
taxir moddalar mavjud. Lavandaning faol moddalari va hidi majmuada MNTga o'ziga xos engil
to'xtatuvchi samara ko'rsatadi.
Limono't ekstraktida flavonoidlar, fenolkarbon kislotalari, oshlovchi moddalar,
kumarinlar, triterpen va monoterpen birikmalar mavjud. Limono'tning biologik faol moddalari
immun tizimiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, yallig'lanishga qarshi va spazmogen agentlar hosil
bo'lishini kuchsizlantiradi, silliq muskulaturani bo'shashtiradi. Terpenli birikmalar
(tsitralisitronelal), monoterpenli birikmalar (geraniol, linaloolisitronelol) limono'tga
yoqimli limonli hidni beradi, u faol komponentlar bilan birgalikda yumshoq tinchlantiruvchi va
spazmolitik ta'sir ko'rsatadi.
Apelsin gullari ekstraktida ko'p miqdorda S vitamini, R vitamini, A provitamini (karotin), E
vitamini, kaliy, magniy va kaltsiy tuzlari mavjud. Xushbo'y hid bilan birgalikda MNT
funktsiyasiga yumshoq tinchlantiruvchi samara ko'rinishida ta'sir qiladi.
V6 vitamini moddalar almashinuvi jarayonlarida ishtirok etadi, nerv tizimining me'yorda
ishlashiga yordam beradi, emosional-psixik taranglikni nazoratini shakllantirishda ishtirok
etadi.
Melatonin - tabiiy gormon, turli organlar va tizimlarda me'yordagi metabolizmni amalga
oshiruvchi muhim biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadi: nerv tizimida, yurak-qon tomir
tizimida, shuningdek organizmda biologik (tsirkadali) ritmni tabiiy tartibga solishda.
Qo'llash sohasi
Tinch uyqu Neo Vites ovqatga biologik faol qo'shimcha Markaziy nerv tizimida qo'zg'alish va
to'xtalish jarayonlarini me'yordagi muvozanatini qo'llab turish uchun bir tarafga yo'naltirilgan
ta'sirini hisobga olgan holda o'simlik komponentlaridan, V6 vitamini va melatonin
majmuasidan iborat.
MNT funktsiyasiga ijobiy ta'siri tufayli, bioqo'shimcha o'ta qo'zg'alish va asab buzilishlari
xavfini pasaytiradi, uxlashning me'yordagi jarayonini ta'minlaydi va uyquning fiziologik
davomiyligiga yordam beradi.
Tinch uyqu Neo Vites kuchsiz sedativ ta'sir ko'rsatib, asablarni tinchlantiradi. Bu kuchli
stresslarda, kuchli hayajonda, kuchli charchashda va toliqishda yordam beradi.
Bioqo'shimcha me'yoriy psixologik funktsiyani shakllanishiga, shuningdek yurak-qon tomir tizimini
me'yorda ishlashiga yordam beradi.
Umuman olganda moddalar almashinuviga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, jismoniy va intellektual
salomatlikni qo'llab turadi va organizmni mustahkamlaydi.